Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.07.2017 yildagi PQ-3165-son
Date of entry into force
07.08.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2024
Norasmiy tarjima
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etib o‘tilsinki, respublikada davlat statistikasi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotini yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish va e’lon qilishning yaxlit tizimi shakllantirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, statistika ishlari amaliyotida foydalanilayotgan statistik ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish shakllari va usullari hali zamon talablariga hamda xalqaro standartlarga to‘liq darajada mos kelmaydi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, ilg‘or xalqaro tajribani chuqur o‘rganish hamda makroiqtisodiy hisob-kitoblarda zamonaviy matematik va dasturiy-texnik apparatdan keng foydalanish asosida statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirishga nisbatan qo‘llanilayotgan usullar va yondoshuvlarni takomillashtirish talab etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, respublika va mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarining rivojlanish darajasini xolisona baholash imkonini beruvchi hisobot ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash borasidagi ishlar lozim darajada tashkillashtirilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, iqtisodiy islohotlar, mamlakat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishining borishi yuzasidan ishonchli statistik kuzatuvlar o‘tkazish imkoniyatlari yetarlicha ishga solinmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchidan, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini hamda hududlarni rivojlantirishda vujudga kelayotgan tendensiyalarning sabablari va omillarini ochib beradigan statistik materiallarning kompleks tahlili mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, statistika ma’lumotlarini xalqaro statistika nashrlarida chop etish yo‘li bilan respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari to‘g‘risida xorijiy biznes jamoalari va xalqaro jamoatchilikning keng doiralarini xabardor qilish mexanizmlaridan sust foydalanilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, davlat statistikasi organlari faoliyatiga statistik ma’lumotlarni yig‘ish va taqdim etish bo‘yicha zamonaviy interfaol servislarni tatbiq qilish holati davlat statistikasi sohasidagi qoidabuzarliklarning oldini barvaqt olgan holda hisobotlarning hamda ularni to‘ldirish masalalari bo‘yicha maslahatlarning to‘g‘riligini interfaol tarzda tekshirish imkoniyatini ta’minlamaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, davlat statistikasi organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi statistika ma’lumotlaridan foydalanish, ularning shaffofligi va ochiqligini oshirish borasida statistika faoliyatini samarali tashkil qilishga mavjud resurslarni safarbar etish imkonini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistikasi tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan o‘tgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va tarkibiy qayta qurishlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida mamlakatimiz hamda chet ellardagi foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika ma’lumotlarining ishonchliligini, shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrab olinishini kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yig‘ish hamda ishlov berishning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yo‘li bilan statistik kuzatuvlar tizimini umume’tirof etgan xalqaro amaliyotga moslashtirishni davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistika ma’lumotlarining maksimal darajada shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni, shu jumladan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid materiallar va ko‘rsatkichlarni xalqaro statistika to‘plamlarida chop etishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlari rivojlanishini, iqtisodiyotda islohotlarni chuqurlashtirish va uni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika mintaqalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlarini g‘oyat to‘liq ifodalovchi statistika axborotini tezkor va sifatli tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ishonchli davlat statistika hisobotini taqdim etishda har tomonlama ko‘maklashish, statistika ma’lumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, statistik nazoratni amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, topshirish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, statistika ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini chuqurlashtirish, statistika ma’lumotlari yagona bankini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika organlarining tahliliy salohiyatini mustahkamlash, statistika ishlariga ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or usullari joriy etilishini hamda tarqatilayotgan statistika axborotlari tahliliy va ma’lumotnoma materiallari bilan albatta to‘ldirilishini, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun ma’ruzalar, matbuot uchun axborot va maqolalar chop etilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va idoraviy statistik kuzatuvlar tizimini optimallashtirish, tanlab olinadigan statistik tekshiruvlar miqdorini bosqichma-bosqich ko‘paytirish va ularning natijalari ishonchliligini oshirish yo‘li bilan obyektiv, sifatli va talabgor hisobot ma’lumotlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz ilmiy va ta’lim muassasalari hamda chet ellardagi statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni tizimli asosda tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi (B. Begalov) va uning o‘rinbosarlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axboroti sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari hamda mintaqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlarining xalqaro miqyosda qiyoslanishi imkoniyatini ta’minlagan holda milliy statistika tizimining xalqaro statistika tizimiga yanada integratsiyalashuvi, xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalariga muvofiq ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarining takomillashtirilgan usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlanayotgan statistika axborotini chuqur tahlil etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rolini kuchaytirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning jamoatchilik tomonidan eng ko‘p talab etiladigan masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar, matbuot uchun axborotlar va statistika ma’lumotlarini chop etishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan davlat dasturlarining tadbirlari va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bilan o‘zaro bog‘liq holda har yili tasdiqlanadigan davlat statistika ishlari Dasturining mazmunini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisob-kitobni tashkil etishni tizimli asosda tubdan yaxshilash hamda axborotni yig‘ish va ishlov berishning xalqaro metodologiyasini tatbiq etish asosida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, zamonaviy yondoshuvlar va usullarni qo‘llagan holda makroiqtisodiy hisob-kitoblarni aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etish asosida statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish va taqdim etish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistik hisobotning shakllarini soddalashtirish, tarmoqda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining funksional imkoniyatlaridan foydalanishni tubdan kengaytirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarida mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishga zarur bo‘lgan kapital mablag‘lar limiti ajratilishini nazarda tutsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston bo‘yicha iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlardan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Markaziy bank (M. Normurodov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Abduxakimov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan hamda keyinchalik xalqaro statistika va moliya institutlariga taqdim etish uchun Davlat statistika qo‘mitasida jamlanadigan iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar ro‘yxatini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 275 kishidan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq:
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, qo‘mita markaziy apparati, hududiy organlari va idoraga qarashli tashkilotlar tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha lavozimga tasdiqlanadigan va undan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalarining boshliqlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda aholi o‘rtasida tanlab o‘tkaziladigan statistik tekshiruvlar va so‘roqlarni sifatli amalga oshirish, korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrida yuridik shaxslar hisobga olinishi to‘liqligini ta’minlash hamda ular faoliyatining holati o‘zgarishlarini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasida qoidabuzarliklar profilaktikasi hamda statistika ma’lumotlarining to‘liqligi va ishonchsizliligini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, ular uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi o‘z vaqtida va ishonchli statistik hisobga olinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalar rivojlanishining tizimli tahlilini amalga oshirish yuzasidan boshqa hududiy boshqaruv organlari, mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmog‘ida, ommaviy axborot vositalarida va mahalliy telekanallarda mintaqa rivojlanishini g‘oyat to‘liq tavsiflaydigan kompleks statistik va tahliliy axborotni keng yoyish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilayotgan statistika ma’lumotlarining ishonchliligini yanada oshirish maqsadida, ikki oy muddatda statistik hisobotlarni olishda statistika ma’lumotlarini chuqur tahlil qilishning takomillashtirilgan tartibini joriy etsin, ma’lumotlardagi nomuvofiqliklarni aniqlab, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tezkorlik bilan bartaraf etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining jahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining mazmunini statistika ma’lumotlarining oshkoraligi, shaffofligi va ochiqligi jihatidan tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin, foydalanuvchilar uchun talabgir bo‘lgan statistika axborotini, tahliliy materiallar va ma’ruzalarni joylashtirish, ma’lumotlarni turli kesimlarda vizuallashtirish, “onlayn konsultant” rejimida foydalanuvchilar bilan tezkor muloqot olib borish mumkinligini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro nashrlarda mamlakatimiz to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari hamda boshqa axborotni joylashtirish maqsadida yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi (B. Begalov) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’ati faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rsin, hay’at zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi tizimi faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish, statistika faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajalarda davlat statistikasi organlarining vazifalari va funksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyat organlari bilan ishlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish takliflarini ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika ishlari bajarilishining natijadorligini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning statistika organlari bilan statistik axborot ayirboshlashni tashkil etish, shuningdek, xalqaro statistika, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotni taqdim etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish asosida bajarilishini samarali nazorat qilishni ta’minlaydigan ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasida dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hay’atning sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkillashtirish, joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining eng muhim masalalarini muhokama qilish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hududiy organlari rahbarlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligi oshirilishini ta’minlagan holda ularning hisobotlarini tizimli asosda tinglab turishni tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil II yarim yilligidan boshlab davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari ro‘yxatini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’ati a’zolarining shaxsiy tarkibi va sonini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda o‘zlari ilgari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3165-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistik axborot sifati hamda uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

