18.10.2018 yildagi O‘RQ-502-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 18.10.2018 yildagi O‘RQ-502-son
Date of entry into force
19.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 18-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-502-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (bundan buyon matnda bojxona organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Bojxona organlarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻlovlarini undirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini oʻtkazishda valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Bojxona organlarining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar bojxona organlarining oʻz faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida ularga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi elektron axborot almashinuvidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar ularning qonuniy talablari boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bojxona organlari, ularning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Bojxona organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, bojxona postlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi), shuningdek Milliy kinologiya markazi bojxona organlaridir.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻlgan yuridik shaxslardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi va cheklangan shtatlari soni, bojxona postlarining toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi zarur hollarda bojxona organlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtatlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartishlar kiritishga haqli.
(6-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona postlari tarkibida bojxona punktlari tashkil etilishi mumkin. Bojxona punktlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Bojxona organlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratini amalga oshirish uchun maʼlumotlar va hujjatlarni tekshirish, ogʻzaki soʻrov oʻtkazish, axborot olish, bojxona koʻzdan kechiruvini, bojxona koʻrigini va shaxsiy koʻrikni oʻtkazish, shuningdek binolar, hududlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan soʻng jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona auditini amalga oshirish;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratini oʻtkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namunalar va nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti boʻlgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus ruxsatnomalar va litsenziyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va nazoratning texnik vositalaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash maqsadida mutaxassisni yoki ekspertni jalb etish;
(7-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatish;
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Bojxona organlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona toʻlovlari toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratini tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtish chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida jismoniy kuch ishlatish, oʻziga biriktirilgan maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni olib yurish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy jihatdan yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan bojxona organi xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tegishli ruxsatnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va bojxona organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda bojxona organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan, shuningdek jismoniy shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat toʻgʻrisida bojxona organining xodimi bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida prokurorga darhol xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash ushbu Qonunda belgilangan asoslar boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, bojxona organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar bojxona organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, u shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining qoʻriqlanadigan obyektlarini, oʻqotar qurolni va uning oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarni, transport vositalarini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroga yoki bojxona organining xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlash, olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlash uchun, shuningdek uning qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatishni bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Maxsus vositalarni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida maxsus vositalarni: xonalarni ochib kirish va transport vositalarini majburiy toʻxtatish qurilmalarini, qoʻlkishanlarni, rezina tayoqlarni, koʻzdan yosh oqizuvchi moddalarni, shuningdek boshqa maxsus vositalarni va texnikani qoʻllash huquqiga quyidagi hollarda ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga yoki bojxona organlarining xodimlariga qilingan hujumni qaytarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlariga tegishli yoki ularning foydalanishida boʻlgan xonaga, binoga (imoratga, inshootga), transport vositasiga, bojxona nazorati ostidagi tovarlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarish, xuddi shuningdek ushbu obyektlar egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimiga koʻrsatilayotgan jismoniy qarshilikni bartaraf etish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlarni ushlash, ularni bojxona organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish uchun, agar mazkur shaxslar jismoniy yoki oʻzgacha qarshilik koʻrsatayotgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasini toʻxtatish uchun, agar mazkur transport vositasi bojxona ishi sohasidagi huquqbuzarlik obyekti ekanligi xususida asoslar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi va (yoki) fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari qoʻllaydigan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari oʻqotar qurolni faqat quyidagi hollarda eng soʻnggi chora sifatida qoʻllash huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni boshqa usullar yoki vositalar bilan himoya qilish imkoni boʻlmaganda — ularni hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi hujumdan himoya qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimlari kontrabandaga va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha xizmat majburiyatlarini bajarayotganda — oʻzlarining hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi qurolli hamda boshqa hujumlarni qaytarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi tomonidan qoʻriqlanayotgan obyektlarga, binolarga (imoratlarga, inshootlarga) qurolli hujumlarni qaytarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimining qurolni va uning oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarni, portlovchi moslamalarni, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talablariga