toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.08.2022
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRILADIGAN BENZIN VA DIZEL MOTORLARI BILAN JIHOZLANGAN “M2”, “M3” VA “N2” TOIFALARIDAGI YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARINI “EVRO-2” EKOLOGIK DARAJADAN KAM BOʻLMAGAN TALABLARGA MUVOFIQLIGI BOʻYIChA EKOLOGIK SERTIFIKATLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-aprelda 1670-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2022-yil 21-iyuldagi k-6, 01-03/2-320-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1670-2, 09.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-dekabrdagi “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-531-son qarori ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-183-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 151-son, 2004-yil 6-iyuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 318-son qarorlariga muvofiq, qaror qilamiz:
1. “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Yevro-2” ekologik daraja talablariga muvofiq boʻlgan “M2”, “M3” va “N2” toifalardagi kiritilayotgan yangi ATV uchun Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining zararli moddalar chiqarish qismiga taalluqli normativ hujjatlari 2007-yil 1-martdan boshlab, 2010-yil 1-yanvardan boshlab esa, “Yevro-3” talablariga muvofiq qismi joriy qilinsin:
a) GOST R 41.24-2003;
b) GOST R 41.49-2003;
v) GOST R 41.83-2004;
g) GOST R 51832-2001.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlash, standartlashtirish va meʼyorlashtirish Bosh boshqarmasi “Boshdavekosertifikat” Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi, benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlarni, ushbu avtotransport vositalari tomonidan zararli chiqindi chiqarish darajasi “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi eksport qiluvchi davlatlar tomonidan ATV ishlab chiqishda “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablariga rioya qilganliklarini tasdiqlovchi tegishli qonunchilik hujjatlarini yoki murojaat qiluvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tan olish asosida berilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, oʻn kundan keyin amalga kiritiladi.
“Oʻzstandart” agentligining Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-fevral,
1-p-son
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-fevral,
80-TK-son
“Oʻzstandart” agentligi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
2007-yil 28-fevraldagi 1-p, 80-TK-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINChALIK YOʻRIQNOMA
Mazkur Vaqtinchalik yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-dekabrdagi “Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va respublika avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-531-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-183-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish toʻgʻrisida” 151-son, 2004-yil 6-iyuldagi “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 318-son qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar raqami (TR TIF) 8703 va 8705 kodlariga toʻgʻri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan hamda “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan meʼyorlarga muvofiq boʻlgan “M2”, “M3” va “N2” toifalardagi yangi avtotransport vositalariga tatbiq etiladi.
2. Ushbu hujjatda quyidagi atama va tushunchalar qoʻllanilmoqda:
ATV — avtotransport vositasi;
ATV chiqindilari — tarkibida zararli (ifloslantiruvchi) moddalar (uglerod oksidi (SO), uglevodorod (SmHn) azot oksidi (NOx) va dispers boʻlakchalari mavjud boʻlgan, ATVning ichki yonuv dvigateli ishlab chiqargan gazlar va yonilgʻining bugʻlanishi natijasida hosil boʻlgan zararli (ifloslantiruvchi) moddalar;
buyurtmachi — yuridik yoki jismoniy shaxs;
dizel — siqilishi natijasida yonish tamoyiliga asoslangan motor;
ifloslantiruvchi modda — atrof muhit va inson sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan modda;
ichki yonuv motori — benzin yoki gaz yonilgʻisiga ishlaydigan, majburiy tartibda yoqiladigan motor;
MH — meʼyoriy hujjatlar;
sinov sikli — oʻrnatilgan rejimda (ESC sinovi) hamda oraliq rejimlarda (ETC, ELR sinovi) motor aylanma vaqti va belgilangan aylanma tezligida amalga oshiriladigan sinovlarning davomli seriyasi;
ekologik sertifikatlash organi — Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi ekologik sertifikatlash, standartlashtirish va meʼyorlashtirish Bosh davlat boshqarmasi “Boshdavekosertifikat” (bundan buyon ekologik sertifikatlash organi);
yangi avtotransport vositasi — ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan ATV;
“M2” toifasidagi transport vositalari — yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan motorli avtotransport vositalari boʻlib, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari 8 tadan koʻp oʻrindiqqa ega boʻlgan va maksimal ogʻirligi 5 tonnadan kam boʻlgan yoki shunday rusumdagi avtotransport vositalari bazasida tashkil etilgan haydovchi oʻrindigʻidan tashqari 3 — 8 oʻrindiqqa ega boʻlgan va toʻliq ogʻirligi avtomobilni bazaviy rusumiga teng boʻlgan transport vositalari;
“M3” toifasidagi transport vositalari — haydovchi oʻrindigʻidan tashqari 8 tadan koʻp oʻrindiqqa ega boʻlgan va maksimal ogʻirligi 5 tonnadan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari;
“N2” toifasidagi transport vositalari — maksimal ogʻirligi 3,5 tonnadan koʻp va 12 tonnadan kam boʻlgan avtotransport vositalari;
“Yevro” ekologik darajasi — zararli chiqindi chiqarish darajasi “Yevro-2”, “Yevro-3”, “Yevro-4” va “Yevro-5” ekologik daraja talablariga javob beradigan ATV xususiyatlarini ifodalovchi tasniflovchi kod.
II. Ekologik sertifikat berish tartibi
