Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2026 11.09.2023 yildagi PF-158-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son
Date of entry into force
12.09.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq oʻtkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz toʻliq qoʻllab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha xohish-irodasini roʻyobga chiqarish, har bir fuqaroga oʻz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilganligi inobatga olinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilansin hamda bu boʻyicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan va amalga oshirilishi davom etayotgan, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalar bajarilishi taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi (A. Aripov) zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish boʻyicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar boʻyicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining joylarda amalga oshirilishi natijalari tanqidiy oʻrganilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish natijalari keng muhokama qilinishi, fuqarolarning mazkur masala boʻyicha takliflari tizimlashtirilgan holda tahlil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli omillarni aniqlash va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida ularning oldini olish boʻyicha aniq choralar koʻrilishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va uni bajarish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ijrosi, tegishli maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi va ular doirasida normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni quyidagi tartibda amalga oshirish belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va uni tegishli yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishini tizimli monitoring qilib, uning natijalarini har oyda Respublika komissiyasiga kiritib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari oʻz hududlarida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosining tegishli yillarda hududlar kesimida amalga oshirilishi boʻyicha har chorakda nazorat tadbirlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlar Mahkamasi har oyda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishini Bosh vazir oʻrinbosarlari huzurida tanqidiy koʻrib chiqishni taʼminlaydi, har chorakda Hukumat majlislarida muhokama qilib boradi hamda oʻz vaqtida va toʻliq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan Hukumat aʼzolariga, shu jumladan vazirlarga nisbatan tegishli choralar koʻradi hamda har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-2024-yillarda hududlar kesimida amalga oshirish chora-tadbirlari boʻyicha Hukumat qarorlari qabul qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasidagi yoʻnalish va maqsadlardan kelib chiqqan holda Bosh vazir oʻrinbosarlariga biriktirilgan tarmoq va sohalar kesimida aniq vazifalar belgilanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adliya vazirligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishiga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi — xalq strategiyasi” shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi ijrosining taʼminlanish darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi koʻrsatkichlar kesimida baholash, ular yuzasidan oʻz fikrlarini qoldirish va tashabbuslar bildirish imkoniyatini yaratuvchi onlayn portalni ishga tushirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda baholash natijalari va aholidan kelib tushadigan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, Respublika komissiyasiga taqdim etib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (J. Qoʻchqorov) bilan birgalikda har yili “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga muvofiq amalga oshirilishi boʻyicha tahlilni jamoatchilik bilan birgalikda oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va uni tegishli yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilishi yakunlariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda eʼlon qilish va keng tarqatishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka yetkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijrosi va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holati yuzasidan aholiga xolis va toʻliq maʼlumot yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Farmon ijrosini har yarim yilda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-158-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoniga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Maqsad

2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik koʻrsatkichlari

I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH

1.1. Taʼlim tizimi islohotlari

1.

Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash.

Bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish.

100 foiz maktabgacha taʼlim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlash.

2.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish.

Olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun bepul avtobuslarni yoʻlga qoʻyish.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlash.

3.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish.

700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar va mobil ilovalar yaratish.

Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish.

Taʼlim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslarini joriy etish.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning taʼlim metodikasini barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquv jarayonlariga joriy qilish.

4.

Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

1 000 nafar tarbiyachi va oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqini 2 barobar oshirish.

500 ming nafar maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish.

Ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni toʻliq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish.

5.

Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish.

Kelgusi besh yilda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 1 trillion soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish.

2024-yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari qurilishi boʻyicha shartnomalar tuzish.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar ulushini 3 barobarga oshirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish.

6.

Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish.

700 ta professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish.

14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish.

Oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yoʻnalishlarida 100 foizga yetkazish.

7.

Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.

Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan toʻliq taʼminlash.

30 ta oliy taʼlim muassasasining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qoʻshma taʼlim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish.

10 ta oliy taʼlim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.

Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish.

8.

Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash.

5 ta oliy taʼlim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish.

Qoʻshimcha 120 ming oʻrinli oʻquv binolari hamda 150 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish.

Kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan toʻldirish va kutubxona fondini toʻliq raqamlashtirish.

9.

Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish.

Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion soʻm mablagʻ ajratish.

Fundamental tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha 8 ta yetakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion soʻm ajratish.

10.

Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish.

Amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirish.

Iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yoʻnalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish.

Amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratish.

Transport va logistika, qishloq xoʻjaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yoʻnalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etish.

11.

Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash.

40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini oʻrtacha 2 barobarga oshirish.

Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkazish.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga yetkazish.

12.

Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash.

Oʻzbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar roʻyxatiga kirishini taʼminlash.

Har bir million aholiga toʻgʻri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga yetkazish.

Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish.

1.2. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha islohotlar

13.

Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish.

Oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini 78 yoshga yetkazish.

Tibbiyotga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hajmini 2 barobarga oshirish.

Onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yoʻllari kasalliklari boʻyicha erta oʻlimni 2,5 barobar kamaytirish.

Sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 100 ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish.

14.

Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish.

350 ming nafar diabet va 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish.

Tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi boʻgʻinning oʻzida hal etishga erishish.

