toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
KREDIT AXBOROTI MILLIY INSTITUTINING MAʼLUMOTLAR BAZASINI ShAKLLANTIRISh HAMDA BANKLARARO KREDIT BYuROSI VA TIJORAT BANKLARIGA KREDIT AXBOROTINI TAQDIM ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 18-aprelda 1562-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/5-sonli “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1562-1, 30.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-maydagi ““Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axboroti taqdim etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni (2004-yil 1-iyul, roʻyxat raqami 1379) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 12/1-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-mart,
7/2-son
Markaziy banki Boshqaruvining
2006-yil 11-martdagi
7/2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Kredit axboroti milliy institutining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosi va tijorat banklariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(yangi tahrirda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 197-son “Qarz oluvchilarning kredit tarixi toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy instituti (keyingi matnda — KAMI) tomonidan tijorat banklarining kredit, lizing hamda faktoring operatsiyalari va ularning qarzdorlari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. KAMI tijorat banklarining kredit operatsiyalari va ularning qarzdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi va tahlil qiladi, ular boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, kredit axborotining yagona reyestrini (keyingi matnda — reyestr) yuritadi hamda Banklararo kredit byurosi (keyingi matnda — BKB) va tijorat banklariga axborot taqdim etadi.
2. Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan kredit, lizing hamda uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish toʻgʻrisidagi (keyingi matnda — faktoring) shartnomalar shartlari, garovga olingan mulk, kafolatlar (kafilliklar, kredit tavakkalchiligini sugʻurtalash) toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek davlat statistika va iqtisodiyot organlari, nodavlat tashkilotlari va xoʻjalik subyektlaridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tartibda va asoslarda olingan maʼlumotlar KAMI reyestrini shakllantirish manbai hisoblanadi.
II. Tijorat banklari tomonidan axborotni taqdim etish tartibi va muddati
3. Tijorat banklari KAMIga mazkur Nizomda belgilangan tartibda quyidagi axborotni taqdim etishga majburdirlar:
potensial qarz oluvchilar tomonidan taqdim etilgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
bank kredit qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tuzilgan kredit, lizing hamda faktoring (keyingi matnda — kredit) shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish davomida qarzdorlar toʻgʻrisida bankka maʼlum boʻlgan maʼlumotlar;
qarzdorlar tomonidan bank bilan tuzilgan kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilishining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
4. Tushgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, 1-ilovaga muvofiq shaklda, buyurtma tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmagan holda taqdim etiladi.
5. Rad etilgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, 2-ilovaga muvofiq shaklda, tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmagan holda taqdim etiladi.
Tuzilgan kredit shartnomalari haqidagi maʼlumotlar, 3-ilovaga muvofiq shaklda, tegishli shartnomalar tuzilgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmagan holda taqdim etiladi.
6. Qarzdorlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi haqidagi maʼlumotlar, 4—6-ilovalarga muvofiq shakllarda, operatsiyalar bajarilgandan soʻng bir ish kunidan kechikmagan holda taqdim etiladi.
7. Maʼlumotlarni tayyorlash va joʻnatish, shuningdek reyestrdan axborot olish bank Boshqaruvi raisi (rahbari) tomonidan tayinlanadigan bankning vakolatli xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Bankning vakolatli xodimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar KAMIga u tayinlangandan soʻng uch ish kunidan kechikmagan holda yuborilishi shart.
Vakolatli xodim taqdim etiladigan maʼlumotlarning maxfiyligini bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlashga majburdir.
III. Kredit axborotini yigʻish, qayta ishlash va saqlash tartibi
8. Banklar tomonidan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bosh axborotlashtirish markazi yoki Mintaqaviy axborotlashtirish markazlari (keyingi matnda — BAM) elektron aloqa tizimi orqali Markaziy bankning meʼyoriy talablariga muvofiq belgilangan formatda shifrlangan fayl koʻrinishida taqdim etiladi.
9. Banklardan olingan maʼlumotlar BAM tomonidan KAMI serverida avtomatik tarzda qayta ishlanadi va reyestrga kiritiladi.
Reyestrga kiritilgan har bir kredit buyurtmasiga BAM unikal (xos) kod beradi. Xos kod buyurtma beruvchi bankining kodi, buyurtma tushgan sana va soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR)dan iborat boʻladi. Kredit buyurtmasining xos kodi uni reyestrdan chiqarilgunga qadar saqlanadi.
10. Bank tomonidan kredit berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kredit buyurtmasining xos kodi avtomatik tarzda buyurtma beruvchi va bank oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga beriladi.
Kredit buyurtmasi buyurtma beruvchining kreditga layoqatliligi va ishchanlik obroʻsi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar bilan rad etilgan taqdirda, ushbu kredit buyurtmasi reyestrdan chiqariladi.
Kredit buyurtmasi buyurtma beruvchining kreditga layoqatliligi va ishchanlik obroʻsi bilan bogʻliq boʻlgan sabablar bilan rad etilgan taqdirda, bank tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan 3 oy oʻtgandan soʻng ushbu kredit buyurtmasi reyestrdan chiqariladi.
11. Kredit axboroti quyidagi hollarda reyestrdan chiqarilishi mumkin:
qarzdor shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini vaqtida va toʻliq bajargan hollarida kredit shartnomasi bekor qilingan taqdirda 5 yil oʻtgandan keyin;
qarzdor oʻz majburiyatlarini lozim boʻlgan tarzda bajarmagan yoki banklar tomonidan kredit qoldigʻining summasini “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan hollarida kredit toʻlangan taqdirda 10 yil oʻtgandan keyin.
Noaniq axborot tijorat bankining xatiga asosan reyestrdan chiqarilishi mumkin. KAMI roʻyxatdan chiqarilgan noaniq axborotning elektron bayonnomasini yuritadi va u bir yil davomida saqlanadi.
Kredit axborotini boshqa asoslar boʻyicha reyestrdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Berilayotgan axborot sifatini nazorat qilish maqsadida KAMI belgilangan tartibda tijorat banklarining Markaziy bankning boʻlinmalari tomonidan olingan maʼlumotlarini olish huquqiga ega.
IV. Bank nazoratini amalga oshirish maqsadida kredit axborotidan foydalanish
13. Bank nazorati funksiyalarini amalga oshirish, kredit siyosatidagi oʻzgarishlarni va tijorat banklarining kredit portfeli holatini tahlil etish maqsadida reyestrda saqlanayotgan kredit axboroti Markaziy bankning Tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamentiga har oyda yoki yozma soʻrovnoma asosida, Markaziy bankning Tijorat banklarini nazorat qilish departamentiga yozma soʻrovnoma asosida, Markaziy bankning boshqa boʻlinmalariga Markaziy bank rahbariyatining koʻrsatmasiga koʻra taqdim etiladi.
14. Markaziy bankning boʻlinmalari tomonidan olingan kredit axborotidan boshqa maqsadlarda foydalanilishi, shuningdek ularni uchinchi shaxslarga berilishi taqiqlanadi.
V. BKB va tijorat banklariga maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
15. Reyestrda saqlanayotgan maʼlumotlar BKB va tijorat banklariga faqat tegishli shartnomalar asosida taqdim etilishi mumkin.
Yuridik yoki jismoniy shaxsning kredit ajratish haqidagi yozma murojaati bank uchun ushbu shaxs haqidagi kredit axborotini reyestrdan olish uchun asos boʻladi.
16. Reyestrdagi axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnoma taqdim etiladigan axborotning hajmi va olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash hamda oshkor etilmasligi boʻyicha tomonlarning majburiyatlari toʻgʻrisidagi majburiy shartlarni oʻz ichiga olishi shart.
17. Reyestrdagi axborot BKB va tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan tartibda BAM aloqa kanallari orqali shifrlangan koʻrinishda yuborilgan elektron soʻrovnomalar asosida taqdim etiladi.
BKB va tijorat banklarining soʻrovnomalariga javoblar tayyorlash va berish real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
18. Tijorat banklari va BKB oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan kredit buyurtmalari mavjud boʻlgandagina, reyestrdan axborot olish huquqiga egalar.
Koʻzda tutilayotgan kafillik beruvchi, kredit taʼminotining egasi yoki faktoring boʻyicha qarzdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishga faqat ularning yozma roziligi boʻlganda ruxsat beriladi.
BKB va tijorat bankining soʻrovnomasida buyurtma beruvchi toʻgʻrisidagi va kredit buyurtmasining bank devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etilishi shart.
BKB va tijorat banki tomonidan reyestrdan boshqa tartibda axborot olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
BKB va tijorat banklari reyestrdan potensial qarzdor va uning koʻzda tutilayotgan kafillik beruvchisi yoki kredit taʼminotining egasi hamda faktoring boʻyicha qarzdor toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni soʻralgan sana holatiga olish huquqiga egalar:
a) qarzdorning toʻliq nomi;
b) qarzdorning soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki pasport seriyasi;
v) uch oy davomida qondirilmagan yoki rad etilgan kredit buyurtmalari soni;
g) qarzdor tomonidan uchinchi shaxslarning majburiyatlari taʼminoti sifatida berilgan kafilliklar soni;
d) qarzdor tomonidan uchinchi shaxslarning majburiyatlari taʼminoti sifatida berilgan kafilliklarning umumiy summasi;
e) bank kodi (MFO);
j) kredit valyutasi;
z) kredit boʻyicha berilgan summa;
i) kredit boʻyicha muddatli yoki muddati uzaytirilgan qarzdorlik summasi;
k) kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik summasi (shu jumladan sud jarayonidagi summa va “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga oʻtkazilgan summa);
l) muddati oʻtgan foizlar summasi (shu jumladan “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlariga oʻtkazilgan foizlar summasi);
m) kredit taʼminotining turi;
n) garovga qoʻyilgan mulk nomi;
o) avvalgi majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Potensial qarzdor toʻgʻrisida KAMI reyestridan olingan maʼlumotlar kredit buyurtmasi boʻyicha kredit berish yoki rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi. Banklar qonunchilikka asosan bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.
VI. Javobgarlik
19. Tijorat banklari axborotni taqdim etish muddatlari boʻyicha ushbu Nizom talablarini buzganda yoki noaniq axborot uzatganda qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadilar.
20. KAMI, BKB va tijorat banklari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda mazkur Nizomda belgilangan tartibda axborot almashinuvi davomida ularga maʼlum boʻlgan bank siri boʻlib hisoblanadigan maʼlumotlarning saqlanishini va maxfiyligini taʼminlashga javobgardirlar.
21. Tijorat banklari va BKB potensial qarzdor yoki uning koʻzda tutilayotgan kafili yoki kredit taʼminotining egasi hamda faktoring boʻyicha qarzdor toʻgʻrisida ushbu Nizomda oʻrnatilmagan tartibda KAMIdan axborot olganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar.
22. KAMI, BAM, BKB va tijorat banklari kredit axborotining xavfsiz uzatilishi va tegishli saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy va texnik choralarni koʻrishlari lozim.
23. Mazkur Nizom va bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Nizomga
1-ILOVA
Kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI*

