1-ILOVA
2-ILOVA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi |
|||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari |
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti |
||||||||||||||||||||||||||||
|
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari |
|||||||||||||||||||||||||||||
3-ILOVA
4-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul organ |
|
1. Oʻzbekiston Respublikasining statistika salohiyatini oshirish yoʻnalishida |
||||
|
1. |
Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Statistika agentligi markaziy apparati, uning tizim tashkilotlarining tuzilmalari va shtat birliklarini tasdiqlash, shuningdek, direktor oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifa va funksiyalarni taqsimlash. |
Ikki hafta muddatda |
Statistika agentligi (B. Begalov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritish. |
Ikki oy muddatda |
|||
|
2. |
Milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilgʻor tizimlarini joriy etish. |
1. Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishini joriy etish, bu borada BMT YEIK bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil dekabr |
Statistika agentligi (B. Begalov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. BMT tomonidan maʼqullangan Sifatni boshqarish boʻyicha namunaviy qoʻllanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qoʻllanmasini ishlab chiqish orqali sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. Ixtisoslashgan baholovchi kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, tizimda statistika jarayonlari va sifatni boshqarish boʻyicha (GSBPM va NQAF talablari asosida) standartlar, ularga amal qilish holati va xalqaro andozalarga mosligi yuzasidan oʻrganishlarni tashkil etish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
4. Oʻrganish yakuni boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida mavjud hujjatlarni takomillashtirish va yangilash. |
2025-yil II chorak |
|||
|
3. |
Koʻp yillik statistika dasturini ishlab chiqish choralarini koʻrish. |
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb etib, Global baholashni tashkil etish va oʻtkazish. |
2024-yil davomida |
Statistika agentligi (B. Begalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), boshqa rasmiy statistikani tayyorlovchilari |
|
2. Xalqaro baholovchilarni jalb etgan holda, tizim faoliyati va statistika maʼlumotlari sifati boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish, ISO sertifikatini qoʻlga kiritish. |
2025-yil yakuniga qadar |
|||
|
3. Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, baholash natijalari asosida navbatdagi 2026 — 2030-yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish. |
2026-yil dekabr |
|||
|
4. |
Isteʼmol narxlari indeksi bazis yili boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlash. |
1. Isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichlarini, jumladan, indeksning bazis yili boʻyicha hisob-kitoblarini yaxshilash borasida Jahon banki mutaxassislaridan zarur tavsiyalarni olish. |
2024-yil IV chorak |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Xalqaro ekspertlar tavsiyalarini inobatga olgan holda shakllantirilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish maqsadida, Jahon bankining tegishli maʼlumotlar bazalariga taqdim etib borish. |
Doimiy |
|||
|
5. |
Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish. |
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablaridan kelib chiqib, davlat boshqaruvi sektori operatsiyalari qamrovini (budjetdan tashqari hisoblar, tashqaridan moliyalashtiriladigan xarajatlar va kreditlashni qoʻshish orqali) kengaytirish. 2. Markaziy hukumat operatsiyalari qamrovini (budjetdan tashqari hisoblar, maqsadli fondlar, Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va ijtimoiy sugʻurta fondlarini qoʻshish orqali) kengaytirish va maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablariga moslashtirish. 3. Markaziy hukumat qarzi koʻrsatkichlarida tashqi va ichki qarzni, budjetdan tashqari hisoblar va fondlar majburiyatlarini aks ettirish hamda toʻlov muddatlarini, kafolatlangan qarz, valyuta va moliyaviy vositalar boʻyicha taqsimlanish holatini koʻrsatgan holda takomillashtirish. 4. Ishlab chiqilgan hujjatlar va hisob-kitoblarning maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablariga mosligi yuzasidan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlarining ijobiy xulosalarini olish. |
XVJning maxsus rejasiga muvofiq |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
6. |
