11.01.2021 yildagi PQ-4940-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.01.2021 yildagi PQ-4940-son
Date of entry into force
12.01.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar mehnatini yanada ragʻbatlantirish, boʻsh ish oʻrinlarini toʻldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoniga muvofiq, olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — budjet tashkiloti) boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga (keyingi oʻrinlarda — oliy maʼlumotli mutaxassislar) bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda olis va chekka hudud deganda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar tushuniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq toʻlovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha imtiyozlardan olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda taʼlim muassasalariga ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli boshqa hududda yashovchi shifokorlar va mutaxassislar, shuningdek, oliy taʼlim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (taʼlim shaklidan qatʼi nazar — kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oylik pul kompensatsiyasi oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oy mobaynida toʻlanadi, bunda xodim ushbu hududda shaxsiy uy-joyga ega boʻlganda, unga xizmat turar joyi berilganda yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi har oylik pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda, tegishli budjet tashkiloti rahbariga ariza beradi. Bunda, uy-joy ijarasi uchun haqiqatda toʻlanayotgan toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam boʻlgan taqdirda, har oylik pul kompensatsiyasi miqdori haqiqatda toʻlanayotgan toʻlov miqdoriga muvofiq kamaytiriladi, qolgan barcha holatlarda har oylik pul kompensatsiyasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oylik pul kompensatsiyasi uning miqdorini koʻrsatgan holda, tegishli budjet tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi hamda ushbu tashkilot buxgalteriyasi tomonidan ish haqi bilan birgalikda toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2925-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan xodimlarga uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi boʻyicha olis va chekka hududda joylashgan bir budjet tashkilotidan va (yoki) tibbiyot muassasasidan boshqa budjet tashkilotiga va (yoki) tibbiyot muassasasiga oʻtkazilganida, har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash belgilangan muddat tugagunga qadar davom ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi boʻyicha olis va chekka hududda joylashgan budjet tashkiloti va (yoki) tibbiyot muassasasidagi faoliyatini 36 oygacha boʻlgan muddat ichida toʻxtatgan taqdirda, boshlangʻich yordam puli toʻliq hajmda budjetga qaytariladi, oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimining budjet tashkiloti va (yoki) tibbiyot muassasasidagi faoliyatini uning oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra (xodimning vafoti, nogironligi boʻlgan shaxs deb topilishi, budjet tashkilotining faoliyati toʻxtatilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasida belgilangan holatlar) toʻxtatishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlangʻich yordam puli toʻlash sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2021-yil 1-martdan boshlab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi hamda har yili 1-sentabrga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi tegishli budjet tashkilotining hududiy moliya organiga bergan soʻroviga asosan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi uchun talab qilinadigan mablagʻlar tegishli budjet tashkilotining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi. Bunda, oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimining ishga qabul qilinishi joriy moliya yilida roʻy bergan holatda, budjet tashkilotining xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga “Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari” mezoni kiritilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari va (yoki) tibbiyot muassasalarida oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan maʼlumotlarni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-kuniga qadar rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylarda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etib, ularni chekka hududlarda joylashgan, oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj mavjud boʻlgan budjet tashkilotlariga ishga jalb etish, shuningdek, yosh mutaxassislarga faoliyat yuritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari va (yoki) tibbiyot muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga va (yoki) tibbiyot xodimlariga tegishli hududlardagi zaxira yerlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini nazoratga olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini soliq toʻlovchining jami daromadiga kiritilmaydigan daromadlar etib belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish, ijrochilarga yetkazish va belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 11-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4940-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida oliy maʼlumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimiga boʻlgan ehtiyoj boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotga asosan budjet tashkilotini tanlagan holda ishga kirish yuzasidan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi

Oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi oʻrtasida mazkur qaror bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolanadi va olis hududlarda joylashgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi talab etilayotgan budjet tashkilotiga ishga joylashish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanoma beriladi. Tavsiyanoma budjet tashkilotiga yuboriladi.

Murojaat tushgan kundan boshlab ikki ish kunida

3-bosqich

Budjet tashkiloti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanomaga asosan oliy maʼlumotli mutaxassisni va (yoki) tibbiyot xodimini ishga qabul qilish hamda boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash toʻgʻrisida tashkilot rahbari buyrugʻini chiqaradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Budjet tashkiloti

Oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarning budjet tashkilotining xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiradi. Bunda, budjet mablagʻlari yetishmovchiligi yuzaga kelganda tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimiga soʻrov yuboradi.

Buyruq qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi

Barcha soʻrovlarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasiga murojaat qiladi.

Har oyning 5-kuniga qadar

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi

Tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari soʻrovlarini umumlashtirib, boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratish choralarini koʻradi hamda respublika budjeti hisobdan mablagʻ ajratish zarurati boʻlgan taqdirda, qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarni ajratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Har oyning 10-kuniga qadar

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari soʻrovlariga asosan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlash uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarni tegishli budjetlarga ajratadi.

Har oyning 20-kuniga qadar

8-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi

Ajratilgan mablagʻlarni tuman (shahar) budjetlariga ajratadi.

Mablagʻ ajratilgan kuni

 

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi

Ajratilgan mablagʻni oliy maʼlumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimi talab etilayotgan budjet tashkilotining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Mablagʻ ajratilgan kuni

10-bosqich

Budjet tashkiloti

Oliy maʼlumotli mutaxassisga va (yoki) tibbiyot xodimiga boshlangʻich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasini toʻlab beradi.

Mablagʻlar ajratilgandan soʻng uch ish kunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilova quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2021-y., 07/21/4940/0018-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)