11.05.2017 yildagi PQ-2966-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 11.05.2017 yildagi PQ-2966-son
Date of entry into force
13.05.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 11-maydagi PF-5041-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi etib (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) qayta tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarini — Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasini, Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini, Oʻrmon xoʻjaligi texnikumini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamgʻarma mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutini, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻrmonloyiha” loyihalash institutini, “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini, “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasini — budjetdan tashqari mablagʻlar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin, 2017-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 7-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida oʻrmon maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), koʻchatlar yetishtirish, dorivor oʻtlar yigʻish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 8-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida oʻrmon maydonlarni kengaytirish (rekonstruksiya qilish), koʻchatlar yetishtirish, dorivor oʻtlar yigʻish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 9 — 19-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida oʻrmonlarni yaratish va ekish materiallarini yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 9a — 19a-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari 9b — 19b-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik va sanoat mahsulotlari yetishtirish, shuningdek, aholiga pullik xizmat koʻrsatish prognoz koʻrsatkichlari 9v-, 19v-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida dorivor oʻsimliklar yetishtirish va tayyorlash prognoz koʻrsatkichlari 9g — 19g-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga 7* — 19 ilovalarda* koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va koʻchatlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 20-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 8 — 20-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda 20-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklarida manzarali va mevali daraxtlarning nihol va koʻchatlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari, kasb-hunar kollejlarida oʻrmon xoʻjaligi texnigi mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni inobatga olgan holda, oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalar va dasturlarni tanqidiy koʻrib chiqsin, taʼlim standartlari, oʻquv rejalar va dasturlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda jadval ishlab chiqilsin hamda zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, kasb-hunar kollejlarida “oʻrmon xoʻjaligi texnigi” mutaxassisligi boʻyicha oʻqitiladigan maxsus fanlar boʻyicha yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash va chop etishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlayotgan kasb-hunar kollejlarini yoʻnalish boʻyicha maxsus bilimga ega malakali oʻqituvchilar bilan mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bevosita tanlagan mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishiga yordam bersin va nazoratni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining oʻquv jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash, zarur oʻquv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlarini 21-ilovaga muvofiq shartnoma asosida muayyan davlat oʻrmon xoʻjaliklariga biriktirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi biriktirilgan kasb-hunar kollejlarini ularga zarur boʻlgan oʻquv-metodik materiallar, asbob-uskunalar, avvalambor laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlash, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy va innovatsion davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishda ularga quyidagilarni nazarda tutgan holda, ilmiy loyihalarning kiritilishini taʼminlasin:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga toʻliq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi, eksportbop navlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi yerlarida daraxt koʻchatlarini ekish, parvarishlash, hosilini yigʻib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagrolizing” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlarni koʻpaytirish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish va parvarishlash, oʻrmon-meva mahsulotlari hosilini yigʻib olish, shuningdek, boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnika, agregat va asbob-uskunalarning belgilangan tartibda ishlab chiqarilishini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarida hosildorlikni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oliy taʼlim muassasalarini oʻrmon xoʻjaligi mutaxassisliklari boʻyicha tamomlagan yosh mutaxassislarni sohaga jalb etish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti haqidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Olimlar koʻchasi 62-uy manziliga joylashtirilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini zarur telekommunikatsiyalar, Internet axborot tarmogʻiga kirish va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 11-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2966-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi davlat oʻrmon xoʻjaliklarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning cheklangan umumiy soni oʻrmon xoʻjaligi maydoni, ish hajmidan kelib chiqqan holda — 47dan 625 nafargacha, shulardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan — 40 dan 606 nafargacha boʻlgani moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi (Burchmulla va Ohangaron oʻrmon xoʻjaliklaridan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** oʻrmon xoʻjaligi hududida chegara bilan bogʻliq qonun ustuvorligini taʼminlash, masalalarini hal yetish boʻyicha mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari boʻyicha ishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** oʻrmon xoʻjaligi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qilishni, shuningdek, rejim-quriqlash tadbirlarini tashkil qilishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** daraxtlar, butalarni noqununiy kesish oʻrmon qonunchilining boshqa noqonuniy buzilishlariga qarshi kurashish, oʻrmonlardan foydalanish normalari va hajmlariga rioya etish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

Hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil iyun

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi.