Aholini roʻyxatga olishni tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini quyidagi yoʻnalishlarda tizimli davom ettirish: aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash; 2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish; xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish; “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish; aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish. |
2024-yil davomida |
Statistika agentligi (B. Begalov), masʼul vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish ishlarini amalga oshirish. |
2025-2026-yillar |
|||
|
3. Aholini roʻyxatga olish natijalarini tayyorlash va eʼlon qilish ishlarini amalga oshirish. |
2026-2027-yillar |
|||
|
7. |
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
2024-2025-yillar |
Statistika agentligi (B. Begalov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), masʼul vazirlik va idoralar |
|
2. 2022-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish savolnomalari shaklini takomillashtirish. |
2024-2025-yillar |
|||
|
3. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish. |
2024-2025-yillar |
|||
|
4. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. |
2025-2026-yillar |
|||
|
5. Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. |
2027-2028-yillar |
|||
|
8. |
Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish. |
1. Statistik registrlarni tashkil etish va yuritish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda vazirlik va idoralar maʼmuriy maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish orqali statistik registrlarning raqamli bazasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
2024-2025-yillar |
Statistika agentligi (B. Begalov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Xarajatlarni maqbullashtirish va maʼlumot almashish samaradorligini oshirish maqsadida, statistik registrlar asosida biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish yuzasidan huquqiy asoslarni yaratish va tadbirlarni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2025-yil |
|||
|
3. Biznesni roʻyxatga olishni statistik registrlarning raqamli bazasi yordamida tashkil etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. |
Belgilangan muddatlarda |
|||
|
9. |
Barqaror rivojlanish maqsadlari koʻrsatkichlari (BRM) monitoringini yuritish ishlarini yanada takomillashtirish. |
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global indikatorlari asosida milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlarini takomillashtirib borish. 2. Global indikatorlar tizimidan kelib chiqib, milliylashtirishni talab qiladigan koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va eʼlon qilishni taʼminlash. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
10. |
Kambagʻallik darajasi koʻrsatkichlari eʼlon qilinishini taʼminlash. |
1. Oʻzbekistonning Xalqaro taqqoslash dasturi (XTD) doirasidagi tadbirlarda ishtirokini davom ettirish. 2. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda dastlabki natijalarni shakllantirish va eʼlon qilish. |
Maxsus rejaga muvofiq |
Statistika agentligi (B. Begalov) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) |
|
3. Jahon banki tomonidan belgilangan mamlakatlar boʻyicha xalqaro kambagʻallik chegarasi (XTD maʼlumotlari asosida kuniga 2,15 AQSH dollari) asosida kambagʻallik darajasini aniqlash boʻyicha uslubiyotni ishlab chiqish hamda aniqlashda foydalaniladigan maʼlumotlar bilan taʼminlash. |
2025-yil IV chorak |
|||
|
11. |
Ishchi kuchi kuzatuvini oʻtkazishni tashkil etish va maʼlumotlari eʼlon qilinishini taʼminlash. |
1. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlarini jalb qilgan holda, ishchi kuchi kuzatuvlari oʻtkazishning takomillashtirilgan uslubiyoti (savolnoma, tanlanma, uslubiy hujjatlar va boshqalar)ni ishlab chiqish hamda tasdiqlanishini taʼminlash. |
2024-yil IV chorak |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Ishchi kuchi kuzatuvi natijalarini kichik maʼlumotlar shaklida XMT saytida va/yoki Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishni yoʻlga qoʻyish. |
2025-yil IV chorak |
|||
|
12. |
Bandlik statistikasini yuritish uslubiyotini yanada takomillashtirish. |
Uy xoʻjaliklarida bandlik masalalarini oʻrganish boʻyicha (ishchi kuchi kuzatuvlari) oʻtkaziladigan soʻrovnomani xalqaro tavsiyalarga moslashtirish orqali amaldagi bandlik maqomi tasnifini Bandlik maqomi xalqaro tasniflagichi (ICSE) asosida shakllantirishni yoʻlga qoʻyish. |
2025-yil IV chorak |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
