Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 22.12.2023 yildagi PF-213-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.12.2023 yildagi PF-213-son
Date of entry into force
23.12.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar): 22-mart — juma, 11-aprel — payshanba, 18-iyun — seshanba, 3-sentabr — seshanba, 31-dekabr — seshanba;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 2-yanvar — seshanba, 23-mart — shanba, 12-aprel — juma, 31-avgust — shanba, 30-dekabr — dushanba.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi “1-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik kuni”, “8-dekabr — Konstitutsiya kuni” bayramlari 2024-yilda yakshanba — dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2024-yil 2-sentabr va 9-dekabr — dushanba kunlariga koʻchirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2024-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-aprel — shanba kunidan 12-aprel — juma kuniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-dekabr — shanba kunidan 30-dekabr — dushanba kuniga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisining maroqli dam olishi uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi va Madaniy meros agentligi turizm namoyishi obyektlari (madaniy meros obyektlari, muzeylar) va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalari uchun chegirmalar berish hamda aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uzbekistan Airways” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ichki transport qatnovlari uchun chegirmalar berish va aksiyalar oʻtkazish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzaytirilgan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolari maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali aholining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari ilovaga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, ushbu Farmon 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 22-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-213-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-noyabrdagi “2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-5875-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-131-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi PF-58-son Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-92-son Farmoniga 1-ilovaning 21-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi PF-100-son Farmoni.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 06/23/213/0956-son)