Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
30.03.2026 01
19.11.2025
02.06.2025
23.11.2024
04.10.2024
03.08.2024
24.11.2023
11.11.2023
02.06.2023
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar qimmatbaho navlarining kesilishiga muddatsiz moratoriy amal qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, respublikada hudud rahbarlari, ekologiya va atrof-muhitni hamda huquqni muhofaza qilish organlarining eʼtiborsizligi natijasida sohada oʻtgan davrda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan, ayrim hollarda esa tabiatga va jamiyatga tiklab boʻlmas darajada zarar yetkazilgan. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda, ayniqsa, shaharlarda havo ifloslanishi boʻyicha holat tobora yomonlashib bormoqda, atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarning yukini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlar va butalarni kesilishiga eʼlon qilingan moratoriy davrida 44 mingga yaqin, shundan 9,5 mingga yaqin qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilishi natijasida tabiatga 36 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlarning ildiz tizimlarini beton va asfalt bilan qoplash, ularga turli elektr chiroq va reklama moslamalarini ilib qoʻyish daraxtlarning jiddiy shikastlanishiga sabab boʻlmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda hayvonlarga, shu jumladan, uy hayvonlari va qarovsiz hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlish holatlari koʻpayib bormoqda, ularni identifikatsiya, chiplash, vaksinatsiya va sterilizatsiya qilishning zamonaviy tizimi mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda chorva mollari nazoratsiz va tizimsiz boqilishi holatlarining ortib borishi, yer osti suvlaridan ilmiy asoslarsiz foydalanish ekotizimlarning buzilishiga, katta yer maydonlari degradatsiyasining ortishiga hamda ularning choʻllanishiga olib kelmoqda, oqibatda iqlim oʻzgarishining taʼsiri kuchaymoqda, insonlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda ekologik huquqbuzarliklar yuzasidan 27 ta holat boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, ularning barchasi boʻyicha yengil moliyaviy jarima jazosi qoʻllanilgan xolos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud poligonlarning holati ekologik va sanitariya talablariga javob bermasligi hamda ular faoliyatida qayta ishlash va utilizatsiya texnologiyalari joriy qilinmaganligi ularning kelgusida ekologik fojia darajasidagi muammoga aylanish xavfini keltirib chiqarmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilma-xillikni asrash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tartibga solish, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Farmon bilan yuklatiladigan yangi vazifa va funksiyalarni inobatga olib, Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda –– Vazirlik) deb qayta nomlansin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlarni ogʻir jinoyatlar toifasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga qoʻyilgan moratoriy talablarini buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish. Bunda, qoʻshimcha ravishda noqonuniy kesilgan daraxt oʻrniga kompensatsiyaviy daraxt koʻchatlarini aynan daraxt kesilgan joyga ekish majburiyatini belgilash hamda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllashni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda oʻsimliklarni oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻkkanlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirgan holda qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qoʻshimcha ravishda yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllashni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek, suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 5 baravarga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻrmon fondi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarini noqonuniy berish va ulardan foydalanish boʻyicha alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerlarida noqonuniy bino-inshootlar va imoratlarni qurish boʻyicha alohida jinoyat tarkibini kiritish hamda uning sanksiyalarini sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun belgilangan sanksiyalarga tenglashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdorini 10 baravarga oshirish va ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni hayvonlarni boqish huquqidan mahrum etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi hamda chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini belgilash va qoʻllash tartibini qonun darajasida tartibga solish hamda berilgan imtiyozlarni bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) barcha oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish kvotalarini oʻrnatish masalasini qonun darajasida tartibga solish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2023-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida “Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi” tizimi joriy qilinsin hamda quyidagilar nazoratchilarning huquq va majburiyatlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik huquqbuzarlikni aniqlash, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish va Ekonazorat platformasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini amalga oshirishda maxsus bilim va koʻnikmalarni olish uchun bepul taʼlim olish va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan koʻrilgan choralar yuzasidan axborot olish, huquqbuzarga jazo tayinlash bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samarali faoliyat uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda haq olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik ekologiya nazoratchilari huquqbuzarlikni aniqlash va uni rasmiylashtirish jarayonida shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda maʼlumotlarning haqqoniy tayyorlanishiga majburdirlar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga masʼul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.05.00 Noyob, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimliklar va hayvonlar. Qizil kitob;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.02.00 Prokuraturaning tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida qoʻshimcha 6 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda –– Boshqarma) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalariga ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yoʻnalishida jami 30 ta shtat birliklari ajratiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura tizimida joriy etilayotgan 37 ta shtat birligi Vazirlik tizimining umumiy shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga ajratiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik tuzilmasida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda –– Inspeksiya) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlov xodimlari hamda oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklaridagi davlat inspektorlari (oʻrmon inspektorlari) shtat birliklari Inspeksiyaga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda unga nisbatan Vazirlikning qonunchilikda belgilangan vazifalari, vakolatlari va huquqlari tatbiq etiladi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan Inspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiyaga tegishli avtotransport vositalari “ECO” davlat raqamlarining maxsus seriyasiga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar Inspeksiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda har tomonlama koʻmaklashishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabiga koʻra bepul taqdim etiladi.
