Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3438]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
2. Mazkur buyruq Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-may,
15-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 30-may
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 30-maydagi 15-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-son qaroriga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida (bundan buyon matnda tibbiyot muassasasi deb yuritiladi) bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan tibbiyot muassasasi orqali taʼminlashga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlar — ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarning oldini olish hamda davolash uchun talab yuqori boʻlgan va aholi, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻp foydalaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlarning roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, qoʻllanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda, majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot muassasasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi (bundan buyon matnda Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya deb yuritiladi) — tibbiyot muassasasida tashkil etiladigan va ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiy jihozlariga boʻlgan ehtiyojni hisoblab chiqadigan va tasdiqlaydigan, ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash hamda qoʻllashni nazorat qiladigan komissiya.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
3. Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan mazkur tibbiyot muassasasining malakali mutaxassislaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tibbiyot muassasasida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlar smetasi boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi doirasida bepul, qolgan hollarda pullik asosda tibbiyot muassasasiga kirim qilingan narxlarda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyoj har yil uchun alohida har bir dori vositasi va tibbiy jihoz boʻyicha shakllantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Dori vositalari va tibbiy jihozlarga (bundan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlar mustasno) boʻlgan ehtiyojni aniqlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) birinchi bosqich — tibbiyot muassasasining har bir boʻlimi oʻz faoliyat turidan hamda oʻtgan davr uchun bemorlarni taʼminlash maqsadida sarflangan dori vositalari va tibbiy jihozlar miqdoridan kelib chiqib, oʻzining kelgusi yil uchun ehtiyojini aniqlaydi hamda har yili 30-noyabrga qadar tegishli tibbiyot muassasasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
b) ikkinchi bosqich — Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya har yili 20-dekabrga qadar boʻlimlardan olingan ehtiyoj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda tibbiyot muassasasidagi shifo oʻrni, davolangan bemorlar hamda ularning oʻrtacha davolanish kunlari, davolash standartlari, klinik qoʻllanmalar, shuningdek koʻrsatilayotgan tibbiy yordam hajmidan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasasining yigʻma ehtiyojini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan yigʻma ehtiyoj har yili 25-dekabrga qadar tibbiyot muassasasining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlarga (bundan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlar mustasno) boʻlgan ehtiyoj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
E = S x B x V
bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
E — dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan yillik ehtiyoj;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
S — bir nafar bemorga bir kunlik davolash uchun sarflanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar miqdori;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
B — bir nafar bemorda oʻtkaziladigan davolash kurslari davomiyligi;
Oldingi tahrirga qarang.
V — davolash uchun dori vositasi va tibbiy jihoz qoʻllaniladigan bemorlarning yillik soni (kasallanish).
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyoj Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 741-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Bunda, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari tarkibiga kiradigan narkotik va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlarni xarid qilish va saqlash
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tibbiyot muassasalari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar mazkur tibbiyot muassasalarida aniqlangan yillik ehtiyojdan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xarid qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tibbiyot muassasasi tomonidan yaroqlilik muddati 12 oydan kam boʻlmagan dori vositalar va tibbiy jihozlar xarid qilinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Bunda, xarid qilinadigan dori vositalarining narxi belgilangan ulgurji referent narxlaridan yuqori boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xarid qilingan dori vositalari va tibbiy jihozlar tibbiyot muassassaning dorixonasida SanQvaN-0337-16 “Dorixonalar tuzilmasi, jihozlari va faoliyat yuritishi uchun sanitariya qoidalari va meʼyorlari” talablariga muvofiq saqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tibbiyot muassasasining dorixonasidan dori vositalari va tibbiy jihozlar tibbiyot muassasasining boʻlimlariga mazkur boʻlimlarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda, ularning talabnomasi asosida uch kunlik hajmda beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tibbiyot muassasasining boʻlimlariga dori vositalari va tibbiy jihozlarning taqsimlanishi boʻyicha har bir holat Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bemorlarga Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi koʻzda tutilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlarning qiymati bemorning oʻz mablagʻlari hisobidan tibbiyot muassasasining gʻaznasiga toʻlov qilish orqali qoplanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tibbiyot muassasasining dorixonasidan tibbiyot muassasasi boʻlimlari ehtiyoji uchun olingan dori vositalari va tibbiy jihozlarning kirim-chiqimi va hisobi boʻlim katta hamshirasi tomonidan kompyuterda maxsus elektron dastur yordamida yuritiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Boʻlim hamshiralari shifokor tavsiyasi boʻyicha bemor uchun sarflangan dori vositasi va tibbiy jihozlar miqdorini ushbu dori vositalari va tibbiy jihozlar bemorga qoʻllanilgan vaqtning oʻzida bemorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda kasallik tarixining tartib raqami boʻyicha maxsus elektron dasturga kiritib qoʻyadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Dori vositalari va tibbiy jihozlarning kirim-chiqimi va sarflanishi boʻyicha maʼlumotlarning maxsus elektron dasturga oʻz vaqtida kiritilishi uchun boʻlim mudiri shaxsan javobgar hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tibbiyot muassasalarida xarid qilingan dori vositalari va tibbiy jihozlarning kunlik qoldigʻi hamda narxlari manbalar kesimida tibbiyot muassasalarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi hamda muntazam yangilab boriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tibbiyot muassasalarida bemorlarga belgilangan tartibda tibbiy yordamni tashkil etish, ularni tibbiyot muassasasi tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan talab darajasida taʼminlash uchun tibbiyot muassasasining rahbari va ushbu muassasa dorixonasining mudiri javobgar hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 30-apreldagi 15-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3837, 19.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 10/23/3438/0322-son; 20.05.2026-y., 10/26/3837/0512-son)