1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
8.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.09.00 Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
9.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
11.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
12.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
13.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.05.00 Tabiiy monopoliyalar;
17.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar;
18.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.05.00 Auditorlik xulosasi;
19.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash;
20.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati;
21.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
22.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.04.00 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
23.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
24.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
25.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat;
26.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.07.00 Nizolarni hal qilish. Shaharsozlik va arxitektura sohasida qonun buzganlik uchun javobgarlik;
27.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
28.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar;
29.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar;
30.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat;
31.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini taʼminlash;
32.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
33.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 Oʻrmonga oid qonun hujjatlarini va oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Oʻrmon fondiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar);
34.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish;
35.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.06.00 Atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
36.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
37.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
38.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
39.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
40.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik;
41.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
42.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
43.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar);
44.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
4.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish;
5.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish;
6.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
9.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
10.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama;
11.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
12.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
13.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
14.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
15.Moliya / Investitsiyalar;
16.Moliya / Auditorlik faoliyati;
17.Moliya / Sugʻurta;
18.Moliya / Birja faoliyati;
19.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar;
20.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
21.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISh TIZIMI TAKOMILLAShTIRILGANLIGI HAMDA ULARNING MOLIYAVIY JAVOBGARLIGI ERKINLAShTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 26-avgustda maʼqullangan
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Moliya / Birja faoliyati]
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi 625-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 6-moddasining uchinchi qismiquyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoxud uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida sudga murojaat etishga haqlidir”.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-moddaquyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 48-moddaning ikkinchi qismiquyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Koʻrsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno”;
3) 50-moddaning ikkinchi qismiquyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Koʻrsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qoʻllaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno”.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son)
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.15.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga vakolatli boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1741-modda bilan toʻldirilsin:
“1741-modda. Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Emitentlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborotni, hisobotlarni eʼlon qilmaslik yoki oʻz vaqtida eʼlon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki oʻz vaqtida topshirmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Investorlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli daromadlarni investorlarga toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib oʻtish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) quyidagi mazmundagi 2271—22727-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2271-modda. Bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga notoʻgʻri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan boʻlsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2272-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan holda chora koʻrmaslik
Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2273-modda. Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda koʻrsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik
Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 61-moddasida nazarda tutilgan muddatda bojxona organlariga koʻrsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2274-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki yetkazib bermaslik
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan, bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarini yoʻqotish yoxud yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2275-modda. Transport vositasini toʻxtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻxtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻxtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2276-modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib toʻxtash
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib toʻxtashi, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2277-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, yaʼni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni oʻtkazish joyi, vaqti va taomili toʻgʻrisidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2278-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar oʻtkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
2279-modda. Qiyoslash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish
Bojxona organi tomonidan qoʻllanilgan qiyoslash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22710-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, yaʼni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22711-modda. Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini oʻtkazish uchun hudud va binoga kirishiga toʻsqinlik qilish
Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud boʻlgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22712-modda. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida boʻlib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22713-modda. Tovarlarni saqlash uchun qoʻyish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibini buzish
Ushbu Kodeksning 2274, 2278, 2279 va 22711-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, tovarlarni saqlash uchun qoʻyishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash, xuddi shuningdek bojxona omborlarida va erkin omborlarda tovarlar bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibiga va muddatlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22714-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, yaʼni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22715-modda. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Erkin bojxona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibni buzgan holda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22716-modda. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar ularni qaytarib olib kirish shart boʻlsa, jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22717-modda. Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish
Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish, yaʼni tovarlarni yoʻq qilishning, ularni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22718-modda. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik
Tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish va ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22719-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qoʻllanish tartibiga rioya qilmaslik
Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qoʻllaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qoʻllanishning belgilangan tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22720-modda. Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish
Ushbu Kodeks 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22721-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, yaʼni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, yaʼni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga oʻxshash qilib qoʻyish, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, ushbu Kodeksning 22722-moddasi va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22722-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning 2277, 22710, 22719, 22720, 22721-moddalarida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmagan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22723-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab oʻtib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22724-modda. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish
Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda bojxona organining ruxsatisiz foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22725-modda. Bojxona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 22720-moddasi va 22721-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻgʻri maʼlumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
22727-modda. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi“173” raqamidan keyin “1741” raqami bilan toʻldirilsin, “227” raqami esa “2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi“227-moddasida” degan soʻzlar “227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining uchinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22715-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 287-moddaning 6-bandi “227” raqamidan keyin “2271 — 22727” raqamlari bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi 177-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1)3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchiqismlar bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha toʻlangan summalarga teng boʻlgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasining mavjudligi soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi summasidan ortiq boʻlishi mumkin emas”;
2) 4-modda quyidagi mazmundagi ikkinchiqism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq boʻlgan, muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 291-moddasiningnomi, birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“291-modda. Banklarning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari boʻyicha axborot taqdim etish majburiyati
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar toʻgʻrisidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun taqdim etishlari shart.
Bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sud qarori mavjud boʻlgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qoʻyiladi, korxonaning toʻlanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, koʻzda tutilmagan holatlarning alohida hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi OʻRQ-604-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 19-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tovarni (ishni, xizmatni) isteʼmolchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) isteʼmolchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan har qanday chora”;
2) 6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi“bahosi” degan soʻzdan keyin “(tarifi)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
“Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga moʻljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni toʻxtatish, ularni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi“tovar sifatini” degan soʻzlardan keyin “sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni soʻrab oladilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradilar;
isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
isteʼmolchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun:
yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega”;
“Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi“yoxud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismidagi“yoki jarima solish haqidagi qarorning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) 31-moddaning ikkinchi qismidagi“mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 41-moddaning birinchi qismidagi “roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shugʻullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaxslar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.06.00 Atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atmosfera havosini muhofaza qilish]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda)13-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi”;
3)8-moddadagi“litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi“saqlanganda ularni” degan soʻzlardan keyin “(xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 7-modda beshinchi qismining ikkinchiva uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;
bojxona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar”.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
8-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari hamda boshqa hisobvaragʻlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”;
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qoʻllaniladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno”;
10-bandiquyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar-moddiy boyliklarini musodara qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
“2) xoʻjalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar”;
6-bandiquyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 719-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 26-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilingan yoki topilgan;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda investitsiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”;
uchinchi qismtegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.10.00 Oʻrmonga oid qonun hujjatlarini va oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. Oʻrmon fondiga va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash (taksalar)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 11-moddasining beshinchi xatboshisiquyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1)9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida oʻn kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi“litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan soʻzlar “sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi qismibirinchi xatboshisidagi“litsenziyani bergan organ tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Litsenziyani bekor qilish ushbu modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak”.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi OʻRQ-865-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan toʻldirilsin:
“401-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralarni qoʻllash
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
faoliyatni toʻxtatib qoʻyish, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaragʻlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tadbirkorlik subyektining sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyani (ruxsatnomani) oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki uning amal qilishini tugatish va litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno)”.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
33-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 11-oktabrdagi 199 (4098) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-oktabr,
OʻRQ-59-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2012-y., 1-son, 5-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 03/20/604/0175-son; 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 28.02.2023-y., 03/23/819/0113-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)