XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xoʻjaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qoʻyilgan, koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun isteʼmolchilarning toʻlov intizomi hamon pastligicha qolmoqda.
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat koʻrsatuvchi ekspluatatsiya va taʼmirlash tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar—viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, koʻp xonadonli uylarga ega boʻlgan shaharlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda XUMSH Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etiladigan XUMSH Uyushmalarining muassislari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — XUMSH deb yuritiladi), kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning taʼmirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi koʻp xonadonli uy-joylarni boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Quyidagilar XUMSH Uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida XUMSHning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini oʻtkazish masalalari boʻyicha XUMSHning xizmat koʻrsatish, avariya-taʼmirlash va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish;
XUMSHning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan toʻlaqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga koʻmaklashish;
XUMSHning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam koʻrsatish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSH shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
1 va 2-ilovalarga* muvofiq shahar, tuman Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi;
3-ilovaga* muvofiq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatiga olish tartibi va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi nizom.
Belgilansinki, XUMSH Uyushmasi aʼzolarining umumiy yigʻilishi ishtirokchilari, Uyushmaga kiruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, taʼmirlash-tiklash va avariya xizmatlari, uy-joyni boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakillari hisoblanadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim oʻrinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarning, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSH Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Oʻ. Toʻxtayev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSH Uyushmalari bilan birgalikda 2005-yilning birinchi yarmida UMSH rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida oʻqitishni tashkil qilsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 5-iyuldagi F–1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S. Azimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari:
2005-yilning fevral-mart oylarida bitta UMSHga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish maqsadida koʻp xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yigʻilishlarini oʻtkazishni taʼminlasin;
2005-yilning 1-apreliga qadar muddatda UMSH hududiy uyushmalarining taʼsis yigʻilishlarini oʻtkazsin;
2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSH Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan taʼminlasin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
koʻp xonadonli uy-joyni kapital taʼmirlash dasturlariga koʻp xonadonli uy-joy mulkdorlari tomonidan uy-joy binosini kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
koʻp xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari joy binosining umumiy mulkini saqlash va taʼmirlashda ishtirok etishlari majburiydir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy budjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash-qayta tiklash ishlari uchun XUMSHga budjetdan ssudalar bersin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, “Sanoatkontexnazorat”, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlaydigan qurilish norma va qoidalari;
har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob oʻrnatilishini koʻzda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul boʻlgan koʻp xonadonli uylarning namunaviy loyihalari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda:
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar;
viloyat “Kommundrenaj” ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar.
Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, koʻchalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSH Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qoʻyilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar;
ikki oy muddatda — “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-fevral,
PQ-3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 30-modda; 2007-y., 11-son, 95-modda; 2016-y., 38-son, 445-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son; 12.04.2022-y., 07/22/204/0297-son; 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)