Respublikada gemodializ oʻrin joylari bilan bemorlarni toʻliq qamrab olish.

15.

Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish.

Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarni 2 barobarga qisqartirish.

Chaqaloqlarda irsiy kasalliklar boʻyicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshirish.

16.

Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash.

Homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab tugʻuruqdan soʻng 42 kun ichida ayollar, goʻdaklar va besh yoshgacha bolalar orasidagi oʻlimni 2 barobarga kamaytirish.

Tugʻuruq oʻrinlari sonini 35 foizga oshirish.

6 — 23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni, 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar, 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15 — 35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan bepul taʼminlash.

Bolalar orasidagi yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarni 20 foizga qisqartirish.

17.

Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida onkologik kasalliklarni profilaktik koʻriklarda, erta bosqichlarida aniqlab, 5 yillik umr davomiyligi koʻrsatkichlarini 2 barobar oshirish, 1 yilgacha oʻlim koʻrsatkichini 2 barobar kamaytirish.

120 ming nafar onkologiyasi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash.

18.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish.

Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish.

Katta yoshdagi (40 yosh va undan yuqori) aholi orasida qandli diabet va arterial gipertoniya kasalliklarining erta bosqichida aniqlash koʻrsatkichini 2 barobarga oshirish.

30 — 69 yoshdagi aholi orasida har 100 ming aholiga nisbatan yurak-qon-tomir, qandli diabet, surunkali respirator kasalliklaridan oʻlimni 30 foizga kamaytirish.

19.

Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash.

Har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish.

Katta yoshdagi (40 yosh va undan yuqori) aholi orasida jismoniy faol aholi ulushini 2 barobar oshirish.

20.

Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish.

Meʼyoridan ortiq tuz isteʼmol qiladigan aholi ulushini 32 foizga, yetarlicha jismoniy faollikka ega boʻlmagan aholini 22 foizga, ortiqcha vaznga va semizlikka ega katta yoshdagi aholini tegishincha 32 foiz va 23 foizga qadar kamaytirish.

5 yoshgacha bolalar orasida boʻy oʻsishi kechikishi mavjud boʻlganlar, vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjudlar va ortiqcha vazni mavjud ulushini oʻrtacha 2 barobarga kamaytirish.

Taʼlim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyogʻ, tuz va shakar miqdori koʻp boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash, sotilishini 100 foiz cheklash.

21.

Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish.

Tibbiyot muassasalarini raqamlashtirishni 100 foizga yetkazish.

1.3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha islohotlar

22.

Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish.

Ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan muhtojlarning barchasi toʻliq qamrab olinishiga erishish.

Ijtimoiy xizmatlarni majmuaviy amalga oshirish uchun respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil qilish.

23.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish.

Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarning sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash darajasini 100 foizga yetkazish.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni munosib ish bilan taʼminlash orqali ular bandligini 2 barobarga oshirish.

Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mavjud infratuzilma holatini baholash tizimini joriy qilib, qulay va maqbul muhitni yaratish.

“Toʻsiqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1 000 nafardan nogironligi boʻlgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish.

24.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Jamiyatda bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka toqatsizlik madaniyatini shakllantirish.

Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni parvarishlash boʻyicha muqobil noinstitutsionallashgan shakllarni joriy qilish.

25.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash.

Gender tenglikni taʼminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish.

Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar boʻyicha jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.

26.

Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

Har yili 1 milliondan ortiq nuroniylar uchun respublika boʻylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatlar tashkil etish.

Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar qamrovini kamida 30 foizgacha oshirish.

27.

Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish.

2026-yilga qadar kambagʻallikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish.

Kambagʻallikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish.

Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash.

28.

Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish.

Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini taʼminlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.

Homiladorlik va tugʻish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning toʻlovlar uchun mablagʻlari mavjud boʻlmagan hollarda ishdan boʻshatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sugʻurta toʻlovlarini kafolatlangan ijtimoiy sugʻurta tizimi orqali amalga oshirishni tashkil etish.

29.

Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish.

2 million nafar fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish.

Kasbga oʻqitish markazlarining 1,6 ming nafar oʻqituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.

Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor ulushini 30 foizga yetkazish.

1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar

30.

Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish.

Yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashgʻul boʻlishini taʼminlash uchun har bir viloyatda 1 tadan “Kreativ park”lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish.

Maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini taʼminlash.

31.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali kamida 2 million nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.

Har yili 500 nafar isteʼdodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

32.

Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish.

400 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etishga erishish.

Yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.

33.

Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish.

IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash.

Maktab oʻquvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga oʻrgatish.

“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

34.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish.

Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish.

Sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishi uchun kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalarini barpo etish.

35.

Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish.

Sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar sonini 1 million nafarga yetkazish.

130 ming nafarga yaqin yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishiga imkoniyat yaratish.

36.

Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

2030-yil Dohada (Qatar) boʻlib oʻtadigan navbatdagi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining umumiy jamoa hisobida kuchli TOP-5 talik davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

Razryadli va unvonli sportchilar sonini 25 ming nafarga yetkazish.

Sport sohasida oliy maʼlumotli xodimlar ulushini 85 foizga yetkazish.

Sohani rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar sonini 140 taga yetkazish.

37.

Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish.

Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida kuchli 15 ta mamlakat qatoridan oʻrin egallashga erishish.

1.5. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha islohotlar

38.

Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash.

Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash.

Maktablarni chinakam maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat oʻchogʻiga aylantirish uchun taʼlim-tarbiyaning interaktiv usullarini joriy qilish.

Oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish boʻyicha yangi yondashuvlarni joriy qilish.

Ilmiy va sotsiologik tadqiqotlar bilan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashning barcha asosiy masalalarini qamrab olishga erishish.

39.

Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish.

Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish.

Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish.

“Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” koʻp jildlik, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini oʻzbek tilida nashr qilish.

40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish.

40.

Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish.

40 ta teatr binolarini taʼmirlash va jihozlash.

6 ta yangi teatr binolarini qurish, davlat teatrlariga tomoshabinlarning yillik tashrifini 5 millionga yetkazish.

2 ta yangi qoʻgʻirchoq teatrlarini tashkil etish.

Zamonaviy teatr va sirk sanʼati yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

41.

Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish.

Maqom, baxshichilik, raqs va teatr yoʻnalishlarida kamida 10 ta xalqaro festival va anjumanlar oʻtkazish.

Sohada taʼlim berishga kamida 20 nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

42.

Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish.

Sanʼatshunoslik instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti arxividagi 3 ming tadan ortiq arxiv materialini zamonaviy formatga oʻtkazish.

Kamida 3 ta noyob nomoddiy madaniy meros namunasini YUNESKOning xalqaro roʻyxatlariga kiritishga erishish.

30 tadan ortiq nomoddiy madaniy meros elementini chuqur ilmiy tadqiq etish.

158 ta madaniy meros obyektini asrashga doir ishlarni bajarish.

Muzeylarga yillik tashrifni 5 millionga yetkazish.

2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish.

43.

Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish.

2024 — 2030-yillarda 432 ta taʼmirtalab madaniyat markazlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

13 ta bolalar musiqa va sanʼat maktablarini jihozlash, toʻgaraklar sonini 7 mingtaga yetkazish.

Hududlarning madaniyat va istirohat bogʻlarida 64 ta zamonaviy yozgi kinoteatrlar va 24 ta buk-kafelar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

44.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish.

Dunyodagi eng ommabop 10 ta internet platformasiga milliy filmlarni joylashtirish.

2024 — 2030-yillarda 50 ta kinoloyihadan iborat davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixini, buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosini aks ettiruvchi filmlar turkumini ishlab chiqarish hamda xorijda, xususan kinofestivallar va telekanallarda namoyish etish.

Milliy qahramonlar haqida 10 ta multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish.

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

45.

2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish.

Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish.

Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan taʼminlash.

Pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali 2030-yilga borib yillik inflyatsiyani 5-6 foiz darajasida taʼminlash.

Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish.

Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan oshmasligi uchun oʻrta muddatlarga moʻljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish.

Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7 foiz atrofida oʻsishini taʼminlash.

46.

Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan va kelgusi yillarda 3 foizdan past boʻlgan miqdorda boʻlishini taʼminlash.

“Natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish” amaliyotiga oʻtish.

“Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qoʻshimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish.

Markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq maʼmurchiligi tizimining samaradorligini yanada oshirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni daromadliligi va Davlat budjetiga yukini inobatga olib, ularni tasniflash hamda loyiha yoʻnalishlari boʻyicha boshqarish tizimini joriy etish.

47.

Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish.

Sanoatda ishlab chiqariladigan texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish.

Qayta ishlash sanoatida mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish.

Yuqori daromadli mahsulot uchun zarur boʻlgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin — 1,5 barobar, kumush — 3 barobar, uran — 3 barobar oshirish.

Kon zaxiralarini baholashda ilgʻor xalqaro standartlarni keng joriy qilish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida yirik kimyo-polimer klasterlarini tashkil etish va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish.

Avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnikani ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish.

Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini nazarda tutuvchi sanoat ipotekasi tizimini joriy etish.

Togʻ-kon metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik kabi sohalarda ilgʻor muhandislar maktablarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yirik korxonalarda oʻzlarining kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etish.

Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligida hosildorlik yoʻnalishlarida 8 ta ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish.

Elektrotexnika, mashinasozlik, toʻqimachilik, kimyo, qurilish materiallari, metallni qayta ishlash, geologiya, energetika, bio-texnologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, transport va logistika kabi yoʻnalishlarda “Izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish.

48.

Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish.

Sanoatda qoʻshilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish.

Yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻygan korxonalarni faol ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish.

Har bir tumanda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish.

Respublikaning 60 ming kvadrat kilometr maydonida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish.

Toʻqimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sunʼiy va aralash tola ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga koʻpaytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqishni kengaytirish.

Farmatsevtika sohasida dori vositalariga ehtiyojni 70 foizga ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash.

Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymatni 5 barobarga oshirish.

Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga koʻpaytirish.

49.

Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish.

Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish.

Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega boʻlgan texnologik va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish.

Hududlarning investitsion reytingini yuritish, har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish.

Pay va venchur jamgʻarmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali portfel investitsiyalar hajmini 2 barobarga oshirish.

