Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
3,
7,
17 va
51-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining
7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. 1998-yil 9-noyabrdagi 22-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomga (Adliya vazirligida 1999-yil 11-fevralda 630-son bilan roʻyxatga olingan)
1-ilovaga muvofiq 5-sonli oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
1. Kirish qismidagi “boshqa qonunlarini hamda qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 5-6-son, 38-modda) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq” soʻzlari bilan oʻzgartirilsin.
2. 5.9-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Xususiy bank ustav kapitalining eng kam miqdori 1,25 mln. AQSh dollari miqdorida belgilanadi va faoliyatining dastlabki uch yili davomida oʻzgartirilmaydi”.