Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024 30.04.1994 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.04.1994 yildagi 229-son
Date of entry into force
30.04.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NARKOTIK MODDALAR USTIDAN NAZORAT QILISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KOMISSIYASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning xududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Xalqaro dasturining asosiy qoidalariga muvofiq hamda narkotik moddalarga qarshi kurash olib borish ishlarini muvofiqlashtirish va O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom va komissiyaning tarkibi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari narkotik moddalar ustida nazorat qilish bo‘yicha mintaqa komissiyalarini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda unga yordam ko‘rsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 30-apreldagi 229-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi (matnda keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) narkotik moddalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurashni muvofiqlashtirish, ham milliy, ham mintaqalar darajasida narkotik moddalar tarqalishi oldini olishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, narkotik moddalar ustidan nazorat qilish yuzasidan xalqaro majburiyatlarni bajarish masalalari bo‘yicha idoralararo organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha xalqaro — huquqiy normalarga, mazkur Nizomga amal qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha davlat organlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, fuqarolarning jamoat birlashmalari Komissiyaga yordam berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiyaga kuyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha umumdavlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolarning sa’y-harakatlarini narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarini hal etishga birlashtirish va jamlash va mana shu maqsadlarda jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda tegishli hududda, zaruriyat bo‘lganda esa — alohida joylarda narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurashning ahvolini kompleks baholash; uning yomonlashuviga munosabat bildirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha respublika operativ axborot markazini tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek, MDH qatnashchisi bo‘lgan mamlakatlar va boshqa xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan axborotni erkin va to‘siqsiz ayirboshlashni ta’minlash uchun markaz bilan narkotik moddalar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘rtasida yagona tarmoq tashkil etishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatish uchun respublika sud ekspertizasi xizmati (kriminalistik laboratoriyani tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishini belgilash va bu tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat-qidiruv itlari tayyorlash bo‘yicha respublika markazini tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha dasturlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun mablag‘larni jalb etish ishida davlat, jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari, muassasalar va korxonalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qilish organlarini malakali xodimlar bilan mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu organlarga moddiy-texnikaviy va moliyaviy yordam ko‘rsatish; ularning ish amaliyotiga narkotik moddalarni izlash, topish va identifikatsiyalash bo‘yicha ilmiy yutuqlar va ilg‘or tajribani joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarning respublika orqali MDH mamlakatlariga va G‘arb davlatlariga noqonuniy olib o‘tiladigan yo‘llarni to‘sib qo‘yish, mahalliy xom ashyodan tayyorlanadigan narkotik moddalar yetkazib berilishiga barham berish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bog‘lik tashkilotlarining xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan hamkorligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BMTning 1961, 1971 va 1988-yillardagi Konvensiyalariga va boshqa xalqaro bitimlarga muvofiq xalqaro va milliy nazorat ostiga olinishi kerak bo‘lgan narkotik vositalar, boshqa moddalar ro‘yxatini tasdiqlash, ushbu ro‘yxatlar bo‘yicha rasmiy tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy muomalaga chiqarish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladigan xalqaro va milliy nazoratda bo‘lgan narkotik vositalar va boshqa moddalar hajmlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida narkotik vositalar mavjud bo‘lgan dori-darmonlar va preparatlarni ishlab chiqarish, saqlash, transportda tashish va qonuniy foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy va nazorat-texnik qoidalarni ishlab chiqish, ularni qo‘llashga vakolat berilgan davlat organlari tomonidan ularning qo‘llanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarni taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar muomalasining turli jihatlariga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish masalalari bo‘yicha MDHga kiruvchi davlatlar bilan bitimlar loyihalariga, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlar bilan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga va ularni suiiste’mol qilishga qarshi kurash olib borish sohasida xalqaro bitimlarda nazarda tutilgan O‘zbekistonning majburiyatlari vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatida belgilangan tartibda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha ish tajribasini o‘rganish uchun tegishli nomzodlarni tanlash va ularni xorijiy mamlakatlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha tajriba almashish uchun milliy va xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya o‘z oldida turgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi barcha organlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hamda fuqarolarning jamoat birlashmalari tomonidan narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari, o‘z qarorlari bajarilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazoratni tashkil etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish ishlari to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli komissiyalari hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar vazirligi, adliya, bojxona boshqarmasi organlari va bo‘linmalarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning axborotini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining, narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan bog‘liq axborotlarini ko‘rib chiqish; bu ishga baho berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha qonunchilikning buzilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida tavsiyalar berish, tegishli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari oldiga narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalarini qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatida xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining, ilmiy muassasalar va o‘quv yurtlarining mutaxassislari yordamidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilik va institutsional asoslarni takomillashtirish bo‘yicha, ularning narkotik vositalar bo‘yicha BMT Konvensiyasi talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Komissiya raisi boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya tarkibiga ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, bojxona organlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa davlat organlari rahbarlari kiradilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya ishi joriy va istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi. Komissiya majlislari, zaruriyatga ko‘ra, odatda, yilning har choragida bir marta o‘tkaziladi. Komissiya majlislari ularda a’zolarning kamida yarmi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qarorlar, agar ular uchun ko‘pchilik ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya hujjatlari qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi va zarurat bo‘lganda ommaviy axborot vositalari orqali ommaga yetkaziladi. Komissiyaning rasmiylashtirilgan qarorlari barcha davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya majlislari o‘rtasidagi davrda joriy ishlar bevosita Komissiya raisiga bo‘ysunuvchi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 382-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 382-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Joylarda narkotik vositalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash olib borishni muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha mintaqa komissiyalari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha mintaqa komissiyalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchilik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha mintaqa komissiyalari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qarorlariga amal qiladilar.