Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик маълумотлари миллий базаси
ONLINE TRANSLATE
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Prezident Farmoniga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab tajriba-sinov tariqasidaayrim hududlarda, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Samarqand viloyatining barchatuman (shahar)larida:

▪️ olis va chekka hududlar tibbiyot xodimlarining shtat meʼyorlarini belgilashda biriktirilgan aholi sonidan qatʼi nazar aholi 3 ming nafardan kam boʻlganhollarda ham tibbiyot xodimlarining shtatlaribir shtat birligidan kam boʻlmaganmiqdorda kiritilishi hamda ular asosiy ish joyigatoʻliq stavkada ishga qabul qilinadi;

▪️oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritishi belgilandi.

Shuningdek, tajriba-sinov loyihasi doirasida aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.

Xususiy oilaviy shifokorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish boʻyicha aholi va xususiy oilaviy shifokorlar oʻrtasida bitim tuzishga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yoʻlga qoʻyiladi;

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi:

▪️ sayyor tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;

▪️ tibbiyot brigadasiga belgilangan meʼyorlardan 10 foiz ortiqcha qoʻshimcha biriktirilgan aholining har bir nafari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida —shaharlarda, 0,5 foizi miqdorida —tumanlarda;

▪️oila salomatligi boʻyicha maxsus oʻquv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun kurs yakuni boʻyicha beriladigan sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida. Bunda kursning har bir bosqichi yakuni boʻyicha sinovlardan ijobiy natijaga erishgan xodimlarga 25 foiz miqdorida ustama qoʻllaniladi.

Farmonga koʻra, rahbar xodimlar va oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda tibbiyot muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI)asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustamajoriy etilishi belgilangan.