Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
23.04.2025
10.07.2023
01.01.2022
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3343]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6310-son “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/8-51-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. PEKOS
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 9-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 9-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 10-noyabrdagi 01-02/8-51-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvidan oldin ushbu tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlashda bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki qaror — Oʻzbekiston Respublikasiga tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan olib kiriladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini oldindan aniqlash boʻyicha bojxona organi tomonidan qabul qilinadigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor shaxs — Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarning egasi boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi yoki tovarga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar (bundan buyon matnda tovar deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun moʻljallangan chet el tovarlari va (yoki) transport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona yigʻimi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan stavkalarda dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun undiriladigan yigʻim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31yanvardagi55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dastlabki qarorni olish manfaatdor shaxs uchun ixtiyoriy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bojxona organi tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda manfaatdor shaxsdan dastlabki qarorni taqdim etishni talab qilishga, shuningdek dastlabki qarorning mavjud emasligini asos qilib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish yuzasidan bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilmagan tovarlar yuzasidan murojaat qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dastlabki qaror tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan tegishli bojxona organi tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi va manfaatdor shaxsga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tovarlarni bir nechta bojxona organlari orqali olib oʻtish rejalashtirilgan boʻlsa, manfaatdor shaxs oʻz xohishiga koʻra ushbu bojxona organlaridan istalgan bittasiga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Dastlabki qarorni olish uchun murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni olish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan bojxona organiga yozma yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) yoxud Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti (bundan buyon matnda veb-sayt deb yuritiladi) orqali elektron tarzda murojaat qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs arizani tovarning bojxona qiymatini koʻrsatmagan, shuningdek ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin. Bunda, manfaatdor shaxs ariza shaklining 3.12-pozitsiyasiga tegishli belgi qoʻyadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovarlar asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markalari, modellari, artikullari, modifikatsiyalari), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan yili va boshqa xususiyatlariga koʻra bir-biridan farqlansa, arizada tovarlar mazkur belgilariga koʻra alohida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tovarlarning miqdori asosiy oʻlchov birligidan (kilogramm) farq qiladigan oʻlchov birliklarida oʻlchansa, arizada har bir tovar boʻyicha qoʻshimcha oʻlchov birliklaridagi (dona, litr, metr, kv. metr, juft va boshqalar) miqdorlar ham koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Arizaga quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) majburiy tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konosament, avia, avtotransport yoki temir yoʻl varaqasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-faktura (invoys) yoki proforma-invoys;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq tovarlarning kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning narxi, miqdori (qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati, ishlab chiqarilgan yili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan bojxona qiymatini tasdiqlovchi maʼlumotlar va hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mavjud boʻlganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk tashish (oʻrov) varaqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni tasniflash boʻyicha olingan dastlabki qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari va pasportlari, shuningdek dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxslardan ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Manfaatdor shaxs tomonidan ariza ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda taqdim etilganda, dastlabki qarorni qabul qilish uchun bojxona qiymatini aniqlashning zaxira usulidan foydalangan holda oʻrtacha bojxona qiymati aniqlanadi va bojxona toʻlovlari hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, manfaatdor shaxs tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan “BMW X7” rusumli avtotransport vositasini olib kelishi moʻljallangan, biroq manfaatdor shaxsda tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda zarur hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda ham dastlabki qaror olish yuzasidan bojxona organlariga murojaat qilishi mumkin. Bojxona organi esa, oʻrtacha bojxona qiymatlaridan foydalangan holda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqaradi va dastlabki qarorni qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talablar asosida qabul qilingan dastlabki qaror bojxona rasmiylashtiruvi uchun asos sifatida qabul qilinmaydi va bojxona organlari uchun majburiy hisoblanmaydi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq boʻlishi lozim. Bunda, maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun manfaatdor shaxs javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Manfaatdor shaxs bojxona organiga yozma shaklda murojaat qilganda, bojxona organi xodimi tomonidan manfaatdor shaxsga ariza qabul qilinganligini tasdiqlovchi ushbu xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan tegishli hujjat yoki arizaning nusxasiga ushbu maʼlumotlarni qayd etgan holda imzo qoʻyib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Manfaatdor shaxs YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilganda, arizada tovarlar haqidagi tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq tegishli hujjatlarning elektron nusxalarini YIDXP yoki veb-saytda biriktiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs arizani oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan tegishli bojxona organiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Arizani koʻrib chiqish va koʻrib chiqishni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. YIDXP yoki veb-sayt orqali murojaat qilinganda, ariza Bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi YAAAT deb yuritiladi) avtomatik ravishda kelib tushadi. Yozma shaklda topshirilgan arizalar kelib tushgan kundan kechiktirmay bojxona organining masʼul xodimi tomonidan Bojxona qoʻmitasi YAAATga kiritiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizalar Bojxona qoʻmitasi YAAATga kelib tushgan kunning oʻzida elektron tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsning arizasida koʻrsatilgan telefon raqamiga ariza qabul qilinganligi va uning roʻyxat raqami koʻrsatilgan SMS xabar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP va veb-saytda arizaning roʻyxat raqami orqali uning holatini onlayn tarzda koʻrish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza Bojxona qoʻmitasi YAAATda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bojxona organi masʼul xodimi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uning mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqish rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) arizani taqdim etishda mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) arizaga ushbu Nizomning 8-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, bundan ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda taqdim etilgan arizalar mustasno;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) arizada nazarda tutilgan maʼlumotlar notoʻgʻri, tovarlarning bojxona qiymatini miqdoriy jihatdan aniqlash imkonini bermaydigan va hujjatlar bilan tasdiqlanmagan axborotga asoslangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq arizani koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada arizani koʻrib chiqishning rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Manfaatdor shaxs arizani koʻrib chiqishning rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, dastlabki qarorni olish uchun qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Arizani koʻrib chiqish rad etilgan taqdirda, takroran kiritilgan ariza ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Arizani koʻrib chiqishning rad etilishiga asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bojxona organi masʼul xodimi arizada koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usulidan kelib chiqib, taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 44-bobiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organining masʼul xodimi arizada koʻrsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli uni tasdiqlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarga mos emasligini aniqlasa, bu haqida shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron tarzda xabarnoma yuboradi. Xabarnomada bojxona qiymatini aniqlash usulining uni tasdiqlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarga mos emasligi mos emasligi sabablari hamda bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona qiymatini va uni aniqlash usulini ketma-ketlikda belgilash orqali arizani koʻrib chiqish taklifi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs bojxona organining taklifiga rozilik bildirgan taqdirda, dastlabki qarorni qabul qilish rad etilmaydi hamda tovarning bojxona qiymatini aniqlash bojxona organi tomonidan mustaqil tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Dastlabki qarorni olish boʻyicha arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Dastlabki