18.11.2019 yildagi 912-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.11.2019 yildagi 912-son
Date of entry into force
18.11.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son, “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1007-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari — chegara qo‘shinlari qo‘mondoni R.E. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
912-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat chegarasi) orqali o‘tkazish punktlarida (keyingi o‘rinlarda — o‘tkazish punktlari) shaxslar, transport vositalari va tovarlarni chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi o‘rinlarda bojxona organlari deb ataladi) tomonidan, jumladan, xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona rasmiylashtiruvi — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya nazorati — odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini himoya qilish, hayvonlar kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmetlar va tovarlarni, shuningdek, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat veterinariya nazorati obyektlarini nazorat qilish maqsadida hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlash uchun chegara nazorati veterinariya punktlari tomonidan (keyingi o‘rinlarda davlat veterinariya nazorati punktlari deb ataladi) hayvonlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organlari — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara nazorati bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — chegara nazorati bo‘linmalari), bojxona organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi), davlat veterinariya xizmati, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatining hududiy bo‘linmalari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish punkti — shaxslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan dastlabki o‘tkazish punkti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shma naryad — shaxslar, transport vositalari va tovarlarni birgalikda nazorat qilishga jalb etiladigan davlat nazorati organlari vakillaridan iborat tarkibdagi naryad;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tartib-taomillari — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan davlat nazorati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — tovarlar va (yoki) transport vositalari Davlat chegarasi orqali o‘tishida (olib o‘tilishida) qonun hujjatlariga muvofiq talab etiladigan hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin nazorati — o‘tkazish punktlarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan Davlat chegarasi orqali kelgan shaxslar, transport vositalari va tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik sxema — chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish ketma-ketligini, shu jumladan, shaxslar, transport vositalari va tovarlarni ko‘zdan kechirish va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazish tartibini, ularning o‘tkazish punkti hududida harakatlanishi tartibini, tovarlar va transport vositalarini saqlash, transport vositalarini kuzatib borish tartibini, nazoratda foydalaniladigan shaxsiy tarkibni, maxsus texnika vositalari va xizmat hayvonlaridan foydalanish tartibini, shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasidan o‘tkazishda ishtirok etadigan vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi tartibini belgilaydigan hujjat;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasi — tovarlar va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita. Transport vositasi har qanday suv kemasi, havo kemasi, avtotransport vositasi, temir yo‘l transport vositasini (temir yo‘lda harakatlanadigan tarkib, temir yo‘lda harakatlanadigan tarkibning bir qismi) yoki konteynerni, shuningdek, ularning konstruksiyasiga muvofiq texnik pasport yoki texnik ma’lumotlarda nazarda tutilgan ehtiyot qismlar, anjomlar va uskunalar, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilg‘i-moylash materiallarini sovutuvchi va boshqa texnik suyuqliklarni, agar ular ushbu transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo‘lsa, o‘z ichiga oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, yer qa’rini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti ma’muriyati — ushbu o‘tkazish punkti biriktirilgan aeroport (aerodrom), daryo bandargohi, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil (piyodalar) o‘tkazish punkti rahbariyati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti — Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan nazorat tartib-taomillari va ularni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish amalga oshiriladigan, xalqaro qatnovlar uchun ochiq bo‘lgan chegaraoldi temir yo‘l bekatlari va avtomobil yo‘llarining, daryo portlarining, aeroportlarning (aerodromlarning) maxsus jihozlangan hududi (uning bir qismi);
(2-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti rejimi — nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish, shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlariga kirishi, u yerda bo‘lishi hamda u yerdan chiqishi, tovarlarning olib kirilishi, turishi va olib chiqilishi, o‘tkazish punktlari hududida xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar majmui;
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya nazorati — O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, uning hududidan olib chiqilayotgan va tranzit tarzida tashiladigan karantin ostidagi mahsulotlarni tekshirishda o‘simliklar karantini davlat inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqish punkti — shaxslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, chegara va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan oxirgi o‘tkazish punkti;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara nazorati — o‘tkazish punktlarida shaxslarga, transport vositalariga va tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat nazoratining bir turi;
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik nazorat — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara naryadi — Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish vazifasini bajaruvchi bir yoki bir nechta harbiy xizmatchi;
(2-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘zdan kechirish — transport vositalarining bo‘limlarini, tovarlarning o‘rov-idishini ochmagan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, identifikatsiyalash vositalarining tashqi ko‘rinishini tekshirish turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rikdan o‘tkazish — qo‘yilgan plombalarni, muhrlarni yoki identifikatsiyalashning boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning o‘ramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan bo‘limini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar bo‘lgan yoki bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan boshqa joylarni ochgan holda tekshirish turi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat chegarasini kesib o‘tishning umumiy qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan tur va shakldagi nazoratdan ozod etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘tkazish punktida davlat nazorati organlari shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir o‘tkazish punktida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishning texnologik sxemasi davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari va (yoki) o‘tkazish punkti ma’muriyati rahbarlari tomonidan kelishilgan holda joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda qurol-yarog‘, texnika, nazorat-texnika vositalari, muhandislik inshootlari, xizmat itlari, shuningdek, inson hayoti va salomatligi, hayvonlar, o‘simliklar uchun xavfsiz hamda tovarlar va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara nazorati bo‘linmalari shaxslarni pasport nazoratidan o‘tkazishda avtomatlashtirilgan pasport nazorati qurilmalaridan (elektron darvozalar) foydalanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat chegarasini kesib o‘tishda “Qizil kitob”ga kiritilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish taqiqlangan o‘simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari, ularning qismlari, hosilalari, yashash faoliyati