02.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3233
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining qarori, 02.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3233
Date of entry into force
02.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3233]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son “Temir yoʻl stansiyalarida bojxona nazoratini va nazorat postlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 13-apreldagi 109-son “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-10-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vaziri E. GANIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 20-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3/2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-10, 14, 7, 3/2-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq temir yoʻl transportida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan vagon kuzatuvchilari hamda yoʻlovchilarning qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bagaj — yoʻlovchiga shaxsan tegishli boʻlgan, unga poyezdda yurishi tugagach zarur boʻlgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta boʻyicha qabul qilinuvchi buyumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati — Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati zonasi — bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojxona nazorati zonasidir;
(1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona rasmiylashtiruvi — bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta — chet el valyutasi va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar, sof quyma oltin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchi — temir yoʻl transportida yurishni amalga oshirish uchun chiptaga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi — notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan toʻldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchi tashish poyezdi — temir yoʻl qatnovi aloqalarining barcha turlarida yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan poyezd. Bunda yoʻlovchi tashish poyezdi tarkibida bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlari ham boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻl yuki — oʻz oʻlchamlari va vazniga koʻra (uchta oʻlchovi yigʻindisi boʻyicha 180 sm dan, qoidaga koʻra vazni 36 kg dan, ikki yotoq oʻrinli vagonlar uchun esa — 50 kg dan oshmaydigan boʻlishi kerak) oʻram turi va xilidan qatʼi nazar, yengil koʻtarib yuriladigan, yoʻlovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun moʻljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl vokzali — temir yoʻl stansiyasidagi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmatchi xodimlarni joylashtirish uchun moʻljallangan bino yoki binolar, inshootlar va qurilmalar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va joʻnatish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yoʻl transporti boʻlinmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chipta — umumiy foydalaniladigan temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Temir yoʻl vokzallari va temir yoʻl stansiyalarida bojxona nazorati zonalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazorati zonasiga yoʻlovchilarni kiritish (bojxona nazorati zonasidan yoʻlovchilarni chiqarish) ularda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chipta hamda Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) nazarda tutilgan hollarda belgilangan tartibda toʻldirilgan (rasmiylashtirilgan) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi mavjud boʻlgan taqdirda qatʼiy ravishda bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan joylarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Temir yoʻl stansiyasi xodimlarining bojxona nazorati zonasiga kirishi hamda yoʻlovchi tashish poyezdlarini qabul qilish, joʻnatish, ularni texnik koʻrikdan oʻtkazish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarini bajarishi bojxona organiga temir yoʻl stansiyasi maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan xodimlar roʻyxatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl stansiyasi xodimlari bojxona nazorati zonasiga tegishli guvohnomalar va koʻkrak belgilarini koʻrsatgan holda xizmat yoʻli orqali kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnab ketayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish bojxona nazorati zonasidagi maxsus xonalarda (koʻrikdan oʻtkazish joylari) yoki yoʻlovchi tashish poyezdlarida ularning toʻxtab turish vaqtida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish temir yoʻl maʼmuriyati bilan kelishilgan holda temir yoʻl vokzallari yoki Davlat chegarasida joylashgan temir yoʻl stansiyalarida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 162-moddasiga muvofiq yoʻlovchilar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda (bundan pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno) bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlar uchun olib oʻtilayotgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasidan ortiq boʻlsa, tovarlarning bunday ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona toʻlovi toʻlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 27-iyuldagi 12/02-22-25-son, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligigining 2022-yil 13 iyuldagi 34-son, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 15-avgustdagi 12-son va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-iyuldagi 16/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 3233-1, 08.