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Respublikaning tuman va shaharlarida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini tubdan takomillashtirish, salbiy taʼsirning yuzaga kelishini prognozlash mexanizmining quyidagi tartiblari oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 31-dekabrga qadar tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar 1-ilovaga muvofiq xarid qilinadi va oʻrnatiladi. Bunda:
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik stansiyalar Vazirlik tomonidan tasdiqlangan texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari asosida Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridlar respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlariga ajratiladigan ssuda mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil yakuniga qadar respublika hududi boʻyicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar maʼlumotlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirilib, rasmiy veb-saytlarda real vaqt rejimida muntazam yangilab boriladi.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini sifatli olib borish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafikka asosan 2025-yil 1-iyulga qadar atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, 2025-yil yakuniga qadar –– II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga quyidagi majburiyatlar yuklatilsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosiga ustuvor turgʻun (tashkillashtirilgan) ifloslantiruvchi manbalardan chiqadigan tashlanmalarni tahlil qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini oʻrnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sanitar himoya zonalarini avtomat statsionar kuzatuv postlari bilan jihozlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chang-gaz tozalash uskunalari, lokal suv tozalash inshootlari va avtomatik monitoring tizimlarini oʻrnatish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xalqaro moliyaviy institutlarning mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-iyuldan boshlab mazkur bandda koʻzda tutilgan uskunalarni oʻrnatgan (yoki shartnomaga asosan 15 foizdan ortiq toʻlovlarni amalga oshirgan) korxonalarga atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini teng ulushlarda 36 oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonning ushbu bandida koʻzda tutilgan uskunalarni oʻrnatmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari 5 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I toifaga va II toifaga kiruvchi yangi obyektlarni loyihalashtirishda yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va (yoki) lokal suv tozalash inshootlari oʻrnatilishi koʻzda tutilmagan loyihalarni davlat ekologik va shaharsozlik ekspertizalaridan oʻtkazish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni, ularni oʻrnatmagan holda foydalanishga qabul qilish man etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlikning Milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-yanvarga qadar respublikaning milliy ahamiyatga ega tabiat obyektlarini, shu jumladan noyob va takrorlanmas ekotizimlar, bioxilma-xillik turlari va tabiiy landshaftlarni xatlovdan oʻtkazsin hamda Milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatini tasdiqlab, eʼlon qilsin va doimiy ravishda yangilab borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-avgustdan boshlab YUNESKOning xalqaro konvensiya talablariga asosan Oʻzbekiston tabiiy meros obyektlari nominatsiyalarini belgilangan tartibda YUNESKO roʻyxatiga taqdim etish choralarini koʻrib borsin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlikning respublikaning yashillik darajasini oshirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish hamda oʻrmonchilik va oʻrmon koʻchatchiligini rivojlantirishda quyidagicha tubdan yangi tizimni joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) respublika budjetidan 2024-yil uchun 100 milliard soʻm, 2025-yil va undan keyingi yillar uchun 500 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi hamda mablagʻlar “Ochiq budjet” axborot portali va Oʻzbekiston Respublikasining manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi orqali quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
(13-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil belbogʻ”, “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” –– himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, asosiy temir yoʻl va magistral avtoyoʻllar boʻyida daraxt koʻchatlarini ekish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bogʻlar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxt koʻchatlarini ekish, yer uchastkalarini tayyorlash va loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻchilikni rivojlantirishda onalik plantatsiyalarni kengaytirish, bu orqali sifatli urugʻ va qalamchalarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonchilik va oʻrmon koʻchatchiligini rivojlantirish, shu jumladan, yopiq ildizli tizimi bilan tuvakda yetishtirish usulini qoʻllash va daraxt turidan kelib chiqib, kamida uch yil davomida parvarishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish tizimlarini tashkil etish va suv chiqarish quduqlarini oʻrnatishga sarflanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) har yili shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi;