mahsulotlari, botanik va zoologik kolleksiyalar davlat ekologik nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologik nazorati obyektlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish, shuningdek, uning hududi orqali tranzit olib o‘tishga qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bojxona organlari xodimlari tomonidan Davlat chegarasi orqali o‘tadigan shaxslarning avtotransport vositalari, tovarlar, qo‘l yuki hamda bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida ekologik nazorat obyektlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologik nazorat me’yor va qoidalari buzilishi aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari qoidabuzarlik holatini rasmiylashtirish va hujjatlashtirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshiradi hamda obyektni olib qo‘yish, utilizatsiya qilish yoki boshqa turdagi harakatlarni qo‘llash choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari davlat nazorati organlarining o‘zaro hamkorligida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlarida davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishga bojxona organi boshlig‘i va chegara nazorati bo‘linmasining rahbari mas’ul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda birgalikda harakat qilish tartibi va usullarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida yoki ularga kirish joylarida shaxslar va transport vositalari tirbandligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, chegara va bojxona qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va uning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni imkon qadar qisqa muddatlarda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazish hamda tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish texnologiyalarini takomillashtirish va optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organlarining o‘tkazish punktlarida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda kelishilgan holda harakat qilishga doim tayyor turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish bo‘yicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar Davlat chegarasi orqali O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beradigan amaldagi hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Alohida hollarda, hujjatlarsiz, bekor qilingan yoki muddati o‘tgan hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsati bilan Davlat chegarasi orqali o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Transport vositalarining o‘tkazish punktlari hududidan chiqib ketishi (to‘xtash joyini o‘zgartirishi) tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishilgan holda, chegara nazorati bo‘linmalarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktidan chiqish yoki o‘tkazish punktiga kirish chog‘ida yo‘lovchilarni transport vositalariga chiqarish (ulardan tushirish) chegara nazorati bo‘linmalarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni o‘tkazish punktlarida yuklash (tushirish) chegara nazorati bo‘linmalarini xabardor qilgan holda, bojxona organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz o‘tkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar, og‘ir bemorlar, homilador va nogironligi bo‘lgan shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar va boshqa materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli yozma topshirig‘iga muvofiq shaxslar, transport vositalari va tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslar, transport vositalari va tovarlar zarur hollarda chegara nazorati bo‘linmasi rahbari hamda bojxona organi boshlig‘ining o‘zaro kelishuviga asosan ustuvor tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat chegarasi orqali o‘tuvchi shaxslar davlat nazorati organi xodimlarining talabiga binoan zarur hujjatlar, bagaj, qo‘l yuki, valyuta qimmatliklarini nazorat va tekshiruvdan o‘tkazish uchun taqdim etadi, nazorat va tekshiruvni o‘tkazishga ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jismoniy shaxslarga o‘tkazish punktida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara nazorati bo‘linmasi rahbari va (yoki) bojxona organi boshlig‘ining ruxsatisiz foto va videoga suratga olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi mobil aloqa vositalari orqali so‘zlashuvlar olib borish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan, ularga biron-bir moddiy qimmatliklarni taklif etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati organlarining qonuniy talablarini bajarmaslikka, har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yo‘li bilan davlat nazorati organlarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, davlat nazorati organlarining boshqa qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurolni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli va radioaktiv moddalarni, shuningdek odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa moddalarni hamda buyumlarni olib kirish (olib o‘tish);
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ichida boshqa narsalarni qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirish.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Shaxslar va transport vositalari Davlat chegarasidan avtomobil yo‘li va temir yo‘l o‘tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan yo‘nalishni o‘zgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalariga shaxslarni chiqarishni, tovarlarni yuklashni hamda transport vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi apparatlarni havoga ko‘tarishni, qo‘ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organlari yo‘lovchilarni xalqaro tashuvini amalga oshiradigan yuridik shaxslardan xalqaro qatnov yo‘llarida harakatlanuvchi yo‘lovchilar va ularning bagaji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan oladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarali bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida, temir yo‘l transportida tashuvni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar tashilayotgan tashqi savdo yuklari ortilgan temir yo‘l tarkibidagi vagon va konteynerlarning ichki hududlardagi harakati, ular turgan temir yo‘l stansiyasi to‘g‘risida elektron ma’lumotlarni bojxona organiga real vaqt rejimida mavjud axborot tizimi orqali bepul asoslarda taqdim etib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xalqaro yo‘nalishlar uchun ochilgan avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va aviatsiya o‘tkazish punktlarida yo‘lovchilar va ularning yuklari hamda bagajlari bojxona nazorati va tekshiruvidan, qoidaga ko‘ra, ikki yo‘lakli tizim va masofaviy bojxona nazorati tizimini belgilangan tartibda qo‘llash orqali o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun ikki yo‘lakli xavflarni boshqarish tamoyillariga asoslangan davlat nazorat tartiboti quyidagi tartibda qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yashil yo‘lak”da — xavf darajasi past bo‘lgan avtotransport vositalari va unga yuklangan tovarlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilinishida davlat nazoratining barcha shakllari ularga nisbatan amalga oshirilmaydi, avtotransport vositasi va uning haydovchisiga nisbatan amalga oshiriladigan hujjatli nazorat bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qizil yo‘lak”da — davlat nazorati xavf darajasi yuqori va tasodifiy tanlovda aniqlangan avtotransport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qizil” yoki “yashil” yo‘laklar bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda belgilab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktidagi davlat nazorat organlari xodimlari tomonidan “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib, tegishli nazorat shakllari qo‘llanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur tartibot O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalariga nisbatan faqatgina inspeksion ko‘rik majmuasi orqali nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng qo‘llanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar va avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlar va chet el fuqarolarini rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan sektorlarga ajratilishi mumkin va bu o‘tkazish