Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING ChET ELGA BORIShLARINING TARTIBI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarini soddalashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining Vaqtinchalik tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizom hamda diplomatik pasport beriladigan shaxslar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chet elga borishlari maxsus kelishuvni talab qiluvchi mansabdor shaxslarning roʻyxati tasdiqlansin (3-ilova).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalari, mutaxassislari va oʻquvchilarini chet elga xizmat safariga yuborish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 25-oktabrdagi 271-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati oʻzlarining yoʻriqnoma hujjatlarini Prezident Farmonining 16-bandiga hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-mart,
141-son
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining
VAQTINChALIK TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsiy, jamoat ishlari boʻyicha, doimiy yashash uchun, sayyohlar sifatida, oʻqishga, davolanishga va xizmat safariga chet elga erkin borish huquqiga egadirlar.
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining borish hujjatlarini rasmiylashtirish talab qilinmaydigan MDH aʼzolari boʻlgan davlatlardan boshqa xorijiy mamlakatlarga borishlari uchun joriy qilinadi.
2. Chet elga borish uchun fuqarolik pasportlari fuqarolarning anketa-arizalari asosida ularning doimiy yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining organlarida rasmiylashtiriladi.
3. Diplomatik pasportlar “Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
4. Chet el xizmat safarlarini tashkil etish va ulardan samarali foydalanilishi uchun masʼuliyat xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tashkilotlar va organlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarini rasmiylashtirish tartibi
1. Oʻzbekiston Respublikasining chet elga bormoqchi boʻlgan fuqarolari tegishli shakldagi anketa-arizani toʻldirgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda, doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar.
2. Ichki ishlar organlari fuqaroning anketa-arizasini 15 kun muddatda koʻrib chiqadilar va unga chet elga borishi uchun pasport beradilar. Chet elga doimiy yashashga ketayotgan fuqarolar uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati zarur hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Chet elga borayotgan fuqarolar xorijiy davlat vizasini olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
3. Anketa-ariza 18 yoshga toʻlgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladi. 18 yoshga toʻlmagan bolalar borayotgan hollarda ularning qonuniy vakillarining iltimosnomalari taqdim etiladi.
14 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar doimiy yashashga ketayotgan hollarda ketayotganlarning roziligini tasdiqlovchi notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatlar ham taqdim etilishi kerak.
Doimiy yashash uchun ketilayotganda ota-ona, er-xotinlarning roziligini tasdiqlovchi notarius tomonidan tasdiqlangan hujjatlar — ular vafot etgan boʻlsalar — vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining nusxasi taqdim etilishi kerak.
III. Chet elga xizmat safarlariga borishni rasmiylashtirish tartibi
1. Xizmat safarlariga borishni rasmiylashtirish yuboruvchi tashkilotning murojaati hamda boruvchi shaxslarning anketa-arizalari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolik pasportlari ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi, boriladigan mamlakatga xizmat vizalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali taʼminlanadi.
Fuqarolik pasportini va xizmat vizasini rasmiylashtirishning umumiy muddati 20 kundan oshmasligi kerak.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari apparatining masʼul xodimlarini xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va muassasalar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
3. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻquv yurtlari rahbarlari va xodimlarini xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish bu tuzilmalarning oʻzlarining qarori asosida amalga oshiriladi.
4. Qoʻshma korxonalar, kichik korxonalar, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, aksionerlik korxonalari va jamiyatlari, firmalar va xususiy kompaniyalar, mulkchilikning barcha shakllaridagi qishloq xoʻjaligi birlashmalari rahbarlari va xodimlari chet elga oʻzlarining mustaqil qarorlari asosida boradilar.
5. Davlat kontrakti asosida xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror yuboruvchi tashkilot tomonidan qabul qilinadi.
Xususiy kontraktlar boʻyicha ishlash uchun chet elga borish Mehnat vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.
6. Oʻquvchilar, aspirantlar, olimlar va mutaxassislar xorijiy mamlakatlarga oʻqishga, stajirovkaga yuborilayotganda qarorni ularni yuboruvchi muassasa qabul qiladi.
