Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024 07.11.1996 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.11.1996 yildagi 382-son
Date of entry into force
07.11.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NARKOTIK MODDALARNI NAZORAT QILISH MILLIY AXBOROT-TAHLIL MARKAZINI TASHKIL ETISH HAMDA NARKOTIK MODDALARNING NOQONUNIY ISHLATILISHIGA QARSHI KURASHUVCHI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI BO‘LINMALARINI MUSTAHKAMLASH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha davlat komissiyasi hamda uning xududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi to‘g‘risida Nizom va uning tuzilmasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Narkotik moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil markazi xodimlarining soni, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Cog‘liqni caqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining umumiy shtatlaridagi xodimlaridan bir nafardan mas’ul xodimni ish haqi fondi, shu jumladan xodimni ta’minlash xarajatlari bilan berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyati ixtiyoriga ilgari yuborilganlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasidan uning ixtiyoriga belgilangan tartibda yuborilgan ikki nafardan mas’ul xodim hisobiga 11 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markaziga shtatdagi tegishli xodimlarni bersinlar hamda mas’ul xodimlarni uning ixtiyoriga yuborsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi kotibiyatiga belgilangan maqsadda foydalanish uchun ilgari ajratilgan elektron-hisoblash va boshqa texnikani, moliyaviy resurslarni Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi balansiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat soliq qo‘mitasi Bosh bojxona boshqarmasining narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi bevosita kurashuvchi bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlansin hamda ularga qo‘shimcha xodimlar shtati ajratilsin (3, 4-ilovalap*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 va 4-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi belgilangan me’yorlarga muvofiq Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi uchun zarur xonalar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni bajarish uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-iyuldagi 268-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 30-apreldagi 229-son qarori bilan tasdiqlangan “Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida Nizom”ning 11-bandidagi “uning kotibiyati tomonidan” so‘zlari “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin; 12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
382-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
7-noyabrdagi 382-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi* Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining doimiy ishlovchi apparati hisoblanadi. Quyidagilar Milliy axborot-tahlil markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Keyingi o‘rinlarda matnda — Milliy axborot-tahlil markazi deb ataladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining narkotik moddalarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning ahvoli, ham milliy, ham xalqaro darajalarda narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha Hukumatga, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga tegishli tahliliy materiallar va takliflarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlar bankini yig‘ish va ularni shakllantirish, umumlashtirish va har tomonlama tahlil qilish, shuningdek giyohvandlikning oldini olish hamda respublikada va uning tashqarisida narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga tegishli axborotni belgilangan tartibda berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qarorlariga, mazkur Nizomga, xalqaro shartnomalar va bitimlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat soliq qo‘mitasining Bosh bojxona boshqarmasi zobitlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ushbu toifadagi shaxslar uchun belgilangan tartibda va shartlarda Milliy axborot-tahlil markazida doimiy ishlash uchun yuboriladilar.
(1-bo‘limning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi Narkotik moddalarni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisiga bevosita hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan narkotik moddalarni nazorat qilishga doir munosabatlarda o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi nomidan vakillik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. MILLIY AXBOROT-TAHLIL MARKAZINING FUNKSIYALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarni nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va huquqiy negizini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlashni tashkil etadi va ularni belgilangan tartibda kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida davlat dasturi va davlatlararo hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mamlakatlarning narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha markaziy organlari, tegishli xizmatlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni o‘z vakolati doirasida o‘rnatadi va amalga oshiradi, axborot ayirboshlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro faoliyatni tartibga soluvchi konvensiyalar qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi yuzasidan BMTga yillik ma’ruzalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro va respublika tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, milliy va xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarni tayyorlash va o‘tkazishda respublika davlat boshqaruv organlariga o‘z vakolati doirasida yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududida giyohvandlikka va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishning ahvolini puxta baholash bo‘yicha, shuningdek narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha davlat dasturlari va xalqaro dasturlar amalga oshirilishi yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining faoliyati, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi qarorlarining bajarilishi to‘g‘risida zarur materiallarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga giyohvandlik yoyilishining oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashish bilan bevosita shug‘ullanuvchi ularga qarashli bo‘linmalar faoliyatini tashkil etishda o‘z vakolati doirasida tegishli uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga budjetdan ajratiladigan, shuningdek korxonalar, muassasalar, xususiy shaxslar, xalqaro fondlar va tashkilotlardan kelib tushadigan O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlikni bartaraf etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
giyohvandlikning ahvoli, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning respublika va xalqaro darajada qonuniy va noqonuniy ishlatilishiga daxldor bo‘lgan ma’lumotlar bankini yig‘ish va to‘plash, axborotlarni ishlab chiqish, umumlashtirish hamda tahlil etishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli axborotlarni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa, shu jumladan xalqaro manfaatdor tashkilotlarga belgilangan tartibda berishni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining topshirig‘iga binoan, uning Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida Nizomda ko‘zda tutilgan ayrim funksiyalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy komissiyalaridan, boshqa tashkilot va muassasalardan giyohvandlikning ahvoli, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonuniy va noqonuniy ishlatilishiga tegishli axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli materiallarni tayyorlash va Milliy axborot-tahlil markazi vakolatiga kiradigan tadbirlarni o‘tkazish uchun zarur hollarda vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narkotik moddalarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha respublikada va xorijda o‘tkaziladigan xalqaro tashkilotlar, ekspert komissiyalari ishida, yig‘ilishlarda, seminarlarda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. MILLIY AXBOROT-TAHLIL MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazini direktor boshqaradi, u Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(3-bo‘limining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga ko‘ra Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari hisoblanadi hamda maqomiga ko‘ra tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari kotibiyati mudiriga, bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul xodimlari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyatining bosh va yetakchi mutaxassislariga tenglashtiriladi.
(3-bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2020-y., 09/20/36/0076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markaziga va uning bo‘linmalariga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi, uning tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar doirasida Milliy axborot-tahlil markazi xodimlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlash va joylashtirishni amalga oshiradi, bo‘linmalar rahbarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, aholi bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda Milliy axborot-tahlil markazi nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolati doirasida ichki buyruqlar, yo‘riqnomalar chiqaradi hamda ularning ijrosini tekshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markaziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va uning o‘z funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi kreditlari va mablag‘larini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy axborot-tahlil markazi yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta schyotlariga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
7-noyabrdagi 382-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element