punktining texnologik sxemasida ko‘rsatiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘tkazish punktlarida qo‘shma naryad tomonidan “qizil yo‘lak”dagi transport vositalari va tovarlar, shuningdek “profayling” tanlov asosida avtotransport vositalari bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimida “yashil yo‘lak”dan “qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilib ko‘zdan kechiriladi (bojxona organlari bo‘lmagan o‘tkazish punktlari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zdan kechirish natijalariga ko‘ra identifikatsiya vositalari (plombalar, muhrlar va boshqalar) buzilganligi va (yoki) ularga shikast yetganligi yoki Davlat chegarasini buzib o‘tuvchi shaxs kontrabanda predmetlarini yoxud noqonuniy olib ketilayotgan tovarlarni yashirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi belgilar aniqlanganda, shuningdek, haydovchiga nisbatan shubha bo‘lganda chegara va bojxona organlari boshliqlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning qarori asosida transport vositasi va (yoki) tovar ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlari hududida avtotransport vositalari va tovarlarni (chegara va bojxona bo‘linmasi) alohida-alohida ko‘zdan kechirish yoki ko‘rikdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘tkazish punkti orqali olib o‘tilayotgan barcha meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkaziladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Transport vositalari va tovarlar texnika xavfsizligiga rioya etilgan holda, tashuvchi vakili yoki tovarga vakolatli shaxs yoxud transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining a’zosi) ishtirokida chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi hamda ular qo‘shma naryadning talabiga ko‘ra ko‘zdan kechirish qiyin bo‘lgan barcha joylarni ko‘rsatishi shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 555-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlar asossiz ushlab turilishiga, shuningdek, ularga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida huquqbuzarliklar aniqlanganda, ushbu huquqbuzarliklar izini va obyektlarni saqlash, ushbu holatlarga dahldor shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Huquqbuzarlar va huquqbuzarliklar sodir etilishiga dahldor boshqa shaxslar ma’muriy yo‘l bilan ushlab turiladi, shuningdek, zarur ashyoviy dalillar olib qo‘yiladi, so‘ngra tegishliligi bo‘yicha chegara nazorati bo‘linmasi yoki bojxona yoxud ichki ishlar organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish uchun olib kelinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat nazorati organlari xodimlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari profilaktika maqsadida emlashlarni o‘tkazishni talab qiladigan mamlakatlarga chiqishda ularda sanitariya-karantin bo‘linmasi xodimlari tomonidan vaksinatsiya va revaksinatsiya to‘g‘risidagi xalqaro guvohnomalar mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Avtomobil yo‘llarida (piyodalar) joylashgan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar va yo‘lovchilar o‘tkazish punktlarida chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan o‘tkazish punktining imkoniyatlariga muvofiq texnologik sxemada belgilangan miqdorda navbatma-navbat o‘tkaziladi, ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari o‘tkazish punkti hududiga chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan bojxona organi bilan kelishilgan miqdorlarda mavjud imkoniyat va sharoitdan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari asosida amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, o‘tkazish punktiga avtotransport vositasi kirishi va chiqishi vaqtlari, ularning har biri davlat nazorati organlari tomonidan tegishli nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilishi elektron tizimga belgi qo‘yish orqali qayd etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organlari tomonidan tegishli nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilganligi to‘g‘risida elektron tizimga kiritilgan belgilarni nazorat qilish chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Elektron tizim mavjud bo‘lmaganda yoxud unda texnik nosozlik holatlari yuzaga kelganda, o‘tkazish punktida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi “Yagona qayd varaqasi”dan foydalaniladi. Texnik nosozlik bartaraf etilganidan so‘ng bir kunlik muddatda “Yagona qayd varaqasi”ga kiritilgan belgilar “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga majburiy tartibda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar va avtotransport vositalari Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya va (yoki) veterinariya obyekti bo‘lmasa, bojxona organi xodimi “Yagona qayd varaqasi”ning fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati kataklariga diagonal chiziq chizib, shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona qayd varaqasi” chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan o‘tkazish punktiga kirishda haydovchiga beriladi va undan chiqishda davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi nazorat qilinadi. Uning asl nusxasi rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan e’tiboran bir yil davomida chegara nazorati bo‘linmasida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yuk avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari har bir avtotransport vositasining kirish va chiqish vaqtini avtomatlashtirilgan qayd etish tizimi hamda navbatlarni boshqarish elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona postlari orqali kesib o‘tish vaqti to‘g‘risidagi har oylik statistik ma’lumot har bir bojxona posti kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. O‘tkazish punktiga bevosita tutash hududda bojxona terminali mavjud bo‘lgan hollarda tovar va avtotransport vositalarining bojxona, fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratlari ushbu hududda amalga oshiriladi. Bunda, tovar va avtotransport vositalari o‘tkazish punkti hududida bojxona nazoratidan soddalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘tkazish punktida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti ularning turi, o‘tkazish punktining texnik holatidan kelib chiqqan holda texnologik sxemada belgilanadi, biroq ushbu ko‘rsatkich quyidagi muddatlardan ortiq bo‘lmagan holda belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil avtotransport vositalari 15 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk avtotransport vositalari 30 daqiqa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, avtotransport vositalarining o‘tkazish punktidagi har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti (daqiqalarda) mazkur Nizomning 2-3-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti quyidagi hollarda belgilangan vaqt me’yorlaridan ortiq bo‘lishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari va (yoki) tovarlar ko‘rikdan o‘tkazilganda;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchi va (yoki) avtotransport vositasi yoki tovarlarni Davlat chegarasi orqali olib o‘tish yoxud tashish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlariga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali, shu jumladan, tranzit shartlarida o‘tkaziladigan avtotransport vositalari va tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasi oldindan taqdim qilinmagan hollarda;
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 555-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida to‘lanishi belgilangan yig‘imlar yoki to‘lovlar to‘lanmagan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulotda holatlarda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq, ushbu bandda keltirib o‘tilgan holatlarda avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish vaqti 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Ushbu vaqt o‘tgandan so‘ng, bojxona organi tomonidan avtotransport vositasining respublikaga kirishi hal etiladi yoxud bojxona organi tomonidan chegara nazorati bo‘linmasi bilan kelishilgan holda ortiga qaytariladi. Bunda, mazkur turdagi avtotransport vositalari, agar o‘tkazish punktining yaqinida bojxona terminali mavjud bo‘lsa, darhol ushbu bojxona terminaliga o‘tkaziladi.