7. Hukumatlararo bitimlar boʻyicha xorijiy mamlakatlarga yuborish toʻgʻrisidagi qaror tegishli vazirliklar va idoralarning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
8. Jamoat tashkilotlari tomonidan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bu tashkilotlarning rahbar organi tomonidan qabul qilinadi.
9. Xizmat safarlariga borayotgan shaxslar davlat siri hisoblangan maʼlumotlardan voqif boʻlsalar yuboruvchi tashkilotlar ularning anketa-arizasi bilan birgalikda voqiflik darajasi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etadilar.
IV. Chet elga borish huquqidagi cheklashlar
1. Quyidagi sabablar chet elga borish huquqini vaqtincha cheklash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin:
a) agar shaxs davlat siri hisoblangan maʼlumotlardan voqif boʻlsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish sudda koʻrib chiqilgunga qadar;
v) agar shaxs sudning hukmi bilan xavfli retsidivist deb tan olingan yoki militsiyaning maʼmuriy nazorati ostida boʻlsa sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish toʻxtatilgungacha;
g) agar shaxs unga sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishdan boʻyin tovlayotgan boʻlsa — majburiyatlarni ijro etmagunga qadar;
d) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida shak-shubhasiz yolgʻon maʼlumotlarni bergan boʻlsa;
e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish koʻrib chiqilgunga qadar;
j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida roʻyxatga olingan va haqiqiy xizmatga chaqirilishi kerak boʻlsa — haqiqiy muddatli xizmatni oʻtagunga qadar yoki qonunga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
2. Ushbu boʻlimning 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollar doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketishga ruxsat berishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
V. Chet elga borishga ruxsat berilmaganligi ustidan shikoyat qilish tartibi
Ushbu Tartibning IV boʻlimida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chet elga borishga ruxsat berishning rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatdan ortiqcha kechiktirilishi fuqaro tomonidan yuqori organga shikoyat qilinishi mumkin, bu organ bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda javob berishi kerak, fuqaro uning qaroridan norozi boʻlganda sudga shikoyat qilishi mumkin. Mazkur Tartibning IV boʻlim 1-bandining “b” va “j” bandlarida koʻrsatilgan sabablar boʻyicha chet elga borish huquqini cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
1991-yil 17-martdagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisida
NIZOM
1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti — bu Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga borganda, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaganda uning shaxsini va maqomini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan hujjatdir.
2. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti Oʻzbekiston Respublikasidan dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiydir.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xorijiy davlatlarning barcha vakolatli organlaridan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasportini koʻrsatuvchilarni erkin va toʻsiqsiz oʻtkazib yuborishlarini va zarurat boʻlganda ularga har qanaqa koʻmak berishlarini va himoya qilishlarini iltimos qiladi.
4. Diplomatik pasport besh yil muddatga beriladi.
5. Diplomatik pasport mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga beriladi.
6. Diplomatik pasport er-xotinlarga, diplomatik pasporti boʻlgan shaxslar bilan birgalikda boruvchi 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga ham beriladi. 16 yoshgacha boʻlgan bolalar ota-onalaridan birining pasportiga yozib qoʻyiladilar. Ayrim hollarda bolalarga ular balogʻat yoshiga yetgunlariga qadar ham diplomatik pasport berilishi mumkin.
7. Diplomatik pasportlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan beriladi. Diplomatik pasportlardagi barcha yozuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Pasport egasi haqidagi maʼlumotlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida kiritiladi.
8. Diplomatik pasport chet elda yoʻqotib qoʻyilgan hollarda pasport egasi tezlik bilan bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga, agar pasport respublika hududida yoʻqotib qoʻyilgan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berishi shart.
Yoʻqotib qoʻyilgan pasport oʻrniga yangi pasport belgilangan ichki tartibga muvofiq beriladi.
9. Diplomatik pasportlar bepul beriladi.
10. Diplomatik pasport Oʻzbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.
11. Diplomatik pasportlarning blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjatdir. Ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining buyurtmalariga koʻra tayyorlanadi.