40 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish, aholini IPOda qatnashishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish.

Chet ellik nominal saqlovchilar hamda kastodian banklarning mahalliy kapital bozorida qatnashishi uchun infratuzilmani yaratish.

Barcha iqtisodiy zonalarda zarur infratuzilmadan (yoʻl, elektr energiyasi, suv va oqova tizimi) uzluksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

50.

Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish.

Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish, bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish.

Banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish.

Banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali meʼyorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish.

Kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish.

Sudga kiritilgan daʼvolar boʻyicha kreditlarga oshirilgan foiz va jarima hisoblashni toʻxtatish mexanizmlarini joriy qilish.

51.

“Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami isteʼmoldagi ulushini 40 foizga yetkazish.

Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish va “ekologik markirovkalash” amaliyotini joriy qilish.

3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz sarfini kamaytirish.

Koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish.

Shaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqilgʻiga oʻtkazish.

Iqlim oʻzgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini (MRV) yaratish.

Issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010-yildagi darajadan 30 foizga qisqartirish.

52.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kVtga yetkazish.

Tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard kub metrga yetkazish.

Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish.

Energiya resurslari bozorini tartibga solish boʻyicha mustaqil regulatorni tashkil etish, elektr energiyasini sotib olish, sotish va yetkazib berish funksiyalarini ajratish.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni taqsimlash, generatsiya qilish va isteʼmolchiga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

Uglevodorodlar xom ashyosi zaxiralarini koʻpaytirishga qaratilgan geologiya-qidiruv ishlariga xorijiy investorlarni jalb qilish.

Barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni toʻliq raqamlashtirish.

Oʻzbekiston energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashiga erishish.

53.

Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish.

Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish.

Shimoliy yoʻnalishda temiryoʻl orqali yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish.

Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish.

Elektrlashgan temiryoʻllari ulushini 65 foizga yetkazish.

Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish.

56 ming kilometr yoʻllarni qurish va taʼmirlash.

Temiryoʻl, havo yoʻllari transportida yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari tariflari shakllanishida bozor tamoyillariga oʻtish hamda sohaga xususiy va xorijiy operatorlarni jalb qilish.

Tuman markazlaridan qishloq aholi punktlarigacha jami 5,5 ming kilometr sement-beton qoplamali yoʻllar qurish.

Toshkent — Samarqand va Toshkent — Fargʻona vodiysi yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yoʻllarini qurish.

Shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olish, yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkazish.

Toshkent — Samarqand, Samarqand — Navoiy — Buxoro yoʻnalishlarida yangi tezyurar temiryoʻllarini qurish, tezyurar poyezdlarda yoʻlovchi tashish sonini 2,5 barobar koʻpaytirish.

Samaradorligi past boʻlgan hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish.

Respublikaning 6 ta yirik aeroportini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va xususiy aviakompaniyalar sonini 10 taga yetkazish.

Barcha aeroportlarda strategik hamkorlar bilan “Ochiq osmon” rejimini joriy qilish, respublika aviaparkini 100 taga yetkazish.

54.

Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish.

Bir gektardan olinadigan oʻrtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish.

Qishloq xoʻjaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish.

Agrar sohaga jami 15 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish.

Hosildorlik koʻrsatkichlarini paxta boʻyicha oʻrtacha 45 — 50 sentnerga, gʻalla boʻyicha — 80 — 85 sentnerga yetkazish.

Qoʻshimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash orqali oʻzlashtirish va mazkur yerlarda ozuqabop, dorivor, moyli, dukkakli, sholi, gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari ekish, intensiv bogʻ va uzumzorlar tashkil etish.

Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik taʼminotini 50 foizga yetkazish.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash koʻrsatkichining 25 foizdan yuqori boʻlishini taʼminlash.

Respublika hududlarida 2,5 million tonna quvvatga ega boʻlgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish.

Yer munosabatlarini isloh qilish doirasida yer maydonlari ijara huquqini garovga qoʻyish mexanizmini joriy qilish.

Koʻchatchilik xoʻjaliklari reyestrini yuritish va koʻchatlarni sertifikatlash tizimini joriy qilish.

Har bir tumanda agrar sohadagi ilm va innovatsiyalar, yangicha yondashuvlar, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi markazlarni tashkil qilish.

Dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda klasterlarga barcha subsidiyalarni yagona “Agrosubsidiya” platformasi orqali “bir qadam” tamoyili asosida taqdim etish.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorvani sugʻurta qilish tizimini isloh qilish, alohida sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etish va unga 100 million dollarni jalb qilish, dehqon va fermerlarga sugʻurta mukofotining 50 foizini subsidiyalash tizimini joriy qilish.

Chorvachilik sohasida ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni taʼminlash.

Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish va 1 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

55.

Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish.

Eksport hajmini 2 barobar oshirish va 45 milliard dollarga yetkazish, eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish.

Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar koʻpaytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlari doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirish.

Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish.

Dunyoning 50 ta nufuzli brendlari bilan maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish.

“Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” gʻoyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

56.

Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish.

Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish, davlat ulushi mavjud 2,3 mingta korxonalar sonini 6 barobarga kamaytirish.