(30-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. O‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan shaxslar, avtotransport vositalari va tovarlar ustidan samarali nazoratni o‘rnatish maqsadida chegara va bojxona organlari o‘zaro elektron axborot almashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, davlat nazorati organlari tomonidan bir-birini takrorlovchi nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organlarining axborot almashinuvi elektron tizim orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Avtotransport vositasi bojxona ko‘zdan kechiruvi va (yoki) bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi jarayonida chegara nazoratidan yashiringan shaxslar aniqlanganda, qonuniy choralar ko‘rish uchun bojxona organi chegara nazorati bo‘linmasiga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizomning 16-17-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda bojxona organi tomonidan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda yoki xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasida Xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. O‘tkazish punktlarida bojxona organlari sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati faoliyatini muvofiqlashtiradi, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatga kelib-ketishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan shaxslar orasida tushuntirish ishlari tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-texnik vositalarining belgilangan talablar asosida saqlanishi va ekspluatatsiya qilinishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasiga kirish

35. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, sanitariya-karantin, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan odatda, quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlar mavjudligi tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sanitariya-karantin bo‘linmasi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar qo‘l yuki bilan birga nazorat tartib-taomillaridan o‘tish uchun zalga yo‘naltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini ham amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘l yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati obyektlari mavjudligini nazorat texnik vositalari yordamida ko‘zdan kechirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslar yoki yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organi tomonidan fitosanitariya hamda veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorat organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojxona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari bojxona nazorati jarayonida ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarga nisbatan ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va (yoki) ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lgan tovarlar fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojxona chegarasidan o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi va tegishli nazorat organi tomonidan respublika ichki hududiga kiritilmasdan qaytarib yuboriladi. Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
(35-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona chegarasidan olib kirilishiga ruxsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda tegishliligi bo‘yicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun olib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan, fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan avtotransport vositalarining harakatlanuvchi qismiga veterinariya-sanitariya jihatidan ishlov berilganidan so‘ng, chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan haydovchining Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtotransport vositasi o‘tkazish punkti hududiga o‘tkaziladi va ko‘zdan kechirish maydonchasiga qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) haydovchi chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bojxona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsni, tovarlar va avtotransport vositalarini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsda fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxsning qo‘l yuki va bagajini nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazoratidagi tovarlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoxud veterinariya obyekti bo‘lsa, ularni nazoratdan o‘tkazish jarayonida bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorati organi xodimini jalb qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qo‘yadi;
(36-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorat organi xodimining belgisiga asosan tovarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazish yoki ortiga qaytarib yuborish masalasini hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha ushlab turiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qo‘shma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yo‘qligi so‘raladi. Shundan so‘ng avtotransport vositasi qo‘shma naryad tomonidan ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi;
(36-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgandan so‘ng, qog‘oz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojxona organining tegishli belgilari qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, maxsus ajratilgan joydagi yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan kuzatib boriladi. Davlat chegarasidan piyoda o‘tayotgan shaxslar o‘tkazish punktidan texnologik sxemaga muvofiq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositasining o‘tkazish punkti hududidan chiqishiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ma’lumotlari va ko‘rsatmasi asosida yoxud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan “Yagona qayd varaqchasi”da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan so‘ng ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun tijorat bankining shahobchasi tomonidan va (yoki) to‘lovlarni amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, pul mablag‘larini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari yordamida, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan to‘lov va yig‘imlar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Chegara va bojxona nazorati jarayonida yoki undan so‘ng haydovchi, shaxs, yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishdan bosh tortgan hollarda, ushbu shaxs, haydovchi, yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazorat tartib-taomillaridan takroran o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki uning hududi bo‘ylab tranzit harakatlanishdan bosh tortilgan hollarda, ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq chegaradosh mamlakat hududiga qaytarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish

39. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan odatda, quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan shaxslarning Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligi tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat chegarasi orqali piyoda o‘tadigan shaxslar va yo‘lovchilar qo‘l yuki hamda bagaji bilan birga nazorat tartib-taomillaridan o‘tish uchun zalga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat chegarasidan piyoda o‘tayotgan shaxslar nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilganidan so‘ng, o‘tkazish punktidan texnologik sxemaga muvofiq belgilangan yo‘nalish bo‘yicha chiqariladi, yo‘lovchilar esa maxsus ajratilgan joyga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tovarlar va avtotransport vositalari nazorat tartib-taomillaridan quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) avtotransport vositasi o‘tkazish punkti hududiga o‘tkaziladi va ko‘zdan kechirish maydonchasiga qo‘yiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) haydovchi bojxona nazoratidan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bojxona organiga rasmiylashtiruvni amalga oshirish uchun avtotransport vositasi va (yoki) tovarga tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron tarzda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodi yoki nomiga muvofiq fitosanitariya yoxud veterinariya obyekti bo‘lsa, ularni nazoratdan o‘tkazish jarayonida bojxona organi xodimi tegishli davlat nazorati organi xodimini jalb qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari nazorat tartib-taomillarini amalga oshiradi va elektron tizimga belgilangan tartibda belgilar qo‘yadi;
(40-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qo‘shma naryad tomonidan haydovchidan avtotransport vositasida chegara va bojxona nazoratidan yashiringan shaxslar va tovarlar, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududi orqali tranzit tashish taqiqlangan predmetlar bor yoki yo‘qligi so‘raladi. Shundan so‘ng avtotransport vositasi qo‘shma naryad tomonidan ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi;
