11.08.2022 yildagi PF-189-son
ONLINE TRANSLATE
Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan, 11.08.2022 yildagi PF-189-son
Date of entry into force
11.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish, sanitar tozalash korxonalarini yanada qo‘llab-quvvatlash va sohaga davlat-xususiy sheriklik joriy etilishini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tadbirkorlik subyektlari — sanitar tozalash korxonalaridan (davlat unitar korxonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy to‘lovlar bekor qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlariga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlardan 5 foiz miqdoridagi ajratmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sohada uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini rag‘batlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2031-yil 1-yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun ushbu faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qo‘llanilsin;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblangan bo‘lsa.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus avtotransport vositalari va texnikalari baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur jarayonda hisoblanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq organlarini xabardor qilgan holda Soliq kodeksida belgilangan foizlar hisoblanib, 3 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2025-yil 1-avgustga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona bojlari to‘lanishidan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinsin;
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v1) 2024-yil 1-yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatilsin va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-sentabrdagi PF-161-sonli Farmoniga asosan “v1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida jamoatchilik nazoratini rag‘batlantirish va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini quyidagicha isloh qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularni sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va natijalari to‘g‘risida muntazam xabardor qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga tegishli hududda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I — IV toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi obyektlarda belgilangan tartibda olib boriladigan ekologik nazorat tadbirlarida ishtirok etish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi yoki u vakolat bergan boshqa mas’ul shaxslar tomonidan guvohnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini ularning faoliyati natijalariga ko‘ra “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifa va vakolatlarni berish orqali “Ekologik patrul” ishlash tizimini kengaytirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brakonyerlikka qarshi kurashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonyerlikka qarshi kurashish bo‘yicha bevosita ma’muriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik holatlarini aniqlashi va zarur choralar ko‘rishi natijalariga ko‘ra Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, Patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi rahbarlarining bir nafardan o‘rinbosarlari ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi ekologik huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan yaqindan hamkorlikda va o‘zaro muvofiqlashtirgan holda amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat ekologiya qo‘mitasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini uning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi haqida foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi orqali xabardor qilish tizimini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi o‘zaro uyg‘unlikda ishlashini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur tizim joriy etilishi, shu jumladan texnik va dasturiy ta’minot, zarur uskunalar xaridi hamda serverlar yangilanishi bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi yangi qurilgan ko‘p kvartirali uylar chiqindi to‘plash joylari belgilanmasdan foydalanishga qabul qilinmasligini qat’iy nazoratga olsin va ta’minlab borsin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat ekologiya qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-oktabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlarni barcha mavjud to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-noyabrga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi va “Xorijga chiqish pasporti” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda sanitar tozalash sohasida boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat ekologiya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.N. Oblomuradov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-189-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan” so‘zlari “bevosita” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5580-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning “a”, “b” va “d” kichik bandlari, 3-band hamda 6-bandning “g” kichik bandi, shuningdek, Farmonga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan to‘lov hisoblangan davrdan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay Markazning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga to‘lanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Markazning maxsus bank hisob raqamida jamlangan mablag‘lar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini sanitar tozalash korxonalariga markazlashgan tartibda to‘lash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sanitar tozalash korxonalariga — ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy to‘lovlarning 100 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitar tozalash davlat korxonalariga — ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan majburiy to‘lovlarning 90 foizi miqdorida yo‘naltiriladi. Bunda, qolgan mablag‘lar Markaz va uning hududiy filiallari faoliyatini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-son Farmoni 11-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“aholidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazida yuritiladigan yagona billing tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida, elektron to‘lov tizimlari orqali yig‘iladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar va qarzdorliklarning hisobini yagona billing tizimida yuritish, shuningdek, qarzdorliklarni sud orqali undirish Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6218-son Farmoniga 3-ilovaning 38-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovadagi “Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi milliy tabiat bog‘i — 4, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi — 10” blokidagi “milliy tabiat bog‘i — 4” so‘zlari “milliy tabiat bog‘i — 8” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va boshqarmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Nomi

Soni

(birlik)

1.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

1

Respublika tashkilotlari

2.

“O‘rmonloyiha” loyihalash instituti

1

3.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

1

4.

Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi

1

5.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi

1

6.

“O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi

1

7.

“O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi

1

8.

O‘rmon xo‘jaligi texnikumi

1

Jami

7

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi

1

10.

Buxoro viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

11.

Jizzax viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

12.

Qashqadaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

13.

Navoiy viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

14.

Namangan viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

15.

Samarqand viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

16.

Surxondaryo viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

17.

Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

18.

Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi

1

Jami

10

Milliy tabiat bog‘lari

19.

Zomin milliy tabiat bog‘i

1

20.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i

1

21.

“Orolqum” milliy tabiat bog‘i

1

22.