3. “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi ATV “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan ushbu toifadagi ATV, “Oʻzstandart” agentligida qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ekologik sertifikatlash organi tomonidan ekologik sertifikatlashtiriladi.
4. Ekologik sertifikat berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati:
jismoniy shaxslardan:
ekologik sertifikatlash organi nomiga buyurtma (1-ilova) (imzo va sana bilan);
transport vositasi pasporti (yoki maʼlumotnoma-schyot) (ishlab chiqarish sanasi, taqdim etilgan hujjatni berilgan sanasi);
buyurtmachining pasport nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelganligi haqida belgi qoʻyilgan tovar-yoʻl hujjati nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura);
ATV “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (xulosa, sertifikat, guvohnoma) nusxasi (mavjud boʻlganda);
yuridik shaxslardan:
ekologik sertifikatlashtirish organi nomiga buyurtma (1-ilova) (imzo va sana bilan);
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasiga yetib kelganligi haqida belgi qoʻyilgan tovar-yoʻl hujjati nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura);
transport vositasi pasporti (yoki maʼlumotnoma-schyot) (ishlab chiqarish sanasi, taqdim etilgan hujjatni berilgan sanasi);
ATV “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (xulosa, sertifikat, guvohnoma va boshqa asoslar) nusxasi (mavjud boʻlganda).
5. Ekologik sertifikatlash organi ekologik sertifikatni (2-ilova) jurnalda roʻyxatdan oʻtkazib, 10 kundan oshmagan muddatda beradi.
6. Ekologik sertifikatlashtirishda muayyan mahsulotga boʻlgan MHdan tashqari, mahsulotlarga talablar belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga, buyurtmachida mavjud boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni (sifat sertifikati, sinov bayonnomalari, ekologik sertifikatlar (xulosalar), yetkazib beruvchining texnik hujjatlari) inobatga olgan holda amal qilishlari mumkin.
7. Buyurtmachi ekologik sertifikatni berish toʻgʻrisida buyurtmani koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun toʻliq javobgardir.
8. Ekologik sertifikat berish (yoki berishni rad etish) uchun ekologik sertifikatlashtirish organi:
buyurtmada taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi;
bojxona posti yoki ombor vakillari va/yoki buyurtmachining boshqa vakillari ishtirokida ATV identifikatsiya qiladi (3-ilova);
siqilishi natijasida yonuvchi va ichki yonish motorli transport vositalari uchun oʻrnatilgan ifloslantiruvchi moddalarni ajralib chiqish meʼyorlariga ATV koʻrsatkichlari muvofiqligini tahlil qiladi;
ekologik sertifikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki uni berishni rad etish haqida asoslantirilgan yozma xabarnoma beradi.
9. Ekologik sertifikatni buyurtmachining ishonchli vakili olishi mumkin. Bunda:
jismoniy shaxs tomonidan buyurtma berilganda, sertifikatni ishonchli vakil tomonidan olishi mumkinligini tasdiqlovchi buyurtmachining notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi;
yuridik shaxs tomonidan buyurtma berilganda, sertifikatni ishonchli vakil tomonidan olishi mumkinligini tasdiqlovchi buyurtmachining ishonchnomasi taqdim etilishi lozim.
10. Eksport qilayotgan mamlakatda ATV ishlab chiqishda “Yevro-2” talablarini mazkur davlat hududida joriy qilish haqida qonunchilik hujjatini (ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ATV ishlab chiqish vaqtida) qabul qilinganligi, ekologik sertifikat berish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
11. Eksport qilayotgan mamlakatda (ATV ishlab chiqarilgan davlat) “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablar qabul qilinganligini taqdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, ekologik sertifikat ATV “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan meʼyorlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni tan olish orqali beriladi:
ekologik sertifikat yoxud kelib chiqish, sifat yoki muvofiqlik sertifikati;
ishlab chiqaruvchi zavod yoki uning vakolatli vakilining ATV “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi rasmiy xati;
1958-yil 20-martdagi “Mexanik transport vositalari qismlari va uskuna jihozlarini oʻzaro tan olish va rasmiy tasdiqlashning bir xil shartlarini qabul qilish toʻgʻrisida”gi Jeneva kelishuvining taraflari boʻlmish davlatlarning maʼmuriy organlari tomonidan berilgan transport vositasi turini rasmiy tasdiqlashga taalluqli boʻlgan maʼlumoti;
ishlab chiqaruvchining sinov laboratoriya (markaz)lari sinov bayonnomalari;
“M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi ATVning “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan meʼyorlarga muvofiqligini tasdiqlovchi boshqa texnik hujjatlar.
12. Ekologik sertifikat bojxona organiga ATVni bojxonada rasmiylashtirish maqsadida beriladi.
13. Buyurtmani koʻrib chiqqanlik, sertifikatlashtirish ishlari jarayonlarini amalga oshirganlik va ekologik sertifikat berganlik yoki berishni rad etganlik uchun buyurtmachi va ekologik sertifikatlash organi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ekologik sertifikatlashtirish uchun deklaratsiya qilingan tariflar asosida xizmat haqi undiriladi.
14. Ekologik sertifikat quyidagilar mavjud boʻlganda haqiqiy deb hisoblanadi:
ekologik sertifikatlash organi muhri va imzosining asli;
ekologik sertifikatni jurnalda roʻyxatga olingan nomeri va sanasi.
15. Mazkur Vaqtinchalik yoʻriqnoma talablari buzilganda, shuningdek identifikatsiya natijasida olib kirilayotgan ATVni “M2”, “M3” va “N2” toifalariga muvofiq emasligi aniqlanganda, buyurtmachiga ekologik sertifikat berishni rad etish boʻyicha asoslantirilgan yozma xabarnoma beriladi.
16. Koʻrsatilgan masalalar boʻyicha yuzaga kelgan nizolar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
III. Yakuniy qoidalar
17. Mazkur Vaqtinchalik yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 26-fevral
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik yoʻriqnomaga
1-ILOVA