(40-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) avtotransport vositasi va unda tashilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgandan so‘ng, qog‘oz shakldagi kuzatuv hujjatlariga va (yoki) elektron tizimda bojxona organining tegishli belgilari qo‘yiladi va shundan so‘ng haydovchi chegara (pasport) nazoratidan o‘tadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) barcha turdagi nazorat ishlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, maxsus ajratilgan joydagi yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan birga avtotransport vositasiga chiqarish uchun chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan kuzatib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) avtotransport vositasining o‘tkazish punkti hududidan chiqishiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi ma’lumotlari va ko‘rsatmasi asosida yoxud mazkur Nizomning 26-bandida keltirilgan holatlarda chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan “Yagona qayd varaqchasi”da davlat nazorati organlarining tegishli belgilari mavjudligi tekshirilganidan so‘ng ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Chegara va bojxona nazorati jarayonida yoki undan so‘ng shaxs O‘zbekiston Respublikasidan chiqishdan bosh tortgan hollarda, u O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib kiritiladi, uning chiqish haqida qo‘yilgan belgilari bekor qilinadi va undirilgan yig‘imlar qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishdan bosh tortilgan hollarda ushbu tovar yoki avtotransport vositasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarib kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Temir yo‘l o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Chegara nazorati bo‘linmasining rahbari poyezd kelishidan oldin o‘tkazish punktida rejim tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organlari temir yo‘l tarkibining kelishi va ketishi to‘g‘risidagi axborotni stansiya bo‘yicha navbatchidan (dispetcherdan) oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagaji hamda poyezd brigadasi a’zolari qo‘shma naryad tomonidan o‘tkazish punktida, ayrim hollarda esa harakatlanish yo‘nalishida nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk vagonlari va konteynerlarda tashiladigan tovar hamda transport vositalari bojxona organlari joylashgan temir yo‘l stansiyalarida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Nazorat tartib-taomillari poyezdlar harakatlanishi jadvalida nazarda tutilgan to‘xtab turish vaqti davomida amalga oshiriladi. Temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati davlat nazorati organlariga poyezdlar harakatlanishi jadvalidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida oldindan xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashish poyezdining to‘xtab turish vaqti chegara nazorati bo‘linmalari va bojxona organlari tomonidan temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati bilan birgalikda belgilanadi. O‘tkazish punktlarida yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini tekshirish tartibi hamda davomiyligi yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilishning hududiy temir yo‘l bo‘linmalari va davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari bilan kelishilgan texnologik sxema asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda, chegara yoki bojxona nazorati bo‘linmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha tarkiblarni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish va poyezdlarni to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganda, poyezdning to‘xtab turish vaqti yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish texnologik sxemaga binoan belgilangan vaqtdan ko‘proqqa uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan so‘ng, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari poyezdni jo‘natish masalasini davlat nazorati boshqa organlarining rahbarlari bilan kelishadi hamda temir yo‘l stansiyasi ma’muriyatiga poyezdni o‘tkazish punkti hududidan jo‘natish uchun ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Chegara va bojxona nazorati nihoyasiga yetkazilgach ichki ishlar organlari xodimlariga temir yo‘l tarkibini kuzatib borishni davom ettirishga, yo‘lda jamoat tartibini saqlashga, yo‘lovchilarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlashga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Chegara nazorati bo‘linmasi rahbari chegaradosh davlatning chegara stansiyasidan temir yo‘l tarkibining harakatlanishi va kelish vaqti to‘g‘risida stansiya navbatchisidan (dispetcheridan) axborot oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Temir yo‘l tarkibi Davlat chegarasini kesib o‘tishda chegara naryadi so‘roviga asosan stansiya navbatchisi (dispetcheri) tomonidan unga chiqishi uchun to‘xtatiladi va naryad tarkibni o‘tkazish punktigacha kuzatib boradi. Davlat chegarasi liniyasida to‘xtash joyi va to‘xtab turish vaqti chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan temir yo‘l ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yo‘lovchilar, odatda, vagonlar, lokomotivlar, temir yo‘l vokzali binosida yoki buning uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Poyezdlardan yo‘lovchilar tushirilmaydigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shma naryad ichki ishlar organlari bilan birgalikda o‘tkazish punktida zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara nazorati bo‘linmasi, bojxona organi va sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari temir yo‘l tarkibiga yuboriladi va tekshiruvni amalga oshiradi. Vagonlar kuzatuvchilari sanitariya-karantin bo‘linmalari xodimlariga o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilinayotgan yo‘lovchilar borligi hamda ularning soni haqida axborot beradi. Yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish, vagonning ichki va tashqi tomonini, pochta-bagaj vagonini, shuningdek lokomotivni ko‘zdan kechirish va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazish texnologik sxemaga muvofiq amalga oshiriladi;
(50-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shma naryad vagonda nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishni boshlashdan avval vagon kuzatuvchisidan yo‘lovchilar kupeda o‘z joylarini egallashini va hujjatlari, qo‘l yuklari hamda bagajini tekshirishga tayyorlashini, ko‘rish cheklangan sharoitda esa vagondagi qo‘shimcha yoritish chiroqlarini yoqishni talab qiladi (kamida 80 lyuks);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji quyidagi ketma-ketlikda nazoratdan o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yo‘lovchilar poyezddan tushiriladigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari, odatda, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilarni kutib oladigan chegara naryadi yo‘lovchilarni perronda kutib turadi va zarur rejim cheklovlari bajarilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinistlar brigadasi qo‘shma naryad tomonidan lokomotiv kabinasida chegara nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona naryadi tovarning pochta-bagaj vagonidan tushirilishi va pochta-bagaj bo‘limiga olib borilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan hamda tovarlar poyezddan tushirilgach, transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma naryad tarkibni yuk hamda yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qilish texnologik sxemasiga muvofiq maxsus ajratilgan joylarda tashqi hamda ichki tomondan ko‘zdan kechiradi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazadi;
(51-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar ularni kutib oladigan qo‘shma naryad kuzatuvi ostida temir yo‘l vokzalining tegishli zaliga boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar sanitariya-karantin nazoratidan o‘tgandan so‘ng, chegara nazorati liniyasiga o‘tadi. O‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan bemor yo‘lovchilar aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar chegara nazoratidan o‘tish paytida qo‘shma naryad yo‘lovchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning hujjatlarni tekshirish liniyasi orqali noqonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kuzatib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tish paytida veterinariya va fitosanitariya nazoratidan ham o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi nazorat tadbirlari tugagandan so‘ng, yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagaji bilan vokzal binosidan chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vokzal zali bo‘yicha navbatchi o‘tkazish punktiga begona shaxslar, shu jumladan, kutib oluvchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yo‘lovchilarning vokzal binosidan chiqishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara va bojxona nazorati nihoyasiga yetganidan so‘ng yo‘lovchilar, perron va vokzal zali qo‘shma naryad tomonidan begona buyumlar va predmetlarni aniqlash uchun ko‘zdan kechiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Yuk tashuvchi temir yo‘l tarkibi alohida ishlab chiqilgan texnologik sxema bo‘yicha davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Yo‘lovchilar poyezdga chiqariladigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara va bojxona nazorati bo‘linmalari poyezdning poyezdlar harakatlanishi jadvalida belgilangan jo‘nab ketish vaqtidan 3 soat oldin chegara va bojxona nazorati liniyasiga o‘tadi, vokzal zalini ko‘zdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish o‘rinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar nazoratdan va zal bo‘yicha navbatchilar tomonidan chiptalar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng veterinariya va fitosanitariya nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi hamda chegara nazoratidan o‘tkaziladi, poyezd kelguniga qadar kutish zaliga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara naryadi chegara nazorati liniyasida yo‘lovchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va begona shaxslarning nazorat liniyasidan noqonuniy o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kuzatib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zal bo‘yicha navbatchi ro‘yxatdan o‘tkazish tugagandan so‘ng ro‘yxatga olingan yo‘lovchilar haqida chegara naryadiga axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elga chiquvchi shaxslarning hujjatini tekshirish poyezd jo‘nab ketishiga 15 daqiqa qolganda, temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchilarning barchasi poyezdga chiqarilgandan so‘ng yakunlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarini ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma naryad jo‘nab ketadigan temir yo‘l tarkibini tashqi va ichki tomondan ko‘zdan kechiradi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazadi;