Diplomatik pasportlarni hisobga olish, saqlash, yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fuqarolar chet el safaridan qaytib kelganlarida diplomatik pasportlar bir hafta muddatda ularni saqlash va foydalanish masʼuliyati yuklatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshirilishi kerak.
13. Nizom qoidalarini buzish Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasportidan foydalanish huquqidan mahrum qiladi. Diplomatik pasportdan foydalanish huquqidan mahrum qilish haqidagi masala konsullik xizmatining taqdimnomasiga koʻra Tashqi ishlar vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatga yangi diplomatik pasportlarning namunalari taqdim etilishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasportlari muomalaga joriy qilinishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tegishlilik haqida belgisi boʻlgan sobiq SSR Ittifoqining diplomatik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining
diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Diplomatik pasport beriladigan mansabdor shaxslarning
ROʻYXATLARI
1-roʻyxat
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Kotibiyatining mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchilari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmatining boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi
2-roʻyxat
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining oʻrinbosarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi parlamentlararo aloqalar boʻlimining mudiri
3-roʻyxat
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari
Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qoʻmitalarining raislari va ularning birinchi oʻrinbosarlari
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Boshqaruvining raisi
Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat komissiyasining raisi
4-roʻyxat
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudining raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
5-roʻyxat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining raisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi raisining oʻrinbosarlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosarlari
6-roʻyxat
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari
Xalqaro tashkilotlardagi diplomatik lavozimga tenglashtiriladigan lavozimlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalarining xodimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik kuryerlari
Milliy xavfsizlik xizmati Raisining oʻrinbosarlari
Mudofaa vazirining oʻrinbosarlari
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari
Harbiy attashe, harbiy-havo kuchlari attashesi va ularning yordamchilari
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshin turlari qoʻmondonlari
Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi savdo vakolatxonasining maslahatchilari va attashelari
Davlat va Hukumat rasmiy delegatsiyalarining aʼzolari
Izoh: Isteʼfoga chiqqan (ishdan boʻshagan) taqdirda quyidagi shaxslar diplomatik pasportdan foydalanish huquqini saqlab qoladilar:
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi martabasiga ega boʻlgan diplomatik xodimlar
Chet elga borishlari maxsus kelishuvni talab qiluvchi mansabdor shaxslarning
ROʻYXATI
|
T/r |
Chet elga boruvchi mansabdor shaxslar |
Safarga yoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiluvchi mansabdor shaxs yoki instansiya | |
| 1. | Bosh vazir, Prezidentning Davlat maslahatchilari va Prezident apparati Ishlar Boshqaruvchisi va bosh konsultantlari | | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti |
| | Bosh vazirning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahri hokimi | | |
| 2. | Vazirlar, davlat qoʻmitalari, idoralari va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari | | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh viziri |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi, ularning oʻrinbosarlari, parlament delegatsiyalari tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining xalq deputatlari | | Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Oliy Kengashi (tegishli ravishda) |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining masʼul xodimlari | | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqaruvchisi |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi apparatining masʼul xodimlari | | Oliy Kengash Raisi bilan kelishgan holda Oliy Kengash tegishli qoʻmitasining raisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasida tegishli ravishda) |
| 6. | Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparatining masʼul xodimlari | | Bosh vazir bilan kelishgan holda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi |
| 7. | Vazirlarning oʻrinbosarlari, davlat qoʻmitalari, idoralar va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari, viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari va Toshkent shahri hokimining oʻrinbosarlari | | Tegishli vazirliklar, idoralar, muassasalar, hokimliklarning rahbarlari |
| 8. | Shaharlar va tumanlarning hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, viloyat, shahar va tuman Kengashlarining deputatlari, bu tuzilmalar apparatlarining xodimlari (shu jumladan, viloyatlar hokimliklari) | | Tegishli viloyat hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
| 9. | Toshkent shahar tumanlarining hokimlari, ularning oʻrinbosarlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputatlari, bu organlar apparatining xodimlari | | Toshkent shahar hokimligi |
| | | | |