1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
UMUMIY FOYDALANILADIGAN AVTOMOBIL YOʻLLARINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh VA REKONSTRUKSIYA QILISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek Respublika yoʻl fondi hisobidan yoʻl tarmogʻining ekspluatatsiya qilish va pudratchi tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishni maqbullashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Umumiy foydalaniladigan yoʻllarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlari shakllanishi va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi “Oʻzavtoyoʻl” DAK, Davarxitektqurilish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari bilan birgalikda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishning belgilangan tartibiga qatʼiy amal qilinishini, koʻrsatilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yoʻl fondining avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya qilishga ajratilgan mablagʻlaridan maqsadli va oqilona sarflanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qarorining 7-bandidagi 2, 3 va 5-xatboshilari hamda mazkur qarorning 5, 6 va 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.