(53-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poyezd ko‘rikdan o‘tkazilgach, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i bilan kelishgan holda vokzal binosida bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazoratidan o‘tgan yo‘lovchilarga poyezdga chiqish, shuningdek, tovarlarni yuklashga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan, nazorat tartib-taomillaridan o‘tmagan yo‘lovchilarning poyezdga chiqishiga ruxsat etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
poyezd brigadasi a’zolari texnologik sxemaga muvofiq temir yo‘l tarkibi tashkil etiladigan joyda turgan vagonlarda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar vagonlarga chiqarilgach, chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i va navbatchi dispetcher bilan kelishgan holda o‘tkazish punkti hududidan poyezdning jo‘nashiga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara naryadi poyezdning o‘tkazish punkti hududidan jo‘nab ketishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Yo‘lovchilar poyezdga chiqarilmaydigan o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elga jo‘nab ketayotgan temir yo‘l tarkibining o‘tkazish punktiga kelishidan 20 daqiqa oldin stansiya bo‘yicha navbatchi (dispetcher) chegara nazorati, bojxona xizmati bo‘linmalari va ichki ishlar organlariga tegishli axborotni yetkazadi va ular perronga borib hududni ko‘zdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi, buyumlar va predmetlarni olib tashlaydi hamda ish o‘rinlari va maxsus texnika vositalarini ishlashga tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktiga poyezdda kelgan yo‘lovchilar bevosita poyezd vagonlarida nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l tarkibining pochta-bagaj vagoni qo‘shma naryad tomonidan ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi;
(54-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tartib-taomillari tugaganidan so‘ng chegara nazorati bo‘linmasining rahbari bojxona organi boshlig‘i va stansiya bo‘yicha navbatchi (dispetcher) bilan kelishgan holda o‘tkazish punkti hududidan poyezdning jo‘nashiga ruxsat beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara naryadi temir yo‘l tarkibining o‘tkazish punktidan jo‘nab ketishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Aviatsiya o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlaridan (aerodromlaridan) uchadigan va qo‘nadigan barcha havo kemalari hamda harbiy-transport aviatsiyasi chegara, bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan fuqaro aviatsiyasi havo kemalari epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha sanitariya-karantin nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyotlari va vertolyotlari chegara nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki va bagaji aeroport binosidagi kirish (chiqish) punktida, ayrim hollarda esa parvozlarning kunlik rejasi hamda ular bo‘yicha keladigan aniq ma’lumotlar va qo‘shimchalar asosida chegara nazorati bo‘linmasi rahbari va bojxona organi boshlig‘ining o‘zaro kelishuviga ko‘ra havo kemasining bortida (bort ostida) chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bagaj va tovarlar havo kemasi borib qo‘nadigan aeroportda (yo‘lovchining aviachiptasiga yoki tovarning avia yuk xatiga ko‘ra) yoki ortib jo‘natiladigan aeroportda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekipaj a’zolari, odatda, aeroport binosida, ayrim hollarda havo kemasi bortida (bort ostida) nazoratdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekipaj a’zolari o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektori tomonidan fitosanitariya nazoratidan ham o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Havo kemasi yo‘lovchilar undan tushgandan so‘ng kirish punktida yoki yo‘lovchilar unga chiqishidan avval chiqish punktida qo‘shma naryad tomonidan ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. O‘zbekiston Respublikasi hududiga havo kemalarida bir qancha oraliq qo‘nishlardan so‘ng kelgan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji havo kemasi borib qo‘nadigan aeroportda (yo‘lovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk xatiga ko‘ra) chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi hamda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasiga bir qancha oraliq qo‘nishlardan so‘ng keladigan havo kemalari, texnik qo‘nishni amalga oshiradigan havo kemalaridan tashqari, yo‘lovchilar, bagaj va tovarlar tushirilgandan so‘ng oxirgi punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qo‘nishlarni amalga oshiradigan havo kemalarida chiqib ketadigan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuklari va bagaji, shuningdek, tovarlar jo‘natiladigan aeroportda (yo‘lovchilarning aviachiptalariga yoki tovarlarning avia yuk xatiga ko‘ra) nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidan bir qancha oraliq qo‘nishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, texnik qo‘nishni amalga oshiradigan havo kemalari bundan mustasno, ularga yo‘lovchilar chiqqunicha, bagaj va tovarlar ortilgunicha dastlabki punktda ekipaj a’zolaridan birining ishtirokida ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(58-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Chet elga ketadigan yo‘lovchilarni havo kemasiga chiqarish va chet eldan keladigan yo‘lovchilarni havo kemasidan tushirish chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsati bilan, chet eldan kelishda esa qo‘shimcha ravishda sanitariya-karantin bo‘linmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro parvozlarni amalga oshiradigan va jadvalga ko‘ra chegara aeroportlarida tijorat qo‘nishlarni bajaradigan havo kemalarida ichki respublika avialiniyalari yo‘lovchilarini tashishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Yo‘lovchilarni havo kemasidan aeroport binosigacha va ortga avtobusda tashishda qo‘shma naryad yo‘lovchilar avtobusga chiqqunicha va undan tushganda so‘ng begona shaxslar hamda predmetlarni aniqlash maqsadida avtobusni ko‘zdan kechiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Chegara naryadlarining bojxona organlari va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa xizmatlar bilan o‘zaro hamkorligi parvozlar texnologik sxemasi va rejalariga muvofiq chegara nazorati bo‘linmasining rahbari tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Bemor yo‘lovchilarning tibbiyot xodimi tomonidan kuzatib borilishi, ularni yukchi (yuk ortuvchi va tushiruvchi ishchi) va zaruratga ko‘ra nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlar texnologik sxemaga muvofiq aeroport ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. O‘tkazish punktlarida bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati o‘tkazilganda fitosanitariya va veterinariya nazorati tegishli davlat nazorati organlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining qo‘l yuki hamda bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari fitosanitariya va veterinariya nazorati organlarining quyidagi vazifalarini amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati predmetlari mavjudligi to‘g‘risida so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati talab qilinadigan tovarlarni olib kirish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligini so‘rash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘l yuki va bagajni nazorat qilish jarayonida fitosanitariya va veterinariya nazorati obyektlari mavjudligini nazorat texnik vositalari yordamida ko‘zdan kechirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining qo‘l yuki va bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organi tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tushadigan tovarlar aniqlanganda, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish uchun tegishli davlat nazorati organi jalb qilinadi. Ushbu holatda bojxona organining talabiga asosan fitosanitariya va veterinariya nazorati xodimlari bojxona nazorati jarayonida ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarga nisbatan ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va (yoki) ruxsat etuvchi hujjatlari mavjud bo‘lgan tovarlar fitosanitariya yoki veterinariya talablariga javob bermagan hollarda, ushbu tovarlar bojxona chegarasidan o‘tkazilishiga ruxsat berilmaydi.
