1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)
“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son hamda “Tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik sohasidagi qonun buzilishlari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 24-iyundagi PF-3622-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-noyabr,
235-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 547-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 09/25/121/0186-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida nizomda:
“ularning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllangandan keyin bir yil mobaynida standartlarning majburiy talablari takroriy buzilganligi uchun xoʻjalik faoliyati subyektlariga nisbatan sotilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarimalar qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “sotishni taqiqlash toʻgʻrisida” soʻzlari “sotishni taqiqlash yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jarima solish sud tomonidan, xoʻjalik faoliyati subyekti sodir etilgan qonun buzilishi aybini tan olganda va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlaganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bosh inspektori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat bosh inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi”;
“9. Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi”;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
11. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning oʻzida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bandidagi “soliq organlari qarorlari asosida musodara qilish” soʻzlari “ularni keyinchalik sud tartibida davlat daromadiga oʻtkazish uchun soliq xizmati organlari tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qoʻyish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 945-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/945/2210-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 15-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 8-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda):
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-maydagi 213-son qarorining 2-bandidagi “spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar” soʻzlari “spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizomning “Umumiy qoidalar” boʻlimi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Chet el oziq-ovqat spirti mavjudligi, shuningdek bunday spirtni keltirishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega boʻlmagan korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻradilar”.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)
24. Vazirlar Mahkamasining “Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 23-sentabrdagi 444-son qarorining 7-bandi beshinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 58-modda) chiqarib tashlansin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/185/0864-son)
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 364-modda)
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-apreldagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 09/22/171/0293-son)
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
31. Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 264-son qarorining 3-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 31-modda):
“belgilangan savdo qoidalari buzilgan, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilmagan va naqd pul mablagʻlari bank kassalariga oʻz vaqtida topshirilmagan hollarda shaharlar va tumanlar hokimliklari soliq organlarining taqdimnomasiga koʻra chakana savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyadi yoxud oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki ruxsatnomalarni bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi”.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 025 yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
33. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda):
ikkinchi xatboshidan “va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “chakana savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatishgacha boʻlgan” soʻzlari “shu jumladan chakana savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish uchun berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatish boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6 va 7-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 8-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidan “tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bandning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-bandning “Masʼul bajaruvchilar” ustunidan “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
35. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 28 va 39-bandlar matnlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ruxsat guvohnomasini chaqirib olish sud tartibida amalga oshiriladi”;
“29. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin. Ruxsatnomani bergan tuman (shahar) hokimligi ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlgan muddatga toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi”.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
38. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarining 26-bandi toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ruxsat guvohnomasini olib qoʻyish va bekor qilish, shuningdek uning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyish va toʻxtatish ularni berish vakolatiga ega boʻlgan organning murojaati boʻyicha sud tartibida, oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish esa — ularni berishga vakolatli boʻlgan organning qarori boʻyicha amalga oshiriladi. Mazkur Qoidalarga rioya qilinishini tekshirish dalolatnomalari yoki vakolatli davlat organlarining taqdimnomalari sudga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi. Ayni bir qonun buzilishi uchun bir necha sanksiya qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 47-son, 488-modda)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
42. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomda:
43. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
“litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
b) 39-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organ tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 45-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
48. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda) 1-ilovaning 13-bandi chiqarib tashlansin.
49. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda) ilovaning 4-bandi chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-oktabrdagi 477-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 106-modda):
(50-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
“litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish”;
28-bandning birinchi xatboshidan “litsenziyalovchi organ tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/328/0652-son)
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son)
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
59. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 123-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 27-oktabrdagi 467-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 101-modda).