Hisoblangan qiymat va moliyalashtirish manbalari* (ekvivalenti ming dollar)

I. Tahliliy ishlarni takomillashtirish, statistik ma’lumotlarni taqdim etish va tarqatishning zamonaviy vositalarini joriy etish

1.

Hisobot davrida statistik ma’lumotlar asosida statistik tahlilning zamonaviy usullaridan foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning tarkib topayotgan tendensiyalari sabab va omillarini yaqqol ko‘rsatuvchi tahliliy materiallar, xatlar va ma’ruzalar tayyorlash, ularni keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish.

Tahliliy xat va ma’ruzalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

2.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlarining bajarilishi to‘g‘risida tahliliy xatni tayyorlash, keyinchalik uni Vazirlar Mahkamasiga va mas’ul bajaruvchilarga taqdim etish.

Tahliliy xat

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

3.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning eng dolzarb masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida press-relizlar hamda maqolalar, shuningdek, respublikaning hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’riflovchi statistik axborotni tayyorlash va e’lon qilish.

OAVda matbuot uchun axborot va maqolalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

4.

Jamoatchilik tomonidan eng ko‘p talab etiladigan va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yutuqlariga oid Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlanadigan axborot asosida respublika va mahalliy telekanallar orqali axborot lavhalari, diagramma va jadvallarni namoyish etish amaliyotini kengaytirish.

Televizion roliklar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

5.

Hisobot davrida respublika va uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarini Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari rasmiy veb-saytida joylashtirish.

Rasmiy veb-saytdagi bo‘lim

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etgan holda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat statistika qo‘mitasi sahifasini, shuningdek, messenjerlardagi guruhini ochish.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa, messenjerlardagi guruh

2017-yilning II yarim yilligi

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or metodlarini (toifalashtirilgan grafika, ma’lumotlarni makon bo‘ylab taqsimlash, infografika va boshqalar) statistik maqolalarga tatbiq etish.

Boshlang‘ich kodi ochiq bo‘lgan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

8.

Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining mazmunidan va ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlaridan qanoatlanish to‘g‘risida statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar orasida muntazam so‘rovlar o‘tkazish.

Onlayn so‘rovnomalar

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

II. Davlat statistika organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish va interaktiv xizmatlar sifatini oshirish

9.

Statistik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ochiqligi oshirilishini nazarda tutgan holda Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining kontentini tanqidiy tahlil qilish va yangilash

Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan rasmiy sayti

2018-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Qayta ishlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar hajmi ortib borayotganligini inobatga olgan holda Markaziy apparatni zamonaviy server uskunalari bilan jihozlash

Server uskunalarini xarid qilish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

4 000,0
Investitsiya dasturi

11.

Ma’lumotlarni vizuallashtirish f�nksiyasiga ega Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy vet-saytida statistik axborotni taqdim etishning interaktiv servislarini joriy qilish.

Boshlang‘ich kodi ochiq bo‘lgan dasturiy ta’minotni sinash va joriy etish

2018 — 2020-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari yutug‘i monitoringi bo‘yicha interaktiv servislarni tatbiq etish

Axborot sayti

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Xalqaro tashkilotlar va homiylarning mablag‘lari

13.

