Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
28.02.2024
13.08.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi psixiatriya yordami koʻrsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish — oʻz sogʻligʻining holati, ruhiy holati buzilganligining xususiyati haqidagi hamda kasallik rivojlanishining ehtimoldagi prognozi, psixiatriya yordami koʻrsatish maqsadi, tartibi va davom etish muddati, tashxis qoʻyish, davolash usullari hamda mazkur yordamni koʻrsatish jarayonida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan dori vositalari, ularning nojoʻya taʼsirlari haqida tushunarli tarzda taqdim etiladigan axborotni anglab yetishga layoqatli boʻlgan shaxs tomonidan yozma shaklda ifodalangan ixtiyoriy rozilik yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya yordami — shaxslarning ruhiy sogʻligʻi holatini tekshiruvdan oʻtkazishga, ruhiy holatning buzilishlarini profilaktika qilishga, ularga tashxis qoʻyishga, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan reabilitatsiya qilishga qaratilgan maxsus tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya muassasasi — asosiy vazifasi psixiatriya yordami koʻrsatishdan iborat boʻlgan tibbiyot muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holatning buzilishi — shaxs ruhiy holatining Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan Xalqaro kasalliklar tasnifiga muvofiq tan olingan oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifokor-psixiatrlar komissiyasi — sogʻliqni saqlashni boshqarish organi tomonidan tuzilgan, psixiatriya yordami koʻrsatish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan kollegial ravishda qarorlar qabul qiluvchi uch nafar yoki undan ortiq shifokor-psixiatrdan iborat boʻlgan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniy vakillar — ota-onalar (farzandlikka oluvchilar), vasiylar yoki ruhiy holati buzilgan shaxslarning manfaatlarini ifoda etishga, ularga psixiatriya yordami koʻrsatishda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga psixiatriya yordami koʻrsatishda ularga nisbatan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlariga psixiatriya yordami koʻrsatilishida ushbu Qonunda belgilangan barcha huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, ijtimoiy himoyalanganlik, insonparvarlik, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, axborotning maxfiyligidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish va ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tibbiyot muassasalarida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, tez yordam, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiy tez yordam koʻrsatish chogʻidagi bepul psixiatriya yordami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq barcha turdagi psixiatriya ekspertizalarini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxslarning vasiylik masalalarini hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya yordami koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarida, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarda huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining uchinchi qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlar chogʻidagi psixiatriya yordami.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni psixiatriya yordami bilan taʼminlash va ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun davlat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya yordami koʻrsatuvchi barcha turdagi muassasalarni, imkoniyati boricha, ruhiy holati buzilgan shaxslarning yashash joyida barpo etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxslarning davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta integratsiya qilish maqsadida ular uchun moslashtirilgan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etgan holda, psixiatriya muassasalari hududida mehnat terapiyasi, yangi kasb-hunarlarga oʻqitish va ruhiy holati buzilgan shaxslarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida davolash-ishlab chiqarish korxonalarini barpo etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish (imtiyozlar, preferensiyalar berish va boshqalar) usullarini qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa choralarni koʻradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq ularga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishni moliyalashtirish “Sogʻliqni saqlash” sohasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, psixiatriya yordami koʻrsatish uchun davlat tomonidan kafolatlangan hajmda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Psixiatriya yordami soʻrab murojaat etishning ixtiyoriyligi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami shaxs ixtiyoriy ravishda murojaat etgan va uning maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatiladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami voyaga yetmagan shaxsga ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga esa uning qonuniy vakilining maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida nazarda tutilgan fuqarolarning barcha huquqlari va erkinliklariga egadir.