№‎

Maʼlumotlar‎

Izoh‎

1.‎

Joriy sana‎ Maʼlumotlarning KAMIga taqdim etilgan sanasi‎

2.‎

Bank kodi Bank kodi‎

3.‎

Kredit buyurtmasi kelib tushgan sana‎ Kredit buyurtmasining bankka tushgan sanasi‎

4.‎

Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎‎yuridik shaxslar uchun:
‎nomi, STIR, rekvizitlari va davlat roʻyxatidan
‎oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

‎‎jismoniy shaxslar uchun: ‎familiyasi, ismi,
‎sharifi, tugʻilgan yili, yashash joyi, ‎‎pasport
‎maʼlumotlari, STIR (agar mavjud boʻlsa). ‎

5.‎

Tarmoq‎ Buyurtma beruvchining tarmoq kodi
‎(yuridik shaxslar uchun)‎

6.‎

Kredit turi‎ Soʻralayotgan kredit turi‎

7.

Soʻralayotgan kredit summasi‎ Kredit buyurtmasi (biznes-reja)da koʻrsatilgan
‎kredit summasi‎

8.‎

Kreditni qaytarish moʻljallanayotgan muddat‎ Kredit buyurtmasi (biznes-reja)da koʻrsatilgan
‎kreditni qaytarish muddati‎

9.‎

Koʻzda tutilayotgan kafillik beruvchi yoki kredit
‎taʼminoti egasini yozma roziligining mavjudligi‎
Ha/Yoʻq‎

10.‎

Koʻzda tutilayotgan kafillik beruvchi yoki kredit
‎‎taʼminotining egasi hamda faktoring boʻyicha
‎qarzdor toʻgʻrisida maʼlumotlar‎
yuridik shaxslar uchun: nomi, STIR, rekvizitlari va davlat
‎roʻyxatidan oʻtganligi

‎toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
‎jismoniy shaxslar uchun:

‎familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan yili, yashash joyi,
‎pasport maʼlumotlari, STIR (agar mavjud boʻlsa). ‎

11.‎

Taʼminotning nomi‎ Mulk garovi uchun: mulk nomi‎
* Kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga lizing va faktoring shartnomalarini tuzish boʻyicha buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiradi.
Nizomga
2-ILOVA
Rad etilgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI*

