1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
3.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YO‘LLARI QURISh VA ULARDAN FOYDALANIShNI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yo‘l qurilishini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalaniladigan zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ortiqcha boshqaruv tuzilmalarini qisqartirish, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qurilish va yo‘l-transporti kommunikatsiyalari kompleksi, “O‘zavtoyo‘l” konserni, yo‘l xo‘jaligi tizimi birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat aksiyadorlik konsernini Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) etib qayta tashkil qilish;
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-yanvardagi PF-3846-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 22-modda)
“O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi tarkibida tuman avtomobil yo‘llari boshqarmalari, ekspluatatsiya-liniya, yo‘llardan foydalanish, yo‘l-ko‘priklardan foydalanish boshqarmalari negizida tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-ekspluatatsiya korxonalari tuzish.
2. Quyidagilar “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
respublikada avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish hamda takomillashtirishda yagona texnikaviy, investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni o‘tkazish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, eng avvalo xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘priklar hamda tonnellarga kompleks xizmat ko‘rsatish va ularni tegishli texnik holatda saqlash hamda o‘tkazish qobiliyatini, shuningdek kompaniya tarkibiga kiruvchi pudrat tashkilotlari faoliyatini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish masalalarining kompleks hal etilishini ta’minlash;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarida qurilish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirish chog‘ida belgilangan qoida va sifat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
3. Belgilansinki, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hududiy yo‘l-ekspluatatsiya tashkilotlari zimmasiga, avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasiga kompleks xizmat ko‘rsatish hamda ularning texnik holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish esa — tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-ekspluatatsiya korxonalari zimmasiga yuklanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-yanvardagi PF-3846-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 22-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining:
2003-yilning 1-oktabridan boshlab yo‘l xo‘jaligini boshqarish tuzilmasidagi Respublika, viloyat va mahalliy yo‘l jamg‘armalarini tugatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Respublika yo‘l jamg‘armasini tuzish to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga mablag‘larni yig‘ish va tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq va Davlat bojxona qo‘mitalari zimmasiga yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Quyidagilar Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Respublika pul jamg‘armasi mablag‘ tushumlari hamda sarf-xarajatlarining yillik va kvartal balanslarini shakllantirish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlashning investitsiya loyihalari va tender hujjatlarining texnikaviy-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan o‘tkazish;
yo‘l xo‘jaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashning nomma-nom ro‘yxatlarini belgilangan tartibda kelishib olish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ularni saqlash smeta xarajatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalash, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish.
6. Belgilansinki, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar davlat soliqlari va yig‘imlariga tenglashtiriladi, ularning miqdori har yili Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi.
7. “O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksionerlik konserni (“O‘zavtoyo‘l”)ni tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 26-yanvardagi PF–546-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-avgust,
PF-3292-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 112-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 3-son, 22-modda)