Respublikada 17 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish, ushbu sohalarga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat tasarrufida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bogʻliq sohalarni saqlab qolish.

Temiryoʻlda tashish, avtomobil yoʻllarini qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berish xizmatlarini xususiy sektorga olib berish.

Irrigatsiya, chiqindilarni qayta ishlash, ijtimoiy obyektlarda energetika va issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish kabi davlat monopol sohalarida xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish.

Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlarini berish amaliyotini kengaytirish, oltin, kumush, rangli metallar, volfram, koʻmir hamda noruda konlarga berilgan ruxsatnomalar sonini 4 barobar oshirish.

Soliq tizimining barqarorligini taʼminlash maqsadida biznes uchun qoʻshilgan qiymat va foyda soliq stavkalari uch yil davomida oshirilmasligini kafolatlash.

Soliq tizimini toʻliq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rasmiy sektor — nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli boʻlishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlash.

Kichik va oʻrta biznesning xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlarni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish, innovatsiyalar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlantirishning yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish.

Oilaviy tadbirkorlik asosida bandlikni taʼminlashda oddiy “qoʻl mehnati”dan — sanoatlashgan ishlab chiqarish bosqichiga oʻtish, uskuna sotib olish uchun imtiyozli kredit miqdorini 100 million soʻmgacha oshirish.

Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali koʻrsatish va xizmat koʻrsatish vaqtini oʻrtacha 3 barobarga qisqartirish.

57.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish.

Barcha aholi punktlarini internet bilan toʻliq qamrab olish va uning tezligini 10 barobar oshirish, xalqaro internetga ulanish tezligini 5000 Gbit/s.ga yetkazish, optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali maʼlumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish.

IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish.

BMTning Elektron hukumat reytingida top-30 talikka kirishga erishish.

IT-park rezidentlari sonini 10 barobar oshirish, ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish.

IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish orqali xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari sonini 1000 taga yetkazish.

Startap loyihalarni IT-parkning akseleratsiya (rivojlantirish) dasturi orqali qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan milliy bozor kapitallashuvini 1 milliard dollarga teng birinchi (Unicorn) startap loyihasini chiqarish.

“Raqamli hukumat” dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarni toʻliq mobil internet bilan taʼminlash.

58.

Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish.

Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi boʻyicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish, mehmon oʻrinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish, togʻli hududlarda 25 ta dor yoʻllari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga yetkazish.

Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.

Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax free” tizimini joriy etish.

“Koʻhna tarix durdonalari” milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning doirasida madaniy meros obyektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda “ochiq osmon muzey”larini tashkil etish.

Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini taʼminlaydigan kompaniyalarni tashkil etishni yanada ragʻbatlantirish.

Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarini tashkil qilish.

59.

Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish.

Hududlarda xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali xizmat koʻrsatish hajmini 3 baravarga oshirish.

Oʻrta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan koʻp boʻlgan tumanlarda zamonaviy bozor xizmatlari, IT, taʼlim, tibbiyot, yuridik, sanʼat, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish.

Shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan koʻchalarning 233 mingta boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish orqali savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish.

Oʻrta va yirik shahar markazlarida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan markaziy koʻchalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis obyektlarini tashkil etish.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida 6 mingta savdo va servis obyektlarini qurish.

Yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish.

60.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish.

Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish choralarini koʻrish, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, 300 mingdan koʻp boʻlgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish, barcha aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish.

Hududlarda 1 million xonadonli uy-joylar qurish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazib, qoʻshimcha 200 mingta oilaga moʻljallangan uylarni barpo etish, respublikada kamida 140 ming oilaga moʻljallangan ijtimoiy uylarni barpo etish.

Tuman (shahar)larning bosh va master rejalarini 3 ta toifali (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish.

Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan massivlar va eskirgan uy-joylarni yangilash maqsadida keng jamoatchilik fikri asosida renovatsiya dasturlarini ishlab chiqish, aholi zich boʻlgan hududlarda “boʻyiga oʻstirish” tamoyili asosida koʻp qavatli uy-joylar barpo etish.

Joylarda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni qurishda hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda amalga oshirish.

Rivojlangan davlatlarning bino-inshootlar boʻyicha qurilish xavfsizligi meʼyorlari asosida yangi standartlarni joriy qilish.

Qurilishda montaj ishlarini baholash, tekshirish va qabul qilish tizimiga xususiy sektorni keng jalb qilish.

Qurilishda oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqib, yiliga 20 ming nafar professional usta tayyorlash.

Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni shakllantirish.

61.

Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash.

Xalqaro moliya institutlari bilan Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini tashkil etish.

“Infratuzilma obligatsiyalari”ni chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Barcha aholi punktlarini toza ichimlik suv va oqova xizmatlari bilan kafolatli taʼminlashning moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish.

Suv taʼminoti korxonalari laboratoriyalarini ichimlik suv sifatini doimiy monitoring qilish uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari va reaktivlar bilan jihozlash.

Markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ega boʻlmagan chekka hududlarda mahalliy tozalash inshootlarini tashkil etishni taʼminlash.

III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

3.1. Suv resurslarini tejash boʻyicha islohotlar

62.

Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish.

Suv ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sugʻorish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish.

Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga hamda ichki sugʻorish tarmoqlarining yopiq quvurli sugʻorish tizimlariga oʻtkazish boʻyicha yetti yillik dastur doirasida irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti koʻrsatkichini 0,73 gacha yetkazish.

Uzoq muddatga moʻljallangan respublikaning suv resurslari balansini ishlab chiqish va uning ustidan doimiy monitoring oʻrnatish tizimini joriy qilish.

Suvni qayta ishlash, yetkazish va taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar (fermer xoʻjaliklari va klasterlar) boshqaruviga berish.

Qoʻshni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish.

Suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning yillik quvvatini 300 ming gektarga yetkazish.

Barcha ichimlik suv isteʼmolchilariga hisoblagichlar oʻrnatishni taʼminlash.

Ichimlik suv sifati, ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasi, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalari samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish.

63.

Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash.

18,7 ming km yoki 66 foizi tuproq oʻzanli boʻlgan magistral va xoʻjaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 13,1 ming kmga yoki 46 foizga yetkazish.

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida sugʻoriladigan yer maydonlarida shoʻrlangan maydonlarni 1,7 million gektargacha kamaytirish.

Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini 46 foizgacha yoki 13,2 ming kilometrga oshirish.

Kuchli va oʻrta shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda boʻlgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish.

64.

Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish.

Kamida 100 ta yirik suv xoʻjaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish.

Tuyamoʻyin suv ombori hajmini qoʻshimcha 1 milliard kub metrga kengaytirib, 1,2 million gektarda suv taʼminotini yaxshilash va ichimlik suv zaxirasini yaratish.

Irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish.

65.

“Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish.

Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 069 ta nasos va 1 079 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish.

Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmolini 30 foizga kamaytirish.

Elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish hisobidan nasos stansiyalarini muqobil energiyaga oʻtkazish.

3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha islohotlar

66.

Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish.

Yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish, 14 ta ekologik toza hudud rejimini joriy qilish.

Shaharlar bosh rejalarini tuzishda ular hududining kamida 30 foizini yashil maydonlar tashkil etishi, turar joy binolarini qurishda “yashil maydon”larni aholining soniga mutanosib boʻlishini taʼminlash.

Atrof muhitga taʼsir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish.

Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish tizimini rivojlantirish.

Qarovsiz hayvonlarni identifikatsiyalash va vaksinatsiyalash tizimini joriy qilish, ularni saqlash bilan shugʻullanuvchi 14 ta pitomniklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Sanoat oqova suvlari darajasi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik uchun eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

67.

Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish.

Har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sugʻorish tizimini yaratish.

1 984 ta yashil bogʻlar barpo etish, shu jumladan 112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan oʻz va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

Barcha davlat idoralari, korxonalar, taʼlim muassasalari hududlarida “yashil bogʻlari”ni tashkil etish.

Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar koʻpaytirib, 5 ming gektarga yetkazish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish.

Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish.

68.

Oʻrmonlar maydonini kengaytirish.

Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum koʻchishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish.

Respublikada oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish, daraxt va buta urugʻlari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish.

Oʻrmon fondining togʻ va togʻoldi hududlari plantatsiyalarini barpo qilish, choʻl hududlarida oʻsimliklarni koʻpaytirish, hududlarda himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

Oʻrmon xoʻjaliklari va milliy tabiat bogʻlari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida ekoturizm, togʻ, ov va safari turizmini joriy qilish.

69.

Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish.

Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish.

Orol dengizining qurigan tubida qoʻshimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, ularning umumiy hajmini 2,6 million gektarga yoki hududning 80 foiziga yetkazish.

“Yashil iqlim” va Global ekologik jamgʻarmalarning bioxilma-xillik, iqlim oʻzgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million dollar qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish.

Xalqaro hamkorlar bilan “Orol dengizi havzasining quyi oqimidagi degradatsiyaga uchragan yerlar holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish.

70.

Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish.

Choʻllanish, qurgʻoqchilik, chang-qum boʻronlari va haroratning koʻtarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

Xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida barvaqt ogohlantirishlar darajasini 100 foizga yetkazish, togʻ daryolari oqimi prognozlarining ishonchliligi darajasini 98 foizga yetkazish.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning ishonchlilik darajasini 96 foizga yetkazish.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

Suvsizlik va qurgʻoqchilikka chidamli, har bir hududning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish va hosildorlikni 30 — 35 foizga oshirish.

71.

Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirish, 2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish.

Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish.

Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish.

Toshkent, Termiz va Fargʻona davlat hayvonot bogʻlarida musodara qilingan yovvoyi hayvonlarni vaqtinchalik saqlash, ularni davolash va parvarish qilish boʻyicha reabilitatsiya markazlarini tashkil etish.

72.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 95 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 6 foizga oshirish.

Yoqib, muqobil energiya ishlab chiqariladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish.

“Nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish, qayta ishlash va ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan ekosanoat zonalarni joriy etish.

73.

Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish.

Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish.

Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni toʻliq modernizatsiya qilish, 249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha islohotlar

74.

Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish.

Mahallaning mablagʻlarini aholining ovoziga koʻra, infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirish amaliyotini joriy qilib, mahallalardagi muammolarni hal etish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdorini kamida 3 barobar koʻpaytirish.

Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlarni 24 trillion soʻmga yetkazish.

Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish.

75.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish.

Hokimlarning mahalliy kengashga rahbarlik qilish amaliyotini toʻliq bekor qilib, kengash raisining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik doirasini aniq belgilash.

Mahalliy kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish, ularning faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.

Mahalliy kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta koʻrib chiqib, oʻziga xos boʻlmaganini bekor qilish.

Mahalliy kengashlar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

76.

Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish.

Viloyat va tuman (shahar) darajasidagi hokimliklar vazifa va funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, ularni muddatidan oldin lavozimidan ozod etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Hokimliklarning hududiy ijro organlari shtat birligi va tuzilmalarini belgilashdagi rolini oshirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar (funksiyalar) boʻyicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.

Hokimliklar va vazirliklar boʻlinmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish.

Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos boʻlmaganlarini bekor qilish.

Hokimliklar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

77.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish.

Elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish.

Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish.

Kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish.

Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga oʻtkazish.

Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish hamda 50 foizini soddalashtirish.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishning 300 taga yaqin tartib-taomillarini soddalashtirish.

Davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “barchasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlashtirish.

Davlat xizmatlarining 40 foizini xususiy sektorga oʻtkazish va fuqarolarning shaxsiy ishtirokini 2 barobarga qisqartirish.

“Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda boʻlishini taʼminlash.

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni toʻldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan oʻzi oladigan tizim yaratish.

78.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish.

Sogʻliqni saqlash, qurilish, transport, taʼlim sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish.

Davlat boshqaruvida mavjud boʻlgan 5 mingga yaqin funksiyani amalga oshirish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish.

Majburiy talablar yagona elektron reyestriga kiritilgan majburiy talablarni kamida 20 foizga kamaytirish.

Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish siyosati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining kamida 30 foiz vazifa va funksiyalarini mahalliy ijro organlariga oʻtkazish.

Davlat organlari rahbarlarining oʻzi rahbarlik qilayotgan idora yoki tizim faoliyatida yoʻl qoʻyilgan jiddiy xato va kamchiliklar uchun siyosiy javobgarligi institutini joriy qilish.

Davlat nazorat funksiyalarini fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va xavfsizligini qatʼiy taʼminlashga yoʻnaltirish.

79.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.

Parlament va uning organlari ish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, shu jumladan ular tomonidan qarorlar qabul qilish va eʼlon qilish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish.

Saylovchilar bilan elektron muloqot qilish, deputat soʻrovini elektron tarzda yuborish va nazorat qilish imkoniyatini taʼminlash.

Qonunchilikka oid takliflarni kiritish va koʻrib chiqish tartibini joriy qilish.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida vakillik organlariga saylovning aralash (majoritar-proporsional) tizimini joriy qilish.

80.

Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish.

Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamida 30 foizga qisqartirish.

Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish, ularning ulushini kamida 60 foizga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining samarali monitoringi qamrovini 100 foizga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash hajmini kamida 2 baravarga oshirish.

Huquq tizimi raqobatbardoshligini oshirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay boʻlgan sodda va ixcham qonunchilik tizimini yaratish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning aniq chegaralarini belgilash orqali ularning sonini keskin qisqartirish.

81.

Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish.

“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini toʻliq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini taʼminlash.

Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida ming nafarga yetkazish.

Davlat organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

82.

Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish.

Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qogʻoz shaklida roʻyxatga olish amaliyotini bekor qilish.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga elektron shaklda, shu jumladan tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Murojaatlarning kamida 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini taʼminlash.

Takroriy murojaatlar ulushini kamida 2 barobar qisqartirish.

Hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mahallaning oʻzida hal qiladigan xalqchil tizim yaratish.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qabullarida masofadan videoaloqa vositasida ishtirok etish imkoniyatlarini 100 foizga yetkazish.

83.

Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish.

Ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirib, ularning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishning kafolatli taʼminlash.

Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 baravarga koʻpaytirish.

Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat-tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish.

4.2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar

84.

Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish.

Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini (tugmali) svetoforlar bilan toʻliq jihozlash.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish.

Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish.

85.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish.

Maʼmuriy sudlarga bevosita murojaat qilishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni toʻliq bartaraf etish.

Sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish.

Sudga qadar hal etilishi mumkin boʻlgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish.

Maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplarini yoʻl harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga toʻliq tatbiq etish.

86.

Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish.

Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan koʻrilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini taʼminlashga erishish.

Sud tizimini boshqarishga sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini toʻliq shakllantirish.

Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi boʻyicha 0,64 ballni toʻplashga erishish.

Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yoʻnalishi boʻyicha 61,5 ballni toʻplashga erishish.

87.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish.

Yagona elektron reyestr yaratish orqali jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar boʻlgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish.

Dalillarni toʻplash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va soʻnggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali toʻliq raqamlashtirish.

Sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlar toifasining kamida 30 foizini xususiy sektor yordamida ijro etishni yoʻlga qoʻyish.

Jiddiy oqibatlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytirish.

100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish va ushbu ishlar boʻyicha elektron hujjat almashinuvini taʼminlash.

88.

Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish.