Qonun loyihasi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmonlarni boshqarish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun asosida mustahkamlanadi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti toʻgʻrisidagi nizom, Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil iyun

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari huquqiy asosda mustahkamlanadi.

3.

Quyidagilar:

“Oʻrmonloyiha” davlat unitar korxonasi;

“Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi;

Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligini tahlil qilish markazining tuzilmasi va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

Davlat ekologiya qoʻmitasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyrugʻi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi mazkur boʻlinmalarning tuzilmasi, vazifalari va funksiyalari huquqiy asosda mustahkamlanadi.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqish, unda Jamgʻarmani shakllantirishning qoʻshimcha manbalari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimiga kiruvchi davlat oʻrmon xoʻjaliklari daromadlarining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarni, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari xodimlari taʼminoti uchun foydalanishni nazarda tutish.

2017-yil iyun

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish, oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoyalash ishlarini kuchaytirish taʼminlanadi.

5.

“Agrobank” ATB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Agrobank” ATB, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi

Kreditlash toʻgʻrisidagi nizom.

Davlat oʻrmon xoʻjaliklarini kreditlashning aniq tartibi belgilanadi.

II. Oʻrmon xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari

6.

Choʻl va togʻli mintaqalarda joylashgan, tabiiy oʻrmonlar bilan qoplangan yaylovlar va dorivor oʻsimliklar zaxirasiga ega yerlarni tumanlar hokimliklarining davlat zaxirasi fondidan davlat oʻrmon fondiga oʻtkazish.

2017-yil iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davergeodezkadastr, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari.

Tabiiy oʻrmonlarni himoya qilish tartibini takomillashtirish taʼminlanadi.

Qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi, zaxira yerlaridan foydalanish samaradorligi taʼminlanadi.

7.

Respublikaning iqlim sharoitlariga moslashtirilgan xandon pista plantatsiyalari maydonlarini yaratish va kengaytirish, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil iyun

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublika hududida oʻrmonlar maydonini kengaytirish, aholining xandon pista mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, oʻrmon mahsulotlari eksportini yoʻlga qoʻyish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish taʼminlanadi.

8.

Oʻrmon xoʻjaligidagi ishlab chiqarish yoʻqotishlarini qoplash natijasida tushadigan mablagʻlar hisobiga oʻrmonlar va mevali oʻrmon daraxtzorlarini yaratish va qayta tiklash, shuningdek, qumloq yerlar, daryo va suv havzalari boʻylarida oʻrmonzorlar barpo etish, oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Qishloq xoʻjaligi yerlarining hosildorligini oshirishga qaratilgan, shamol va suv eroziyasidan himoyalash uchun daraxt koʻchatlarini oʻtqazish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari boʻyicha takliflar tayyorlash.

2017-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Davergeodezkadastr

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmonlar va mevali oʻrmon daraxtzorlarini yaratish va qayta tiklash, qumloq yerlar, daryo va suv havzalari boʻylarida oʻrmonzorlar barpo etish, oʻrmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, oʻrmon mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish taʼminlanadi.

Chora-tadbirlar dasturi.

Ushbu loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish uchun manbalarni aniqlash koʻzda tutilmoqda.

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi irrigatsiya oʻrmon xoʻjaliklarining 3882 gektar yer maydonlarini davlat oʻrmon xoʻjaligi fondiga oʻtkazish.

2017-yil iyul

Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand viloyatlari hokimliklari,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davergeodezkadastr

Andijon, Namangan, Fargʻona, Samarqand viloyatlari hokimliklarining qarori.

Davlat oʻrmon fondi yerlari yagona davlat boshqaruviga beriladi.

Oʻrmonzorlarni kengaytirish hisobiga qurilishbop yogʻoch mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari koʻpayadi.

10.

Davlat zaxira fondi yerlarida yangi oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davergeodezkadastr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarori.

Yangi davlat oʻrmon xoʻjaliklari va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi, shuningdek, davlat yer fondidan foydalanish samaradorligi ortadi.

11.

