04.10.2024 yildagi 631-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.10.2024 yildagi 631-son
Date of entry into force
05.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning xududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning hududiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-maydagi PF-73-son Farmoni bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) tarkibi hamda uning hududiy komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) namunaviy tarkibi tasdiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Milliy markaz) etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududiy komissiyalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida o‘zining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Milliy markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda Davlat komissiyasi hamda uning hududiy komissiyalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama ko‘maklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori R.M. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
631-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-son qaroriga
1-ILOVA

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) maqomi, vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi davlat organlari va tashkilotlari hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, boshqa tashkilot va muassasalarga (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari va tashkilotlar) nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Davlat komissiyasining muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini axborot-tahlil jihatdan ta’minlaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat komissiyasi giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning (keyingi o‘rinlarda — giyohvandlik vositalari) qonuniy muomalasi ustidan nazoratni o‘rnatish hamda noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan nazoratni o‘rnatish hamda noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashish sohasida mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda — mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari) hamda Giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) hamda tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini o‘rganib boradi, shuningdek, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat komissiyasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qaror qabul qilishda vakolatli hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi paydo bo‘layotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’molining barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiq yoki cheklov (moratoriy) joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan nazoratni ta’minlash va hududlarda narkovaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli dasturlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari hamda hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari muomalasiga oid ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish borasidagi vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan tegishli chora ko‘rish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat komissiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda hududiy komissiyalar, davlat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat komissiyasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat komissiyasining vazifa va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning (keyingi o‘rinlarda — Milliy strategiya) to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, uni amalga oshirish bo‘yicha yillik milliy dasturlarni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilib borish, ushbu yo‘nalishda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari hamda hududiy komissiyalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha yillik milliy dastur ijrosining tanqidiy o‘rganilishini, belgilangan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish, aholi orasida giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) giyohvandlik vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishining barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi paydo bo‘layotgan giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’molining barvaqt oldini olish maqsadida vaqtinchalik taqiqlash yoki cheklash (moratoriy) bo‘yicha choralar ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari hamda hududiy komissiyalar tomonidan respublikadagi narkovaziyat bo‘yicha, Milliy strategiya va milliy dasturlar ijrosi yuzasidan yuboriladigan ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari muomalasi ustidan nazorat qilish bo‘yicha qisqa muddatli dasturlarni tasdiqlash va ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasining yangi, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi davlat organlari va tashkilotlarining giyohvandlik vositalari qonuniy muomalasi ustidan nazorat o‘rnatish hamda noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashish bo‘yicha moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlar salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashishda mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari hamda hududiy komissiyalar mas’ullarining malakasini oshirish tadbirlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aholi orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish va narkologik yordam ko‘rsatish yo‘nalishida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyalar tomonidan milliy dasturlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan hududlar kesimida manzilli chora-tadbirlar (“yo‘l xaritalari”) ishlab chiqilishi hamda har chorakda Agentlikka amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar kiritilishini tashkil etish;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatning asosiy omillari hamda tendensiyalarini aniqlash va prognoz qilish orqali giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga doir ta’sirchan choralarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni, o‘quvchi va talabalar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla, qishloq, ovul, chegara hududlari va ta’lim tashkilotlarida giyohvandlik vositalarining suiiste’moli va noqonuniy aylanishining oldini olish, aholi orasida giyohvandlik va zaharvandlik profilaktikasi bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga sifatli narkologik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish va ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatdan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning oldini olish va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha metodika, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar kesimida narkovaziyatni kompleks baholash va natijasi bo‘yicha vaziyatni sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi ustidan nazorat qilish bo‘yicha respublika yagona idoralararo ma’lumotlar bazasini tashkil etishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlat tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar bilan manzilli hamkorlikni o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan BMTga yillik ma’ruzalar tayyorlashga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan ta’sirchan davlat nazoratini tashkil etish hamda bu boradagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan ta’sirchan davlat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatlar ustidan samarali davlat nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarini respublika hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazishga ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi uchun tegishli qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va undan foydalanish faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalari va dorixonalarning giyohvandlik vositalaridan foydalanish amaliyotini nazorat qilish, farmatsevtika korxonalari, giyohvandlik vositalarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mas’uliyatini oshirishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarini nazorat qilish yo‘nalishida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyalar, davlat organlari va tashkilotlarning giyohvandlik vositalarini nazorat qilish sohasiga oid tahliliy material va tavsiyalarini ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy strategiya ijrosini samarali tashkil etishda respublika budjeti mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lari jalb etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat komissiyasining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlardan giyohvandlikning holati, giyohvandlik vositalarining qonuniy va noqonuniy muomalasiga tegishli axborot, tahliliy va statistika ma’lumotlarini belgilangan tartibda bepul so‘rab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning holati, giyohvandlik vositalarining qonuniy va noqonuniy muomalasiga oid faoliyatni o‘rganishda mutaxassis jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq litsenziyaga ega yuridik shaxslar ustidan litsenziya talablariga rioya etish holatini o‘rganish jarayonida Agentlik ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining qonuniy muomalasi ustidan nazorat o‘rnatish, noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish faoliyatida asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida joylarda o‘rganishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarini nazorat qilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, yillik milliy dasturlar, Davlat komissiyasi qarorlari va bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga mas’uldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasiga yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha komissiya a’zolari ishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining kun tartibini belgilaydi va uning majlislarini chaqiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi qarorlari ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik direktori Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agentlik:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi majlislariga zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining qarorlari bajarilishini nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha milliy dasturlar ijrosi va respublikadagi giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan umumlashtirilgan hisobotni Davlat komissiyasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Davlat komissiyasining a’zolariga tegishli qismi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasida ish yurituvini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil yakuni bo‘yicha Milliy strategiyaning ijrosi hamda respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini aks ettiruvchi yillik milliy ma’ruzani tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida muhokama qilish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini giyohvandlik holati, giyohvandlik vositalarining qonuniy va noqonuniy muomalasiga oid masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan majlislarni tizimli asosda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi majlislari mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari taklif etilgan holda zaruratga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi majlisini komissiyasi raisi, u bo‘lmaganda komissiya raisi o‘rinbosari o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi a’zolari giyohvandlik vositalari qonuniy muomalasi ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan Davlat komissiyasi ishiga ko‘maklashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat komissiyasining qarorlari Davlat komissiyasining majlisida ishtirok etadigan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar xususiyatidan kelib chiqqan holda Davlat komissiyasi majlisiga boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Istisno hollarda, qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish zarurati yuzaga kelganda, Davlat komissiyasining raisi ayrim masalalar bo‘yicha komissiya qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashga vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat komissiyasi qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi majlisi bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi hamda Davlat komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat komissiyasi bayonnomasining asl nusxasi va unga ilova qilingan materiallar Agentlikda saqlanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-son qaroriga
2-ILOVA