____________________________________
‎(ekologik sertifikatlovchi organ nomi)

____________________________________
‎‎‎(ekologik sertifikatlovchi organ manzili)

‎‎
Ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazish boʻyicha
‎BUYuRTMA ‎‎

____________________________________________________________________________

‎‎buyurtmachining nomi (ishlab chiqaruvchi zavod, yetkazib beruvchi yoki

____________________________________________________________________________‎‎

‎‎yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.Sh.)

‎‎____________________________________________________________________________‎‎

‎‎(buyurtmachining manzili, aloqa telefoni)

‎‎‎‎____________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(rahbar F.I.Sh.)

‎‎murojaat etib ________________________________________________________________

‎‎(olib kirish, avtotransport vositasi nomi, toifasi, TR TIF kodi,

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎soni, necha dona yoki qanchaligi)

‎‎meʼyoriy hujjat asosida ________________________________________________________

‎‎(meʼyoriy hujjatning nomlanishi)

‎‎‎‎____________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________ talablariga mos keladi

‎‎(meʼyoriy hujjatlar raqamlari va nomi)

‎‎‎‎‎‎____________________________________________________________________________
‎‎va avtotransport toifasi ____________________________________ koʻrsatilgan hujjatlar
(avtotransport vositasi toifasi koʻrsatilsin)‎
‎‎talablariga mos kelishini ekologik sertifikatlashtirishni oʻtkazib berishingizni soʻraydi
‎‎
‎‎Qoʻshimcha maʼlumotlar _________________________________________________________

(boshqa hujjatlar koʻrsatiladi)

‎‎____________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________



‎‎Buyurtmachi



‎‎________________



‎___________________________‎‎

(shaxsiy imzo) ‎

‎‎(F.I.Sh.)