13. |
Jins va yosh boʻyicha bandlik darajasi koʻrsatkichlari eʼlon qilinishiga erishish. |
1. Uy xoʻjaliklarida bandlik masalalarini oʻrganish boʻyicha (ishchi kuchi kuzatuvlari) oʻtkaziladigan soʻrov va bandlik koʻrsatkichlarini hisoblash metodikasini Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqish. |
2024-yil IV chorak |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan hisob-kitob qilingan bandlik koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutni 10 foiz punktdan oshmagan holda hisoblash. |
2025-yil IV chorak |
|||
|
14. |
YUNISEFning onalar va bolalar turmush tarziga doir global “Multiindikator klaster kuzatuvlari” 7-raundida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash. |
1. 2024 — 2026-yillarda YUNISEFning onalar va bolalar turmush tarziga doir global “Multiindikator klaster kuzatuvlari” 7-raundida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil |
Statistika agentligi (B. Begalov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. Tadbirlarni moliyalashtirish masalalari har yili tasdiqlanadigan Statistika dasturiga kiritilishini taʼminlash. |
2024 — 2026-yillar |
|||
|
II. Axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tarqatish va xalqaro hamkorlik yoʻnalishida |
||||
|
15. |
Statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirish. |
1. Yillik statistika dasturlari doirasida foydalanuvchilarni ishonchli, obyektiv va dolzarb statistik maʼlumotlar (makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, narx-navo, eksport-import tarkibi, investitsion oqimlar, aholi daromadlari va boshqa) bilan muntazam taʼminlab borish. 2. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati boʻyicha oylik tezkor press-relizlar, choraklik axborotnomalar va yillik statistik toʻplamlarni tayyorlash, chop etish hamda qogʻoz va elektron koʻrinishda foydalanuvchilarga tarqatish. |
Statistika dasturida belgilangan muddatlarda |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
3. Alohida mavzular boʻyicha tahliliy statistika maʼlumotlarini tayyorlash va taqdim etish. |
soʻrov asosida |
|||
|
4. Respublika shahar va tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati axborotnomalarini tayyorlash va foydalanuvchilarga yetkazishni yoʻlga qoʻyish. |
har yili |
|||
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini takomillashtirish. |
1. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Ochiq maʼlumotlar portalida, oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish. 2. Portalni takomillashtirishda hamda davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning mablagʻlarini, shu jumladan, grantlari (texnik koʻmagi)ni jalb etish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalining “Open Data Watch” tashkiloti “Open Data Inventory” jahon mamlakatlari reytingida oʻrnini yaxshilash. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
17. |
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini aks ettirishni taʼminlash. |
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Maʼlumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga oʻtish. |
2024-yil |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Statistika agentligi (B. Begalov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
2. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy va ayrim ijtimoiy statistika koʻrsatkichlarining eʼlon qilib borilishi taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
18. |
Xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish. |
1. BAA, Malayziya, Singapur, Tailand, Buyuk Britaniya, Kanada davlatlarining milliy statistika idoralari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
2024-2025-yillarda |
Statistika agentligi (B. Begalov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan ularning savolnomalari asosida, shuningdek, BMTning “Komtreyd”, XVJning k-MTUT va YUNISEFning “TransMonee” axborot tizimlari orqali axborot almashinuvini taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
19. |
Statistika sohasidagi soʻnggi yangiliklar va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish. |
Statistika agentligi tizimi xodimlarining BMT, YEIK, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi, ESKATO, XVJ, SESRIC, XEA, YUNFPA, YUNISEF, FAO va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro konferensiya, seminar, davra suhbatlari va trenninglarda ishtirokini taʼminlash. |
Doimiy, taklif asosida |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
20. |
Rasmiy statistika foydalanuvchilari bilan ochiqlik tamoyili asosida oʻzaro aloqalarni yaxshilash. |