(13-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi, loyihachi va pudratchi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-sonli “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tomonidan ekologik ekspertiza oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxt koʻchatlarini ekish, sugʻorish, parvarish qilish, “yashil bogʻlar”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon” va “yashil qoplama” himoya oʻrmonzorlarini tashkil etish davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2023-yil yakuniga qadar har bir davlat tashkiloti va hokimlikning tegishlicha budjetdan tashqari va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan oʻz bogʻlari tashkil etiladi hamda uch yil davomida parvarishlanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning bogʻlari tumanlar (shaharlar) markaziy hududlarida 50 sotixdan 2 gektargacha boʻlgan maydonlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻlarni barpo etish “Yashilloyiha” loyihalash instituti va Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkiloti va hokimliklarning barpo etiladigan bogʻlari uchun yer maydonlarini aniqlash va mablagʻlarni ajratish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir yirik sanoat korxonasi (atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi) tomonidan oʻz va tutash hududlarida Vazirlik bilan kelishilgan loyiha asosida uch yil davomida “yashil belbogʻ”lar barpo etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar respublika havo hududidan foydalanishda uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozi uchun arizalar (buyurtmanomalar)ni koʻrib chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uchirish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlardan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Koʻchatchilik sohasida professional mehnat bozorini yaratish, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish uchun shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta koʻchatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov tariqasida oʻrmon xoʻjaliklari hududida koʻchat yetishtirish, ekilgan koʻchatlarni parvarishlash, oʻrmonzorlar barpo etish ishlari autsorsing asosida jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaliklarida koʻchat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xoʻjaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari Vazirlik tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oʻrmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga ular tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda, qonunchilikda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun joriy qilingan pensiyani hisoblash uchun ish stajini hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida uy sharoitida koʻchat (nihol) yetishtirish yoki Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilansinki, respublikada qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlar “Nol chiqindi” (Zero waste) tamoyillari asosida yangi tartib va mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Bunda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni maishiy chiqindi turlariga qarab, alohida-alohida toʻplash va olib chiqib ketish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash (Recycling) yoki kuydirish, sohaga aylanma (sirkulyar) iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha mavjud poligonlardagi chiqindilarning bosqichma-bosqich toʻliq qayta ishlanishi va kuydirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindilarni kuydirish natijasida olinadigan issiqlik yoki elektr energiyasining oʻz ehtiyojidan ortiq boʻlgan qismini aholi va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mavjud energetika va kommunikatsiya tarmoqlariga toʻlov evaziga, shu jumladan “yashil tarif” qoʻllangan holda yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tizimning samaradorligini oshirish maqsadida Davlat budjetidan “yashil subsidiyalar” ajratish tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik 2023-yil 1-sentabrga qadar maishiy chiqindilarning kompleks boshqaruvi boʻyicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2023-yil 1-avgustdan boshlab xavf-xatarlik darajasi II — IV toifa boʻlgan yangi qurilish obyektlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlarining arxitektura qismi Vazirlikning hududiy boʻlinmalari bilan kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
smeta qiymatini shakllantirishda qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish xarajatlari ham koʻzda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishda qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish va poligonlarga joylashtirish boʻyicha shartnoma tuzish majburiyati belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi belgilangan tartibda Davlat ekologik ekspertizasi markazi rahbari hamda uning viloyatlar va Toshkent shahri filiallari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi (maxsus va harbiy obyektlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2024-yil 1-yanvardan boshlab xavf-xatarlik darajasi III-IV toifa boʻlgan barcha yangi qurilish obyektlari loyihalari, shu jumladan, gidrotexnika inshootlari loyihalari qurilish zonasidagi iqlim bilan bogʻliq xatarlarni hisobga olish boʻyicha Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan beriladigan monitoring maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2024-yil 1-yanvardan boshlab atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I –– IV toifalarga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish jarayonida Vazirlik tomonidan uglerod neytralligini taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat turidan kelib chiqib, atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallarida ishlab chiqarish natijasida hosil boʻladigan issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) kamaytirishning aniq koʻrsatkichlari loyiha pasporti bilan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan koʻrsatkichlar asosida uglerod izini kamaytirish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshirilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib boriladi, uning natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda jarima va qoʻshimcha kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllashga asos boʻladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi va uning bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlar boʻyicha axborot Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 2024-yildan boshlab markazlashgan investitsiya loyihalari hamda atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I-II toifaga kiruvchi faoliyat turlariga oid markazlashmagan investitsiya loyihalari belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizadan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2024-yil 1-yanvardan boshlab eksperiment tariqasida Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha III-IV-toifaga kiruvchi faoliyat turlariga oid loyihalar nodavlat tashkilotlari tomonidan ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 2023-yil 1-iyuldan boshlab chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi. Bunda, chiqindi poligonlari hududlarini chiqindilarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga ijaraga berish, ularni tozalash hamda boʻshatilgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlik 2024-yil 1-yanvargacha texnologik jarayonlarning ekologik meʼyorlarga va talablarga muvofiqligini baholashga asoslangan “yashil sertifikatlash” hamda mahsulotlar va xizmatlarni ekologik markirovkalash tizimini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlik, Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 1-dekabrdan boshlab respublikada elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etishni jadallashtirishga qaratilgan quyidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus shahri, viloyatlarning maʼmuriy markazlari va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, sigʻimi 100 avtomobildan ortiq boʻlgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori avtomagistral yoʻllarida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, savdo va koʻngilochar markazlari hududida kamida 2 kanalli 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini barpo etishning majburiy tartibini oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorining choʻl va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 mln soʻmdan mablagʻlar subsidiya sifatida ajratiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirlik 2023-yil 1-iyuldan boshlab aholi va keng jamoatchilik orasida atrof-muhitni himoyalash va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan “Chiqindilarni ommaviy yigʻish” (OʻzPlogging) umummilliy harakatini tashkil etsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sektor rahbarlari ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, tadbirlarga keng jamoatchilik va ekofaollarni jalb etishga masʼul boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat parklari, yashil bogʻlar, togʻli hududlar, suv havzalari atrofi va boshqa atrof-muhitga taʼsiri katta obyektlarda xayriya yugurish marafonlari, atrof-muhitda piyoda (Plalking) va velosipedda sayr qilish (Pliking) vaqtlarida chiqindilarni saralab yigʻish kunlari oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saralab yigʻish kunlarida musobaqalar oʻtkazilib, bosib oʻtilgan masofa va saralab yigʻilgan chiqindilar hajmi asosida gʻoliblar aniqlanadi va Vazirlik tomonidan ragʻbatlantiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Respublika taʼlim muassasalarida yoshlarning tabiatga boʻlgan mehrini uygʻotish, ularni tabiat himoyachisi sifatida tarbiyalash maqsadida Vazirlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yosh ekologlar” harakati doirasida tuman, shahar va respublika darajasida atrof-muhit muammolari yuzasidan “Tabiatga mehr” innovatsion va intellektual loyihalar tanlovini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlov eʼlon qilish va gʻoliblarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatni asrab-avaylash borasida butun jahon va mamlakatimizda nishonlanadigan muhim ekologik sanalarga bagʻishlab tadbirlarni tashkil etish va unda “Yosh ekologlar” harakati faollarini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh ekologlar safini kengaytirish maqsadida “Yosh ekologlar” harakati qurultoyini tashkil etish, tarixiy shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm) yirik anjumanlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiatga doir innovatsion loyiha va natijador takliflarga ega salohiyatli yoshlar uchun “Yosh ekologlar” harakati koʻkrak nishonini taʼsis etish orqali yoshlar jamoasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumtaʼlim maktablarining Milliy oʻquv dasturiga (tabiiy fanlar, fizika, biologiya, geografiya, kimyo fanlari doirasida) jami 132 soatlik “ekosoat” darslarini kiritish.