qarorni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Dastlabki qaror Bojxona qoʻmitasi YAAATda bojxona organining rahbari (oʻrinbosari) tomonidan elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi. Tasdiqlangan dastlabki qarorga Bojxona qoʻmitasi YAAAT orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qoʻyiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, arizada koʻrsatilgan tovarlarning turlari va hajmidan qatʼi nazar, bitta ariza boʻyicha bitta dastlabki qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Dastlabki qaror qabul qilinganidan soʻng manfaatdor shaxsning telefon raqamiga dastlabki qaror qabul qilinganligi va bojxona yigʻimini toʻlash lozimligi toʻgʻrisida tegishli toʻlov boʻyicha invoys shakllantirilgan havolali SMS xabar yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yigʻimi bojxona organining shu maqsadda ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan stavkalarda dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun belgilangan miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, dastlabki qarorni olish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, mazkur bandda koʻrsatilgan yigʻim boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda bojxona yigʻimini toʻlash imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun bojxona yigʻimi manfaatdor shaxsning koʻrsatmasiga asosan uning bojxona organi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga dastlabki tarzda oʻtkazilgan pul mablagʻlaridan ham yechib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Manfaatdor shaxs bojxona yigʻimini toʻlaganidan soʻng, oʻzi murojaat qilgan YIDXP yoki veb-sayt orqali arizaning roʻyxat raqamini kiritgan holda dastlabki qarorning elektron shaklini yuklab oladi, shuningdek yozma shaklda murojaat qilingan boʻlsa, dastlabki qarorning elektron yoki qogʻoz shaklini ariza topshirilgan bojxona organidan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Manfaatdor shaxs qabul qilingan dastlabki qaror uchun bojxona yigʻimini oʻttiz kun ichida toʻlamagan taqdirda, bojxona yigʻimi bojxona organi tomonidan sud tartibida undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qabul qilingan dastlabki qarorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manfaatdor shaxslar haqidagi maʼlumotlarning konfidensialligini saqlagan holda veb-saytga avtomatik tarzda joylashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Dastlabki qarorni qabul qilishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ariza yuzasidan muqaddam aynan bir manfaatdor shaxsga aynan bir xil tovarlar boʻyicha dastlabki qaror berilgan va bunga qadar ushbu dastlabki qarorning amal qilish muddati tugamagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) arizada koʻrsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli uni tasdiqlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) dastlabki qarorni olish yuzasidan taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda dastlabki qarorni qabul qilishni rad etish manfaatdor shaxs tomonidan bojxona organining mustaqil tarzda bojxona qiymatini va uni aniqlash usulini ketma-ketlikda belgilash orqali arizani koʻrib chiqish taklifiga rozilik bildirmagan yoki uni rad etgan hollarda amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki qarorni qabul qilish ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bojxona organi tomonidan dastlabki qarorni qabul qilish rad etilgan taqdirda, bu haqda shu kunning oʻzida manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorni qabul qilishning rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda bojxona organiga qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bojxona organlari tomonidan dastlabki qarorni qabul qilishda bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari miqdoriga taʼsir etgan xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra yoki qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan amal qilish muddati tugamagan dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida murojaat qilganda, dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish mazkur Nizomda dastlabki qarorni qabul qilish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilishi uning amal qilish muddatining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Manfaatdor shaxs dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish uchun mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda va shaklda murojaat qiladi hamda oʻzgartirish kiritish zaruriyati va asoslovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Dastlabki qarorga manfaatdor shaxsning arizasiga asosan oʻzgartirish kiritilganda, dastlabki qaror qabul qilinganligi uchun belgilangan miqdorda bojxona yigʻimi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki qarorga bojxona organining tashabbusi bilan oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, bojxona yigʻimi undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritilganidan soʻng, YIDXP, veb-sayt va Bojxona qoʻmitasi YAAATga joylashtirilgan dastlabki qaror bojxona organi tomonidan uning oʻzgartirilgan holatdagi shakliga almashtirib qoʻyiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Dastlabki qarorga kiritilgan oʻzgartirish u kiritilgan