1. Muntazam ravishda oliy oʻquv yurtlarida davra suhbatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, matbuot anjumanlari va boshqa turdagi uchrashuvlarni, hududlarda rahbarlarning sayyor qabul kunlarini oʻtkazib borish. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun soʻrovlar oʻtkazib borish, foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich yaxshilab borish choralarini koʻrish. |
2024-2025-yillar davomida |
|||
|
21. |
Respondentlar bilan oʻzaro aloqalarni yaxshilash, jumladan, tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda qulay muhit yaratish. |
1. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan profilaktika ishlarini oʻtkazib borish. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. Respondentlar orasida statistika hisobotlarining mazmuni yuzasidan tanlanma statistika kuzatuvlarini oʻtkazib borish. |
Har yili |
|||
|
3. Respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish hamda statistika hisobotlarining maqsadga muvofiqligi, ularni soddalashtirish va topshirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish maqsadida, vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari shakliga oʻtkazish hamda taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqish orqali maqbullashtirish. |
Maxsus reja-jadvalga muvofiq |
|||
|
III. Statistika sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida |
||||
|
22. |
“Statistika” integrallashgan axborot tizimining funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish. |
1. Statistika dasturi doirasida shakllantirilayotgan rasmiy statistika maʼlumotlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish orqali “Statistika” integrallashgan axborot tizimida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlar tarkibini yanada kengaytirish. 2. “Statistika” integrallashgan axborot tizimidan foydalangan hududlar va sohalar kesimida solishtirishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini joriy etish. 3. “Statistika” integrallashgan axborot tizimini davlat boshqaruvi organlarining axborot tizimlariga bosqichma-bosqich integratsiyalash. |
2024-yil davomida |
Statistika agentligi (B. Begalov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
23. |
Korxona va tashkilotlar tomonidan statistika hisobotlarini taqdim etish jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida yanada takomillashtirish. |
Statistika hisobotlarini onlayn rejimda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimiga sunʼiy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasini joriy etish, jumladan: ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish; oʻrganish natijalariga muvofiq, mos kelgan yechimlarni axborot tizimiga sinov tariqasida joriy etish. |
2024-2025-yillar |
Statistika agentligi (B. Begalov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
24. |
“Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
1. Axborot tizimi tamoyillarini va foydalanish jarayonlarini oʻz ichiga olgan nizom ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
Statistika agentligi (B. Begalov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
3. Axborot tizimni yaratish va integratsiya ishlarini olib borish. |
2025-yil avgust |
|||
|
25. |
Birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali elektron shaklda idoralararo almashishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyul |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ (Z. Badriddinov), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
26. |
Korxona va tashkilotlarning mehnat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini integratsiya qilish orqali olishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyul |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
27. |
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni integratsiya orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil iyul |
Kadastr agentligi (F. Pulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
28. |
Rasmiy statistikadan erkin foydalanish imkonini oshirish uchun veb-resurslardagi statistik maʼlumotlar tarkibini kengaytirish. |
Statistik kuzatuvlar natijalari hamda tegishli vazirlik va idoralardan toʻplangan idoraviy maʼlumotlar asosida shakllangan koʻrsatkichlarni Agentlikning rasmiy veb-sayti (www.stat.uz), statistika integrallashgan axborot tizimi (www.siat.stat.uz), gender statistikasi veb-sayti (www.gender.stat.uz), aholini roʻyxatga olish veb-sayti (www.aholi.stat.uz) va Milliy barqaror rivojlantirish maqsadlari veb-saytida (www.nsdg.stat.uz) joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish. |