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar oʻzlariga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan tarzda hurmat bilan va insoniy munosabatda boʻlinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquqlari toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek oʻzining ruhiy holati inobatga olingan holda oʻzida mavjud boʻlgan ruhiy holati buzilishining xususiyati va qoʻllanilayotgan davolash usullari haqidagi axborotni oʻzi uchun tushunarli shaklda, oʻz vaqtida hamda toʻliq olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya yordamini eng kam cheklovli sharoitlarda, imkoni boricha, yashash joyida olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statsionar sharoitlarda psixiatriya yordami koʻrsatadigan tibbiyot muassasasida faqat psixiatriya yordami koʻrsatish uchun zarur boʻlgan muddat mobaynida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha davolashning barcha turlaridan foydalanish (shu jumladan sanatoriy-kurortda davolanish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya yordamini sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash va tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish usullarining, dori vositalarining hamda tibbiy buyumlarning, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining, ilmiy tadqiqotlarning yoki oʻquvning sinovlar obyekti sifatida foydalanilishga, shuningdek foto-, video- yoki kinotasvirga olishga maʼlumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki ularni rad etish, shu jumladan tibbiy aralashuvning istalgan bosqichida rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan istalgan shifokor-psixiatrni shifokor-psixiatrlar komissiyasida ishlash uchun oʻz roziligi bilan taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatdan yoki qonuniy vakildan yordam olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar oʻziga psixiatriya yordami koʻrsatilayotganida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini faqat psixiatriya tashxisiga, dispanser kuzatuvida, psixiatriya statsionarida yoxud tibbiy-ijtimoiy muassasada yoki davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida turganlik faktiga asoslanib cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va erkinliklarini qonunga xilof ravishda cheklaganlikda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Kasbga doir faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini bajarishdagi cheklovlar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish natijalariga koʻra shaxs ruhiy holati buzilganligi oqibatida kasbga doir faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha (koʻpi bilan besh yil muddatga va keyin qayta tekshiruvdan oʻtish huquqi bilan) yaroqsiz deb topilishi mumkin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.06.00 Sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va qayta koʻrib chiqish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni kasbga doir faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini bajarishga vaqtincha yaroqsiz deb topish toʻgʻrisidagi qaror shaxsning ruhiy sogʻligʻi holatini tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxatiga muvofiq baholash asosida shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbga doir faoliyatning va oʻta xavfli manba bilan bogʻliq faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda toʻplangan tajriba va ilmiy yutuqlar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ifodalash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz xohishiga koʻra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni bepul yuridik yordam tarzida advokat, shuningdek bepul yuridik yordam koʻrsatishga vakolatli boʻlgan boshqa shaxs amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslar psixiatriya yordamini olayotganda “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega.
(10-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya muassasasi advokat taklif etish imkoniyatini taʼminlaydi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida va 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining uchinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi talabni taqiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs oʻz huquqlari va erkinliklarini roʻyobga chiqarayotganda uning ruhiy sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etishni yoxud uning shifokor-psixiatr tekshiruvidan oʻtishini talab qilish taqiqlanadi, bundan qonunda belgilangan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishda shifokor sirini saqlash
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi, u psixiatriya yordami uchun murojaat etganligi faktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek uning ruhiy sogʻligʻining holati haqidagi boshqa maʼlumotlar qonun bilan qoʻriqlanadigan shifokor siri hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun uning iltimosiga yoxud qonuniy vakilining iltimosiga binoan unga va uning qonuniy vakiliga mazkur shaxs ruhiy sogʻligʻining holati haqida hamda unga koʻrsatilgan psixiatriya yordami toʻgʻrisida tushunarli shaklda va ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holatini hisobga olgan holda maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va reabilitatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holatning buzilganligi tashxisi umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va tasniflarga muvofiq qoʻyiladi hamda shaxsning jamiyatda qabul qilingan axloqiy, madaniy, siyosiy va diniy qadriyatlarni rad etishiga yoxud uning ruhiy sogʻligʻi holatiga bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablarga asoslanishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsga tashxis qoʻyish, uni davolash va reabilitatsiya qilish uchun qonunchilik bilan ruxsat etilgan