21.01.1994 yildagi PF-745-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.01.1994 yildagi PF-745-son
Date of entry into force
21.01.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IQTISODIY ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH, XUSUSIY MULK MANFAATLARINI HIMOYA QILISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor mexanizmi samarali ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish zarurligidan kelib chiqib hamda xususiy mulkni himoya qilish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-sentabrdagi R-895-son Farmoyishiga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 194-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqsin hamda ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin, bunda sanoat va qurilish tarmoqlarida xususiylashtirishni amalga oshirishga alohida e’tibor berilsin. Unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini fuqarolarning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga erkin kirishini ta’minlaydigan ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ko‘chmas mulk savdosi birjasini tashkil etish hamda xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan davlat obyektlarini u orqali sotishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika fond birjasini tashkil etish hamda unda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining birinchi turkumi joylashtirilishini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zdavjamg‘arma” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tashkil etilayotgan va qayta tuzilayotgan aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini chiqarishni va ularning fond birjasida joylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga qarashli bo‘lmagan mulkni huquqiy himoya qilishni ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar hamda fuqarolarning xususiy mulkka egalik huquqlarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini belgilasin. Ko‘rsatilgan takliflar direktiv organlarga taqdim etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Fuqarolik kodekslariga hamda boshqa qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirish va muomaladagi mavjud valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan normalarga muvofiq foizlar to‘lagan holda jismoniy shaxslarga chet el valyutasida schyotlar ochish uchun joylarda zarur sharoitlar yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zining “VIZA Interneshnl” debit va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni hamda ularga ham O‘zbekiston Respublikasi ichida, ham chet elda xizmat ko‘rsatishni tezlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklarning naqd chet el valyutasidagi kassa operatsiyalarini o‘z korrespondentlik schyotlari tizimi orqali markazlashtirilgan tarzda xizmat ko‘rsatishga qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqarolarning tovarlar keltirishni va ichki bozorni to‘ldirishni ta’minlaydigan xususiy-tadbirkorlik faoliyati har tomonlama rag‘batlantirilsin, mayda ulgurji, shu jumladan, oilaviy asosdagi savdo tuzilmalarini tashkil etish butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va aksionerlik-tijorat banklari tegishli garov yoki kafolat sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga milliy va chet el valyutasida kredit berishni amalga oshirsinlar. Davlat muassasalari ko‘rsatilgan tuzilmalarni ro‘yxatga olishda va banklarda ularning schyotlarini ochishda mavjud bo‘lgan to‘siqlar va sansalorliklarni bartaraf etsinlar. Adliya vazirligi ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd chet el valyutalari va MDH mamlakatlari pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar tomonidan respublikaga keltirish va chetga chiqarish bo‘yicha cheklashlar bekor qilinsin, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi huzurida, “O‘zdavxazina”ning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi aktivlarining bir qismini bergan holda, mamlakat va xorijiy investitsiyalar sug‘urtasi bo‘yicha “O‘zbekinvest” davlat kompaniyasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bir oy muddatda dastlabki ustav sarmoyasini shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi masalani hal etsin, Kompaniya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda xorijiy investitsiyalar uchun eng qulay tartib yaratilish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-dekabrdagi PF-3696-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qo‘yilsinki, umumiy sanoat uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni va xalq iste’mol mollarini davlat tomonidan xarid qilish hajmlari tasdiqlanmaydi, taqsimlanmaydi hamda yetkazib beruvchilarga va iste’molchilarga ma’lum qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini aholining ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash, davlatlararo bitimlarni bajarish va eksport maqsadlari uchun yoqilg‘i-energetika va xom ashyo resurslarini yetkazib berish hajmlarini aniqlasin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Korxonalar va xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan tovarlar va mahsulotlarni so‘m-kuponlarga sotish bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari ishtirokida ulgurji yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotga joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu tarzda sotib olingan tovarlarni respublika tashqarisiga chiqarish uchun tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziya talab qilinmaydi va boj poshlinasi olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning xo‘jalik faoliyatini boshqarish organi sifatida bozor munosabatlarini rivojlantirish shart-sharoitlariga javob bermayotgan davlat konsernlarini tugatish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsernlarni 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqaruvchilar uyushmalariga aylantirish, ushbu uyushmalar to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda ularning direktiv funksiyalarga ega emasligi, ularning asosiy vazifasi bozor konyunkturasi va mahsulotlar marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilashdan iborat ekanligini nazarda tutish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat-aksionerlik uyushmalari va korporatsiyalari o‘z ustavlarini “O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonunga va yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xo‘jalik birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish va ularga rioya etilishini nazorat qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hokimliklar va yuqori boshqaruv organlari tomonidan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimliklar tomonidan tumanlar va shaharlar hududidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga har xil budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etilishi qat’iyan taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlarning barcha turlari importiga boj poshlinalari 1995-yil 1-iyulga qadar bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududiga keltirish taqiqlangan tovarlar (qimmatli buyumlar) ro‘yxatini aniqlasinlar va uni respublika bojxona bo‘linmalariga yetkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibi soddalashtirilsin. Chet elga boruvchining arizasi va tegishli xorijiy davlatning kelish vizasi chet elga borish uchun asos bo‘ladi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan tashqariga jo‘nab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo‘yicha bir oy muddatda takliflar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi chet elga borishlari maxsus kelishishni talab etuvchi mansabdor shaxslar ro‘yxatini o‘n kun muddatda belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda mazkur Farmonni bajarish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 21-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-745-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-dekabrdagi PF-3696-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 21-yanvardagi
PF-745-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyat ko‘rsatayotgan davlat konsernlari negizida tashkil etilayotgan ishlab chiqaruvchilar uyushmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kimyo sanoati korxonalari uyushmasi — kimyo sanoati konserni negizida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Radioelektronika va elektr texnikasi sanoati korxonalari uyushmasi — radioelektronika va elektr texnikasi sanoati konserni negizida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Metallurgiya sanoati korxonalari uyushmasi — metallurgiya sanoati konserni negizida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mashinasozlik korxonalari uyushmasi — mashinasozlik konserni, “Qishloqxo‘jalikmash” konsernining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari va to‘qimachilik sanoati uchun mashinasozlik konserni negizida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi — “Qishloqxo‘jalikmash” konsernining avtomobilsozlik korxonalari negizida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rangli metallar qazib olish korxonalari uyushmasi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi negizida
Oldingi tahrirga qarang.
(3, 4, 5, 6—ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 19-iyuldagi PF-1205-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 160-modda;)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 54-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 160-modda;1998-y., 9-son, 194-modda; 2003-y., 9-10-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)