Doimiy ravishda, yillik asosda |
Statistika agentligi (B. Begalov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalini takomillashtirish. |
1. Geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish imkoniyatlarini yaratish. |
2024-yil iyul |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamlari sonini oshirish. |
2024-yil oktabr |
|||
|
IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish yoʻnalishida |
||||
|
30. |
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida taʼlim jarayonlarini takomillashtirish. |
1. Tizim xodimlarini kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida zamonaviy oʻqitish uslublari va taʼlim vositalari, xususan, virtual modellar, interaktiv texnologiyalar yordamida sifatli taʼlimni tashkil etish. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
2. Tizimda zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data), bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, blokcheyn, buyumlar interneti, mobil, virtual reallik kabi raqamli texnologiyalari haqida tushunchalar berish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil II chorak |
|||
|
3. Tizim xodimlarining raqamli iqtisodiyot texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish maqsadida “Raqamli iqtisodiyotda katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data) va sunʼiy intellekt” oʻquv kursini tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
4. Soha boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida, taʼlim-fan integratsiyasini amalga oshirish, jumladan, oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyot oʻtashlarini tashkil etish va soha mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida “Statistika” laboratoriyalarining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
31. |
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bilan Koreya statistika instituti oʻrtasida “tvinning” asosida integratsiyani amalga oshirish. |
1. Koreya tajribasi asosida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil II chorak |
Statistika agentligi (B. Begalov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida, Koreya tajribasi asosida onlayn malaka oshirish kurslari uchun davlat budjetidan Statistika agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida elektron platforma yaratish va ishga tushirish. |
2024-yil IV chorak |
|||
|
32. |
Statistika sohasida xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish. |
1. Tizim xodimlarining kasbiy mahoratlarini oshirib borish boʻyicha Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish va doimiy takomillashtirib borish. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida vazirlik, idora va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining statistika boʻyicha masʼul xodimlarining “Statistika asoslari” kursi boʻyicha shartnoma asosida malakasini oshirib borishni tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
3. Hisobot topshiruvchi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining statistika boʻyicha savodxonligini oshirib borish maqsadida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan statistika yoʻnalishida qisqa muddatli sayyor oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Doimiy, reja-grafik asosida |
|||
|
4. Tizim xodimlari tomonidan statistik tahlilda keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “STATA” amaliy dasturiy paketlarning alohida oʻquv kurslarini tashkil etish va katta hajmdagi maʼlumotlarni (Big data) qayta ishlash va tahlil qilish, oʻrgatish. |
2024-2025-yillarda |
|||
|
33. |
Tizimda ilm-fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. |
1. Statistika sohasida sifatli ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan memorandumlar imzolash va doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
2024-yilda, doimiy, har yili |
Statistika agentligi (B. Begalov), tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. Statistika uslubiyoti va amaliyotida mavjud muammoli masalalar boʻyicha statistik tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi yetuk olimlar va soha mutaxassislarini keng jalb etish. |
Buyurtma asosida |
|||
|
3. Statistika agentligi, boshqa vazirlik va idoralar buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va statistika amaliyotiga ilgʻor xalqaro tajribalar hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish. |
Doimiy |
|||
|
4. Statistika sohasidagi dolzarb ilmiy mavzularda maqola, monografiya, ilmiy risolalar chop etish, doktorlik dissertatsiya ishlarini bajarish va ularning natijalarini tizim amaliyotiga joriy qilish. |