boʻysunishni rad etayotgan shaxsni ushlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni ushlash uchun, agar qoʻllanilayotgan usullar va vositalar qarshilikni samarali qaytarish, shaxsni ushlash yoki qurolsizlantirish imkonini bermasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar transport vositasini boshqarayotgan shaxs bojxona organi xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi qonuniy talablariga boʻysunmasdan fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid qilsa, shuningdek uni ushlashning boshqa imkoniyatlari mavjud boʻlmagan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval uni qoʻllash niyati haqida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol quyidagi hollarda ogohlantirishsiz qoʻllanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻqqisdan qurolli hujum qilinganda, shuningdek harbiy texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, daryo kemalaridan foydalanib hujum qilinganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalaridan foydalangan holda kontrabanda ashyolarini noqonuniy olib oʻtgan va boshqa jinoyatlarni sodir etgan qurollangan shaxslar qochganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol qoʻllanadigan barcha hollarda bojxona organi xodimi atrofdagi odamlar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha mumkin boʻlgan zarur choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, fuqarolarning yoxud bojxona organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, qurolli qarshilik koʻrsatganligi, quroldan foydalanib transport vositasini egallab olganligi yoki guruh boʻlib hujum qilganligi hamda bunday hujumni boshqa usullar va vositalarni qoʻllash yoʻli bilan qaytarish imkoni boʻlmagan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari foydalanadigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu roʻyxatga kirmaydigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari bilan bojxona organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni oʻtash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojxona organlaridagi xizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi ushbu fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmatga, oʻn yetti yoshdan kichik va oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshda boʻlgan, tegishli darajadagi maʼlumotga ega boʻlgan, oʻzining shaxsiy va ishchanlik fazilatlariga, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligiga koʻra bojxona organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkaklar bojxona organlaridagi xizmatga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy tayyorgarlikni oʻtagan taqdirda qabul qilinadi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda, bojxona organlariga xizmatga ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar inobatga olinmagan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida — boshqa davlat organlarining va tashkilotlarining xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi asosida — yoshi oʻttizdan oshgan, tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar;
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha toʻldiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofitserlar tarkibi — Bojxona instituti bitiruvchilari va oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
(13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serjantlar tarkibi — oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitserlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qoʻshinlari va organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga oʻtkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib oʻtkazilishi mumkin.
(13-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqiriluvchi boʻlgan, bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus hisobida turadi. Xizmatdan boʻshatilgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131-modda. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bojxona organlarida birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik bojxona organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Bojxona organlarining xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bojxona organining xodimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimiga xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organining xodimi xizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalar aʼzosi boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Bojxona organi xodimining qasamyodi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqaro quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), bojxona organi xodimi vakolatlarini amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligiga soʻzsiz rioya etishga, uning iqtisodiy xavfsizligini himoya qilishga, oʻz xizmat majburiyatlarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.
(15-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar berish, bu unvonlarni pasaytirish va ulardan mahrum qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serjantlar tarkibi — bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofitserlar tarkibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta ofitserlar tarkibi — bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generallar tarkibi — bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati kichik serjanti” maxsus unvoni beriladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda “bojxona xizmati katta serjanti” maxsus unvoni beriladi, ular bu unvonda dastlabki sinov muddati tugab, birinchi ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat qiladi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarida lavozimlar (ofitser va serjantlar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq maxsus unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasidagi ofitserlar boʻlgan va bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga mavjud harbiy unvoniga teng maxsus unvon beriladi.
(16-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining katta ofitserlar tarkibigacha boʻlgan maxsus unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik stajga va ish (xizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash chogʻida ularga birinchi unvon sifatida “bojxona xizmati mayori” maxsus unvonigacha boʻlgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni ham berilishi mumkin.
(16-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki uning roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga bojxona organlaridagi xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaxslarga “bojxona xizmati polkovnigi” maxsus unvonigacha boʻlgan unvon, shu jumladan “bojxona xizmati polkovnigi” unvoni ham berilishi mumkin.
(16-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
(16-modda oʻninchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan, birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikni muvaffaqiyatli oʻtagan shaxslarga;
(16-modda oʻninchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona instituti bitiruvchilariga.