№‎

Maʼlumotlar‎

Izoh‎

1.‎

Joriy sana‎ Maʼlumotlarning KAMIga taqdim etilgan sanasi‎

2.‎

Bank kodi‎ Bank kodi‎

3.‎

Qaror qabul qilingan sana‎ Kredit buyurtmasini rad etish toʻgʻrisidagi
‎qaror qabul qilingan sana‎

4.‎

Bank organi‎ Kredit buyurtmasini rad etish toʻgʻrisida qaror
‎qabul qilgan bank organi‎

5.‎

Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎‎yuridik shaxslar uchun: ‎nomi, STIR, rekvizitlari
va davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi
‎maʼlumotlar;

‎jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, sharifi,
‎tugʻilgan yili, yashash joyi, pasport maʼlumotlari,
‎STIR (agar mavjud boʻlsa). ‎

6.‎

Tarmoq‎ Buyurtma beruvchining tarmoq kodi
‎(yuridik shaxslar uchun)‎

7.‎

Rad etish sababi‎ Rad etish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorga
‎muvofiq kredit buyurtmasini rad etish
‎sabablarining bayoni‎
* Rad etilgan kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga lizing va faktoring shartnomalarini tuzish boʻyicha rad etilgan buyurtmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiradi.
Nizomga
3-ILOVA
Kredit, lizing hamda uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish toʻgʻrisidagi (faktoring) shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI

№‎

Maʼlumotlar‎

Izoh‎

1.‎

Joriy sana‎ Maʼlumotlarning KAMIga taqdim
‎etilgan sanasi‎

2.‎

Bank kodi‎ Bank kodi‎

3.‎

Buyurtma nomeri‎ Kredit buyurtmasining kredit axboroti
‎yagona reyestridagi identifikatsion raqami‎

4.‎

Shartnoma tuzishga asos‎ Bankning vakolatli organi (bank kredit qoʻmitasi,
‎boshqaruvi, kengashi, aksiyadorlarning umumiy
‎yigʻilishi)ning qarori yoki boshqa asoslar‎

KREDIT ShARTNOMALARI UChUN:‎‎

5.‎

Shartnoma raqami va sanasi‎ Kredit shartnomasi raqami va
‎imzolangan sana‎

6.‎

Kredit berilgan sana‎ Kredit summasining qarzdorni ssuda
‎hisobvaragʻiga oʻtkazilgan sanasi‎

7.‎

Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Buyurtma beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎yuridik shaxslar uchun: nomi, STIR, rekvizitlari
‎va davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi
‎maʼlumotlar;

‎jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, sharifi,
‎tugʻilgan yili, yashash joyi, pasport yoki uning oʻrnini
‎bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat maʼlumotlari,
‎STIR (agar mavjud boʻlsa). ‎

8.‎

Tarmoq‎ Buyurtma beruvchini�g tarmoq kodi
‎(yuridik shaxslar uchun)‎

9.‎

Kredit summasi‎ Shartnomada koʻrsatilgan kredit summasi‎

10.‎

Kreditning qaytarish sanasi‎ Shartnomada koʻrsatilgan kreditni qaytarish
‎muddati‎

11.‎

Kreditlash obyekti‎ Shartnomada koʻrsatilgan kreditdan foydalanish
‎maqsadlari‎

12.‎

Kredit taʼminotining tipi‎ Garov, kafillik, kafolat yoki kredit xatarini
‎sugʻurtalash‎

13.‎

Kredit taʼminoti toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Garov: garov toʻgʻrisidagi shartnoma rekvizitlari,
‎mulk bayoni, bahosi, garov shartnomasining davlat
‎roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar
‎mazkur garov shartnomasini davlat roʻyxatidan
‎oʻtkazilishi lozim boʻlsa).

‎Kafillik: kafillik toʻgʻrisidagi shartnoma rekvizitlari,
‎kafil — yuridik shaxsning rekvizitlari; kafil —
‎jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari.

‎Kafolat: kafolatning rekvizitlari, kafolat
‎beruvchining rekvizitlari.

‎Kredit tavakkalchiligini sugʻurtalash: kredit xatarini
‎sugʻurtalash shartnomasi rekvizitlari, sugʻurtalovchining
‎rekvizitlari. ‎

14.‎

Kredit boʻyicha foizlar‎ Kredit shartnomasida koʻrsatilgan kredit boʻyicha
‎foizlar miqdori‎

15.‎

Kredit berilgan valyuta‎ Kredit berilgan valyuta kodi‎

16.‎

Kredit berish shakli‎ Naqd pul bilan yoki naqd pulsiz‎

17.‎

Qaytarish shakli‎ Naqd pul bilan yoki naqd pulsiz‎

‎‎LIZING ShARTNOMALARI UChUN:‎

18.‎

Shartnoma raqami va sanasi‎ Lizing shartnomasi raqami va imzolangan sana‎

19.‎

Shartnomaning notarial tasdigʻi‎ Shartnomaning notarial tasdigʻi (agar ushbu
‎shartnomani tasdiqlash lozim boʻlsa)‎

