Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.01.2026
24.07.2025
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarori bilan sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida mavjud amaldagi majburiy sugʻurta polislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali manfaatdor davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi uch oy muddatda oʻz vakolatlari doirasida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilmaslik boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni transport organlari tomonidan koʻrib chiqish. Bunda Transport vazirligining axborot tizimi orqali tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqarish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun ichki ishlar organlari tomonidan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning ishtirokisiz chiqarish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurta sohasini raqamlashtirish, jumladan, sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini roʻyxatga olish, sugʻurta polislarini markazlashtirilgan holda rasmiylashtirish, saqlash, uzatish va hisobini yuritish boʻyicha operatorni (keyingi oʻrinlarda — Operator) aniqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Operatorga sugʻurta sohasini raqamlashtirishdagi ehtiyojlari uchun apparat va dasturiy komplekslarni, axborot tizimlari infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni xarid qilish va oʻrnatish vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, 2025-yil 1-avgustdan boshlab Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) har bir sugʻurta polisini markazlashtirilgan holda rasmiylashtirish, saqlash, uzatish va hisobini yuritish, shuningdek, sohani raqamlashtirishga oid toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizigacha miqdorida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borish, yangi axborot tizimlarini xarid qilish, ularning toʻliq ishlashini taʼminlash va saqlash, dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va axborotlarni aktuallashtirish (yangilash) hamda sunʼiy intellekt, jumladan, boshqa zamonaviy yechimlarni qoʻllagan holda sugʻurta sohasini raqamlashtirish Operator hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan toʻlov sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70 foizi — Operatorga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda toʻlov sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari tomonidan sugʻurta zaxiralarini shakllantirishda bazaviy sugʻurta mukofoti tarkibidan chegiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-apreldan boshlab YAAATda rasmiylashtirilgan sugʻurta polislari boʻyicha sugʻurta mukofotlari uchun toʻlovlarning markazlashgan holda hisob-kitobi Yagona sugʻurta billing tizimi orqali yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona sugʻurta billing tizimidan Operator va sugʻurta tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona sugʻurta billing tizimini ishlab chiqish, joriy etish, keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borishga masʼul etib Operator belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Operator bilan birgalikda YAAATda rasmiylashtirilgan sugʻurta polislari boʻyicha sugʻurta mukofotlari uchun toʻlovlar markazlashgan holda Yagona hisobraqami orqali yuritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta agentining qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan vazifalarini boshqa har qanday fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida amalga oshirmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kreditlari bilan bogʻliq sugʻurta shartnomalari tuzilishida (bankning oʻz tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomalari bundan mustasno) faqatgina kredit beruvchi tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan sugʻurtalovchilar nomidan sugʻurta agenti sifatida ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron sugʻurta agentlari faoliyatiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insofsiz sugʻurta agentlarining reyestrini shakllantirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. Li zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
458-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarning davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muqaddimadagi “harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni” soʻzlari “harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning” soʻzlari “harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) sugʻurtalangan shaxs xizmatni oʻtash (harbiy yigʻinlar) davrida ogʻir jarohatlanganda — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d) muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchining, harbiy yigʻinlarni oʻtayotganda harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarning sogʻligʻiga koʻra kelgusi harbiy xizmat (harbiy yigʻinlar)ni oʻtashga yaroqsiz deb topilganda — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan toʻlovning 10 foizi miqdorida”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “sugʻurta puli — 40 million soʻm” soʻzlari “sugʻurta summasi — 80 million soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur kichik band 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“majburiy sugʻurta qilish, shu jumladan, majburiy sugʻurta qilish shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan, sugʻurta hodisalari haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirish, sugʻurta sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarni taʼminlagan holda sugʻurtalovchilar bilan Jamgʻarma oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni ayirboshlashni tashkil etish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan bogʻliq