kundan boshlab amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Manfaatdor shaxs tomonidan dastlabki qarorni olish uchun ataylab notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, dastlabki qaror Bojxona qoʻmitasi yoki sud tomonidan bekor qilinadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bojxona qoʻmitasi tomonidan dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qabul qilinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinganda dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Agar bojxona hududi orqali oʻtkazilgan tovarlarning bojxona toʻlovlari bekor qilingan dastlabki qaror asosida haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summadan kam toʻlanganligi aniqlansa, toʻlovlarning kam toʻlangan qismi aybdor shaxslardan ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Dastlabki qaror manfaatdor shaxsning aybi bilan bekor qilingan taqdirda, uning uchun toʻlangan bojxona yigʻimi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror Bojxona qoʻmitasi YAAATga elektron shaklda joylashtiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Dastlabki qarorga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay manfaatdor shaxsga yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Dastlabki qarorning amal qilish doirasi va muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Dastlabki qaror qabul qilingan kundan boshlab 90 kalendar kun davomida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Dastlabki qarorda koʻrsatilgan tovarlar bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida olib kirilgan taqdirda, dastlabki qaror tashqi savdo shartnomasi muddati tugagunga qadar, biroq qabul qilingan kundan boshlab 90 kalendar kun davomida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Dastlabki qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasining istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, dastlabki qarorni qabul qilish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlar bilan bir xil boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish jarayonida bojxona organining xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi YAAATdan dastlabki qarorning elektron shakli manfaatdor shaxs taqdim etgan maʼlumotlar (familiya, ism, otasining ismi yoki arizaning roʻyxat raqami) asosida istalgan vaqtda yuklab olinadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari dastlabki qaror asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, dastlabki qarorda keltirilgan bojxona toʻlovlarining miqdori quyidagi hollarda oʻzgarishi mumkinligi inobatga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) valyuta kursining oʻzgarishi natijasida bojxona qiymati miqdorining mos tarzda oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bojxona toʻlovlari stavkalarining oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bojxona toʻlovlaridan berilgan imtiyozlarning muddati tugashi yoki bekor qilinishi, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz nazarda tutilgan qonunchilik hujjatiga oʻzgartirish kiritilishi yoxud bojxona toʻlovlaridan imtiyoz nazarda tutilgan qonunchilik hujjati qabul qilinishi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan xatboshlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227 –– 22727-moddalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Manfaatdor shaxslar bojxona organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, bevosita Bojxona qoʻmitasining apellyatsiya kengashiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari tomonidan manfaatdor shaxslardan asossiz ravishda undirilgan mablagʻlar qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha
DASTLABKI QAROR
QR-kod
(matrik shtrixli kod)
1. Dastlabki qarorni roʻyxatga olish raqami va sanasi:
2. Dastlabki qarorni qabul qilgan bojxona organining nomi:
3. Manfaatdor shaxs:
4. Dastlabki qarorning amal qilish muddati:
5. Tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq kodi:
6. Tovarlar nomi va tavsifi:
(tovarning asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), ishlab chiqaruvchisi, ishlab chiqarilgan mamlakati va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot, netto vazni, brutto vazni, shartnoma valyutasi, yuk joʻnatuvchi mamlakat, savdo qiluvchi mamlakat, ishlab chiqaruvchi va h.k.)
7. Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va uni asoslash:
8. Tovarlarning kelib chiqish mamlakati va uni asoslash:
9. Bojxona toʻlovlari va yigʻimlari toʻgʻrisida maʼlumot:
10. Dastlabki qarorni qabul qilish asoslari:
11. Manfaatdor shaxs tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Bojxona toʻlovlari, shu jumladan qoʻllanilgan imtiyozlar va bojxona toʻlovlari stavkalari dastlabki qaror qabul qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyutalar kursi hamda qonunchilik hujjatlari asosida hisoblab chiqarildi. Valyuta kursi va (yoki) qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi hisobiga bojxona toʻlovlari miqdori oʻzgarishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) asosan izoh qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
I. Tovarlar yoki transport vositasining egasi toʻgʻrisidagi maʼlumot
1.1
Tovarlar yoki transport vositasi egasi boʻlgan yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.