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 10/22/3233-1/0722-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bojxona rasmiylashtiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 247-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi, bundan bojxona toʻlovlari jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni deklaratsiyalashda toʻlangan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoʻlovchilarning qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun mazkur Nizomda belgilangan vaqt meʼyorlaridan kelib chiqqan holda, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazish maqsadida bojxona organlari temir yoʻl stansiyasi (vokzali) maʼmuriyati bilan birgalikda oʻzaro harakat tartibini belgilaydilar. Bunda ushbu tartib quyidagi talablarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat chegarasida joylashgan temir yoʻl stansiyalarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun turish davomiyligi bojxona organlari bilan kelishilgan holda temir yoʻl stansiyasi maʼmuriyati tomonidan belgilanadi. Bunda oʻtkazish punktlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yoʻlovchi tashish poyezdining temir yoʻl stansiyasiga kirib kelishi vaqtida boshlanishi va uning harakatlanish grafigiga koʻra joʻnab ketishiga 5 daqiqa qolganida tugashi lozim. Bu haqda yoʻlovchi tashish poyezdining brigadiri yoki temir yoʻl vokzallarida, stansiyalarida va temir yoʻl chiptalarini sotib olish vaqtida yoʻlovchilar ogohlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) temir yoʻl vokzali xodimlari va yoʻlovchi tashish poyezdi brigadasi aʼzolari bojxona organlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida temir yoʻl vokzali va yoʻlovchi tashish poyezdlarida yoʻlovchilarga kelgusidagi bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishning tartiblari (shu jumladan, boshlanish vaqti) toʻgʻrisida xabardor etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun belgilangan vaqt meʼyorlari, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchini shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish vaqti 30 daqiqa ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta bagajning bojxona koʻrigi va (yoki) bojxona koʻzdan kechiruvi 10 daqiqa va alohida kuzatib boriladigan (bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlaridagi) bagajni 30 daqiqa ichida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitta yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona koʻrigi, bojxona koʻzdan kechiruvi hamda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Ushbu muddat quyidagi hollarda bojxona organi tomonidan 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavflarni boshqarish tizimining topshirigʻi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organiga yoʻlovchining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd chet el valyutasi va valyuta boyliklarining nazoratini amalga oshirish maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida koʻrsatilgan bojxona nazoratining shakllarini qoʻllash natijasida yoʻlovchining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi alomatlari mavjudligi aniqlanganda.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 26-fevraldagi 235-son, Markaziy banki Boshqaruvining 2025-yil 24-fevraldagi 5/14-sonli va Transport vazirligining 2025-yil 17-fevraldagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3233-2, 12.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2025-y., 10/25/3233-2/0234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoʻlovchilar hamda ularning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoʻlovchilarning qoʻl yuki, bagaji, valyutasi va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bojxona nazorati zonasida belgilangan tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Yoʻlovchilarning qoʻl yuklari nazoratning texnik vositalari yordamida tekshiruvdan oʻtkaziladi hamda bojxona qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllari qoʻllanilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yoʻlovchilarning bojxona nazorati yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi (Yoʻriqnomada toʻldirilishi majburiy hisoblangan hollarda), shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chipta asosida amalga oshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz harakatlanayotgan yoʻlovchilarning bojxona chegarasini kesib oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoʻlovchilarning bagaji, qoʻl yuki hamda boshqa qimmatliklarining rasmiylashtiruvi toʻldirilishi majburiy boʻlgan hollarda Yoʻriqnomada belgilangan tartibda toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiya ikki nusxada toʻldiriladi va uning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa deklaratsiyani toʻldirgan yoʻlovchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida boʻlgan har bir shaxs bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan ushbu shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtgan yoʻlovchilar oʻtib ketayotgan yoʻlovchi tashish poyezdi temir yoʻl stansiyasiga kelguniga qadar bojxona nazorati zonasida boʻladi va bojxona nazorati zonasini asossiz tark etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoʻlovchi tashish poyezdi brigadasi aʼzolari hamda ularning qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish mazkur Nizom bilan yoʻlovchilarga nisbatan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yoʻlovchi tashish poyezdida qoʻl yuki va bagaj tashishning alohida qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoʻl yukini yoʻlovchilar uchun moʻljallangan joylarga, shuningdek oʻtirgʻichlar oʻrtasidagi oʻtish joylari, yoʻlaklar, vagon maydonchalari (tamburlar)ga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona toʻlovlari toʻlamasdan olib oʻtishning miqdor va davriylik normalaridan ortiq boʻlgan tovarlar qoʻl yuki yoki bagaj hisobiga kirmaydi hamda ushbu normalardan ortiq olib oʻtilganda mazkur tovar egasidan bojxona toʻlovlari undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bagaj yoʻlovchining chiptasiga koʻra boradigan manzilidan uzoq boʻlmagan joygacha hamda bagajni qabul qilib olish va topshirish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshiradigan temir yoʻl stansiyasigacha tashiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoʻl yuki sifatida koʻzdan kechirishdan oʻtmagan hamda vagon va yoʻlovchilarga zarar yetkazishi yoki ularni ifloslantirishi mumkin boʻlgan buyumlar, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxatiga kiritilgan buyumlar yoʻlovchi tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirishda temir yoʻl maʼmuriyati va uning xodimlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Temir yoʻl maʼmuriyati va xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan yoʻlovchilar uchun qoʻl yuki, bagaji, valyuta va valyuta qimmatliklarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan eslatmalar ishlab chiqish va axborot peshtaxtalariga joylashtirish. Bunda, chiptalarni sotish joylarida, temir yoʻl vokzallari va temir yoʻl stansiyalarida yoʻlovchilarni bu toʻgʻrisida xabardor boʻlishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarning valyutasi, valyuta qimmatliklari va qoʻl yukini bojxona nazoratidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun yoʻlovchi poyezdlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan temir yoʻl stansiyalarida kelishilgan harakat jadvaliga muvofiq yoʻlovchi tashish poyezdlarining toʻxtashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijga chiqib ketayotgan va xorijdan kirib kelayotgan temir yoʻl tarkibini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish uchun temir yoʻl stansiyasi yoki vokzalidagi bojxona nazorati zonasiga yetkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarning qoʻl yuki hamda bagajiga asosli shubha tugʻilganda, shuningdek yoʻlovchi poyezd tarkibida egasiz (tegishli hujjati boʻlmagan) tijorat tovarlari mavjudligi aniqlanganda, bu toʻgʻrisida bojxona organi xodimlari xabardor qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtning oʻzida bitta temir yoʻl stansiyasiga ikki va undan ortiq poyezd tarkibining kirib kelishi yoki chiqib ketishini istisno qiladigan yoʻlovchi tashish poyezdlarining harakat jadvali ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzda tutilmagan toʻxtashlarni va tezlikning kamayishini istisno qiladigan choralarni (bundan yengib boʻlmas kuch holatlari mustasno) koʻrishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchi tashish poyezdlari harakatlanganda yoʻlovchilarning tushib qolishi (chiqib olishi) va tovarlarning yuklab ortilishiga (yuklab tushirilishiga) yoʻl qoʻymaslikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl stansiyasi yoki temir yoʻl vokzalidagi bojxona nazorati zonasida bank xizmatlari va valyuta ayirboshlash uchun alohida xonalar ajratishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl vokzali va stansiyalarida yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqib, yoʻlovchilar uchun yuk tashuvchilar va perron nazoratchilari sifatli xizmat koʻrsatishini tashkillashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilar tomonidan tashilayotgan qoʻl yuki va bagajini tortish uchun temir yoʻl stansiyalari va vokzallarida tarozilar oʻrnatilishi hamda ushbu tarozilardan bepul foydalanilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan normadan ortiqcha qoʻl yukini tashish uchun yoʻlovchi tashish poyezdlari tarkibiga qoʻshimcha bagaj vagonlari kiritilishini taʼminlashi shart.
(17-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bojxona organlari hamda temir yoʻl stansiya va vokzallari xodimlari yoʻlovchilar va yoʻlovchilarni tashish poyezdi brigadasi aʼzolari tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishida bir-biriga koʻmak berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3233/0540-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 08.08.2022-y., 10/22/3233-1/0722-son; 12.03.2025-y., 10/25/3233-2/0234-son)