adjasterlik va baholash xizmatini buyurtma asosida toʻlov evaziga koʻrsatadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi “barcha majburiy va ixtiyoriy sugʻurta turlari” soʻzlari “majburiy sugʻurta qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan bogʻliq adjasterlik va baholash xizmatini buyurtma asosida toʻlov evaziga koʻrsatish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandning beshinchi xatboshisidagi “barcha majburiy va ixtiyoriy sugʻurta turlari” soʻzlari “majburiy sugʻurta qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“buyurtma asosida toʻlov evaziga majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan bogʻliq adjasterlik va baholash xizmatini koʻrsatishdan olingan daromadlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24. Sugʻurtalovchi tomonidan Jamgʻarma va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan yozma bitimda nazarda tutilgan Jamgʻarma oldidagi majburiyatlar muntazam ravishda (hisobot davrida ikki va undan koʻp marotaba) bajarilmagan taqdirda, Jamgʻarma maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda sugʻurtalovchi va Jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan bitimni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi uning Direksiyasi hisoblanadi. Direksiya joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamgʻarma faoliyati uchun javob beradi. Jamgʻarma direksiyasining tuzilmasi va Jamgʻarma xodimlarining cheklangan soni Jamgʻarma kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Jamgʻarma direksiyasiga Jamgʻarma kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari — transport vositasi mulkdorining transport vositasidan foydalanish va uni boshqarish uchun notarial tasdiqlanadigan ishonchnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydigan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar);”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchining va (yoki) majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan transport vositasining boshqa egasining (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha transport vositasini boshqaradigan boshqa shaxslarning) fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-banddan “, transport vositasining oʻzida esa maxsus davlat belgisi oʻrnatilgan boʻlishi” soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e) transport vositasining mulkdori mazkur transport vositasidan uning yaqin qarindoshlari foydalanishini va boshqarishini istagan holatlarda, qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslar qoʻyilishi sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga taqdim etilayotgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻliqligi va haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha zarur maʼlumotlar yagona axborot maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan taqdirda, sugʻurta qildiruvchidan yuqorida qayd etilgan hujjatlarni talab etmasdan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-banddagi “sugʻurta polisi blankasida” soʻzlari “sugʻurta polisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Transport vositasining egasi oʻziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek, uni boshqarishga qoʻyilgan barcha haydovchilar majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizada va sugʻurta polisida koʻrsatiladi. Bunda sugʻurta qildiruvchi ham transport vositasidan foydalanish va boshqarishi nazarda tutilgan shaxs sifatida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurtalovchiga sugʻurta qildiruvchi tomonidan transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish boʻyicha murojaat qilinganda, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga uning xohishiga koʻra ushbu transport vositasidan foydalanishga va uni boshqarishga qoʻyilgan yaqin qarindoshlari arizada va sugʻurta polisida koʻrsatilishi lozimligi toʻgʻrisida tushuntirish berilishi lozim. Bunda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizada tushuntirish berilgani sugʻurta qildiruvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sugʻurta qildiruvchi transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sugʻurta shartnomasini elektron sugʻurta xizmatlaridan foydalangan holda tuzganida, ushbu transport vositasini uning xohishiga koʻra foydalanishga va boshqarishga qoʻyilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari arizada va sugʻurta polisida koʻrsatilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“151. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisida transport vositasining egasi, transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari koʻrsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan avval majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi arizani olgan taqdirda, sugʻurtalovchi tomonidan ushbu Qoidalarning 20-bandiga muvofiq majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qoidalarning 474-bandida koʻrsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga taqdim etishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“38. Agar jabrlanuvchi ayni bir vaqtda sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) hisoblansa, uning talabi bilan sugʻurta hodisasi jabrlanuvchining sugʻurtalovchisi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri hal etilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-banddagi “sugʻurta pulining” soʻzlari “sugʻurta summasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-banddagi “sugʻurta qilinuvchining” soʻzlari “sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“46. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ushbu boʻlim talablariga muvofiq koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilishga (baholashga) qadar amalga oshirilgan shu mol-mulkni taʼmirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sugʻurta hodisasining mavjudligini va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararlarning miqdorini toʻgʻri aniqlash imkonini bermasa, sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta toʻlovini yoki uning bir qismini toʻlashni rad etishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