(64-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni ortiga qaytarish ularni olib kirgan shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona chegarasidan olib o‘tishga ruxsat berilmagan tovarlarni ortiga qaytarish imkoni bo‘lmasa, ular shu joyda tegishliligi bo‘yicha fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun olib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli bo‘linmalari chegara nazorati bo‘linmalari va bojxona organlarini harbiy aerodromlar orqali amalga oshirilayotgan xalqaro qatnov aviareyslari haqida oldindan xabardor qiladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi aeroport dispetcheridan havo kemasi uchishi to‘g‘risida uning belgilangan manzilga borib qo‘nishi uchun hisoblangan vaqt va undagi yo‘lovchilar soni hamda boshqa yuklar miqdori, bemorlar, deportatsiya qilingan yo‘lovchilar bor-yo‘qligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborotni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashishlarni tashkil etish xizmati (keyingi o‘rinlarda TTX deb ataladi) dispetcheri bir vaqtning o‘zida ushbu axborotni boshqa manfaatdor xizmatlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limi xodimlariga havo kemasi kelishidan bir soat oldin yetkazadi. VIP (SIP) zali xodimlari davlat nazorati organlariga VIP (SIP) zali orqali xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lovchilar borligi to‘g‘risida oldindan ma’lum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Havo kemasi qo‘nishidan 10 daqiqa avval chegara nazorati bo‘linmasi havo kemalari turadigan tegishli joyda, shuningdek, davlat nazorati boshqa organlarining xodimlari bilan birgalikda aeroportning yo‘lovchilar o‘tishi yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro sektorida zarur rejimni o‘rnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Havo kemasi ajratilgan joyga kelib to‘xtagach, chegara nazorati bo‘linmasi rahbari sanitariya-karantin nazorati, bojxona organi va aeroport TTX xodimi bilan kelishgan holda havo kemasidan yo‘lovchilarning tushishiga, shuningdek, bagaj va yuklarni tushirishga ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara nazorati bo‘linmasi bojxona organi bilan birgalikda videokuzatuv tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘lovchilarni, shu jumladan, havo kemasini yer usti texnik xizmatiga topshirishda ishtirok etmaydigan ekipaj a’zolari va ularning bagaji aeroport binosiga yetkazilishini nazorat qiladi. Bojxona organi tovarlarni tushirish va ularning aeroport (aerodrom) omboriga yetkazilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Qo‘shma naryad kelib qo‘ngan havo kemasini aviatexnik yoki ekipaj a’zosi ishtirokida ko‘zdan kechiradi, ekipaj a’zolarining qo‘l yuki va bagaji tushirilishini nazorat qiladi, ushbu Nizomning 96-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Havo kemasida kelgan yo‘lovchilar rasmiylashtirish zaliga o‘tadi va bu yerda quyidagi nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara (pasport) nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya nazorati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, chegara naryadi kelgan yo‘lovchilarning rasmiylashtirish zaliga texnologik sxemaga ko‘ra belgilangan yo‘nalish bo‘yicha o‘tishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. O‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan yo‘lovchilar aniqlanganda, epidemiyaga qarshi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Yo‘lovchilar chegara (pasport) nazoratidan o‘tkazilayotganda ularning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini beradigan hujjatlari tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TTX vakili vizasiz kelgan chet el fuqarolariga viza bilan bog‘liq rasmiyatchiliklarni bajarish uchun konsullik bo‘limi xodimiga murojaat qilish kerakligi haqida ma’lum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viza berish rad etilganda yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonunchilikka muvofiq kirish taqiqlangan holatlarda, chegara nazorati bo‘linmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida tuzilgan dalolatnoma asosida TTX xodimlari yo‘lovchining qaytib ketishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining vizalari chet el fuqarolari orasidan ayrim yo‘lovchilarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan holatlarda bunday yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Kirish taqiqlangan shaxslarni havo kemasining uchishini kutish vaqtida oziq-ovqat bilan ta’minlash chegara nazorati bo‘linmasi xodimining buyurtmanomasi bo‘yicha aeroport ma’muriyati tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat organlari chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan deportatsiya qilinishini (chiqarib yuborish) tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Tashuvchi deportatsiya qilingan shaxslarni quyidagi hollarda tashishni rad etish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deportatsiya to‘g‘risida qaror nusxasi bo‘lmaganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
so‘nggi manzilgacha aviachipta bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda rasmiylashtirilgan harakatlanish hujjatlari bo‘lmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deportatsiya qilinadigan shaxs parvozlar xavfsizligiga xavf tug‘dirsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Chegara nazoratidan o‘tib, o‘z bagajini olgan yo‘lovchilar bojxona nazorati zonasiga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi fitosanitariya va veterinariya organi tomonidan o‘tkazilgan nazorat natijasiga asosan fitosanitariya va (yoki) veterinariya talablariga javob beradigan tovarlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkazish punkti orqali o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Yo‘lovchilar bagajini olib bojxona nazorati liniyasiga kelgandan so‘ng, ularni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishning umumiy vaqti yo‘lovchilar sonidan qat’iy nazar, bir soatdan oshmasligi lozim, bundan bojxona qonun hujjatlari buzilishlari aniqlangan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Davlat nazoratining har bir organi tegishli turdagi nazorat tugagach o‘zlari mas’ul bo‘lgan zonadagi yo‘lovchilar o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha zallar va binolarni begona shaxslar, buyumlar va predmetlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun ko‘zdan kechiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Chegara nazorati bo‘linmasi, bojxona organi va davlat nazorati boshqa organlari rahbarlariga havo kemasi uchib ketishidan 3 soat avval aeroport dispetcheri ovozni kuchaytirish aloqasi orqali havo kemasining uchib ketish, ro‘yxatdan o‘tkazishning boshlanishi, yo‘lovchilar soni va toifasi, havo kemasining turi haqida ma’lum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Qo‘shma naryad havo kemasining turiga qarab yo‘lovchi tashish havo kemasi uchib ketishidan 1-2,5 soat (yuk tashuvchi havo kemasi — 45 daqiqa) qolganda tegishli turish joyiga keladi va bu yerda zarur rejimni o‘rnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Aeroport TTX dispetcheri ro‘yxatdan o‘tkazish tugagach chegara, bojxona va aviatsiya xavfsizligini tekshirish xizmatlariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘lovchilar haqida ma’lum qiladi va ularning sonini solishtirib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Bojxona organi xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 35 daqiqa qolganda yakunlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Chegara nazorati bo‘linmasi ketuvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasi ketishidan 3 soat avval boshlaydi va 30 daqiqa qolganda yakunlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Chegara nazorati bo‘linmasi yoki bojxona organi xodimlari yo‘lovchini (yo‘lovchilarni) parvozdan chetlashtirganda yoki buning uchun sabab yuzaga kelganda (vaziyat aniqlanguniga qadar), ular ushbu yo‘lovchi (yo‘lovchilar) haqidagi ma’lumotlarni uning bagaji bor-yo‘qligini aniqlash hamda uni reysdan tushirib qolish uchun TTX agentiga zudlik bilan xabar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Aviatsiya