‎‎‎“____” _____________ 200__ y.

(1-ilova Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2020-yil 21-fevraldagi k-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1670-1, 16.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1670-1/0338-son)
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik yoʻriqnomaga
2-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI


‎‎‎EKOLOGIK SERTIFIKATLAShTIRISh TIZIMI


‎000000 - sonli
‎‎
‎‎____________________________________________________________________________

(ekologik sertifikatlashtirish organining nomi va yuridik manzili)

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎
‎‎EKOLOGIK SERTIFIKAT‎

‎‎200__ yil “____” ____________________ da
‎‎_________________ son bilan qayd qilindi.‎

‎‎Bojxonada rasmiylashtirishdan oʻtish davrigacha haqiqiydir.

‎‎
‎‎Ushbu sertifikat, ekologik sertifikatlashtiriladigan obyekt _________________________
‎________________________________________________________________________ning

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish tizimida obyektning nomlanishi)

‎‎lozim ravishdagi identifikatsiyaga javob berishi va meʼyoriy-uslubiy jihatlari _________
‎‎____________________________________________________________________________

‎‎(meʼyoriy hujjatlar nomi)

‎‎______________________ meʼyoriy va huquqiy hujjatlar talabiga javob beradi.
‎‎
‎‎Sertifikat egasi haqida maʼlumot: _______________________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎(nomi va yuridik manzili)

‎‎Telefon raqami: _____________________ ‎‎Faks: __________________________‎
‎‎Mahsulot yoki xizmatning ekologik sertifikatlashtirishdagi qoʻllanilgan talablar:
‎____________________________________________________________________________

(mahsulot va xizmatga doir tekshiruv, kuzatuv yoki meʼyoriy hujjatlar tahlili)

‎‎____________________________________________________________________________
‎‎

‎Sertifikatlashtirish organining rahbari‎

M.Oʻ.‎

__________________

‎‎__________________________________

(imzo) ‎

‎‎(ismi-sharifi, otasining ismi)

Izoh. Ekologik sertifikat, berilganlik shartlariga amal qilinmagan taqdirda, sertifikatlashtirish organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan “M2”, “M3” va “N2” toifalaridagi yangi avtotransport vositalarini “Yevro-2” ekologik darajadan kam boʻlmagan talablarga muvofiqligi boʻyicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎_____________________________________
(ekologik sertifikatlovchi organ nomi)

‎‎_____________________________________
(ekologik sertifikatlovchi organ manzili)

‎‎
‎‎Identifikatsiya dalolatnomasi ‎‎

1. Avtotransport vositasining nomlanishi _________________________________________

‎‎(rusumi, ishlab chiqarilgan yili, kuzov,

‎‎____________________________________________________________________________

‎‎dvigatel va shassisi nomeri, avtotransport rangi)

‎‎2. Avtotransport vositasi egasining nomi, uning yuridik manzili _____________________
‎‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎3. Avtotransport vositasining kelib chiqishi ______________________________________
‎____________________________________________________________________________

‎‎(davlat nomi, ishlab chiqaruvchi zavod)

‎‎____________________________________________________________________________
‎‎4. Qancha miqdori _____________________________________________________________
‎‎5. Avtotransport toifasi ______________________________________________________


‎Xulosalar:‎

‎‎Taqdim etilgan texnik maʼlumoti va yozuvlari orqali avtotransport vositasi
‎identifikatsiya ‎qilindi (identifikatsiya qilinishi mumkin emas) ______________________
‎‎____________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________________



‎Ekologik sertifikatlashtirish organi vakili‎





‎‎‎_______________





‎‎‎________________________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.Sh.)


‎Bojxona posti yoki omborxona vakili‎



‎‎‎‎_______________



‎‎_______________________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.Sh.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 159-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/1670-1/0338-son)