Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024 14.11.2019 yildagi PF-5875-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.11.2019 yildagi PF-5875-son
Date of entry into force
15.11.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2020-yilda 23-mart — dushanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2020-yilda quyidagi dam olish kunlari koʻchirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-yanvar — shanba 2-yanvar — payshanbaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-avgust — shanba 31-avgust — dushanbaga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini bir ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yilgi mehnat taʼtili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat taʼtilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga ushbu Farmonda belgilangan qoʻshimcha dam olish kuni qoʻshiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yillik mehnat taʼtilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qoʻshimcha dam olish kuni mehnat taʼtiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Uzbekistan Airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bayram (ishlanmaydigan) kunlarning uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yoʻnalishlarini, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining uzaytirilgan bayram (ishlanmaydigan) kunlarida maroqli va foydali dam olishini tashkil etish boʻyicha tizimli choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bayram kunlari oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoalari oʻrtasida ushbu Farmonning maqsadi, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzaytirilgan bayram kunlarida xodimlar va ularning oila aʼzolarining maroqli dam olishini taʼminlash yuzasidan kasaba uyushmalari tashkilotlarining ishini faollashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5875-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 06/19/5875/4026-son)