31.01.2025 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.01.2025 yildagi 55-son
Date of entry into force
04.05.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida bojxona yig‘imlari stavkalarini ushbu tashkilot qoida va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bojxona yig‘imlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar miqdorini bojxona organlari tomonidan harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Bojxona qo‘mitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 31-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yig‘imlari stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Bojxona yig‘imi turi

Yig‘im stavkalari

1.

Quyidagilarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun*:

a) bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ni taqdim etish orqali ekvivalenti quyidagi bojxona qiymatidagi tovarlarni tegishli bojxona rejimlarida (“vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish”, “yo‘q qilish” va mazkur bandning “b”, “v”, “g” hamda “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tovarlardan tashqari):

10 000 AQSH dollarigacha

BHMning** 1 baravari

10 000 dan 20 000 AQSH dollarigacha

BHMning 1,5 baravari

20 000 dan 40 000 AQSH dollarigacha

BHMning 2,5 baravari

40 000 dan 60 000 AQSH dollarigacha

BHMning 4 baravari

60 000 dan 100 000 AQSH dollarigacha

BHMning 7 baravari

100 000 dan 200 000 AQSH dollarigacha

BHMning 10 baravari

200 000 dan 500 000 AQSH dollarigacha

BHMning 15 baravari

500 000 dan 1 000 000 AQSH dollarigacha

BHMning 20 baravari

1 000 000 AQSH dollari va undan ortiq

BHMning 25 baravari

b) tovarlarni “tranzit”, “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida (bir dona deklaratsiya uchun)

BHMning 25 foizi

v) yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan naqd chet el valyutasining (bir dona deklaratsiya uchun)

BHMning 2,5 baravari

g) umumiy shakldagi bojxona kirim orderini qo‘llash orqali (bir dona bojxona kirim orderi uchun)

BHMning 25 foizi

d) xalqaro kuryerlik tashkilotining murojaatiga asosan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari (1 kg brutto uchun)

BHMning 2 foizi

2.

Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning BYDga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatiga asosan BYDni o‘zgartirish va (yoki) unga qo‘shimcha kiritish uchun (qog‘oz shakldagi BYDda bir dona BYD, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun)

BHMning 25 foizi

3.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan o‘tkazilgan BYDlar bundan mustasno):

a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun)

BHMning 25 foizi

b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona ko‘rigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan ko‘zdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:

bojxona organlari ish vaqtida;

BHMning 25 foizi

bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari.

BHMning 2 baravari

4.

Egasi bojxona organi bo‘lgan bojxona omborida tovarlarni saqlaganlik uchun (har bir sutka uchun)******:

dastlabki o‘n sutka mobaynida (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun

BHMning 3 foizi

har bir keyingi sutkalar uchun (to‘liq, to‘liq bo‘lmagan) 1 tonna (brutto) uchun

BHMning

4 foizi

5.

O‘zbekiston Respublikasi hududida bitta avtotransport vositasini quyidagi masofalarga bojxona hamrohligida kuzatib borganlik uchun:

200 km masofagacha

BHMning 2 baravari

200 km dan ortiq masofagacha

BHMning 5 baravari

6.

Bojxona organlari tomonidan tovar bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun*******

BHMning 75 foizi

7.

Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan, belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlarini chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlaganlik uchun har 100 kg.gacha og‘irlikka (brutto) to‘liq va to‘liq bo‘lmagan har bir kalendar kun uchun:

dastlabki besh kunda

BHMning 5 foizi

keyingi o‘n kunda

BHMning 7 foizi

qolgan kunlarda

BHMning 10 foizi

tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun

BHMning 15 foizi

8.

Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun (axborot tizimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bundan mustasno)

BHMning 10 foizi

9.

Bir intellektual mulk obyektini bojxona reyestriga kiritish uchun

BHMning 1 baravari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tovarlarni “vaqtincha saqlash”, “davlat foydasiga voz kechish” va “yo‘q qilish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imlari undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki, vaqtinchalik, to‘liq bo‘lmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar bo‘yicha dastlabki deklaratsiyalash amalga oshirilganda bojxona yig‘imining 20% miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitta yuk qabul qiluvchining manziliga bitta transport hujjati va bitta temir yo‘l tarkibidagi tovarlarga bir nechta tranzit deklaratsiyalari rasmiylashtirilganligi uchun bir yig‘im stavkasida bojxona yig‘imi undiriladi.
(izoh qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo do‘koni, shuningdek, ularga bevosita tutash bo‘lgan doimiy bojxona nazorati zonalari bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYD rasmiylashtirganligi BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qo‘yilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektining bojxona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam bo‘lgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yig‘imi bir xodimning to‘liq bir soat ish vaqti uchun undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki yo‘q qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
******* Dastlabki qaror bekor qilinganda, o‘zgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun to‘lov qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilovaning 1-pozitsiya “a” kichik bandi hamda 3-pozitsiya 2026-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transporti uchun bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l transportida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida, 2028-yil 1-yanvardan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganda, uni olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘imlar undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun umumiy hisoblangan yig‘imlar, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan oshmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan yig‘imlar bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori *.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2020-yil 20-dekabrdagi 800-son qaroriga 3-ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-avgustdagi 531-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni hamda “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son qarori)” 2022-yil 9-iyundagi 323-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasidagi tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 5-sentabrdagi 487-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 2-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 24-oktabrdagi 560-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2024-yil 6-maydagi 266-son qaroriga ilovaning 453-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yig‘imlari stavkalarining 1-pozitsiya “a” va “b” kichik bandlari hamda 3-pozitsiya 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)