10.05.2024 yildagi PQ-175-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.05.2024 yildagi PQ-175-son
Date of entry into force
11.05.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash, zoʻravonlikdan aziyat chekkan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat sifatini takomillashtirish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-iyundan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida boʻlgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan roʻyxatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tazyiq va zoʻravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari tegishli hududdagi shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarga joylashtiriladi;
(2-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir maʼlumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birlamchi koʻmak xonalarida:
(4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga joylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam koʻrsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi toʻgʻrisida tahlillar oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlarida (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) vaqtinchalik boshpana (shelter)lar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy markazlarga qarashli 14 ta namunali tumanlararo markazning mavjud shtat birliklari hamda moddiy-texnika bazasi toʻliqligicha hududiy markazlarga oʻtkazilgan holda tugatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi koʻmak xonalarida yordam olgan shaxslar mazkur tibbiyot muassasasining xulosasi va himoya orderi asosida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq ariza talab etmagan holda hududiy markazlarga joylashtiriladi. Bunda oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarni, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan shaxs ozodlikdan mahrum etilganligi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganligi, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanganligi yoki majburiy davolanishga yuborilganligi bois himoya orderining amal qilish muddati tugatilgan yoki himoya orderi rasmiylashtirish rad etilgan xotin-qizlarni hududiy markazlarga joylashtirish uchun himoya orderi talab etilmaydi;
(4-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarning ijtimoiylashuv darajasi ijtimoiy xodim, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan olti oy davomida monitoring qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlash yoʻnalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish ishlariga majburiy ravishda Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari ham jalb qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrdan boshlab himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvardan boshlab, ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 2024-yil 1-dekabrdan boshlab bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Inson” markazlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlashda quyidagi qoʻshimcha huquqlar taqdim etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga himoya orderini berish uchun ichki ishlar organiga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar hududiy markazlarda boʻlish vaqtida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturining ijrosini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlsa, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariga talabnoma kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zoʻravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan media-reja 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar ijtimoiy xizmatlarni taqdim etuvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va boshqa yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali jalb qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga birlamchi koʻmak xonalarida yordam koʻrsatish va ularni hududiy markazlarga joylashtirishni nazarda tutuvchi maʼmuriy reglamenti loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-avgustga qadar tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish standarti tasdiqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrga qadar tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishlarida majburiy tartibda prokuror ishtirokini taʼminlash, ularga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrga qadar Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni aniqlash, ularning hayotiy vaziyatini baholash va yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllashning takomillashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrga qadar xalqaro ekspertlarning xulosasiga asosan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi negizida koʻp funksiyali markaz faoliyatini tashkil etishga doir takliflarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvardan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida zoʻravonlik holati, tazyiqqa uchragan shaxsga koʻrsatilgan xizmatlar, tuzatish dasturi bajarilishini monitoring qilish boʻyicha modulni joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 10-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-175-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilishga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

I. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati yuzasidan tahdid qilayotgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa doimiy ishga oʻtkazish yoxud ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

mehnat jarayonidagi tazyiq va zoʻravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan koʻrilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama etish;

kalendar yili davomida himoya orderidan foydalangan xodimga oʻzining ruhiy-emotsional holatini tiklash uchun asosiy mehnat taʼtili bilan birgalikda ish haqi saqlangan holda oʻn kundan iborat qoʻshimcha mehnat taʼtili berish.

Qonun loyihasi

2024-yil avgust

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

2.

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

voyaga yetmagan bola, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek, voyaga yetgan taʼlim oluvchining murojaatida koʻrsatilgan tazyiq va zoʻravonlikka suiqasd holatiga huquqiy baho berilmagunga qadar taʼqib qilayotgan xodim (shaxs)ni, shu jumladan himoya orderi amal qilish davrida, taʼlim berish jarayonidan chetlatish;

himoya orderi amal qilish davrida voyaga yetmagan bola, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek, voyaga yetgan taʼlim oluvchining taʼlim jarayoni uchun toʻlanadigan majburiy badallarni toʻlashni (toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlovi bundan mustasno) toʻxtatib turish.

Qonun loyihasi

2024-yil avgust

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarini tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolar kiritishda davlat bojidan ozod qilish;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning yoʻqotilgan bank plastik kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish yuzasidan notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomani tasdiqlash huquqini berish;

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari, shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya
ID-kartalari), tugʻilganlik haqidagi hamda nikoh qayd etilganligi haqidagi guvohnomalari oʻrniga yangisini olishda, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, yolgʻiz ona arizasiga asosan qayd qilingan tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma hamda familiya, ism, ota ismini oʻzgartirganlik haqida maʼlumotnomani olishda, shuningdek, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashda jarima, davlat boji va gerb yigʻimidan ozod qilish;

tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlarda majburiy tartibda prokuror ishtirokini taʼminlash.

