toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2007
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“DAVLAT UY-JOY SIYoSATINING ASOSLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Uy-joy kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1997-yil 10-yanvardagi 7 (1524)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga zid keluvchi o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari “Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid kelmaydigan qismi qo‘llanilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
352-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 51-modda)