toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Hujjat 18.01.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 14-noyabrdagi PQ-511-sonli qaroriga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
PF-3846-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 18-yanvardagi PF-3846-sonli Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-sonli Farmonida:
1-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-banddagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarorida:
a) 1-ilovadagi 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi 4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi hamda 8-bandning oʻn oltinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
7-bandning “e” kichik bandidagi “pul yutuqli oʻyin avtomatlarini ishlatishdan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9-bandning toʻrtinchi xatboshidagi va 30-banddagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi, 29-bandning “b” kichik bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning “g” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlari” soʻzlari “hududiy yoʻl-ekspluatatsiya tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 3-son, 22-modda)