1.2
Pochta manzili (Pochta indeksi)
1.3
Tashkiliy-huquqiy shakli
1.4
STIR yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya (JSHSHIR) raqami hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
1.5
Davlat roʻyxatidan oʻtgan raqami va sanasi
1.6
Telefon raqami
II. Tovarlar yoki transport vositasi egasining nomidan ariza topshiruvchi vakolatli shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot (ariza vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilganda)
2.1
Vakolatli shaxsning JSHSHIR hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami
III. Dastlabki qarorni qabul qilish uchun tovarlar haqidagi maʼlumotlar
3.1
Tovarlarning savdo, tijorat nomi va toʻliq tavsifi, savdo belgisi, asosiy texnik-tijorat tavsiflari (markasi, modeli, artikuli, modifikatsiyasi), navi, standartlari, bajaradigan funksiyalari, texnik va tijorat xususiyatlari
3.2
Tovarlar haqida maʼlumot (TIF TNga muvofiq tovarlarning kodi, savdo qiluvchi mamlakat, yuk joʻnatuvchi va kelib chiqish mamlakati, yuk joʻnatuvchi, sotuvchi, tovar ishlab chiqaruvchi, tovarning brutto/netto ogʻirliklari hamda asosiy va (yoki) qoʻshimcha oʻlchov birliklaridagi �iqdori
3.3
Tovarlarning narxi, valyutasi va valyuta kodi koʻrsatilgan holda
3.4
Tovarlarni tashish uchun ishlatiladigan xalqaro transport vositasining turi
3.5
Oʻramga ega boʻlgan tovarlar uchun — tovar egallagan yuk joylarining umumiy soni, tovar oʻrami turi va oʻramlar miqdori
3.6
Tashqi savdo shartnomasi (mavjud boʻlsa), tovarlarni yetkazib berish shartlari
3.7
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usuli
3.8
Bojxona qiymatini aniqlashning avvalgi usullari qoʻllanilmasligining sabablari
3.9
Ilgari qabul qilingan dastlabki qaror haqidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa)
3.10
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash uchun muhim boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar
Tovarning bojxona qiymatini koʻrsatmagan, shuningdek tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilmagan holda taqdim etiladigan ariza***
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Vakolatli shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Taqdim etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Agar ariza manfaatdor shaxs tomonidan tovarning bojxona qiymatini koʻrsatmagan, shuningdek tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilmagan holda taqdim etilsa, “✓” belgisi qoʻyiladi. Bunda, mazkur ariza asosida taqdim etilgan dastlabki qaror bojxona rasmiylashtiruvi uchun asos sifatida qabul qilinmaydi va bojxona organlari uchun majburiy hisoblanmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
I. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha
1.1
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan biriktirilgan tashqi savdo kontrakti (shartnoma, kelishuv) va identifikatsiya raqami
1.2
Tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlaridan kelib chiqib, maʼlum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim boʻlganda
1.2.1
sugʻurta hujjatlari
1.2.2
tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga toʻkish boʻyicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga toʻkishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) toʻlangan boʻlsa), transport tariflari toʻgʻrisidagi hujjatlar (maʼlumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi oʻzining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan boʻlsa)
1.2.3
vositachilik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma), vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari
1.2.4
litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar
1.2.5
olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtadigan tushumning istalgan qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va maʼlumotlar
1.2.6
konteyner va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, oʻrov-joylov materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga qoʻshilmagan qiymat toʻgʻrisidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank toʻlov hujjatlari
1.2.7
sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdorini koʻrsatuvchi maʼlumotlar
1.3
Agar maʼlum qilingan bojxona qiymati oxirgi toʻqson kalendar kun ichida olib kirilib, 1-usulda qabul qilingan tovarning bojxona qiymatidan past boʻlsa:
Tovarni yetkazib berilishiga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar va ular uchun toʻlov hisoblari***
1.8
Bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi olib kiriladigan tovarlar bilan tuzilgan bitim qiymatiga taʼsir qilmaganligini tasdiqlash maqsadida ixtiyoriy ravishda:
1.8.1
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib chiqish uchun sotilganda, uning qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar
1.8.2
Bojxona qiymati 4 yoki 5-usullar bilan aniqlangan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar
II. Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha hamda oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha
2.1
Bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati Bojxona kodeksining 303-moddasi boʻyicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarga tegishli boʻlgan bojxona deklaratsiyasi roʻyxat raqami va unga tegishli tovar tartib raqami
2.2
Qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim boʻlgan hollarda tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlar****
2.2.2
hisobvaraq-faktura (invoys)
III. Qiymatlarni chegirib tashlash asosida
3.1