Statistik hisobot shakllarini to‘ldirish hamda statistik shakllar to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish masalalari bo‘yicha interaktiv maslahatlarni joriy etgan holda Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida tadbirkorlarning shaxsiy kabinetlarini yaratish.

Tadbirkorlarning shaxsiy kabineti

2019-yil
1-iyulgacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

14.

Real vaqt rejimida tegishli statistik axborotga davlat boshqaruvi organlarining ulanishini ta’minlaydigan “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari kompleksini joriy etish.

“Davlat boshqaruvi” tizimlari axborot kompleksi

2020-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

15.

Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni saqlash yagona tizimini joriy etish hisobiga statistik axborotni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish.

Kompleks axborot tizimlari (KAT)

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

125,0
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

III. Yig‘ma ko‘rsatkichlar tarkibini va qo‘llanilayotgan hisob-kitoblar metodikasini yanada takomillashtirish, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishini hisobga olish va statistikada aks ettirish tizimini yaxshilash

16.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklarini inobatga olgan holda davlat statistik hisoboti shakllari hamda tanlab olingan tekshiruvlar anketalarining tarkibi va mazmunini takomillashtirish

Statistik hisobot shaklini takomillashtirish

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

17.

Idoraviy statistik hisobot bo‘yicha axborot yig‘ish metodikasi va manbalarini tahlil qilish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish masalalarida metodik yordam ko‘rsatish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-2018-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

18.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada statistik tahlilning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini o‘rganish asosida takomillashtirilgan metodikalarni tasdiqlash.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2019-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi

19.

“Milliy hisoblar tizimi — 2008” qo‘llanmasi asosida makroiqtisodiy hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish.

Metodik tavsiyalar

2017 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini inobatga olgan holda xonadon xo‘jaliklarini tekshirish va ko‘rsatkichlar hisob-kitobi metodikasiga oid takomillashtirilgan savolnomani joriy etish.

Tekshiruv anketasi

2018 — 2020-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Statistikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tanlab o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tahlil qilish uchun matematik va dasturiy-texnik apparatni takomillashtirish.

Dasturiy ta’minot

2018 — 2021-yillar tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

22.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb masalalari bo‘yicha O‘zbekistonning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy statistik tadqiqotlarni kengaytirish

Idoralararo bitimlar

doimiy asosda

Davlat statistika qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Statistik mahsulot sifatini nazorat qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish va sifatni boshqarish yagona tizimini yaratish.

Sifatni boshqarish konsepsiyasi

2021-yil
1-yanvargacha

Davlat statistika qo‘mitasi

IV. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish

25.

Xalqaro tashkilotlarning elektron ma’lumotlar bazalarida va maxsus nashrlarida O‘zbekiston to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot taqdim etish

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

26.

Xalqaro tashkilotlarning 17 ta savolnomasini, shu jumladan BMT Statistika bo‘limi, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Statistika bo‘limi, YUNESKO, FAO, ESKATO statistika instituti, MDH Statistika qo‘mitasi so‘rovnomalarini to‘ldirish.

So‘rovnomalarni to‘ldirish

So‘rovnomalar kelib tushishiga qarab

Davlat statistika qo‘mitasi

27.

Ochiq statistika ko‘rsatkichlari tarkibini kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritib, ularni Davlat statistika qo‘mitasining statistik to‘plamlariga qo‘shish.

Takliflar tayyorlash

2017-yil
1-oktabrgacha

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi

28.

Xalqaro valyuta fondining axborot resurslarida O‘zbekiston to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish.

XVFning Ma’lumotlar tarqatish umumiy tizimiga va Ma’lumotlar tarqatish maxsus tizimiga qo‘shilish bo‘yicha tadbirlar

2017-yil
II yarim yilligi

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytidan foydalangan holda statistik ma’lumotlar va metama’lumotlarni ayirboshlashning xalqaro standartlarini (SDMX) joriy etish.