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vazirlik Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda shaharlarda ichimlik suvidan oqilona foydalanish, aholining suvni tejash va uning ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan quyidagi tartibni joriy etsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab Nukus shahrida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvidan foydalanish boʻyicha koʻp qavatli uylar oʻrtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimini ishga tushirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil yakuniga koʻra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortigʻi belgilangan meʼyorlardan kam suv ishlatgan 20 ta koʻp qavatli uylarni ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolib xonadon va uylarga Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalarini bepul oʻrnatib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mazkur tajribani 2025-yildan boshlab Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Universitetga oʻquv adabiyotlarini sotib olish, ilmiy tadqiqotlarni hamda innovatsion ishlarni olib borish faoliyatini moliyalashtirish uchun Vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga kelib tushadigan mablagʻlarning 5 foizidan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratib boriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirlik ekoturizm, togʻ, ov va safari turizm sohasini yanada rivojlantirish, oʻrmon xoʻjaliklari va milliy tabiat bogʻlarining (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno) imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda tegishli infratuzilma obyektlarini barpo etish, xorijiy va mahalliy sayyohlarga munosib shart-sharoit yaratish va xizmat koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha masʼul organ etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik hamda Madaniyat va turizm vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturini (keyingi oʻrinlarda –– Milliy dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda –– ekohududlar) turizm xizmatlari turlarini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekohududlarning brendini yaratish va uning asosida targʻibot kampaniyalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekohududlarga investitsiyalarni jalb qilgan holda “piknik” zonalar, manzarali tomosha qilish maydonchalari, ekouylar majmuasi, yurta, “glemping” va kemping lagerlari hamda tashrif markazlari (visitor center) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda osma dor yoʻllari, elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga moʻljallangan maxsus transport vositalari va kvadrotsikllar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlar, aerostatlar, “rafting” va “flaybording”, gʻildirak ustidagi uylar va yer usti transport vositalari kabi turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan pitomniklarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
togʻli va choʻl hududlarda ekstremal turizmni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekohududlarda yangi turizm xizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Vazirlik ushbu bandda koʻrsatilgan tadbirlarni hamda ekohududlarda kichik ekoturizm klasterlarini tashkil etish, ularni rivojlantirish master-rejalari va rejalashtirilayotgan investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilishini Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Belgilab qoʻyilsinki, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarning loyihalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ijtimoiy buyurtmalar berib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy buyurtmalar doirasida Ekologiya jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratib boradi hamda oʻz rasmiy veb-saytiga bu haqda eʼlon joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarining umumiy muhokamasini tashkil etadi va ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik uch oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish boʻyicha nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vazirlik 2023-yil 1-iyulgacha quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasini ishga tushirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitni asrashga oid tashkil etilishi rejalashtirilgan aksiyalar va loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekovolontyorlarning aksiyalar va loyihalarni tashkil etishga koʻmaklashishi va ularni oʻtkazish boʻyicha arizalarini koʻrib chiqish hamda Vazirlik faoliyatiga koʻmaklashishi boʻyicha maʼlumotlarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol volontyorlarni ragʻbatlantirish tartibi va volontyorlar jalb etiladigan yoʻnalishlar roʻyxatini joylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-81-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilda tuman (shaharlar)da atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun oʻrnatiladigan avtomatlashgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KICHIK STANSIYALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tuman (shahar) nomi
Jami postlar soni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Nukus shahri
3
2.
Amudaryo tumani
2
3.
Beruniy tumani
2
4.
Boʻzatov tumani
1
5.
Qonlikoʻl tumani
1
6.
Qoraoʻzak tumani
1
7.
Kegeyli tumani
2
8.
Qoʻngʻirot tumani
5
9.
Moʻynoq tumani
1
10.
Nukus tumani
1
11.
Taxiatosh tumani
1
12.
Taxtakoʻpir tumani
1
13.
Toʻrtkoʻl tumani
2
14.
Xoʻjayli tumani
2
15.
Chimboy tumani
1
16.
Shumanay tumani
1
17.
Ellikqalʼa tumani
1
jami:
28
Andijon viloyati
1.