Oʻrmon seleksiyasi va urugʻchiligini yanada rivojlantirish, ilgʻor, intensiv texnologiyalarni joriy etish va Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmon seleksiyasi va urugʻchiligini rivojlantirish taʼminlanadi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, buta oʻsimliklar, qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar turlarini kengaytirish uchun imkoniyatlar ochiladi.

12.

Oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublikada ekoturizm sohasi rivojlanadi, yangi ish oʻrinlari va qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlari yaratiladi.

13.

Oʻrmon xoʻjaliklarida ixtisoslashgan pitomniklar tashkil qilish, ularda qimmatbaho dekorativ va mevali, shu jumladan limon, unabi, anor, grek yongʻogʻi, pista va bodom daraxt koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublika aholisini limon, unabi, anor, grek yongʻogʻi, pista, bodom va boshqa mevali daraxt koʻchatlari bilan taʼminlash yaxshilanadi, shuningdek, dekorativ va mevali daraxt koʻchatlari sonini koʻpaytirish hisobiga ekologik muhitni sogʻlomlashtirishga erishiladi.

14.

Dorivor oʻsimliklar va oʻrmon mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va qadoqlash mini-sexlarini tashkil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil oktabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzfarmsanoat” DAK,

“Oʻzbekoziqovqatsanoat” XK, “Oʻzagroeksport” AJ

Chora-tadbirlar dasturi.

Dorivor oʻsimliklar va oʻrmon mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va qadoqlash mini-sex (liniya)larini ochish, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotning eksportini yoʻlga qoʻyish taʼminlanadi.

15.

Dekorativ va mevali daraxt koʻchatlarini yetishtirish, dorivor oʻsimliklar yetishtirish ehtiyojlari uchun respublikada oʻrnatilgan narxlarda zarur yoqilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berishni tashkil qilish, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va suv resurslari uchun limitlar ajratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil oktabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzneftmahsulot” AK,

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ,

“Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmon xoʻjaliklariga zarur yoqilgʻi-moylash materiallarini respublikada oʻrnatilgan narxlarga 10 foizlik ustama bilan, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va suv resurslarini oʻz vaqtida yetkazib berish taʼminlanadi.

16.

2018 — 2021-yillarga moʻljallangan manzilli dasturlarga sugʻoriladigan yerlardagi irrigatsiya tarmoqlarini va oʻrmon fondi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni kiritish.

2017-yil noyabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi

Chora-tadbirlar dasturi.

2018 — 2021-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi, oʻrmon, oziq-ovqat va dorivor oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi.

17.

Oʻrmon xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi, daraxtlar oʻtqazish va yetishtirish, oʻrmon va meva mahsulotlari hosilini yigʻishtirib olish agregatlari va uskunalarini lizing asosida yetkazib berish boʻyicha 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil noyabr

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ,

“Oʻzmeliomashlizing” ALK,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Davlat oʻrmon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlarga ehtiyoji boʻyicha aniq hajmlar aniqlanadi hamda ular yetkazib beriladi.

18.

Chora-tadbirlar dasturining 1-ilovasiga muvofiq davlat oʻrmon xoʻjaliklarida biolaboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlarni tashkillashtirish.

2017 — 2019-yillar davomida

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Agrobank” ATB, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti

Chora-tadbirlar rejasi.

Oʻrmon ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishda biologik usullarni qoʻllash.

19.

Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan dekorativ va mevali daraxtlar koʻchatlari va urugʻ-koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga doir 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2017-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash kompleksi rahbarining bayonnoma qarori.

III. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar

20.

Respublikaning tuproq-iqlim sharoitlariga maksimal darajada moslashtirilgan hamda kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qimmatbaho dekorativ, mevali daraxtlar, butalar va dorivor oʻsimliklarning yangi, eksportga moʻljallangan navlarini yaratishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish.

doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari.

Amaliy tadqiqotlar oʻtkazish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish.

21.

Oʻrmon fondi yerlarida daraxt oʻtqazish va yetishtirish, hosilni yigʻishtirib olish va boshqa turdagi agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikalari, agregatlar va uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni koʻzda tutuvchi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish.

doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari.

Amaliy tadqiqotlar oʻtkazish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish.

22.

Oʻzbekistonning togʻ yonbagʻirlarida yongʻoq mevali daraxtzorlar barpo etish, shu jumladan pista plantatsiyalarini kengaytirish va iqlim oʻzgarishining taʼsirini kamaytirish boʻyicha loyihani amalga oshirish.