Dasturiy ta’minotni o‘rnatish

2019 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

V. Statistika organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash

30.

Tizim xodimlarini, shu jumladan iqtisodiy tahlil, modellashtirish va AKTni joriy etish sohasida 2 yilda kamida 1-marta malakasini oshirish.

O‘quv mashg‘ulotlari jadvali

2017 — 2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi

31.

Boshqaruv kadrlari, shu jumladan Davlat statistika qo‘mitasi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari rotatsiyasini o‘tkazish, tizimning quyi bo‘g‘inlari xodimlarini markaziy apparatda stajirovkadan o‘tkazish.

Jadval bo‘yicha

doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

32.

Statistikani takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining o‘quv-tematik dasturlarini yangilash.

Davlat statistikasi organlari xodimlarining malakasini oshirish dasturi

har yili

Davlat statistika qo‘mitasi

33.

Davlat statistikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda 2017-2018-yillarda davlat statistikasi organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

Malaka oshirish dasturi

belgilangan muddatlarda

Davlat statistika qo‘mitasi

34.

O‘zbekistonning yetakchi iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida sayyor seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2017
2021-yillarda Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirishga sarflanadigan jami xarajatlar:

ekvivalenti 4 375 ming AQSh dollari.

shulardan:

ming dollar

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

4 000,0

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

250,0

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarining mablag‘lari va grantlar

125,0

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzil-kesil qiymati Davlat statistika ishlari dasturlari doirasida va tegishli tender savdolarini o‘tkazish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILIY TUZILMASI

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 275 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 29 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlari soni — 64 — 90 birlik (intervyuyerlarni hisobga olgan holda)*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 7-8 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 1052 birlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma:* bo‘linmalarning boshqaruv xodimlari soni statistik axborotlarni qayta ishlash hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** intervyuyerlarni hisobga olmagan holda. Intervyuyerlar soni — jami 121 birlik (har bir hududda 6 — 12 birlikdan).
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 07/20/4796/1136-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Yetakchi mutaxassislar soni bajariladigan davlat statistika ishlari hajmiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlarining boshqaruv xodimlari soni — 3-4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 755 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil ikkinchi yarim yilligidan boshlash davlat statistika hisobotining qisqartirilayotgan shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Statistik hisobot shakllari nomi

Taqdim etish davriyligi

I. Ortiqcha hisobotlarni unifikatsiyalash va qisqartirish orqali ma’lumotlar kompensatsiyasi bilan

1.

4-narx shakli “Yuklarni temir yo‘l transportida tashish tariflari to‘g‘risida hisobot”

oylik

2.

5-narx shakli “Yuklarni havo transportida tashish tariflari to‘g‘risida hisobot”

oylik

3.

6-narx shakli Yuklarni truboprovod transportida perekachka (transportirovka qilish) tariflari to‘g‘risida hisobot

oylik

4.

3-invest shakli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar to‘g‘risida hisobot”

yillik

5.

1-xizmat shakli “Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida hisobot”

yillik

6.

3-eko shakli “Chiqindilar hosil bo‘lishi, ulardan foydalanish va bir joyga to‘plash to‘g‘risida hisobot”

yillik

7.

1-RM shakli “Rangli metalla parchalari va chiqindilari hosil bo‘lishi hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobot”

yillik

8.

7-kom shakli “Gazlashtirish to‘g‘risida hisobot”

yillik

II. Tanlab olinadigan yangi tekshirishlarni joriy etish orqali ma’lumotlar kompensatsiyasi bilan

9.

1-lizing shakli “Lizing faoliyati to‘g‘risida hisobot”

yillik

III. Idoraviy hisobdan foydalanish orqali ma’lumotlar kompensatsiyasi bilan

10.

1-geo shakli “Geologiya-qidiruv ishlarini bajarish to‘g‘risida hisobot”

yillik