(16-modda toʻqqizinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari generallar tarkibining maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus unvonda xizmatni oʻtash uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati kichik serjanti — ikki yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati serjanti — ikki yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati katta serjanti — muddatsiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati leytenanti — ikki yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati katta leytenanti — ikki yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati kapitani — uch yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati mayori — toʻrt yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona xizmati podpolkovnigi — besh yil.
(16-modda oʻn ikkinchi qismining ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bojxona xizmati polkovnigi” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmatni oʻtash muddatlari belgilanmaydi.
(16-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdagi maxsus unvonlar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismi bilan belgilangan xizmat muddatini oʻtagan bojxona organlari xodimlariga, ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilgan unvonga muvofiq beriladi.
(16-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli maxsus unvonda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgan bojxona organi xodimi ilgari egallab turgan lavozimidan yuqori maxsus unvonni nazarda tutadigan lavozimga oʻtkazilayotganda navbatdagi maxsus unvonni berish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar oʻtagan xizmat muddati navbatdagi unvonni berish muddatiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini namunali bajarayotgan, xizmat burchini bajarishda fidoyilik va qahramonlik koʻrsatgan bojxona organlari xodimlariga bojxona organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan ilgari berish tarzida yoki egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berish tarzida ragʻbatlantirish chorasi ularning bojxona organlaridagi butun xizmati davrida faqat bir marotaba qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir vaqtning oʻzida muddatidan ilgari maxsus unvon hamda egallab turgan lavozimi bilan nazarda tutilganidan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya olish huquqini, shuningdek navbatdagi maxsus unvonni berish imkonini beradigan xizmat yillariga ega boʻlgan, egallab turgan lavozimi boʻyicha eng yuqori maxsus unvoni “bojxona xizmati kapitani” etib belgilangan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga xizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni berilishi mumkin.
(16-moddaning oʻn toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlarni berish quyidagi hollarda kechiktiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi ixtiyorida boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimda amaldagi intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim navbatdagi attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodim egallab turgan lavozimidan intizomiy jazo chorasi sifatida ozod etilganda va boshqa lavozimga oʻtkazilganda — lavozimidan ozod etilgan kundan eʼtiboran bir yil davomida.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining ofitserlar tarkibidagi xodimlariga maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berilishi mumkin. Bunda pasaytirish “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonigacha amalga oshirilishi mumkin. Maxsus unvonni pasaytirish tarzidagi intizomiy jazo berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning yigirma birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus unvoni pasaytirilgan bojxona organi xodimining avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, unvoni pasaytirilgan kundan eʼtiboran bir yil oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining generallar tarkibidagi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan bojxona organi xodimining maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtgan xizmat muddati bilan qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojxona organlari xodimlariga ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maxsus unvonlar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar koʻtarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki oʻqishga kirganidan soʻng inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzga organlardan bojxona organlaridagi xizmatga oʻtkazilgan shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni oʻtagan davri inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojxona organlaridagi xizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan oʻtkazish tartibida oʻtkazilgan shaxslarga xizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi xizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani toʻlash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojxona organlaridan boʻshatilgan taqdirda pensiya tayinlash chogʻida mazkur davr umumiy xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(16-moddaning oʻttizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Maxsus unvonni qayta tiklash toʻgʻrisida sudning qarori qabul qilingan boʻlsa, maxsus unvon Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi maqomiga koʻra vazirga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari esa tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona institutining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilmagan bojxona organlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida bojxona organi xodimi egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining ruxsati bilan — ikki oydan ortiq muddatga bojxona organlari ixtiyoriga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari ixtiyoridagi bojxona organi xodimiga dastlabki ikki oy davomida oxirgi egallagan lavozimi boʻyicha pul taʼminoti, uchinchi oydan boshlab maxsus unvoni boʻyicha maoshi va xizmat yillari uchun ustama saqlanib qoladi. Toʻrt oy oʻtganidan keyin toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida boʻlgan muddatga uning kasal boʻlgan (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlganida) va yillik navbatdagi taʼtilda boʻlgan (bolani parvarishlash taʼtilida boʻlish bundan mustasno) davr qoʻshib hisoblanmaydi. Ushbu taʼtillar davrida pul taʼminotini toʻlash faqat dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi bojxona organlari ixtiyorida ikki oydan ortiq boʻlgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy xizmat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining yoki uning oila aʼzolarining hayoti va sogʻligʻiga tahdid, shuningdek ularning sogʻligʻi holati tufayli xizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, mazkur xodimni bojxona organlarining boshqa boʻlinmasiga xizmatga oʻtkazish amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan 2025-yil 3-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimini egallab turgan lavozimidan chetlashtirish haqida jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va avvalgi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan quyi yoki teng lavozimga tayinlanadi yoxud bojxona organlari ixtiyorida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan xodimni xizmatdan boʻshatish yoki uni avvalgi yoxud teng lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi masala bunga vakolatli boʻlgan boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimini lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori lavozimga — xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki ragʻbatlantirish tartibida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teng lavozimga — shaxsiy iltimosiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), oilaviy sharoitiga koʻra, sud qarori, xizmat tekshiruvining xulosasi asosida lavozimdan chetlashtirilganda yoki xodimning kasbiy va shaxsiy xislatlarini, egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasini inobatga olgan holda boʻsh lavozimlarni toʻldirish zaruriyati yuzaga kelganida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyi lavozimga — xodimning shaxsiy iltimosiga koʻra, sogʻligʻining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida), attestatsiya natijalariga koʻra egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganda, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli uni teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining rahbar lavozimlarni egallagan xodimlari teng lavozimga, shu jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash Bojxona institutida va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlariga qabul qilingan xodimlar (Bojxona instituti bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organining xodimi boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan bogʻliq lavozimga tayinlangan taqdirda yoki uni ishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganda qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organining xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻiga muvofiq malaka oshirishdan oʻtadi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona institutining tinglovchilari va kursantlari bojxona organlaridagi xizmatda deb hisoblanadi, bundan chet el fuqarolari mustasno.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Xizmatni oʻtash rejimini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari uchun ish vaqti davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur boʻlgan hollarda, xodimlar kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmatni oʻtashga jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatni oʻtashning odatdagi rejimida olti kunlik ish haftasi nazarda tutiladi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatni oʻtashning kuchaytirilgan rejimi kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan xizmat belgilanishini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sutkalik rejimda xizmatni oʻtash uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatni sutkalik rejimda oʻtash chogʻida bojxona organlari xodimlariga ularning xohishiga koʻra, xizmatni oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun belgilangan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, bundan oʻz xizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik rejimida bajaradigan xodimlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimlar joriy etilishi munosabati bilan ish soatlarining (kunlarining) belgilangan normalari oshirilganligi uchun bojxona organi xodimiga pullik kompensatsiya toʻlanadi yoki xohishiga koʻra dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar har yilgi asosiy taʼtiliga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimlarni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek bojxona organlari xodimlarini jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dam olish va bayram kunlari xizmat majburiyatlarini bajarishga jalb etiladigan bojxona organlari xodimlariga haftaning boshqa kunlarida dam olish kunlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatchilik vaqtida bojxona organlari navbatchilik qismining xodimlariga ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun har bir kishiga umumiy davomiyligi uch smenalik navbatchilikda — olti soat, toʻrt smenalik navbatchilikda — toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar navbatma-navbat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Smena tugagach, bojxona organlari navbatchilik qismlarining xodimlariga hamda xizmat majburiyatlarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa xodimlarga dam olish beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining asosiy xizmat majburiyatlariga qoʻshimcha ravishda sutkalik xizmatga (shu jumladan navbatchilikka) jalb etilgan xodimlariga navbatchilik tugaganidan soʻng kamida yigirma toʻrt soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojxona organining boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Bojxona organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoxud yuqori turuvchi organlarning buyrugʻi boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, xalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojxona organi xodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda kadrlar zaxirasi deb yuritiladi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona organlaridagi pul taʼminoti saqlanmagan holda kiritiladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organining xodimi saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur xodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oxirgi lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti toʻlanishini taʼminlaydi, shuningdek xizmat yillari uchun ustama va maxsus unvon boʻyicha maosh toʻlaydi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy taʼlim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojxona organi xodimi oʻqish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul taʼminoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida sanab oʻtilgan bojxona organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qatʼi nazar beriladi. Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat yillariga ustama toʻlash, pul taʼminoti (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun bojxona organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan bojxona organlari xodimlari xizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila aʼzolari bojxona organlaridan boʻshatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