usullar, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashxis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish usullari, shuningdek dori vositalari hamda tibbiy buyumlar xastalikning xususiyatiga muvofiq faqat tashxis qoʻyish, davolash va reabilitatsiya qilish maqsadida qoʻllaniladi hamda ulardan ruhiy holati buzilgan shaxsni jazolash yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy aralashuv uning maʼlumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shifokor-psixiatr ruhiy holati buzilgan shaxsga uning ruhiy holatining xususiyati, tavsiya etilayotgan davolashning maqsadi, usullari, shu jumladan muqobil usullari va davolashning davomiyligi haqida, shuningdek ehtimol tutilgan xavf, nojoʻya taʼsirlar va kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida tushunarli shaklda va uning ruhiy holatini hisobga olgan holda axborot taqdim etishi shart. Shifokor-psixiatr taqdim etilgan axborot toʻgʻrisida tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy rozilikni ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar shunday rozilikni beradigan shaxsga maʼlum qilinganidan keyin ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili beradi, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa uning qonuniy vakili rozilik beradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy roziligisiz davolash faqat tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash chogʻida, shuningdek psixiatriya muassasasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilganda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan ruhiy holat buzilishlarini davolash uchun asl holiga qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan jarrohlik usullarini hamda boshqa usullarni qoʻllashga, shuningdek ularda profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash va tibbiy reabilitatsiya qilish usullari, tibbiyot uchun moʻljallangan dori vositalari va buyumlari, maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari sinovlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Davolanishni rad qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxs, ruhiy holati buzilgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili taklif etilayotgan davolanishni rad qilish yoki uni tugatishni talab qilish huquqiga ega, bundan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan yoxud psixiatriya muassasasiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan hollar mustasno.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili davolanishni rad qilish yoki uni tugatish toʻgʻrisida davolanish rad etilgan yoxud tugatilgan kunning ertasidan kechiktirmay oʻz vasiyligi ostidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davolanishni rad etgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga bunday rad etishning yoxud davolanishni tugatishning ehtimol tutilgan oqibatlari tushuntirilishi kerak. Davolanishni rad etish, rad etish kunida tibbiy hujjatga ehtimol tutilgan oqibatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda yozib qoʻyish orqali va davolanishni rad etgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Jinoyat-ijroiya kodekslarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha hamda tartibda sudning qaroriga koʻra qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi XVII bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 33 bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa ichki ishlar organlarining jazoni oʻtash joyidagi tibbiyot muassasalari tomonidan qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlaridan foydalanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining psixiatriya muassasalarida turgan shaxslar mazkur muassasada boʻladigan butun davrda mehnatga layoqatsiz deb topiladi va shifokor-psixiatr huzurida majburiy ambulatoriya kuzatuvida va davolanishda turgan shaxslar bilan teng ravishda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa olish yoki umumiy asoslarda pensiya olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat, fuqarolik ishlari va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud-psixiatriya ekspertizasi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga koʻra hamda tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Shaxsning harbiy xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish chogʻida psixiatriya tekshiruvini oʻtkazish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.03.00.00 Qurolli Kuchlar / 15.03.02.00 Qurolli Kuchlar tarkibi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy xizmatchisi sifatida shaxsning, shu jumladan ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, xizmat faoliyati haqiqiy harbiy xizmatga tenglashtiriladigan boshqa vazirliklar va idoralarning boshliqlar hamda oddiy askarlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning oʻz ruhiy sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish chogʻida ambulator va statsionar sharoitlarda psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish asoslari hamda tartibi ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23 qq, 37-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Psixiatriya yordami koʻrsatuvchi muassasalar va shaxslar. Tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatuvchi muassasalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordamini psixiatriya muassasalari, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holatning buzilishiga tashxis qoʻyish, uni davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordamining turlari yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari, ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan psixiatriya yordamining turlari haqidagi axborot fuqarolar uchun ochiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari (shifokor-psixiatr, tibbiy psixolog va psixoterapevt) psixiatriya yordami koʻrsatish boʻyicha shifokorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega. Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar ruhiy holati buzilgan shaxslar bilan ishlash uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarga “Psixiatriya yordami” ixtisosligi boʻyicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 27-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladigan psixiatriya yordamining turlari taʼsis hujjatlarida yoki litsenziya talablari va shartlarida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tibbiyot xodimlarining hamda boshqa mutaxassislarning psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holatning buzilishi tashxisini qoʻyish faqat shifokor-psixiatr tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami koʻrsatish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoxud bu masalani koʻrib chiqish uchun xulosa berish faqat shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarining va boshqa mutaxassislarning faoliyati kasbga oid odob-axloqqa asoslanadi hamda qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa ixtisoslikdagi shifokorning shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi xulosasi dastlabki xususiyatga ega boʻladi hamda shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini cheklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun, shuningdek ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan kafolatlarni unga berish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Shifokor-psixiatrning psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻidagi mustaqilligi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻida shifokor-psixiatr oʻz qarorlarini qabul qilishda mustaqil boʻlib, u faqat tibbiy koʻrsatuvlarga, shifokorlik burchiga va qonunga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shifokor-psixiatrlar komissiyasi qaroriga oʻz fikri mos kelmagan shifokor-psixiatr oʻzining xulosasini berishga haqli boʻlib, xulosa tibbiy hujjatlarga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlariga va boshqa xodimlarga kafolatlar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.03 Yillik qoʻshimcha taʼtillar. Taʼtillar berish tartibi, vaqti va navbati;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.07.00 Muddatidan ilgari pensiyalar;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar qonunchilikka muvofiq ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi, har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili olish, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun umumiy belgilangan yoshi kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ish vaqtining, har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtilining davomiyligi, umumiy belgilangan yosh kamaytirilgan holda pensiyaga chiqish tartibi, shuningdek ularning maxsus har oylik ustamasi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan hamda kasb kasalliklaridan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat majburiy ijtimoiy sugʻurtasi qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Psixiatriya yordamining turlari va ularni koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish tekshirilayotgan shaxsda ruhiy holati buzilishining mavjudligini, psixiatriya yordami koʻrsatishga boʻlgan zaruriyatni aniqlash, shuningdek bunday yordam turi haqidagi masalani hal qilish uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning maʼlumotlarni bilgan holda tekshiruv oʻtkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish ota-onasidan birining yoxud boshqa qonuniy vakilining ushbu tekshiruvni oʻtkazishga maʼlumotlarni bilgan holda ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga nisbatan esa, bunday shaxs qonuniy vakilining maʼlumotlarni bilgan holda psixiatriya tekshiruvi oʻtkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onasidan biri rozi boʻlmagan yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud boʻlmagan taqdirda voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vasiyligidagi shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish uchun maʼlumotlarni bilgan holda ixtiyoriy ravishda rozilik berganligi haqida vasiyligidagi shaxsning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya tekshiruvini oʻtkazuvchi shifokor-psixiatr tekshirilayotgan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzini psixiatr sifatida tanishtirishi shart, bundan ushbu modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, tekshirilayotgan shaxs unda ogʻir ruhiy holatning quyidagilar bilan bogʻliq buzilishi mavjud deb taxmin qilish uchun asos boʻladigan harakatlarni sodir etgan hollarda, shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish ushbu shaxsning maʼlumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilning maʼlumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning oʻzi uchun yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf solishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning yordamga muhtojligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shaxs psixiatriya yordami koʻrsatilmasdan qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetishi.