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida baholanayotgan, aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni sotilganligi toʻgʻrisidagi shartnomalar
3.2
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida oʻsha klassdagi va turdagi tovarlarni sotishda qoʻyilgan hisobvaraq-faktura (invoys)
3.3
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni aks ettiruvchi hisobvaraq-faktura, bank hujjatlari (agar hisobvaraq-fakturalar toʻlangan boʻlsa), buxgalterlik hujjatlari (vositachi haqlari toʻgʻrisida, tijorat xarajatlari, tashish xarajatlari, sugʻurta, yuklash va tushirish ishlari, olinadigan daromad)
3.4
Tovarga ishlov berish natijasida qoʻshilgan qiymat toʻgʻrisidagi maʼlumot va hujjatlar, agar bunday tovar unga keyinchalik ishlov berilgandan keyin sotilayotgan boʻlsa, ishlov berish boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish shartnomasi, buyurtmachiga ijrochi tomonidan qoʻyilgan hisobvaraq-faktura (invoys), ushbu shartnomani toʻlash boʻyicha bank hujjatlari, ishlov berish qiymati toʻgʻrisida buxgalterlik hujjatlari (kalkulyatsiya)
3.5
Muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar
IV. Qiymatlarni qoʻshish asosida
4.1
Ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va oʻrash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi toʻlaganligi umumeʼtirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofi? tuzilgan baholanayotgan tov?r ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari
4.2
Ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksportyorning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan, ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” kichik bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari;
4.3
Tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sugʻurta hujjatlari
4.4
Tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulyatsiyasi), Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar
V. Zaxira usul
5.1
Agar olib kirilgan tovarning hujjatlarda koʻrsatilgan narx boʻyicha hisoblanishi uchun:
5.1.1
olib kiriladigan tovarlarning qiymatini yoki qiymatini hisoblab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ijara, lizing, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari
5.1.2
yetkazib berish shartidan kelib chiqib, mazkur Roʻyxatning 1.2-bandida (1.2.1 — 1.2.7-bandlar) koʻrsatilgan hujjatlar
5.2
Agar aniq bir manbadagi narxga havola qilingan boʻlsa, quyidagilardan biri
5.2.1
baholanayotgan tovar bilan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bir vaqtda yoki tegishli davrda jahon bozorida sotilishi yoki sotilishi taklif qilingan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mustaqil ommaviy axborot manbalarining birinchi (maʼlumot manbasining nomi va sanasi koʻrsatilgan muqova) va tegishli varaqlarining nusxalari
5.2.2
Tovarlarning rasmiy narxlari eʼlon qilinadigan yoki tarqatiladigan yoki aniq tovarlar yetkazib beruvchilarning narxlar toʻgʻrisidagi tijorat takliflari, shuningdek jahon birja kotirovkalari
5.2.3
Muqaddam bojxona organida rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi va tegishli tovar raqami
5.3
Agar tovarning ichki bozorda sotilayotgan narxiga havola qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritayotgan baholovchi tashkilotlar tomonidan tayyorlangan olib kiriladigan tovarlarni baholash hisobotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Manfaatdor shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 303 — 313-moddalariga muvofiq olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan kelib chiqib, yuqoridagi hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Agar joʻnatuvchi mamlakat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning bojxona qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki ushbu mamlakatning qonunchilik hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga joʻnatuvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan tovarning qiymatini aks ettiruvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***Agar bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoniyati mavjud boʻlmasa, sotuvchi yoki sotib oluvchining yozma tushuntirishlari, shu jumladan bunday hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Mazkur hujjatlar tovarning yetkazib berish sharti, transport turi yoki geografik manzillarda farq boʻlganda, taqdim qilinishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 2-iyundagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-1, 07.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dastlabki qarorni bekor qilish haqida qaror qabul qilgan bojxona organi
2. Manfaatdor shaxs haqida maʼlumot
3. Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilingan sana
4. Bekor qilingan dastlabki qarorning roʻyxatga olish raqami va sanasi
5. Bekor qilingan dastlabki qarorda koʻrsatilgan tovar nomi
6. Dastlabki qarorni bekor qilish haqida qaror qabul qilishning asoslari va sabablari
7. Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror kuchga kiradigan sana
8. Dastlabki qarorni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining mansabdor shaxsi
_____________________
Lavozim
(elektron raqamli imzo)
____________________________
Familiya, ism, otasining ismi
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 10-apreldagi 247-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3343-2, 23.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 10/25/3343-2/0632-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 10/21/3343/1205-son; 10.07.2023-y., 10/23/3343-1/0458-son; 23.04.2025-y., 10/25/3343-2/0632-son)