20.‎

Berilgan sana‎ Lizing obyektining lizing oluvchiga
‎berilgan sanasi‎

21.‎

Lizing oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Lizing oluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎yuridik shaxslar uchun: nomi, STIR,
‎rekvizitlari va davlat roʻyxatidan oʻtganligi
‎toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

‎jismoniy shaxslar uchun: familiyasi, ismi, sharifi,
‎tugʻilgan yili, yashash joyi, pasport yoki uning oʻrnini
‎bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
‎maʼlumotlari, STIR (agar mavjud boʻlsa). ‎

22.‎

Tarmoq‎ Lizing oluvchining tarmoq kodi
‎(yuridik shaxslar uchun)‎

23.‎

Lizing obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Shartnomaga muvofiq lizing obyekti soni,
‎sifati, tarkibi, bahosi va boshqa parametrlari,
‎roʻyxatdan oʻtganligi (agar ushbu obyekt
‎roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlsa)‎

24.‎

Lizing toʻlovlari miqdori‎ Shartnomaga muvofiq lizing oluvchining
‎lizing beruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan
‎toʻlovlar miqdori‎

25.‎

Shartnomaning amal qilish muddati‎ Shartnomaning amal qilishi tugaydigan
‎muddat‎

FAKTORING ShARTNOMALARI UChUN:

26.‎

Shartnoma raqami va sanasi‎ Faktoring shartnomasi raqami va
‎imzolangan sana‎

27.‎

Mijoz toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Mijoz toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎nomi, STIR, rekvizitlari va davlat roʻyxatidan
‎oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ‎

28.‎

Tarmoq‎ Mijozning tarmoq kodi‎

29.‎

Qarzdor toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ Qarzdor toʻgʻrisida maʼlumotlar:

‎nomi, STIR, rekvizitlari va davlat roʻyxatidan
‎oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ‎

30.‎

Tarmoq‎ Qarzdorning tarmoq kodi‎

31.‎

Zimmasiga olinadigan majburiyat toʻgʻrisida
‎maʼlumotlar‎
Faktoring shartnomasi boʻyicha maʼlumotlar‎

32.‎

Birovga beriladigan majburiyat miqdori‎ Majburiyatning umumiy summasi
‎(diskontni hisobga olmasdan)‎

33.‎

Majburiyatni ijro etish muddati‎ Faktoring shartnomasiga muvofiq qarzdor
‎tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish muddati‎





‎‎
Nizomga
4-ILOVA
Qarzdorlar tomonidan kredit shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI

№‎

Qarzdor toʻgʻrisida maʼlumot ‎

Shartnoma rekvizitlari ‎

Kredit summasi ‎

Kreditni qaytarish muddati ‎

Kreditning holati ‎

Toʻlanmagan asosiy qarz qoldigʻi‎

Toʻlanmagan foizlar qoldigʻi‎

Muddati oʻtgan asosiy qarz summasi ‎

Muddati oʻtgan foizlar summasi ‎

1.‎

2.‎

3.‎








‎‎
Nizomga
5-ILOVA
Qarzdorlar tomonidan lizing shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI

№‎

Lizing
‎oluvchi toʻgʻrisida maʼlumot ‎

Lizing shartnomasi rekvizitlari ‎

Lizing shartnomasi summasi ‎

Shartnomaning amal qilish muddati ‎

Lizing toʻlovlarini toʻlash muddati ‎

Toʻlanmagan lizing toʻlovlari qoldigʻi ‎

Muddati
‎oʻtgan lizing toʻlovlari summasi ‎

1.‎

2.‎

3.‎






‎‎
Nizomga
6-ILOVA
Qarzdorlar tomonidan uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish toʻgʻrisidagi (faktoring) shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
TARKIBI

№‎

Qarzdor
‎toʻgʻrisida maʼlumotlar ‎

Shartnoma rekvizitlari ‎

Shartnoma
‎boʻyicha qarzdorning majburiyatlari
‎summasi ‎

Qarzdor tomonidan oʻz majburiyatlarini
‎bajarish muddati ‎

Shartnoma boʻyicha
‎qarzdor tomonidan
‎oʻz majburiyatlarini bajarishning muddati
‎oʻtgan summasi ‎

1.‎

2.‎

3.‎








‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 135-modda)