Agar tekshirilayotgan shaxs ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha dispanser kuzatuvida turgan boʻlsa, uni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish uning maʼlumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz yoki qonuniy vakilining maʼlumotlarni bilgan holdagi ixtiyoriy roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazishga oid maʼlumotlar va tekshirilayotgan shaxsning ruhiy sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi xulosa tibbiy hujjatlarda qayd etilib, ularda shifokor-psixiatrga murojaat qilish sabablari hamda tibbiy tavsiyalar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismi ikkinchi xatboshisida va sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan ushbu shaxsning roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz mustaqil ravishda, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish va qaror qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror shunday tekshiruv oʻtkazish uchun ushbu Qonun 24-moddasining yettinchi qismida sanab oʻtilgan asoslar mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yozma arizaga binoan shifokor-psixiatr tomonidan qabul qilinadi, bundan ushbu Qonun 24-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma ariza psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxsning qarindoshlari, har qanday tibbiy ixtisoslikdagi shifokor, mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar tomonidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ariza ogʻzaki shaklda ham berilishi mumkin. Shaxsni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror shifokor-psixiatr tomonidan darhol qabul qilinadi va tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyish orqali rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirmagan taqdirda, psixiatriya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda berilishi, shunday tekshiruv oʻtkazish zarurligini asoslovchi batafsil maʼlumotlarni va shaxs yoki uning qonuniy vakili shifokor-psixiatrga murojaat etishni rad etganligiga doir koʻrsatmani oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Shifokor-psixiatr qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Arizada ushbu Qonun 24-moddasi yettinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi maʼlumotlar mavjud emasligini aniqlab, shifokor-psixiatr psixiatriya tekshiruvi oʻtkazishni yozma ravishda asoslantirilgan holda rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza asosli boʻlganida shifokor-psixiatrning bunday tekshiruv oʻtkazish zarurligi haqidagi yozma xulosasi, shuningdek shaxsni tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza va boshqa mavjud materiallar tegishli tibbiyot muassasasi tomonidan shaxsning yashash joyidagi sudga yuboriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud psixiatriya tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani barcha materiallar olingan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Ambulatoriya sharoitlarida koʻrsatiladigan psixiatriya yordami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan tibbiy koʻrsatmalarga qarab ambulatoriya sharoitlarida profilaktika, tashxis qoʻyish, davolash, tibbiy jihatdan reabilitatsiya qilish va dispanser kuzatuvi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami (bundan dispanser kuzatuvi mustasno) ruhiy holati buzilgan shaxs ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq ixtiyoriy ravishda murojaat etganda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Dispanser kuzatuvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dispanser kuzatuvi ruhiy holatning ogʻir barqaror yoki tez-tez zoʻrayib turuvchi kasallik belgilari boʻlgan surunkali va uzoq davom etadigan buzilishiga chalingan shaxsning roziligidan, shuningdek uning qonuniy vakilining roziligidan qatʼi nazar, oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dispanser kuzatuvini oʻrnatish zarurligi haqidagi va uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davolash-profilaktika muassasasi xizmat koʻrsatadigan hududda psixiatriya yordami bitta shifokor-psixiatr tomonidan koʻrsatilsa, dispanser kuzatuvini oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi qarorni u mustaqil ravishda uch oydan oshmagan muddatga qabul qiladi. Bu holda dispanser kuzatuvini oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi va uni tugatish haqidagi masala shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan uch oy ichida koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shifokor-psixiatrlar komissiyasining asoslantirilgan qarori tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyish orqali va Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestriga tegishli axborot kiritilgan holda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dispanser kuzatuvi shaxs sogʻayib ketganda yoki uning ruhiy holati sezilarli va turgʻun yaxshilanganda tugatiladi. Dispanser kuzatuvi tugatilganidan keyin ambulatoriya sharoitlaridagi psixiatriya yordami ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha va tartibda mazkur shaxsning iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan yoxud uning qonuniy vakilining iltimosiga koʻra yoki roziligi bilan koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning ruhiy holati oʻzgargan taqdirda, u ushbu Qonunning 24 va 25-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha hamda tartibda oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin. Bunday hollarda dispanser kuzatuvi shifokor-psixiatrlar komissiyasining qaroriga binoan qaytadan oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri (bundan buyon matnda Yagona reyestr deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi quyidagi majburiy axborotni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dispanser kuzatuvi oʻrnatilgan va tugatilgan sanalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya muassasalarida boʻlish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan dori vositalari, koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim etilgan imtiyozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestr ruhiy holati buzilgan shaxslar haqidagi boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestrni yaratish, unga texnik xizmat koʻrsatish va muntazam ravishda yangilash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari manbalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona reyestrdan foydalanishga mazkur reyestrdagi axborotning maxfiyligi taʼminlangan holda, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan shaxslarga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga yotqizish uchun shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjudligi va shifokor-psixiatrning statsionar sharoitlarida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash toʻgʻrisidagi qarori yoxud sudning qarori asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda psixiatriya ekspertizasini oʻtkazish zarurati ham psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 22 bob.