471-bandning davlat tilidagi matnining ikkinchi xatboshisidagi “7-ilovada” soʻzlari “71-ilovada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
474-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Haydovchilarning tanloviga koʻra aybdor tarafning sugʻurtalovchisidan sugʻurta tovonini olish maqsadida sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi ariza oʻrniga sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi ariza rasmiylashtirilib, aybdor tarafning sugʻurtalovchisiga murojaat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aybdor tarafning sugʻurtalovchisi tomonidan ariza koʻrib chiqilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
478-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sugʻurtalovchi ushbu Qoidalarning 479-bandida belgilangan muddatda sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida yoki uni toʻlashni rad etish haqida qaror qabul qilmagan hollarda, transport vositalarining egalari tegishli transport vositalarini taʼmirlash yoki utilizatsiya qilish huquqiga ega. Bu holda sugʻurtalovchi taʼmirlash yoki utilizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan nizolashishga haqli emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-banddagi “sugʻurta pulining” soʻzlari “sugʻurta summasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-banddagi “sugʻurta pulidan” soʻzlari “sugʻurta summasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Majburiy va ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun sugʻurta tovonini toʻlash yuzasidan sugʻurtalovchilarning majburiyatlari paydo boʻlgan taqdirda, birinchi navbatda majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlanadi, mol-mulkka yetkazilgan zararning toʻlanmagan qismi ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplanadi. Bunda ixtiyoriy sugʻurta obyekti transport vositasi emas, balki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi boʻlishi lozim hamda majburiy va ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovonining umumiy summasi jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq boʻlishi mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-banddagi “sugʻurta tovoni” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 781-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“781. Zarar yetkazgan shaxs yoki jabrlanuvchining qasdi oqibatida zarar yetkazilgani sud tartibida aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi
YAGONA
AVTOMATLASHTIRILGAN
AXBOROT
TIZIMI
elektron manzil
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat gerbi
tasviri
Izobrajeniye
Gosudarstvennogo gerba
Respubliki Uzbekistan
QR kod
Seriya/ Seriya ___ № ___
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni “CHEKLANGAN” holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan
SUGʻURTA POLISI
STRAXOVOY POLIS
po obyazatelnomu straxovaniyu grajdanskoy otvetstvennosti vladelsev transportnix sredstv, oformlenniy na usloviyax ispolzovaniya “OGRANICHENNIM” kolichestvom voditeley
Sugʻurta polisining amal qilish muddati /
Period deystviya straxovogo polisa:
s “___” ________ 20 u. / g. dan po “___” _________ 20 y. / g. gacha
6. Transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar /Litsa, dopushennie k upravleniyu transportnim sredstvom:
T/r
Faqat quyidagi haydovchilar: /
Tolko nijesleduyushiye voditeli:
Haydovchilik guvohnomasi /
Voditelskoye udostovereniye
Qarindoshlik darajasi /
Stepen rodstva*
1.
F:______________________________
Seriya ___ № _____
I:______________________________
O:______________________________
…
* yaqin qarindoshlari — “ota”, “ona”, “er” (“xotin”), “oʻgʻil”, “qiz”, “aka”, “uka”, “opa”, “singil” deb koʻrsatiladi, qarindosh boʻlmagan shaxslar uchun ushbu ustun toʻldirilmaydi.
* blizkiye rodstvenniki — “otets”, “mat”, “muj” (“jena”), “sin”, “doch”, “bratya”, “sestri”, dlya lits, ne yavlyayushixsya rodstvennikami eta grafa ne zapolnyayetsya.
7. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti/Straxovaya summa i straxovaya premiya.
Koʻrsatkichlar / Pokazateli
Son bilan / Siframi
Soʻz bilan / Propisyu
Sugʻurta summasi / Straxovaya summa
Sugʻurta mukofoti / Straxovaya premiya
Sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov /
Skidka po straxovoy premii
Sugʻurtalovchiga toʻlanadigan sugʻurta mukofoti /
Straxovaya premiya, uplachivayemaya straxovshiku
8. Transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun mazkur sugʻurta polisiga muvofiq javobgarligi sugʻurtalangan shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi ushbu sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Straxovim sluchayem po nastoyashemu straxovomu polisu yavlyayetsya nastupleniye grajdanskoy otvetstvennosti litsa, otvetstvennost kotorogo zastraxovana v sootvetstvii s nastoyashim straxovim polisom, za prichineniye vreda jizni, zdorovyu i (ili) imushestvu poterpevshix pri ispolzovanii transportnogo sredstva.
9. Sugʻurtalovchining pochta manzili, shuningdek, uning barcha filiallari, ular bilan aloqa vositalari va ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar / Svedeniya o pochtovom adrese straxovshika, vsex yego filialov, sredstvax svyazi s nimi i o rejime ix raboti;
Hudud / Region
Hududiy boʻlinmalar nomi / Naimenovaniye regionalnix podrazdeleniy
Manzil va telefon raqami / Adress i nomer telefona
-
-
-
Berilgan sanasi:
Data vidachi: “___” _________ 20___ u./g.