Advokatura institutini oʻz-oʻzini boshqarish tizimiga oʻtkazish hamda uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini taʼminlash.

Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish.

Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga koʻpaytirish.

Fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkazish.

89.

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pogʻonaga koʻtarilishga erishish.

Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish.

Davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablagʻlarni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish boʻyicha jamoatchilik nazoratini toʻlaqonli joriy qilish.

100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlash.

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar

90.

Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish.

Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol va yaxshi qoʻshnichilik tashqi siyosati olib borilishini izchil davom ettirish.

Hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar boʻyicha muvozanatli va doimiy muloqotlar oʻrnatish.

Barcha qoʻshni davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yoʻnalishlardagi ikki va koʻp tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish.

91.

Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

Mintaqada turli ustuvor yoʻnalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish.

Markaziy Osiyoda xalqaro huquq va mintaqadagi barcha davlatlar milliy manfaatlarini inobatga olgan holda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish.

Markaziy Osiyo davlatlari hududida fuqarolar erkin harakati, shuningdek, tovarlar, xizmatlar va kapitalning sunʼiy cheklovlarsiz aylanishiga bosqichma-bosqich erishish, shuningdek, umumiy sayyohlik makonini shakllantirish ishlarini davom ettirish.

Afgʻoniston bilan koʻp qirrali va oʻzaro foydali munosabatlarni rivojlantirish, uning iqtisodiy tiklanishiga yaqindan koʻmaklashish, transport-tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarishga hissa qoʻshish.

92.

Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish.

Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish.

MDH mamlakatlari bilan anʼanaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini bundan buyon ham samarali kengaytirib borish.

Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng koʻlamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mintaqa bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini koʻpaytirish hamda mamlakatimizga investitsiyalar oqimini oshirish.

Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, keng mintaqalarni bogʻlovchi va Oʻzbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yoʻlaklarini shakllantirish.

Amerika mamlakatlari, xususan, AQSH bilan yangi davrda strategik sheriklik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirish, investitsiya, eksport va ilgʻor texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish.

93.

Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish.

Milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, meʼyor va bitimlariga moslashtirish.

Yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash.

Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan bozorlarga kirish boʻyicha muzokaralarni tizimli olib borish va aʼzo boʻlish jarayonini samarali yakuniga yetkazish.

94.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish.

Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini har tomonlama ragʻbatlantirish va ularning sonini 300 taga yetkazish.

Oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratish.

Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, taʼlim va ilm-fan sohalarida 100 ta loyihani amalga oshirish.

Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini 100 mingtaga oshirish.

95.

Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish.

Ishga joylashtirish boʻyicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar sonini 30 taga oshirish.

Fuqarolarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga oʻqitish doirasida 2 mingta xorijiy kompaniyalar bilan kasbga oʻqitish va ish bilan taʼminlash tizimini tashkil etish.

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish.

Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlar

96.

Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish.

Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini yot va destruktiv maʼlumotlar taʼsiridan himoya qilish, radikallashuvning oldini olish.

Internet jahon axborot tarmogʻidan toʻsiqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish.

97.

Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish.

Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini taʼminlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish.

Qoʻshinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida qoʻshinlarning jangovar shayligi va mahoratini rivojlantirish.

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, birgalikdagi harakatlarning samaradorligi va muvofiqlashganlik darajasini oshirish.

Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, oʻquv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish.

98.

Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish.

Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida barvaqt ogohlantirish milliy tizimini joriy qilish.

Suv omborlari va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan prognoz qilish tizimini yaratish.

Yagona global xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish salohiyatini kuchaytirish va mintaqaning barcha davlatlari bilan tezkor axborot almashish, qoʻshma oʻquv mashgʻulot oʻtkazish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.

99.

Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash.

Davlat chegarasini qoʻriqlash tizimiga zamonaviy texnologiyalar, kommunikatsiya vositalari va texnik (muhandislik) inshootlarni keng joriy qilish.

Davlat chegarasi xavfsizligini taʼminlash jarayonini sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yanada avtomatlashtirish.

Chegara buzuvchilari harakatlarini sustlashtirish va qiyinlashtirish jihatdan jihozlanganlik darajasini oshirish.

100.

Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish.

“Yosh kitobxon” tanlovini qoʻshimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman) oʻtkazish.

Taʼlim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini 2 baravarga oshirish.

Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 3 baravarga oshirish.

Doʻstlik jamiyatlari sonini 60 taga yetkazish hamda birodarlashgan shaharlar sonini 2 baravarga oshirish.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoniga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.N. Aripov

Bosh vazir, Respublika komissiyasi raisi

T.K. Narbayeva

Oliy Majlis Senati Raisi

N.M. Ismoilov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri

B.D. Islamov

Oliy sud raisi

B.N. Kurbanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

A.J. Ramatov

Bosh vazir oʻrinbosari

J.A. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari

Z.B. Maxkamova

Bosh vazir oʻrinbosari

V.V. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi

Gʻ.Gʻ. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi

Sh.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha vakili

D.B. Kadirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti boshligʻi

Sh.I. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi — Prezident matbuot kotibi

A.B. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi

E.T. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Sh.M. Sadikov

Bosh vazir kotibiyati rahbari, Respublika komissiyasi kotibi

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son; 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)