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish ixtiyoriy ravishda uning iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan amalga oshiriladi. Ota-onasidan biri rozi boʻlmagan taqdirda yoxud ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakili mavjud boʻlmaganda, voyaga yetmagan shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish vasiylik va homiylik organining qaroriga binoan amalga oshiriladi, bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uning qonuniy vakilining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqiziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionarga yotqizishga rozilik tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyish orqali va ruhiy holati buzilgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining, shuningdek shifokor-psixiatrning imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun asoslar
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.07.00 ud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish sudning qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitlarida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash mumkin boʻlsa, ruhiy holatning buzilishi esa ogʻir hamda quyidagilar bilan bogʻliq boʻlsa, bu shaxs oʻzining roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz sud qarori chiqarilmasidanoq psixiatriya statsionariga yotqizilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf solish ehtimoli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning yordamga muhtojligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarni mustaqil ravishda qanoatlantirishga layoqatsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar shaxs psixiatriya yordami koʻrsatilmasdan qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi tufayli uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetishi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 32-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 183-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Psixiatriya yordami koʻrsatish chogʻida xavfsizlikni taʼminlash choralari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionar sharoitlardagi psixiatriya yordami statsionarga yotqizilgan shaxsning va boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlaydigan sharoitlarda, tibbiyot xodimlari tomonidan uning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy ravishda yotqizilganda va bu yerda boʻlganda jismoniy siquvga olish va ajratib qoʻyish choralari faqat shifokor-psixiatrning xulosasiga koʻra, shaxsning oʻzi uchun yoki boshqa shaxslar uchun bevosita xavf tugʻdiruvchi harakatlarini boshqa usullar bilan bartaraf etish mumkin boʻlmagan hollarda va davrda qoʻllaniladi hamda tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Jismoniy siquvga olish yoki ajratib qoʻyish choralarini qoʻllash shakllari va vaqti haqida tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining xodimlari statsionarga gʻayriixtiyoriy ravishda yotqizishni amalga oshirish chogʻida tibbiyot xodimlariga yordam koʻrsatishi hamda statsionarga yotqizilayotgan shaxs bilan muloqotda boʻlish va uni koʻzdan kechirish uchun xavfsiz sharoitlarni taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionarga yotqizilayotgan shaxsning atrofdagilar hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi harakatlarini bartaraf etish zarur boʻlgan hollarda, shuningdek statsionarga yotqizilishi lozim boʻlgan shaxsni qidirish hamda ushlash zarurati boʻlganda ichki ishlar organlarining xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Oʻz qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxslarni va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz qonuniy vakillarining iltimosiga binoan yoki roziligi bilan psixiatriya statsionariga yotqizilgan voyaga yetmagan shaxs va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs ushbu Qonun 34-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Dastlabki olti oy ichida bu shaxslar statsionarda yotishni uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan har oyda kamida bir marta tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionarda yotish olti oydan ortiq uzaytirilgan taqdirda, ruhiy holati buzilgan shaxsni tekshiruvdan oʻtkazish shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shifokor-psixiatrlar komissiyasi yoki psixiatriya statsionari maʼmuriyati voyaga yetmagan shaxsni yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsni statsionarga yotqizishda yoʻl qoʻyilgan suiisteʼmolliklarni aniqlagan taqdirda, psixiatriya statsionari maʼmuriyati bu haqda vasiylikdagi shaxsning turar joyidagi vasiylik va homiylik organini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan shaxslarni tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha psixiatriya statsionariga yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan qirq sakkiz soatdan oshmagan muddatda majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim, komissiya statsionarga yotqizilganlikning asoslanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Statsionarga yotqizish asossiz deb topilgan va statsionarga yotqizilgan shaxs psixiatriya statsionarida qolish istagini bildirmagan hollarda, u darhol statsionardan chiqarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ruhiy holati buzilgan shaxsni