“Orolbo‘yi” milliy tabiat bog‘i

1

23.

“Pop” milliy tabiat bog‘i

1

24.

“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘i

1

25.

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i

1

26.

“Bobotog‘” milliy tabiat bog‘i

1

Jami

8

Davlat o‘rmon xo‘jaliklari

27.

Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

28.

Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

29.

Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

30.

Nukus davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

31.

Taxtako‘pir davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

32.

Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

33.

Qipchoq davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

34.

Ellikqal’a davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

35.

Chimboy davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

36.

To‘rtko‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

37.

Qorao‘zak davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

38.

Nukus ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

39.

Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

40.

Buxoro davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

41.

Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

42.

Olot davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

43.

Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

44.

Qizilqum davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

45.

“Neftchi” davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

46.

Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

47.

Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

48.

G‘ijduvon davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

49.

Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

50.

Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

51.

Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

52.

Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

53.

Xo‘jamushkent davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

54.

Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

55.

Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

56.

Muborak davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

57.

Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

58.

Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

59.

Jovuz davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

60.

Sho‘rtan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

61.

Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

62.

Navoiy davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

63.

Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

64.

Konimex davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

65.

Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

66.

Uchquduq davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

67.

Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

68.

Navbahor davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

69.

Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

70.

Kosonsoy davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

71.

O‘rtaorol davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

72.

Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

73.

Paxtachi davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

74.

Saroyqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

75.

Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

76.

Jomboy davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

77.

Oqdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

78.

Darg‘om davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi

1

79.

Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

80.

Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

81.

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

82.

Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

83.

Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

84.

Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

85.

Toshkent davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

86.

Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

87.

Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi

1

88.

Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

89.

Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

90.

Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

91.

Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

92.

Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

Jami

66

Dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari

93.

Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

94.

Yakkabog‘ ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

95.

Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

96.

Hisor ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

97.

Quyichirchiq ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

98.

Shahrisabz ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

99.

Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

100.

Qonliko‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

101.

Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

102.

G‘allaorol ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

103.

Kogon ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

104.

Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi

1

105.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi (hududiy (tuman) mansubligi bo‘yicha)

1

Jami

13

Davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklari

106.

Qo‘ng‘irot davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

107.

Qozoqdaryo davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

108.

Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

109.

Qolgansir davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

110.

Dalvarzin davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

111.

Qorovulbozor davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

112.

Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

113.

Muborak davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

114.

Nurota davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

115.

Xorazm davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi

1

Jami

10

Ilmiy-tajriba stansiyalari

116.

Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi

1

117.

Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

118.

Qo‘qon ilmiy-tajriba stansiyasi

1

119.

Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi

1

120.

Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi

1

Jami

5

Boshqalar

121.

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali

1

122.

Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi

1

123.

O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsion markazi

1

Jami

3

Hammasi

123

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-band, 5-bandning “b” kichik bandi, shuningdek, qarorga 6 va 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan mablag‘lar, Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qo‘mitasi va uning tuzilmaviy bo‘linmalariga Markaz bilan xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) uchun tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4845-son qarori 1-bandi “a” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat korxonalari hisobidagi chiqindi poligonlari, bino va inshootlar, shu jumladan chiqindi to‘plash shoxobchalari, chiqindi to‘plash konteynerlari (o‘zaro kelishuv bo‘yicha bo‘lib to‘lash tartibida sotib olingan konteynerlar bundan mustasno) davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirishi uchun, mazkur obyektlarni joriy va kapital ta’mirlash, uskunalarni ishchi holatda saqlash, ushbu mulklar bo‘yicha belgilangan soliqlarni to‘lash hamda chiqindilar bilan bog‘liq infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha texnologiyalarni tatbiq etgan holda qo‘shimcha ravishda kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilangan muddatga beg‘araz foydalanishga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy sherikka 10 yil muddatga bir yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda sotiladi hamda loyiha yakuni bo‘yicha to‘lovlar to‘liq to‘lab bo‘linganidan so‘ng ularni tasarruf etish huquqi xususiy sherikka o‘tkaziladi;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-76-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oqtog‘” davlat qo‘riqxonasi**” bloki “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi**” bloki bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi*” bloki “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi hamda uning hududiy filiallari*” bloki bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari*” bloki chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

21.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi

Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar bo‘yicha undiriladigan jarimalar hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun undirilgan kompensatsiya to‘lovlari summasi

26

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

39.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi

25

Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari)tomonidan undiriladigan jarimalar summasi

30

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 95-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning yettinchi xatboshisidagi, 25-bandning ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 31-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi, 37-banddagi “istiqomat qiluvchi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 35, 36 va 38-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 39-bandning ikkinchi xatboshisidagi “abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslarning” so‘zlari “abonentlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar tegishincha o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilovaning 10-bandi 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 06.01.2024-y., 06/24/5/0008-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)