1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.02.00 Naqd pul emissiyasi, pul muomalasini tashkil qilish va tartibga solish. Inflyatsiya;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Pul massasi o‘sishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Pul massasini boshqarishni takomillashtirish, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish, moliya intizomiga rioya etish va olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish mas’uliyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2002-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarini muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari hisoblanadi va yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining likvidligi Markaziy bank tasarrufidagi barcha aktivlar bilan ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Markaziy bank obligatsiyalarini chiqarishning asosiy shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tegishli normativ-metodik hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3080, 25.10.2018-y.).
pul massasini tezkor boshqarish maqsadida valyuta va pul depozitlari, davlat qimmatli qog‘ozlari va boshqa birinchi toifali aktivlar ta’minoti ostida, pul bozorida vujudga kelayotgan foiz stavkalari asosida tijorat banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar bersin va jalb qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar bo‘yicha va elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob]
3. O‘zbekiston Banklar uyushmasi, tijorat banklarining plastik kartochkalar bo‘yicha milliy va xorijiy valyuta hisob-kitoblar o‘tkazishni ta’minlovchi Yagona banklararo protsessining markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Tijorat banklari plastik kartochkalar vositasida hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan bankomatlar va jihozlarni import qilishda bojxona to‘lovlari (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan 2005-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
4. Tijorat banklari:
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda ish haqi to‘lashda, chakana savdoni amalga oshirishda, kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovda yakka tartibdagi va korporativ plastik kartochkalarni keng joriy etish, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi minibanklar, bank kassalari va bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
likvidli mol-mulklarni, shu jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini, transport vositalarini hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlarini garovga qo‘ygan holda kreditlar berish amaliyotini kengaytirsin;
kreditlar berishda tavakkalchilikni va garovning bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda qaytarishlik, muddatlilik va o‘zini o‘zi qoplash tamoyillariga qat’iy rioya qilsin;
kreditlar muddatini uzaytirish amaliyotini keskin cheklasin, faqat kechiktirilgan muddat davrida qaytarilishi uchun mablag‘lar tushishining aniq manbalari bo‘lgan kreditlarning to‘lov muddatini kechiktirishga ruxsat bersin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov]
5. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kredit bo‘yicha ularning majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda garovga qo‘yilgan mol-mulk, qarz oluvchining roziligidan qat’i nazar, keyinchalik sotish huquqi bilan bank mulkiga o‘tadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan kreditlar bo‘yicha qarzlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banklariga:
qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamiga, shu jumladan ularning boshqa banklarda ochilgan ikkilamchi hisob raqamiga ijro etilishi majburiy bo‘lgan inkasso talablari qo‘yish;
Hukumat kafolati ostida berilgan kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish uchun pul mablag‘larini hisobdan chiqarishni ish haqi, Davlat budjeti hamda maqsadli davlat jamg‘armalari bilan hisob-kitoblar navbati bilan o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshirish;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
qarzdorning pul mablag‘lari yetishmagan taqdirda kredit bo‘yicha qarzlarni qarzdorning roziligiga ko‘ra uning likvidli mol-mulki hisobidan yoki iqtisodiy sud orqali qarzdorning mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan undirish huquqi berilsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi bank kreditlari bo‘yicha qarzlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda undirishni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
6. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari zimmasiga kredit resurslari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va amalga oshirish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda qarz mablag‘larining o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklari kreditlarining ta’minoti uchun berilgan kafolatlarni bajarish mexanizmi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyuldagi 3624-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son , 202-modda)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi PF-3818-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 452-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-mart,
PF-3047-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 3-son, 51-modda; 6-7-son, 108-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 202-modda; 2006-y., 46-47-son, 452-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)