statsionarga yotqizish asosli deb topilsa, shaxsning u yerda bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasi yigirma toʻrt soat ichida psixiatriya statsionari joylashgan yerdagi sudga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya statsionari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan sudning qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi arizani mazmunan koʻrib chiqib, uni qanoatlantiradi yoki rad etadi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.06.00 Sud qarorlari ustidan shikoyat qilish va qayta koʻrib chiqish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili, psixiatriya statsionari rahbari sudning qarori ustidan shikoyat qilishi yoki prokuror protest keltirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsning gʻayriixtiyoriy tartibda statsionarda yotishini uzaytirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida gʻayriixtiyoriy tartibda boʻlishi faqat statsionarga yotqizish amalga oshirilgan asoslar saqlanib turgan vaqt mobaynidagina davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan shaxs shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan statsionarda yotishni uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun dastlabki olti oy mobaynida har oyda kamida bir marta tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan eʼtiboran olti oy oʻtgach shifokor-psixiatrlar komissiyasining statsionarda bunday yotishni uzaytirish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi psixiatriya statsionari maʼmuriyati tomonidan psixiatriya statsionari joylashgan yerdagi sudga yuboriladi. Sud statsionarda yotishni ushbu Qonunning 34 va 35-moddalarida nazarda tutilgan tartibda uzaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsning psixiatriya statsionarida yotishi olti oydan ortiq muddatga uzaytirilganda shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan mazkur shaxsni tekshiruvdan oʻtkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Psixiatriya statsionarlarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsga uni psixiatriya statsionariga yotqizish asoslari va maqsadlari, uning huquqlari hamda statsionarda oʻrnatilgan qoidalar tushuntirilishi kerak, bu haqda tibbiy hujjatlarga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan oʻtayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiruvdan oʻtkazish, davolash, psixiatriya statsionaridan chiqarish va ushbu Qonun bilan berilgan huquqlarga rioya etish masalalari yuzasidan bevosita bosh shifokorga yoki boʻlim mudiriga murojaat etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokat va din peshvosi bilan yolgʻiz uchrashishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy qarshi koʻrsatmalar boʻlmaganda diniy rasm-rusumlarni bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gazetalar va jurnallarga obuna boʻlishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ruhiy holati buzilgan shaxs oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan boʻlsa, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarining dasturi boʻyicha taʼlim olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ruhiy holati buzilgan shaxs foydali mehnatda ishtirok etayotgan boʻlsa, mehnati uchun uning miqdori va sifatiga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng ravishda haq olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozishmalar olib borishga, posilkalar, banderollar va pul joʻnatmalari olish va joʻnatishga, telefondan foydalanishga, keluvchilarni qabul qilishga, eng zarur narsalarga ega boʻlish va ularni sotib olishga, oʻz kiyim-kechagidan foydalanishga haqli. Bu huquqlar ruhiy holati buzilgan shaxsning va boshqa shaxslarning sogʻligʻi yoki xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab shifokor-psixiatorning tavsiyasiga koʻra cheklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gazetalar va jurnallarga yakka tartibda obuna boʻlish, telefonda soʻzlashuvlar hamda boshqa pulli xizmatlar ruhiy holati buzilgan shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionarida davolanayotgan yoki tekshiruvdan oʻtayotgan ruhiy holati buzilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Psixiatriya statsionari maʼmuriyatining va tibbiyot xodimlarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionarining maʼmuriyati va tibbiyot xodimlari ruhiy holati buzilgan shaxslarning hamda ularning qonuniy vakillarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya statsionariga davolanish yoki tekshiruvdan oʻtish uchun yotqizilgan shaxslarni zarur tibbiy yordam bilan taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning matni, mazkur psixiatriya statsionarining ichki tartib-qoidalari bilan, ruhiy holati buzilgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda murojaat etish mumkin boʻlgan davlat organlari hamda boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning manzillari hamda telefon raqamlari bilan tanishish imkoniyatini berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxslarning yozishmalari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar yoʻllashi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxs psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida uning qonuniy vakilini, qarindoshlarini yoki uning koʻrsatmasiga koʻra boshqa shaxsni xabardor qilish choralarini koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy holati buzilgan shaxsning sogʻligʻi holatidagi oʻzgarishlar va u bilan bogʻliq favqulodda hodisalar haqida uning qonuniy vakilini yoki qarindoshlarini, shuningdek uning koʻrsatmasiga koʻra boshqa shaxsni xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixiatriya statsionarida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashi, posilkalar va olib kelingan narsalar tarkibini nazorat qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ammo qonuniy vakilga ega boʻlmagan ruhiy holati buzilgan shaxslarning qonuniy vakili vazifasini bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionari maʼmuriyatining va tibbiyot xodimlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionaridan chiqarish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsni psixiatriya