Berilgan vaqti:
Vremya vidachi: ____ soat / chasov ____ daqiqa / minut.
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi
YAGONA
AVTOMATLASHTIRILGAN
AXBOROT
TIZIMI
elektron manzil
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat gerbi
tasviri
Izobrajeniye
Gosudarstvennogo gerba
Respubliki Uzbekistan
QR kod
Seriya / Seriya __ № ___
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni “CHEKLANMAGAN” holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan
SUGʻURTA POLISI
STRAXOVOY POLIS
po obyazatelnomu straxovaniyu grajdanskoy otvetstvennosti vladelsev transportnix sredstv, oformlenniy na usloviyax ispolzovaniya “BEZ OGRANICHENIYA” kolichestva voditeley
Sugʻurta polisining amal qilish muddati
Period deystviya straxovogo polisa:
s “___” _________ 20 y./g. dan po“___” _________ 20 y./g. gacha
6. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti / Straxovaya summa i straxovaya premiya.
Koʻrsatkichlar / Pokazateli
Son bilan / Siframi
Soʻz bilan / Propisyu
Sugʻurta summasi / Straxovaya summa
Sugʻurta mukofoti / Straxovaya premiya
Sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov / Skidka po straxovoy premii
Sugʻurtalovchiga toʻlanadigan sugʻurta mukofoti / Straxovaya premiya, uplachivayemaya straxovshiku
7. Transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq uni boshqarayotgan shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi ushbu sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
Straxovim sluchayem po nastoyashemu straxovomu polisu yavlyayetsya nastupleniye grajdanskoy otvetstvennosti litsa, upravlyayushego transportnim sredstvom v sootvetstvii s aktami zakonodatelstva, za prichineniye vreda jizni, zdorovyu i (ili) imushestvu poterpevshix pri upravlenii im.
8. Mazkur sugʻurta polisida transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) koʻrsatilmaydi. Bunda ularning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan hisoblanadi. / B dannom straxovom polise ne ukazivayutsya blizkiye rodstvenniki vladelsa transportnogo sredstva (roditeli, muj (jena), deti, bratya, sestri). Pri etom ix grajdanskaya otvetstvennost schitayetsya zastraxovannoy.
9. Sugʻurtalovchining pochta manzili, shuningdek, uning barcha filiallari, ular bilan aloqa vositalari va ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar / svedeniya o pochtovom adrese straxovshika, vsex yego filialov, sredstvax svyazi s nimi i o rejime ix raboti:
Hudud / Region
Hududiy boʻlinmalar nomi / Naimenovaniye regionalnix podrazdeleniy
Manzil va telefon raqami /
Adress i nomer telefona
-
-
-
Berilgan sanasi:
Data vidachi: “___” __________ 20___ y./g.
Berilgan vaqti:
Vremya vidachi: ____ soat / chasov ____ daqiqa / minut.
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori (sugʻurta summasining belgilangan miqdoriga nisbatan foizlarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur xatboshi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Transport vositasi turi
Yillik bazaviy stavka,
TB
1.
Yengil avtomobillar
0,2
2.
Yuk avtomobillari
0,35
3.
Avtobuslar va mikroavtobuslar
0,4
4.
Tramvaylar, mototsikllar va motorollerlar, traktorlar, oʻziyurar yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa mashinalar
0,075
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur jadval 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vositasidan koʻp foydalaniladigan hududga (roʻyxatdan oʻtkazish joyiga) koʻra sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur xatboshi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Transport vositasidan koʻp foydalaniladigan hudud
(roʻyxatdan oʻtkazish joyi)
KT koeffitsiyenti
1.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati
1,2
2.
Boshqalar
1,0
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur jadval 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda KT — 2,0 koeffitsiyenti belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur xatboshi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar soni cheklanmagan holda, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilishda sugʻurta tariflari koeffitsiyenti — KBO (2).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur xatboshi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oldingi oʻn ikki oy davomida yoʻl-transport hodisasida aybdor sifatida sugʻurta hodisalari sodir boʻlganligi yoki sodir boʻlmaganligiga qarab sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur xatboshi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Koʻrsatkich nomi
KBM koeffitsiyenti
1.
Bitta sugʻurta hodisasi
1,3
2.
Ikkita sugʻurta hodisasi
2,0
3.