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiya to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM

1. Mazkur Namunaviy nizom Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya) maqomi, vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hududiy komissiya Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) hududlardagi faoliyatini tashkil etuvchi va ishini ta’minlovchi hududiy idoralararo kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hududiy komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Davlat komissiyasi qarorlari, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hududiy komissiya giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) komissiyalari), hududiy davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyatini o‘rganib, tahlil qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hududiy komissiya o‘z faoliyatida Davlat komissiyasi oldida hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hududiy komissiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi asosida hududiy komissiya tarkibini shakllantirish, hududda giyohvandlik vositalarining suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) kesimida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni chuqur o‘rganib borish va natijasidan kelib chiqib, uni sog‘lomlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar bo‘yicha choralar ko‘rish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik ish rejalar, hududiy komissiya qarorlari va bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlarini hamda tuman (shahar) komissiyalari mas’ullarini rag‘batlantirish yoki intizomiy chora qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hududiy komissiyaning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari hududiy davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiyalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hududiy komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda hududiy davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiyalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hududiy komissiyaning vazifa va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududiy komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatning asosiy omillari hamda tendensiyalarini aniqlash va prognoz qilish orqali, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yillik va qisqa muddatli ish rejalarini ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi narkovaziyatni kompleks baholash va natijasi asosida vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi orasida giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi bo‘yicha tuman (shahar) kesimida samarali chora-tadbirlarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni tuman (shahar) kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatdan chuqur o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha tegishli tahliliy materiallar, taklif va tavsiyalar tayyorlaydi hamda Davlat komissiyasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiyasining giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va suiiste’moliga qarshi kurashish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiyasi mas’ul rahbarlarining ish rejalari ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni, o‘quvchi va talabalar orasida psixotrop moddalarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla, qishloq, ovul, chegara hududlar va ta’lim muassasalarida giyohvandlik vositalarining suiiste’moli va noqonuniy aylanishining oldini olish, zaharvandlikning barvaqt aniqlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘radi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining nazorat qilish samaradorligini oshirish yo‘nalishida milliy va xalqaro konferensiyalar hamda simpoziumlarni o‘tkazishga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi narkologiya muassasalari va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Hududiy komissiyaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududiy komissiya o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiyasidan narkovaziyatning holati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga tegishli axborot, tahliliy va statistika ma’lumotlarini belgilangan tartibda bepul so‘rab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida hududlarda o‘rganishlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning holati, giyohvandlik vositalarining qonuniy va noqonuniy muomalasiga oid faoliyatni o‘rganishda mutaxassis jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hududiy komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasi tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan beriladigan topshiriqlar ijrosini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Davlat komissiyasiga hisobot kiritib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi narkovaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralarni samarali tashkil etish yuzasidan mahalliy budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar jalb etilishini ta’minlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hududiy komissiyaning faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hududiy komissiyaga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tegishli hududiy komissiya raisining o‘rinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari hududiy komissiya kotibi vazifasini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hududiy komissiya o‘z faoliyatini giyohvandlikning holati, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga oid masalalarning muhokamasiga bag‘ishlangan majlislarni tizimli asosda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Hududiy komissiya majlislari tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hamda tuman (shahar) komissiya mas’ul rahbarlari taklif etilgan holda zaruratga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majlisni hududiy komissiya raisi, u bo‘lmaganda hududiy komissiya raisining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hududiy komissiyaning qarorlari hududiy komissiyaning majlisida ishtirok etadigan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Hududiy komissiyaning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Hududiy komissiya majlisi bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi, hududiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 30-apreldagi 229-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-apreldagi 229-son va 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 6-oktabrdagi 467-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 3-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 6 va 10-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi 366-son qarori)” 2020-yil 20-yanvardagi 36-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/631/0779-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 11.07.2026-y., 09/26/359/0724-son)