Andijon shahri
3
2.
Xonobod shahri
1
3.
Oltinkoʻl tumani
1
4.
Andijon tumani
1
5.
Asaka tumani
3
6.
Baliqchi tumani
2
7.
Boʻston tumani
1
8.
Buloqboshi tumani
2
9.
Jalaquduq tumani
4
10.
Izboskan tumani
1
11.
Qoʻrgʻontepa tumani
2
12.
Marhamat tumani
2
13.
Paxtaobod tumani
2
14.
Ulugʻnor tumani
1
15.
Xoʻjaobod tumani
2
16.
Shahrixon tumani
2
17.
Qorasuv shahri
1
jami:
31
Buxoro viloyati
1.
Buxoro shahri
3
2.
Kogon shahri
2
3.
Olot tumani
1
4.
Buxoro tumani
1
5.
Vobkent tumani
1
6.
Gʻijduvon tumani
1
7.
Jondor tumani
1
8.
Kogon tumani
1
9.
Qorakoʻl tumani
1
10.
Qorovulbozor tumani
2
11.
Peshku tumani
2
12.
Romitan tumani
2
13.
Shofirkon tumani
1
jami:
19
Jizzax viloyati
1.
Jizzax shahri
5
2.
Arnasoy tumani
1
3.
Baxmal tumani
3
4.
Gʻallaorol tumani
2
5.
Doʻstlik tumani
1
6.
Zomin tumani
3
7.
Zarbdor tumani
2
8.
Zafarobod tumani
1
9.
Mirzachoʻl tumani
1
10.
Paxtakor tumani
1
11.
Forish tumani
3
12.
Sharof Rashidov tumani
1
13.
Yangiobod tumani
1
jami:
25
Qashqadaryo viloyati
1
Qarshi shahri
3
2.
Muborak tumani
2
3.
Shahrisabz shahri
3
4.
Kitob tumani
1
5.
Gʻuzor tumani
2
6.
Dehqonobod tumani
1
7.
Qamashi tumani
1
8.
Qarshi tumani
1
9.
Koson tumani
2
10.
Kasbi tumani
2
11.
Koʻkdala tumani
1
12.
Mirishkor tumani
2
13.
Nishon tumani
1
14.
Chiroqchi tumani
1
15.
Shahrisabz tumani
1
16.
Yakkabogʻ tumani
1
jami:
25
Navoiy viloyati
1.
Navoiy shahri
4
2.
Zarafshon shahri
1
3.
Konimex tumani
1
4.
Karmana tumani
1
5.
Qiziltepa tumani
1
6.
Navbahor tumani
1
7.
Nurota tumani
2
8.
Tomdi tumani
1
9.
Uchquduq tumani
1
10.
Xatirchi tumani
1
jami:
14
Namangan viloyati
1.
Namangan shahri
5
2.
Kosonsoy tumani
1
3.
Mingbuloq tumani
2
4.
Namangan tumani
1
5.
Norin tumani
2
6.
Pop tumani
3
7.
Toʻraqoʻrgʻon tumani
2
8.
Uychi tumani
1
9.
Uchqoʻrgʻon tumani
1
10.
Chortoq tumani
1
11.
Chust tumani
1
12.
Yangiqoʻrgʻon tumani
1
jami:
21
Samarqand viloyati
1.
Samarqand shahri
6
2.
Kattaqoʻrgʻon shahri
2
3.
Oqdaryo tumani
2
4.
Bulungʻur tumani
1
5.
Jomboy tumani
1
6.
Ishtixon tumani
1
7.
Kattaqoʻrgʻon tumani
1
8.
Qoʻshrabot tumani
1
9.
Narpay tumani
1
10.
Nurobod tumani
1
11.
Payariq tumani
2
12.
Pastdargʻom tumani
1
13.
Paxtachi tumani
2
14.
Samarqand tumani
1
15.
Tayloq tumani
1
16.
Urgut tumani
1
jami:
25
Sirdaryo viloyati
1.
Guliston shahri
3
2.
Shirin shahri
1
3.
Yangiyer shahri
1
4.
Oqoltin tumani
1
5.
Boyovut tumani
2
6.
Guliston tumani
1
7.
Mirzaobod tumani
1
8.