2017-yil noyabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi

Bitim imzolash.

BMT FAO tashkiloti va Xalqaro iqlim oʻzgarishi jamgʻarmasining grantlari jalb qilinishi taʼminlanadi.

Togʻ yonbagʻirlarida yongʻoq mevali daraxtzorlar, shu jumladan pista plantatsiyalarining kengayishi hamda iqlim oʻzgarishi taʼsirining kamayishi.

23.

Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishini hisobga olgan holda yovvoyi holda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarni himoya qilish va ularning madaniylashtirilgan plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish loyihasini amalga oshirish.

2018-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga moʻljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamgʻarma grantlarini jalb qilish taʼminlanadi.

Yovvoyi holda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarni himoya qilish va ularning madaniylashtirilgan plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish taʼminlanadi.

24.

Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmni rivojlantirish orqali oʻrmon xoʻjaliklarini barqaror boshqarish boʻyicha loyihani amalga oshirish.

2018-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga moʻljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamgʻarma grantlarini jalb qilish taʼminlanadi.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmni rivojlantirish orqali oʻrmon xoʻjaliklarini barqaror boshqarish taʼminlanadi.

25.

Yerlar holatining yomonlashuvi va iqlim oʻzgarishlarining oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda pista va yongʻoq mevali daraxtzorlarni koʻpaytirish loyihasini amalga oshirish.

2018-yil oktabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,

“Oʻzgidromet” markazi

Bitim imzolash.

2018 — 2022-yillarga moʻljallangan 7-faza doirasida BMT FAO tashkiloti va Global ekologik jamgʻarma grantlarini jalb qilish taʼminlanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi, yerlar holatining yomonlashuvi va iqlim oʻzgarishlarining oldini olish, shuningdek, pista va yongʻoq mevali daraxtzorlarni koʻpaytirish taʼminlanadi.

26.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti negizida xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hisobiga qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar, shuningdek, dorivor va sitrus oʻsimliklarning koʻchatlarini mikroklonlash usulida yetishtirish boʻyicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil qilish.

2019-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi

Grant loyihasi.

Qimmatbaho dekorativ va mevali daraxtlar, shuningdek, dorivor va sitrus oʻsimliklarning koʻchatlarini mikroklonlash usulida yetishtirish boʻyicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil qilish taʼminlanadi.

IV. Sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar

27.

Kasb-hunar kollejlarida oʻrmon xoʻjaligi kichik boʻgʻini mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻquv fanlarining davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,

Iqtisodiyot vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻini malakali mutaxassislar bilan taʼminlashning ilmiy asoslangan tizimi yaratiladi.

28.

Ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda oʻrmon xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklar mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha kasb-hunar kollejlari roʻyxatini va oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini qayta koʻrib chiqish.

har yili iyul oyida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,

Iqtisodiyot vazirligi,
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻini ixtisoslashgan mutaxassislar bilan taʼminlash tizimi yaratiladi.

29.

Oʻrmon xoʻjaliklarining rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish va oʻtkazish, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislarni sohaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

2017-yil iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi.

Qoʻshma qaror.

Oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

30.

Agrar universitet va oʻrmon xoʻjaligi uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish mexanizmini ishlab chiqish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Agrar universitet, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi.

Memorandumlar va bitimlar.

Tajriba almashish, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor ilmiy-texnikaviy yutuqlarini amaliyotga joriy qilish.

31.

Oʻqituvchilar tarkibi, talabalar va bitiruvchilarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquv jarayoniga ishlab chiqarish tajribasiga ega boʻlgan olimlar va professorlarni keng jalb qilish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida oʻqituvchilarning malakasini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

32.

Oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻiga oliy maʼlumotga ega isteʼdodli yoshlarni jalb qilish, ularni xizmat uylari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Chora-tadbirlar dasturi.

Oʻrmonlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalangan, oliy maʼlumotga ega isteʼdodli yoshlarni tarmoqqa jalb qilish taʼminlanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga
21-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi davlat oʻrmon xoʻjaliklariga kasb-hunar kollejlarini
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRIKTIRISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Kasb-hunar kollejlari nomi

Davlat oʻrmon xoʻjaliklari nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Xoʻjayli agroiqtisodiyot kolleji

Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi

2.