Qonun loyihasi

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud

4.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlganda ularni davlat organlari va tashkilotlariga yoʻllanma asosida ishga joylashtirish boʻyicha ijtimoiy majburiyat yuklash yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

5.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida ishga joylashtirish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlarni yuklash tartibini joriy etish.

Bunda, buyurtma “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali shakllantiriladi va tegishli davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

6.

Bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tashabbusi bilan proaktiv himoya orderini berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Tazyiq va zoʻravonlik holati bilan bogʻliq ijro hujjatlarini bajarmaslik yuzasidan aybdorlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil avgust

Bosh prokuratura,

Oliy sud

8.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi) va uning hududiy boʻlimlariga ikki va undan ortiq marta murojaat qilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarning xarajatlarini tazyiq va zoʻravonlik sodir qilgan shaxsdan regress tartibida undirish boʻyicha taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

10.

Tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar reyestrini yuritish tartibini tasdiqlash.

Ichki buyruq yoki normativ-huquqiy hujjat

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

11.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning jismoniy faolligini oshirish hamda ularning adaptiv (moslashtirilgan) sport turlari bilan shugʻullanishini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sport vazirligi,

Adliya vazirligi

111.

Respublika markazining hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan xotin-qizlarni ularning bolalari maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanishi uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2025-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

II. Zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish

12.

Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda quyidagilarni nazarda tutgan holda tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalarini tashkil qilish:

xonalarni zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash;

moliyalashtirish manbasini aniqlash.

Qoʻshma qaror

2024-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13.

Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan shaxslarning ijtimoiylashuv darajasini oshirish hamda reabilitatsiya dasturi bilan koʻzlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan ijtimoiy shartnoma tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Ichki buyruq

2024-yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

14.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan ishlashda tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi psixologlarni toʻlov-shartnoma asosida jalb qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

15.

Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtiriladigan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga beriladigan gigiyena hamda boshqa turdagi taʼminot vositalari roʻyxatini tasdiqlash.

Ichki buyruq

2024-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

16.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlarini Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga yaqin maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga joylashtirish orqali ushbu taʼlim muassasalarining psixologlari tomonidan ularning farzandlari bilan ishlash metodikasini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

2024-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

17.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati hududiy markazi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, yangi bino bilan taʼminlash orqali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

18.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat va yordam berish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan Respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari faoliyatini rivojlantirish, shu jumladan, malakali ekspertlar va texnik koʻmak loyihalarini jalb qilish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

20242026-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

19.

Respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash.

Ichki buyruq

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

20.

Oilada tazyiq va zoʻravonlikning kelib chiqish sabab va omillari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar va ushbu sohaga oid boshqa masalalarni oʻrganishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyuldan boshlab doimiy

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

21.

Tazyiq va zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

22.

Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining hamda oiladagi tazyiq va zoʻravonlikni erta aniqlash yuzasidan ijtimoiy xodimlarning malakasini tizimli ravishda oshirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyuldan boshlab reja-grafikka muvofiq

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi

23.

“Ishga marhamat” monomarkazlarida quyidagilarni oʻz ichiga olgan oʻquv-darslarni yoʻlga qoʻyish:

huquqiy savodxonlikni oshirish;

ariza, shikoyat va takliflarni yozish va blanklarni toʻldirish koʻnikmalari;

vakolatli organlarga murojaat qilish tartibi;

elektron platformalardan, shu jumladan “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining “advice.uz” portalidan foydalanish koʻnikmalari;

“Yuridik yordam” (“e-advokat.uz”) axborot tizimi orqali murojaat yoʻllash tartiblari va boshqalar.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish
va bandlik vazirligi

24.

Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlarini “Ijtimoiy himoya” AT maxsus dasturiy taʼminoti oʻrnatilgan planshetlar bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

25.

Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda maishiy zoʻravonlik qurbonlari bilan ishlashda keys-menejment orqali ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

26.

Xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi xodimlar va psixologlarning xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

III. Axborot bazalari va platformalar integratsiyasini taʼminlash va faoliyat samaradorligini oshirish

27.

Profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini maxsus planshet yordamida maxsus tizim orqali joyida rasmiylashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

fuqaroning sudlanganlik (sudlanganlik tugatilganligi) holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy yoki jinoiy ish holati;

maxsus hisobda turganlik va boshqa maʼlumotlar olish imkonini beruvchi tizimlar bilan integratsiyalashgan, real vaqt rejimida ishlovchi tizim nazarda tutiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish agentligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud

28.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlarini joylashtirish uchun bino-inshoot bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Andijon, Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

29.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Samarqand viloyati boʻlimi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

30.