(20-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlariga qaytgan bojxona organining xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan kadrlar zaxirasidan chiqariladi va avvalgi lavozimiga, teng yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Bojxona organlari xodimlarining attestatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining attestatsiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya deb yuritiladi) ularning bilim darajasini va kasbga yaroqliligini, egallab turgan lavozimiga munosibligini xolisona baholash, shuningdek xizmat intizomini mustahkamlash hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va xayrixohlik vaziyatida oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari xizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdagi attestatsiyani oʻtkazish davri lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan eʼtiboran hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining quyidagi xodimlari navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egallab turgan lavozimida bir yildan kam xizmat qilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) boʻlganlar va malaka oshirishdan oʻtayotganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytganidan keyin attestatsiyadan oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Mazkur toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan chiqarilib, bojxona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiladorlik, tugʻish va bolani parvarishlash taʼtilida boʻlganlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat majburiyatlarini bajarishga qaytgan kundan eʼtiboran kamida bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari ixtiyoriga olingan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar lavozimga tayinlanganidan keyin bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimlar. Mazkur toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdan tashqari attestatsiyadan bojxona organlarining ishda past koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojxona organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan xodimlar oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdan tashqari attestatsiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Bojxona organlarining xodimlariga taʼtillar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlariga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan, lavozimi va pul taʼminoti saqlangan holda har yili davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan asosiy taʼtil beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bayramlari kunlari yillik navbatdagi taʼtilning davomiyligini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimining yillik asosiy taʼtiliga kalendar hisobdagi xizmat yillari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi besh kun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn besh yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi oʻn kun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma yillik xizmatidan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlariga xizmatining birinchi yilida har yilgi navbatdagi taʼtil kamida olti oy ishlaganidan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har yilgi navbatdagi taʼtil davrida bojxona organi xodimi ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirgan holda davolanishdan oʻtgan hollarda taʼtil davolanish muddatiga uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼtildan chaqirib olishga faqat xizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina bojxona organi xodimining roziligi va ushbu xodim boshligʻining yozma qarori bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtildan chaqirib olingan taqdirda uning foydalanilmagan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bojxona organi xodimiga har yilgi navbatdagi taʼtil kalendar yil davomida berilmagan boʻlsa, taʼtil uchun moddiy yordam joriy moliya yilining oxirida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimiga yiliga bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi hududida har yilgi navbatdagi taʼtilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortda davolanish joyiga borishi va qaytishi bilan bogʻliq yoʻl xarajatlarining oʻrni qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga kasalligi boʻyicha taʼtillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xulosasi asosida beriladi. Ushbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatiga koʻra belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning umumiy hisoblanadigan muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Bunda ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun ancha uzoqroq muddat talab qilingan hollarda, bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasining xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari kasallik boʻyicha taʼtilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach, bundan buyongi xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida tekshiruvdan oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olingan jarohatlarini (kontuziyalar, mayibliklarni) davolashda boʻlgan davri muayyan muddat bilan cheklanmaydi. Mazkur toifadagi shaxslar davolanish tugaganidan soʻng ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida harbiy-tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi xulosasi asosida beriladigan kasallik boʻyicha taʼtil yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda boʻlish davrida bojxona organi xodimining pul taʼminoti saqlanadi.
(22-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasallik boʻyicha taʼtil har yilgi navbatdagi taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari xizmatdan boʻshatilayotganda kasallik boʻyicha taʼtil berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona institutining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi taʼtillar, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kalendar kun davom etadigan taʼtil beriladi.