Beruniy qishloq xoʻjaligi kolleji

Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi

3.

Qoraoʻzak agrosanoat kolleji

Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi

4.

Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjaligi kolleji

Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi

5.

Ellikqalʼa qishloq xoʻjaligi kolleji

Ellikqalʼa davlat oʻrmon xoʻjaligi

Buxoro viloyati

6.

Peshku iqtisodiyot kolleji

Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi

7.

Romitan ekologiya va qishloq xoʻjaligi kolleji

8.

Sangzor Baxmal qishloq xoʻjaligi kolleji

Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi

Jizzax viloyati

9.

Zomin qishloq xoʻjaligi va maishiy kolleji

Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi

10.

Forish qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi

Qashqadaryo viloyati

11.

Kitob agrobiznes va servis kolleji

Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi

Jovuz davlat oʻrmon xoʻjaligi

12.

Qamashi agrobiznes kolleji

Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligi

13.

Qamashi informatika va servis kolleji

14.

Dehqonobod sanoat va maishiy kolleji

Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

15.

Shahrisabz axborot texnologiyalari kolleji

Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

16.

Shahrisabz agrosanoat kolleji

17.

Shahrisabz oʻrmon xoʻjaligi va servis kolleji

18.

Shahrisabz axborot texnologiyalari kolleji

Yakkabogʻ ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

19.

Yakkabogʻ agrosanoat kolleji

Navoiy viloyati

20.

Xatirchi yengil sanoat kolleji

Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi

Samarqand viloyati

21.

Jomboy qishloq xoʻjaligi kolleji

Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi

22.

Bahra qishloq xoʻjaligi kolleji

Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi

Surxondaryo viloyati

23.

Boysun qishloq xoʻjaligi va transport kolleji

Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi

24.

Denov qishloq xoʻjaligi kolleji

Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi

25.

Sariosiyo agrosanoat kolleji

Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi

Hisor ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

Toshkent viloyati

26.

Boʻstonliq oʻrmon xoʻjaligi va servis kolleji

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

27.

Ohangaron agrosanoat va iqtisodiyot kolleji

Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHARH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mamlakatimizning oʻrmon xoʻjaligi oʻsimlik va hayvonot dunyosi, jumladan, noyob manzarali va mevali daraxtlar hamda dorivor oʻsimliklarning koʻpligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda oʻrmon fondining 300 dan ortiq oʻsimlik va 180 dan ortiq hayvon turlari “Qizil kitob”ga kiritilgan.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda oʻrmon xoʻjaligi sohasida keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida respublikamizda oʻrmon fondi yer maydoni hajmi sezilarli darajada koʻpaydi. Bugungi kunda davlat oʻrmon fondi yerlari hajmi respublika umumiy yer maydonining 25,2 foizini tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkich mustaqilligimizning dastlabki yillarida 5,3 foizdan oshmas edi.

Hozirgi paytda, respublikamizning oʻrmon fondi bir necha davlat tashkilotlari tomonidan boshqarilmoqda. Bu esa oʻrmon fondidan samarali foydalanishda yagona davlat siyosatini yuritish prinsipiga mos tushmaydi.

Bundan tashqari, sohaning moddiy-texnika bazasi jismonan va maʼnan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, oʻrmon qonunchiligidagi ayrim meʼyorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yoʻqligi soha faoliyatini rivojlantirish, oʻrmonlarni koʻpaytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.

Shu munosabat bilan oʻrmon xoʻjaligi sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish va davlat boshqaruvini takomillashtirish, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan boshqa vazifalarni hal etish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va oʻrmon xoʻjaligini yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjatlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi negizida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil qilish yoʻli bilan sohani boshqarish tuzilmasini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Hududlarda oʻrmon fondi ishlarini tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish, jumladan, oʻrmonlarni koʻpaytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni takomillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi hamda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati hokimligi ixtiyoridagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi, Ohangaron va Burchmulla oʻrmon xoʻjaliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkazildi.

Shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi sohasiga ilmiy ishlanmalar, tavsiya va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tuzilmasida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi negizida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish nazarda tutilgan.