Doimiy |
|||
|
V. Boshqa yoʻnalishlarda |
||||
|
34. |
Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keng jalb qilish. |
Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari binolariga quyosh fotoelektr stansiyalarini va quyosh suv isitkichlarini davlat budjetidan Statistika agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻrnatish. |
2024-2025-yillar, maxsus reja-jadvalga muvofiq |
Statistika agentligi (B. Begalov), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
35. |
Tizimda amalga oshiriladigan davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash. |
Amalga oshiriladigan davlat xaridlari shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida tizimda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, birinchi rahbarlar va xaridlarga masʼullarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, Agentlikning rasmiy saytida alohida sahifani ochish va yuritish. |
2024-yil II chorak, doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov) |
|
36. |
Tizimda korrupsiya va uni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish. |
1. Statistika organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish orqali jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat ruhini shakllantirish. |
Doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxonov) |
|
2. Komplayens nazorati tizimi doirasida “Korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazib borish. |
Doimiy |
|||
|
3. Statistika sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
4. Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISC)-37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlash. |
2025-yil IV chorak |
|||
|
5. Tizim faoliyatini xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari asosida tartibga solish orqali “Statistika — korrupsiyasiz soha” yoʻnalishidagi milliy reytinglarda yuqori natijalarga erishish. |
2025-yil IV chorak |
|||
|
37. |
Statistika faoliyatiga autsorsing mexanizmlarini joriy etish. |
1. Statistika nashrlarining foydalanuvchilar keng doirasiga yetkazilishini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni tarqatish ishlarini amalga oshirish jarayonlariga autsorsing mexanizmlari asosida ushbu yoʻnalishdagi savdo, shu jumladan elektron tijorat xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb etish. |
2024-yil, doimiy |
Statistika agentligi (B. Begalov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Norasmiy sektor, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati boʻyicha tanlanma kuzatuvlarni sinov tariqasida autsorsing mexanizmlari asosida tashkil etish. |
2024-yil |
|||
|
38. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat) hamda ular bandligining hisobini xalqaro standartlar asosida yuritilishini taʼminlash. |
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi 2-tahriri (IFUT-2)ga moslashtirish. |
2024-yil 1-iyul |
Statistika agentligi (B. Begalov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Tashqulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
|
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatga olish va ularning hisobini yuritish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2024-yil 1-avgust |
|||
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil 1-sentabr |
|||
5-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Oʻlchov birligi |
2023-yil |
Maqsadli koʻrsatkichlar |
|
|
2024-yil |
2025-yil |
||||
|
1. Faoliyatning asosiy yoʻnalishlarida |
|||||
|
1. |
Jahon bankining mamlakatlar statistika salohiyatini baholash indeksida reytingni oshirib borish (Statistika faoliyati samaradorligi indeksi) |
ballda (100 balli shkalada) |
70,8 |
71,0 |
71,2 |
|
2. |
Statistika uslubiyoti va tasniflagichlarining ilgʻor xalqaro tajribaga mosligini taʼminlash |
foizda |
80 |
85 |
90 |
|
3. |
Statistika hisobotlari shakllarini takomillashtirib borish (xalqaro tavsiyalar asosida) |
shakllar sonidan foizda |
50 |
55 |
60 |
|
4. |
Xalqaro statistika uslubiyotini oʻzlashtirish — xalqaro tashkilotlarning statistika savolnomalarini uygʻunlashgan koʻrsatkichlar bilan toʻldirilishini taʼminlash |
foizda |
70 |
75 |
80 |
|
II. Ochiqlikni taʼminlash yoʻnalishlarida |
|||||
|
5. |
Statistika agentligi veb-saytida eʼlon qilinadigan statistik maʼlumotlar (“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimidagi maʼlumotlar toʻplami) sonini oshirib borish |
birlikda, yilda |
400 |
450 |
500 |
|
6. |