statsionaridan chiqarish u sogʻayib ketgan yoki uning ruhiy holati yaxshilanib, bundan buyon statsionarda davolanishi talab etilmaydigan, shuningdek psixiatriya statsionariga yotqizish uchun asos boʻlgan tekshiruvdan oʻtish yoki psixiatriya ekspertizasi nihoyasiga yetkazilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga davolanish uchun ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish uning arizasiga, qonuniy vakilining arizasiga yoki davolovchi shifokor-psixiatrning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish shifokor-psixiatrlar komissiyasining xulosasiga yoki sudning statsionarda yotishni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.06.00 Sud hujjatlarini ijro etish 0]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qaroriga binoan oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish faqat sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya statsionariga ixtiyoriy ravishda yotqizilgan ruhiy holati buzilgan shaxsni chiqarish, agar gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish uchun ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslar shifokor-psixiatrlar komissiyasi tomonidan aniqlanadigan boʻlsa, rad etilishi mumkin. Bunday holda psixiatriya statsionarida boʻlish, yotishni uzaytirish va statsionardan chiqarish masalalari ushbu Qonunning 34 — 36-moddalarida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish asoslari va tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga shaxslarni joylashtirish uchun ruhiy holati buzilgan shaxsning arizasi, shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning xulosasi, voyaga yetmagan shaxs yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs uchun esa vasiylik va homiylik organining mazkur tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan qabul qilingan qarori asos boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy komissiyaning xulosasi shaxsda ruhiy holatning uni ixtisoslashtirilmagan tibbiy-ijtimoiy muassasada turish imkoniyatidan mahrum etadigan tarzda buzilishi mavjudligi haqidagi, muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan esa uni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi masalani sud oldiga qoʻyish uchun asoslar mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik va homiylik organi ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirilgan shaxslarning mulkiy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Voyaga yetmagan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish asoslari va tartibi
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmagan, ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga va tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasi hamda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning majburiy xulosasi asos boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi voyaga yetmagan shaxsning davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida moslashtirilgan taʼlim dasturini oʻzlashtirishi mumkinligi va (yoki) zarurligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslarning huquqlari hamda mazkur muassasalar maʼmuriyatining va xodimlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslar ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar maʼmuriyati va xodimlarining ushbu muassasalarda turgan shaxslarning huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 38-moddasida, shuningdek boshqa qonunchilikda belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ushbu muassasalarda turgan shaxslarni bir yilda kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishi shart. Tibbiy tekshiruv ushbu shaxslarning mazkur muassasalarda bundan buyon turishi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatsizligi haqidagi qarorlarni qayta koʻrib chiqish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarni koʻchirish va chiqarish asoslari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan umumiy turdagi xuddi shunday muassasaga koʻchirish uchun shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning mazkur shaxsda ushbu muassasada turish uchun tibbiy koʻrsatmalar mavjud emasligi haqidagi xulosasi asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhiy holati buzilgan shaxsni ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasidan yoki tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqarish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiyaning ruhiy holati buzilgan shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil ravishda yashashga layoqatli ekanligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxsning arizasiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqarilayotgan voyaga yetmagan shaxsni parvarish qilish majburiyatini olayotgan uning ota-onasidan birining yoki boshqa qonuniy vakilining arizasiga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs qonuniy vakilining arizasi boʻyicha, basharti uning qonuniy vakili oʻz vasiyligidagi shaxsni shaxsan parvarish qilish va (yoki) parvarish qilishni taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olayotgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami koʻrsatish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.04 Psixiatriya yordami va uni koʻrsatishda fuqarolarning huquqlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixiatriya yordami toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi 123-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 215-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 124-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 216-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-311-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 7-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-559-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 470-modda) 7-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-567-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 9, 592-modda) 8-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 12-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-690-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 03/21/690/0452-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)