Uch va undan koʻp sugʻurta hodisasi
3,0
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur jadval 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) birinchi marta, shuningdek, oldingi majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilish davrida sugʻurta hodisalari sodir boʻlmagan boʻlsa, majburiy sugʻurta shartnomasi tuzishda birga teng boʻlgan koeffitsiyent belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) agar transport vositasini boshqarishga bir necha shaxsga ruxsat berilgan boʻlsa, transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslardan biriga muvofiq boʻlgan eng yuqori koeffitsiyent qoʻllanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III boʻlimning muqaddimasidagi “sugʻurta puli” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-ilovaning “2-bosqich” va “3-bosqich”-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
2-bosqich
Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, narkolog yoki masʼul tibbiyot xodimi
1. Yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilganidan soʻng ikkala haydovchi mastlik darajasini aniqlash yuzasidan ushbu hududdagi yoki unga yaqin boʻlgan narkologik dispanser yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilib, tekshiruvdan oʻtadilar.
1. Xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran 4 soat ichida
Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport vositalari haydovchilari, ekspertiza (baholash) oʻtkazadigan tashkilot
2. Jabrlanuvchi yoʻl-transport hodisasi natijasida oʻzining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash maqsadida oʻz tashabbusi bilan transport vositasini mustaqil ekspertizadan (baholashdan) oʻtkazadi va mustaqil ekspertiza natijalarini yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomaga ilova qiladi.
2. Hodisa sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kun ichida
Yoʻl-transport hodisasi sodir etilgan ikki transport haydovchilari, sugʻurtalovchi
3. Haydovchilar tomonidan sugʻurtalovchilarga yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma unga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
yoʻl-transport hodisasi joyining (avtotransport vositalari toʻqnashgan joyning (vaziyat oʻzgartirilmagan holdagi), transport vositalarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi, transport vositalarining shikastlangan qismlarining fotosurati va (yoki) videoyozuvi;
haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;
yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi yoki unga yaqin joydagi narkologik dispanserda yoxud sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tuman va shahar davolash-profilaktika muassasasida yoʻl-transport hodisasi haqida xabarnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran toʻrt soat ichida haydovchilarning mastlik holatini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruv oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi bayonnoma;
yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarining, transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgani haqidagi hujjatlarining koʻchirma nusxalari, shuningdek, sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.
3. Hodisa sodir etilgan vaqtdan eʼtiboran 3 ish kuni ichida
1. Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani hamda arizani qabul qilganidan soʻng uni tegishli jurnalda roʻyxatdan oʻtkazib, hujjatlarni tekshiradi hamda shikastlangan transport vositasini koʻzdan kechiradi, zarurat boʻlsa, mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etadi.
Sugʻurtalovchiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran 15 kalendar kun ichida
Sugʻurtalovchi
2. Sugʻurtalovchi yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni koʻrib chiqadi va uning natijasiga asosan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish yoki uni toʻlash haqida qaror qabul qiladi va shu bilan birga, haydovchilarga tegishli transport vositalarini taʼmirlash hamda utilizatsiya qilishga ruxsat beradi.
Sugʻurtalovchi, haydovchilar
3. Aybdor tarafning sugʻurtalovchisi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta tovonini jabrlanuvchiga toʻlaydi.
3. Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 5 ish kuni ichida
Sugʻurtalovchilar
4. Jabrlanuvchining sugʻurtalovchisi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta tovonini jabrlanuvchiga toʻlaydi. Bunda sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish qoʻllanganda aybdor tarafning sugʻurtalovchisi jabrlanuvchining sugʻurtalovchisiga jabrlanuvchiga sugʻurta tovonini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplab beradi.
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 6-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-pozitsiya uchinchi ustunining “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sugʻurtalovchining vakolatli davlat organi bilan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro axborot almashish toʻgʻrisida yozma bitimning mavjud boʻlishi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-pozitsiya uchinchi ustunining “Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari” boʻlimining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar), shuningdek, haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi mavjud boʻlganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha haydovchilar soni cheklangan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisida koʻrsatilgan yoki haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan rasmiylashtirilgan sugʻurta polisi mavjud boʻlganda transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va uni boshqarishi mumkin. Bunda haydovchining transport vositasi egasining yaqin qarindoshi ekanligi DYHXX xodimlari tomonidan aniqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir, neft, gaz qazib olish va geologiya-razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 16-iyuldagi 365-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2024-yil 30-iyuldagi 458-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)