Tazyiq va zoʻravonlik holatlarida onlayn maslahat berish, zoʻravonlik holatining oldini olish boʻyicha zarur maʼlumotlar olishni taʼminlovchi “ishonch telefoni” ishlashini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil avgust — oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

31.

Respublika markazi va uning hududiy boʻlimlarida resurslarni boshqarish axborot tizimini joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Resurslarni boshqarish axborot tizimini “Ijtimoiy himoya” AT tizimiga integratsiya qilish.

2025-yil fevral

32.

“Ijtimoiy himoya” AT faoliyatini uzluksiz taʼminlash maqsadida mazkur tizimni oʻrnatilgan tartibda “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirish masalasini koʻrib chiqish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zoʻravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEDIA-REJA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

1.

Jamoat joylarida hamda markaziy televideniye orqali oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish.

Videorolik, amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyundan boshlab doimiy

Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2.

Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida zoʻravonlik va tazyiq holatlari jamiyat va oila ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.

Koʻrgazmali tarqatma materiallar

2024-yil iyun

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi,

Adliya vazirligi

3.

Zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, mazmunan sayoz, axloq meʼyorlari, milliy maʼnaviyat va qadriyatlarimizga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan adabiyotlarni tarqatishning oldini olish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

4.

Yoshlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

Sotsiologik tadqiqot

2024-yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash.

Videorolik

2024-yil avgust

Kinematografiya agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Bolalarga moʻljallangan zoʻravonlikka qarshi kurashish mavzularida va odob-axloqning oddiy va kundalik qoidalarini, xalqning tarixi va milliy qadriyatlarini oʻrgatishni targʻib qiluvchi turli multiplikatsion filmlarni yaratish.

Multiplikatsion filmlar

2024-yil avgust

Kinematografiya agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

Oilaviy notinchlik hamda bolalar nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, bolalar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar, tok-shoular tayyorlash.

Telekoʻrsatuvlar

2024-yil avgust

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

8.

Huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida interfaol usullardan foydalangan holda huquqiy savodxonlik boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

9.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini keng targʻib qilish.

Tarqatma targʻibot materiallari

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

10.

Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini uyma-uy yurib targʻib qilish, shuningdek, huquqiy maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa targʻibot materiallarini oilalarga bepul tarqatish.

Tarqatma materiallar

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

11.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga tazyiq va zoʻravonlikka qarshi murosasiz boʻlish, odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini oʻrgatish boʻyicha namunaviy qoʻllanma yaratish.

Namunaviy qoʻllanma

2024-yil noyabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, shu jumladan tazyiq, zoʻravonlik hamda shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish boʻyicha qisqa metrajli roliklar ishlab chiqish hamda jamoat joylarida namoyish qilish.

Videorolik

2024-yil dekabr

Kinematografiya agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

13.

Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida muntazam ravishda huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Targʻibot tadbirlari

2024-yildan boshlab doimiy

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

14.

Mahallalarda aholini qiziqtiradigan va murojaatlarda koʻtarilayotgan eng dolzarb muammoli masalalarni tahlil qilish va uning natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibot olib borish, aholiga qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish.

Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar

2024-yildan boshlab doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

15.

Mahallalarda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, tazyiq, migratsiya, moddiy yordam, aliment toʻlash, ishga joylashish va boshqalar boʻyicha huquqiy axborotni buklet, flayer, liflet (shu bilan birga shahar koʻchalarida joylashgan bilbordlar va led monitorlar orqali) shaklida aholiga yetkazish

Tarqatma targʻibot materiallari

2024-yildan iyuldan boshlab doimiy

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

16.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirish.

Koʻrgazmali tarqatma materiallar

2024-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

17.

Tazyiq oʻtkazuvchi, shu jumladan, tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy taʼlim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qoʻllash.

Ijrochilarning qoʻshma qarori

2025-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

18.

Yoshlarda sogʻlom turmush tarziga boʻlgan intilishni shakllantirish, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklar, giyohvandlik, chekish va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli uyushtirishga, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejalari

2024-2025-yillar

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

19.

Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular boʻyicha “Soʻrov boʻyicha huquqiy targʻibot” loyihasini amalga oshirish.

Soʻrov oʻtkazish

2025-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

20.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k.) tazyiq va zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha tayyorlangan materiallar, davra suhbatlari va boshqa materiallarni joylashtirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Kinematografiya agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

21.

Aholi oʻrtasidagi dolzarb ijtimoiy-huquqiy muammolardan kelib chiqib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan taʼsirchan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni hamda huquqiy mavzudagi loyihalarni tayyorlash va tarqatish.

Koʻrgazmali tarqatma materiallar

2024-yil davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2024-y., 07/24/175/0339-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 04.08.2026-y., 06/26/146/0811-son)