Sayxunobod tumani
1
9.
Sardoba tumani
1
10.
Sirdaryo tumani
3
11.
Xovos tumani
1
jami:
16
Surxondaryo viloyati
1.
Termiz shahri
3
2.
Denov tumani
2
3.
Oltinsoy tumani
1
4.
Angor tumani
1
5.
Boysun tumani
2
6.
Bandixon tumani
1
7.
Jarqoʻrgʻon tumani
1
8.
Qiziriq tumani
1
9.
Qumqoʻrgʻon tumani
1
10.
Muzrabot tumani
2
11.
Sariosiyo tumani
3
12.
Termiz tumani
1
13.
Uzun tumani
1
14.
Sherobod tumani
1
15.
Shoʻrchi tumani
1
jami:
22
Toshkent viloyati
1.
Olmaliq shahri
3
2.
Angren shahri
3
3.
Bekobod shahri
4
4.
Chirchiq shahri
4
5.
Ohangaron shahri
2
6.
Yangiyoʻl shahri
2
7.
Nurafshon shahri
2
8.
Oqqoʻrgʻon tumani
1
9.
Ohangaron tumani
1
10.
Bekobod tumani
1
11.
Boʻstonliq tumani
4
12.
Boʻka tumani
1
13.
Zangiota tumani
3
14.
Qibray tumani
2
15.
Quyichirchiq tumani
1
16.
Parkent tumani
2
17.
Piskent tumani
1
18.
Toshkent tumani
1
19.
Oʻrtachirchiq tumani
1
20.
Chinoz tumani
1
21.
Yuqorichirchiq tumani
1
22.
Yangiyoʻl tumani
1
jami:
42
Fargʻona viloyati
1.
Qoʻqon shahri
3
2.
Quvasoy shahri
3
3.
Margʻilon shahri
3
4.
Fargʻona shahri
4
5.
Oltiariq tumani
2
6.
Bagʻdod tumani
1
7.
Beshariq tumani
1
8.
Buvayda tumani
1
9.
Dangʻara tumani
1
10.
Quva tumani
1
11.
Qoʻshtepa tumani
1
12.
Rishton tumani
1
13.
Soʻx tumani
1
14.
Toshloq tumani
1
15.
Oʻzbekiston tumani
3
16.
Uchkoʻprik tumani
1
17.
Fargʻona tumani
2
18.
Furqat tumani
1
19.
Yozyovon tumani
1
jami:
32
Xorazm viloyati
1.
Urganch shahri
3
2.
Xiva shahri
2
3.
Bogʻot tumani
1
4.
Gurlan tumani
1
5.
Qoʻshkoʻpir tumani
1
6.
Urganch tumani
1
7.
Hazorasp tumani
2
8.
Xonqa tumani
1
9.
Xiva tumani
2
10.
Shovot tumani
1
11.
Yangiariq tumani
1
12.
Yangibozor tumani
1
13.
Tuproqqalʼa tumani
1
jami:
18
Toshkent shahri
1.
Olmazor tumani
2
2.
Bektemir tumani
2
3.
Mirobod tumani
2
4.
Mirzo Ulugʻbek tumani
2
5.
Sergeli tumani
2
6.
Uchtepa tumani
2
7.
Yashnobod tumani
3
8.
Chilonzor tumani
3
9.
Shayxontohur tumani
3
10.
Yunusobod tumani
3
11.
Yakkasaroy tumani
3
12.
