3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK, UY-JOY KODEKSLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAMDA “DAVLAT UY-JOY SIYOSATINING ASOSLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda ma’qullangan
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“211-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash bo‘yicha xarajatlarni mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash tartibi uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas”;
“219-modda. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish
Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”.
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash;
uy-joy fondini va kommunal obyektlarni boshqarishni tashkil etish;
o‘z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish;
uy-joy fondini hisobga olish;
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish;
davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish;
uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta’minlash;
aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash;
fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalari uchun uy-joy qurish;
uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek xususiy uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish;
uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi kommunal xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta’minlash;
davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish”;
3) quyidagi mazmundagi 161-modda bilan to‘ldirilsin:
“161-modda. Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bo‘lishi mumkin.
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, joylarni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi, ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi shart.
Yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo‘ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart”;
“24-modda. Uy, kvartira mulkdorining huquq va majburiyatlari
Uy, kvartira mulkdori xususiy uy-joy fondini boshqarishda ishtirok etish, uyning texnik holati masalalarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish, uy, kvartiraga xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash usulini tanlash huquqiga egadir.
Uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, ularni o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi shart.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori o‘ziga qarashli joyga ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, uning borligida kirishlarini ta’minlashi shart.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori avariya holati yuzaga kelgan taqdirda, avariyani bartaraf etish uchun tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari o‘ziga qarashli joyga kirishlarini darhol ta’minlashi shart. Kvartira mulkdori yo‘qligida avariyani bartaraf etish uchun bu joyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli avariya-ta’mirlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart”;
5) 35-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ko‘p kvartirali uydagi turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda shu uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan (uyning umumiy joylari, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalar, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi ko‘chmas mulkning yagona majmuiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa obyektlardan) belgilangan tartibda foydalanish huquqiga egadir”;
6) 49-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar ko‘rsatishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki ta’mirlanishini ta’minlashi shart”;
“Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar:
ko‘p kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, o‘zga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi;
turar joylarning asralishini ta’minlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi;
avariya yuz bergan taqdirda, o‘zlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari kirishlarini ta’minlashi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yong‘inga qarshi talablarni bajarishi;
ijara shartnomasi bo‘yicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart”;
“VIII Bo‘lim. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati
124-modda. Turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqi
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va to‘siq konstruksiyalarni, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni, liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yerto‘lalarni, cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa shaxsga berishi mumkin emas.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonun hujjatlariga muvofiq umumiy ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
125-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqidagi ulushlarni aniqlash
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk har bir ishtirokchisining ulushi shu uyning umumiy maydonidagi unga qarashli joy maydoni ulushiga mos bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o‘z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o‘ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o‘tishiga sabab bo‘luvchi o‘zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.
Turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan ulushli mulk huquqidan ajralmasdir.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joyga yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga bo‘lgan mulk huquqi yangi mulkdorga o‘tganda u shu uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi bo‘ladi.
126-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etish
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi uni saqlash, shuningdek shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni uyning umumiy maydonidagi o‘ziga qarashli joy maydoniga mutanosib ravishda o‘z zimmasiga oladi.
127-modda. Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish hamda ulardan foydalanish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa mulkdorlardan istalgan birining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni tasarruf etish turar joylarning va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning barcha mulkdorlari kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkning ayrim qismlari ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan boshqa shaxslarga foydalanishga, arendaga berilishi mumkin.
128-modda. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati
Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) ko‘p kvartirali bitta yoki yaqin, zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan umumiy yer uchastkasi bilan qamrab olingan bir nechta uydagi xususiy turar joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Shirkat xususiy turar joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z ustaviga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
“IX Bo‘lim. Turar joylar haqini, uy-joyni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar haqini to‘lash
129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha to‘lash
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga to‘lanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha to‘lanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashni ta’minlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi.
Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi”.
“132-modda. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdori o‘ziga qarashli turar joyni o‘z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish, uni joriy va kapital ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining o‘rnini qoplashi kerak.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda turar joylar mulkdorlari bilan majburiy tartibda tuziladigan shartnoma asosida ishtirok etadilar. Shartnomaning shakli va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mulkdorning ko‘p kvartirali uydagi o‘ziga qarashli turar joydan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to‘liq yoki qisman ozod qilmaydi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdori o‘zining umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma bo‘yicha ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazishi mumkin, bunda haqning o‘z vaqtida to‘lanishi mas’uliyati turar joy mulkdorining zimmasida bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy mulkdori shirkatni, boshqaruvchini (ijrochi direktorni) yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasini saqlash bo‘yicha umumiy xarajatlarni to‘lashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o‘tkazilganligi haqida xabardor qilishi shart.
133-modda. Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar
Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o‘zlariga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to‘lovlar to‘laydi.
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
134-modda. Ko‘p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Davlat uy-joy fondining ko‘p kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay to‘laydi.
Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar to‘lash o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak.
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
Agar shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot ko‘p kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi bo‘lsa, ularga penya miqdorlari bo‘yicha ushbu moddaning to‘rtinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qo‘llaniladi.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko‘rsatish majburiy to‘lovlar uch oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turiladi.
135-modda. Uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash xarajatlarini qoplash
Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
136-modda. Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini to‘lashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qo‘llab-quvvatlash
Turar joylar va kommunal xizmatlar haqini to‘lashda aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta’minlangan toifalarini qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Uy-joy fondini saqlash faoliyati uylarni boshqarishga, ularga xizmat ko‘rsatishga (tegishli texnik va sanitariya holatini saqlab turishga), ularni ta’mirlashga oid faoliyatni hamda ularni saqlashga va ularda yashash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasidan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mulkdorlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Munitsipal uy-joy fondini va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy uy-joy fondini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uy-joy fondi o‘z tasarrufida hamda balansida turgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida vayron bo‘lgan uy-joy fondini tiklash xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash uchun mablag‘larni jamlash (yig‘ish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
138-modda. Uy-joy fondini boshqarish
Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ko‘p kvartirali uy turar joylar mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari turar joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish ko‘rishga haqlidir.
Shirkat tashkil etilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko‘p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Uy-joy fondini boshqarishga doir shartnomalarning namunaviy shakllari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
139-modda. Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash shartnomalari
Uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash shartnomalari yozma shaklda tuziladi.
Boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan bo‘lsa, ko‘p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir.
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasining majburiy shartlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv amalga oshiriladigan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki tarkibi hamda uyning manzili;
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulqdorlarining umumiy mol-mulkini, shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer uchastkasi saqlanishini ta’minlash bo‘yicha boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotning majburiyatlari;
boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot xizmatlariga haq to‘lash tartibi va miqdori;
ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlarini topshirish shartlari;
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Uy-joy fondini boshqarish shartnomasi shartlari ko‘p kvartirali uydagi joylarning barcha mulkdorlari uchun bir xil belgilanadi.
Agar uy-joy fondini boshqarish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlariga har yili uy-joy fondini boshqarish shartnomasining o‘tgan yilgi bajarilishi to‘g‘risida joriy yilning birinchi choragi ichida hisobot taqdim etadi.
Uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organ, shirkat, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoxud boshqaruvchi tashkilot uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlar bilan ishlarni bajarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) doir shartnomalar tuzishga haqlidir”.
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
3-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi 351-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 50-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 352-I-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 51-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 220-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 89-modda) XI bo‘limi.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 9-yanvardagi 6 (4159) - sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
O‘RQ-77-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)