Qayd etilgan hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari aniq belgilab berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga ilgari yuklangan vazifalar bilan bir qatorda, yangidan yaratilgan manzarali oʻsimliklar navlari koʻchatlari va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirish, ularni yetishtirishni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, yuqori qoʻshilgan qiymatli xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ushbu sohaga xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, oʻrmon xoʻjaligi sohasi tashkilotlarini malakali oliy, oʻrta va kichik boʻgʻin kadrlari bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha yagona tizimni joriy etishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda.

Oʻrmon xoʻjaligini yaqin istiqbolda yanada rivojlantirish maqsadida tasdiqlangan:

Oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, ilgʻor ilmiy-texnika yutuqlarini sohaga joriy qilish, moddiy-texnika bazasini yangilash, sohaga xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etishni yanada kuchaytirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar Dasturi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida 2017 — 2019-yillarda oʻrmonlar maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), koʻchat yetishtirish, dorivor oʻsimliklarni yigʻib olish, chorva mollarini boqish uchun yaylovlar ajratish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar;

2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va koʻchatlarini, jumladan, unabi, limon va yongʻoq yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega.

Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yaqin uch yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik hamda xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bunda amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy maqsadi sifatida davlat oʻrmon fondi yerlarida, jumladan, dasht va choʻl hududlarida yangi oʻrmonlarni barpo etish, qishloq xoʻjaligi ekin yerlari atrofida ihota oʻrmonlarini tiklash, respublikamizda ekologik muhitni yaxshilash boʻyicha amaliy baza yaratish ishlarini amalga oshirish nazarda tutildi.

Respublikada rejali ravishda pista plantatsiyalari maydonlarini kengaytirish hisobiga pista yetishtirishni ragʻbatlantirish, talab etiladigan miqdorda sifatli pista koʻchatlarini aholi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yetkazib berish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlash lozimki, pista yetishtirishni koʻpaytirish orqali nafaqat importni qisqartirish va valyutani tejashga, shuningdek, aholining pista mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini qondirish va pistaning bozordagi narxini pasaytirishga erishiladi.

Qabul qilingan hujjatlar bilan oliy, oʻrta maxsus va professional davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarining oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qismini qayta koʻrib chiqish, professional kasb-hunar kollejlarida kadrlarni tayyorlash, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yangi darsliklar yaratish, oʻrmon xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlaydigan professional kollejlarni malakali, maxsus bilimlarga ega oʻqituvchilar bilan kuchaytirishga eʼtibor qaratilgan.

Qabul qilingan hujjatlarda oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun kadr tayyorlaydigan professional kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga oʻzlari tanlagan kasb yoʻnalishlari boʻyicha ishga joylashishda koʻmaklashish va nazoratni kuchaytirish yuzasidan topshiriq berilgan.

Oʻquv jarayonini amaliyot bilan uzviy bogʻlash, zarur oʻquv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida ixtisoslashgan professional kasb-hunar kollejlarini aniq davlat oʻrmon xoʻjaliklariga biriktirish yuzasidan qaror qabul qilingan.

Farmon va qarorning amalga oshirilishi:

respublika davlat oʻrmon fondini davlat tomonidan boshqarish samaradorligini oshiradi va soha faoliyatini sifat jihatidan yangi pogʻonaga koʻtaradi;

oʻrmon resurslaridan samarali va oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, keng koʻlamda koʻpaytirishni joriy etish, oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, sanoat koʻlamida manzarali va mevali daraxt va butalar plantatsiyalarini yetishtirishni kengaytirishni taʼminlaydi;

respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan manzarali daraxt va buta oʻsimliklari koʻchatlarining yangi navlarini yaratish, ilmiy asoslangan istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqish, eksportbop koʻchatlarning yangi navlarini yaratish, seleksiya ishlari samaradorligini oshiradi;

oʻrmon fondi potensialidan yanada samarali foydalanish, hududlarning ekologik holatini yaxshilash, qoʻshimcha daromad olish va yangi ish oʻrinlari yaratishga erishiladi;

dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilishiga erishiladi;

isteʼmol bozorining qishloq xoʻjaligi, jumladan, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlari va xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirilishini taʼminlaydi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 358-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son, 21.03.2019-y., 07/19/4247/2801-son, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)