(22-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga qarindoshlik burchini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish uchun pul taʼminoti saqlanmagan hamda taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻladigan vaqt hisobga olinmagan holda oʻn kalendar kungacha davom etadigan qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
(22-moddaning oʻn yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi OʻRQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatdan boʻshatilayotgan bojxona organlari xodimlariga foydalanilmagan har yilgi navbatdagi taʼtil uchun boʻshayotgan yilda xizmat qilgan davriga mutanosib ravishda pullik kompensatsiya toʻlanadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmagan bojxona organi xodimidan taʼtil uchun avval toʻlangan pullik kompensatsiya summasi boʻshayotgan yildagi xizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Bojxona organlaridagi xizmat muddatini uzaytirish, xizmatdan boʻshatish va xizmatga tiklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarini xizmatdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan vakolat berilgan bojxona organi rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi quyidagi asoslarga koʻra xizmatdan boʻshatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining xohishi boʻyicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganda — xodimning bildirgisi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasalligi boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻining cheklanganligi holati boʻyicha — ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli — attestatsiya natijalari asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakat sodir etganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat organiga oʻtganligi sababli (kadrlar zaxirasiga kiritmasdan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi sababli;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlarga (taqiqlarga) rioya etmaganligi sababli.
(23-modda ikkinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmatni oʻtash yoshining chegarasi serjantlar tarkibidagi xodimlar uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibidagi xodimlar uchun — ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun — oltmish yoshni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli bojxona organlari xodimlariga ularning roziligi bilan xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, Bojxona institutida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarga esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari bojxona organlarida xizmat qilgan yoxud haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni qayta qabul qilishda ular yoshining chegarasi qirq besh yoshdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror bojxona organi xodimini ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha xizmatdan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda bojxona organlari xodimlarini xizmatdan boʻshatishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar ular:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlsa, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asirga yoki garovga olingan boʻlsa (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish yoki garovga olinish hollari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimiga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha toʻxtam qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi kalendar hisobdagi xizmat davri yigirma yilga yetganida pensiya olish huquqini beradigan oʻtagan xizmat muddati boʻyicha xizmatdan boʻshash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli bojxona organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatlaridan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi munosabati bilan boʻshatilgan shaxslarni bojxona organlaridagi xizmatga tiklash, ular gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatga tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatlariga kiritish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlaridagi xizmatga tiklash shaxs boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan davrni hisobga olish sharti bilan avvalgi maxsus unvonini berish, ustamani va oʻtagan xizmat muddatini hisoblash, avvalgi lavozimiga tayinlash yoxud buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqqa olingan bojxona organi xodimiga qamoqqa olingan kundan boshlab pul taʼminotini toʻlash toʻxtatib turiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatga tiklanayotgan shaxsga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning oʻrnini qoplash sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari bojxona organlaridan boʻshatilgan shaxslarni xizmatga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarida xizmatni oʻtayotgan (shu jumladan kadrlar zaxirasida boʻlgan) bojxona organlari xodimlariga xizmat oʻtash muddati imtiyozli ravishda — bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona institutida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining sobiq Bojxona kollejida va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish davrida xizmat muddatining bir kuni bir kun hisobida hisoblanadi.
(23-moddaning oʻn sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga murojaat etib, oʻzining xizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Bojxona organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida oʻzining toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita boshligʻiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hech kim bojxona organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun bilan ularning zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish huquqiga ega emas, bundan ushbu vakolatlar qonun bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxslar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi qonunga amal qilishi shart, qonunga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda uni bajarishni rad etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
(24-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari oʻziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat majburiyatlarini bajarayotgan bojxona organi xodimining oʻz vakolati doirasida qoʻyilgan qonuniy talablari barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish, ularga qarshilik koʻrsatish, tahdid, zoʻrlik qilish yoki oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirishi munosabati bilan ularning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining qonuniy talablari yuzasidan shikoyat qilinishi ushbu talablarning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatiga haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat pensiya taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sugʻurtasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy yordam koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Bojxona organlari xodimlarining va ular oila aʼzolarining sogʻligʻini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlariga, pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga, Bojxona instituti kursantlariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot taqdim etiladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi OʻRQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga pul taʼminotining turlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Bojxona organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan bojxona organlari xodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Bojxona organlari xodimlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat pensiya taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila aʼzolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya taʼminotini olish huquqiga ega.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat sugʻurtasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga ularni bojxona organlaridagi xizmatga va Bojxona institutiga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Bojxona organlarining ramzlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining bayrogʻi hamda farqlash belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafik sxemaga ega boʻlgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport taʼminotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.
(35-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Bojxona organlari xodimlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni bojxona organlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 03/18/502/2068-son; 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)