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlarning sonini umumiy tasdiqlangan indikatorlarga nisbatan ulushini oshirib borish |
foizda |
55,8 |
60,2 |
65,0 |
|
7. |
Gender statistikasi boʻyicha www.gender.stat.uz veb-saytidagi indikatorlar sonini oshirib borish |
birlikda |
140 |
190 |
200 |
|
8. |
Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirish uchun maʼlumotlar toʻplamlari sonini xalqaro tajriba asosida oshirib borish |
birlikda |
7 000 |
9 000 |
11000 |
|
9. |
Xalqaro tashkilotlar maʼlumotlar bazalarida eʼlon qilinayotgan indikatorlarni Ochiq maʼlumotlar portalida qamrab olish darajasini oshirish |
foizda |
65 |
70 |
80 |
|
10. |
Xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashinuvini taʼminlash (savolnomalar va axborot tizimlari) |
birlikda |
51 |
54 |
56 |
|
11. |
Ochiq maʼlumotlar shaklida eʼlon qilib borilayotgan umumfoydalanishdagi koʻrsatkichlar ulushini oshirish |
foizda |
85 |
90 |
95 |
|
12. |
Oylik press-relizlar, choraklik axborotnomalar va yillik statistika nashrlarini tayyorlash va foydalanuvchilarga yetkazilishini taʼminlash |
birlikda |
165 |
170 |
175 |
|
III. Respondentlar bilan samarali aloqani yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida |
|||||
|
13. |
Hisobot topshiruvchi subyektlarning qoniqish darajasi boʻyicha tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etuvchi respondentlar sonini oshirib borish |
birlikda, yilda |
20 000 |
20 000 |
22 000 |
|
14. |
Eʼlon qilinayotgan statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish |
soʻrov soni, yilda |
4 |
4 |
4 |
|
15. |
Foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini ishlab chiqish va oshirib borish |
indeks |
- |
1,0* |
1,02 |
|
IV. Statistika faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida |
|||||
|
16. |
Idoralararo axborot almashinuvini joriy qilish orqali idoraviy va maʼmuriy statistika maʼlumotlarini yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish |
maʼlumot turlari soni |
12 |
15 |
20 |
|
17. |
Foydalanishda boʻlgan IT uskunalari va dasturiy taʼminotlarni yangilash va qayta jihozlash (umumiy songa nisbatan foizda) |
foizda |
10 |
10 |
10 |
|
18. |
Statistika agentligi veb-sayti foydalanuvchilari (tashriflar) sonini oshirish |
mingta, yilda |
600 |
650 |
700 |
|
19. |
Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari va interaktiv xizmatlar sonini oshirib borish |
birlikda |
12 |
14 |
16 |
|
20. |
Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan maʼlumotlardan foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish |
soʻrov soni, yilda |
4 |
4 |
4 |
|
21. |
“Statistika” integrallashgan axborot tizimida dinamik qatorlarda keltirilgan statistik koʻrsatkichlarni vizual koʻrinishda tasvirlash |
foizda |
50 |
80 |
100 |
|
V. Kadrlar va statistika salohiyatini oshirib borish yoʻnalishlarida |
|||||
|
22. |
Statistika tizimi xodimlarining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borishning quyi chegarasi |
xodimlar soni, yilda |
1 296 |
1231 |
950** |
|
23. |
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining statistika boʻyicha masʼul xodimlarini Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borishning quyi chegarasi |
nafar, yilda |
430 |
440 |
450 |
|
24. |
Statistika agentligi tizimi xodimlarini xalqaro seminar, treninglarda ishtirokini taʼminlashning quyi chegarasi |
nafar, yilda |
170 |
175 |
180 |
|
25. |
Oliy taʼlim muassasalarida davra suhbatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, press-konferensiyalar va boshqa turdagi uchrashuvlarni oʻtkazib borish |
birlikda, yilda |
25 |
28 |
32 |
6-ILOVA
|
R.A. Gulyamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Statistika kengashi raisi |
|
B.A. Begalov |
— |
Statistika agentligi direktori, Statistika kengashi raisining oʻrinbosari |
|
O.A. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari |
|
Sh.X. Nazarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi |
|
B.A. Musayev |
— |
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
|
I.Yu. Abduraxmonov |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri |
|
K.A. Sharipov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
N.Q. Xolmurodov |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
M.M. Mirzayev |
— |
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
B.S. Hamrayev |
— |
Markaziy bank raisi oʻrinbosari |
|
D.A. Vahobov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
U.K. Abidxodjayev |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori |
|
A.A. Ikramov |
— |
Statistika agentligi direktori oʻrinbosari, Statistika kengashi kotibi |
7-ILOVA
8-ILOVA