Yangihayot tumani
2
jami:
29
Respublika boʻyicha jami:
347
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)lar hududiga joylashtirilishi belgilanayotgan atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish avtomatlashgan kichik stansiyalari mazkur hududlarning geografik joylashuvi, iqlimiy koʻrsatkichlari hamda sanoatlashuvi inobatga olindi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish avtomatik stansiyalari atmosfera havosidagi azot dioksidi, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi, ammiak, mayda dispersli zarrachalar — chang (RM2,5 va RM10) ni oʻlchashga ixtisoslashgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida joriy yilda oʻrnatiladigan atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish avtomatlashgan kichik stansiyalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmonining 11-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmoniga 7-bandning “a” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Qoʻmita” soʻzi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-244-son Farmoniga 4-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaning 16 va 27-pozitsiyalari “Negizida tashkil etilayotgan organ nomi” ustunidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaning 5-pozitsiyasi “Huzuriga oʻtkazilayotgan organ nomi” ustunidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-boʻlimining nomi va “Tabiat resurslari vazirligi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
1758
1758
shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni
3
3
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izohlar qismining 5.11-kichik bandidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 11-bandidagi “Tabiat resurslari vazirligi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2a-ilovaning 11 — 11.2 pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Ekologiya vazirligi
Minekologii
11.1
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi
Agentstvo lesnogo xozyaystva
11.2
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi
Oʻzgidromet
Uzgidromet
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3617-son qarorining 18-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-son qaroriga 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Universitet rektori yoki ushbu vazifani bajarish yuklatilgan shaxsga qonunchilikka muvofiq oliy taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va miqdori tatbiq etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “chiqindi poligonlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni, shuningdek, chiqindi toʻplash konteynerlarini sotishdan kelib tushadigan mablagʻlarni hududiy “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanishini va Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining maxsus bank hisob raqamida jamlanishini taʼminlasin hamda ularni maxsus avtotransport vositalari va texnikalar parkini yangilashga, shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan davlat kafilligi ostida olinadigan kredit mablagʻlari boʻyicha majburiyatlarni soʻndirishga yoʻnaltirsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) har yili Universitetga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida taʼlim olish uchun 100 ta oʻrin ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan mablagʻlardan mazkur mamlakatlar fuqarolariga iqtisodiy klass toifasidagi bir yilda bir marotaba bir martalik kelib-ketish avia chiptalarini xarid qilish, har oyda 500 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida stipendiya ajratish, yotoqxona xarajatlari uchun har oyiga 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari, boy arxitekturasi, mahalliy urf-odatlari va anʼanalari bilan xorijiy talabalarni tanishtirish maqsadida bir yilda ikki marotaba Oʻzbekistonning qadimiy shaharlariga sayohat qilishi uchun 100 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablagʻ ajratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Vasiylik kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A.A. Abduxakimov
—
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi
Z.G. Pololikashvili
—
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi (kelishuv boʻyicha)
U.A. Azamov
—
madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari
F.K. Umarov
—
Samarqand shahar hokimi
B.Sh. Fazilov
—
“ERIELL Group” boshqaruvi raisi
B.N. Abdullayev
—
“Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasining Samarqand mintaqaviy restavratsiya markazi direktori
M.M. Saidov
—
Samarqand arxeologiya instituti direktori v.b.
G.B. Isroilova
—
Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasining raisi
B.A. Zufarov
—
“Samarkand Touristic Centre” MCHJ ijrochi direktori
R.J. Xoffman
—
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, Vasiylik kengashi kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashining tarkibiga yangi aʼzolarni qoʻshimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-76-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1 va 2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi aʼzosi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining boshliqlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan bevosita lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Global ekologik jamgʻarmasi, Moslashish jamgʻarmasi hamda Yashil iqlim jamgʻarmasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, taqdimnoma hamda koʻrsatmalari davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi — Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining, Gidrometeorologiya xizmati agentligi — Gidrometeorologiya xizmati markazining vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, oʻzgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga oʻtkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlar tegishli yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirilmagan holda qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tarkibiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarni (agentliklar bundan mustasno) hamda ularning tarkibidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va davlat oʻrmon xoʻjaliklari tuzilmalarini (namunaviy tuzilmalarini) tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan texnik shtat birliklarini joriy qilish va saqlash, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari hamda ekspertlarini maslahatchi sifatida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan ekspert-tahlil guruhlari tarkibini mustaqil tasdiqlash, ularning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 8-banddagi “Davlat ekologiya qoʻmitasining” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 9-bandning “g” kichik bandidagi “ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” soʻzlari “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qarorga 1 — 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-349-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 9-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish obyektlarini va qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish, texnika va uskunalarni xarid qilish hamda saralash uskunalarini oʻrnatish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Davlat ekologik ekspertiza markazi Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 15-uyga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz joylashtirilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 488, 901 — 910 va 915-bandlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmonining 1, 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonining 2-bandi “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2966-son qarori 1 — 3-bandlari va qarorga 1 — 4 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4896-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 8-bandi va qarorga 4 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.