xavfsizligini tekshirish xizmati (keyingi o‘rinlarda AXTX deb ataladi) xodimlari xalqaro reyslarda parvoz qiladigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni havo kemasining e’lon qilingan uchish vaqtidan 3 soat avval boshlaydi va ketishiga 25 daqiqa qolganda yakunlaydi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Yo‘lovchilar rasmiylashtirishdan quyidagi tartibda o‘tadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviachipta, qo‘l yuki va bagajni ro‘yxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati (bojxona rasmiylashtiruvi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya va veterinariya nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara (pasport) nazorati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya xavfsizligini tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetgandan so‘ng yo‘lovchilar kutish zaliga o‘tkaziladi va havo kemasiga chiqqunicha shu yerda bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan, bojxona va chegara nazoratidan, shuningdek, aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan o‘tkazilmagan yo‘lovchilarning parvoz qilishiga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Chegara nazorati bo‘linmasi bojxona organi, aviatsiya xavfsizligi xizmatining nazoratchisi bilan birgalikda uchib ketadigan havo kemasini aviatexnik yoki ekipaj a’zosining ishtirokida ko‘zdan kechiradi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazadi hamda bortga oziq-ovqat, ekipajning qolgan a’zolari qo‘l yuki va bagaji yuklanishini nazorat qiladi.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. TTX dispetcheri havo kemasining uchib ketishidan 50 daqiqa avval chegara nazorati bo‘linmasidan havo kemasi bortida nazorat tartib-taomillari nihoyasiga yetkazilgani to‘g‘risida axborot oladi va TTX agentlari bilan birgalikda yo‘lovchilar avtobuslarga chiqarilishi, ularning samolyotga kuzatib borilishi va bagajning AXTX, chegara nazorati va bojxona organi xodimlari nazoratida yuklanishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Havo kemasi ko‘zdan kechirilib va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazilib, barcha yer usti xizmatlari ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng, chegara naryadi bu haqida aeroport dispetcheriga xabar qiladi va AXTX, bojxona organi bilan kelishgan holda havo kemasiga ekipaj a’zolari, yo‘lovchilar chiqarilishi hamda bagajni yuklashga ruxsat beradi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bagaj va paketlashtirish vositalari AXTX, chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi xodimi ishtirokida yuklanadi va parvozdan 25 daqiqa oldin yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TTX agentlari bort katta kuzatuvchisi, chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi xodimlari bilan kelishgan holda yo‘lovchilarni samolyotga chiqishga taklif etadi va chegara nazorati hamda aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risida muhr bosilgan chiqish talonini ko‘rsatishni so‘raydi. Chiqish talonining bir qismi yirtib olinadi va havo kemasiga chiqish oldidan olib qo‘yiladi. Yo‘lovchilarni havo kemasiga chiqarish uchib ketishga 20 daqiqa qolganda tugashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Havo kemasiga chiqarish nihoyasiga yetgandan so‘ng, chegara naryadi bortdagi yo‘lovchilarni chegara nazoratidan o‘tgan yo‘lovchilar soni bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. TTX agenti dispetcherga samolyotga chiqish yakunlangani va undagi yo‘lovchilar soni haqida ma’lum qiladi. Chegara nazorati bo‘linmasi xodimining ruxsati bilan trapni olishga ko‘rsatma beradi va uni olish vaqti haqida ma’lum qiladi. Samolyotdan trap olingach, yo‘lovchilarni unga har qanday chiqarish va tovarlarni ortish chegara nazorati bo‘linmasi, AXTX va bojxona organining ruxsatisiz qat’iyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Chegara naryadi chegara nazoratidan o‘tgan barcha shaxslar havo kemasi bortida ekanligiga ishonch hosil qilgach Boshqarish xizmati dispetcheriga dvigatellarni ishga tushirish va samolyotning uchishiga ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara naryadi samolyotni uning aeroport hududidan uchib ketguniga qadar kuzatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Qo‘shma naryad aviatsiya xavfsizligini tekshirish, chegara nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi tugagandan so‘ng yo‘lovchilar o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha zallar va binolarni begona shaxslar, buyumlar va predmetlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun ko‘zdan kechiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Havo kemasi qo‘nishidan bir soat avval chegara nazorati bo‘linmasi rahbari aeroport dispetcheridan transfer yo‘lovchilar sonini aniqlaydi va davlat nazorati organlari o‘rtasida hamkorlikni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo kemasi kelib qo‘ngach transfer yo‘lovchilar, odatda, aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng TTX agentligi hamrohligida transfer zalga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro havo qatnovlari uchun ochiq aeroportlarida (aerodromlarida) texnik qo‘nishlarni amalga oshiradigan havo kemalari, ularning ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari ushbu havo kemalari aeroportda (aerodromda) bo‘lgan vaqt davomida chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida (aerodromlarida) qisqa (3 soatgacha) texnik qo‘nishlar bilan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit parvozlarni amalga oshiradigan havo kemalari, ularning ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari, odatda, chegara va bojxona nazoratidan o‘tkazilmaydi. Chegara nazorati bo‘linmalari bunday havo kemalari va ularning yo‘lovchilari aeroportda (aerodromda) bo‘lgan vaqt davomida ularni kuzatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Havo kemasi bir samolyotdan ikkinchisiga o‘tiladigan, majburan qo‘nish amalga oshirilgan aeroportlarda (aerodromlarda) uchib ketish uchun uzoq vaqt ushlanib qolgan hollarda (3 soatdan ortiq) tranzit yo‘lovchilar chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsati bilan qo‘l yuklari chegara hamda bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan holda aeroport mehmonxonasiga yoki boshqa mehmonxonalarga joylashtirilishi mumkin. Bunda, bunday yo‘lovchilar bagaji, odatda, havo kemasida qoladi. Yo‘lovchilar mehmonxonaga va qaytarib aeroportga aeroport ma’muriyati tomonidan chegara nazorati bo‘linmasi bilan kelishilgan holda olib boriladi. Ushbu yo‘lovchilar havo kemasiga chiqarilishdan avval soddalashtirilgan chegara va bojxona nazoratidan (vizual tekshiruv) o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Qo‘shma naryad aeroportning yo‘lovchilar o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha zallari va binolarini begona shaxslar, buyumlar va predmetlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun ko‘zdan kechiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Tranzit yo‘lovchilar parvozni davom ettirishdan bosh tortganda, ushbu toifadagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun nazorat tartib-taomillaridan o‘tgan transfer yo‘lovchilar parvozni davom ettirmoqchi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun nazarda tutilgan tartib-taomillardan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Daryo o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. O‘zbekiston Respublikasi bandargohlariga chet eldan kelgan yoki ushbu bandargohlardan chet elga ketadigan kemalar va suzadigan vositalar nazorat tartib-taomillaridan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining chet el bandargohlariga kirmasdan suzadigan kemalarini ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror ular o‘tkazish punktiga kelgandan so‘ng chegara nazorati bo‘linmasi va bojxona organi rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekipaj a’zolari kema bortida, yo‘lovchilar esa, odatda, bandargohning maxsus ajratilgan binosida chegara va bojxona nazoratidan o‘tkaziladi hamda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Chet elga ketadigan kema va suzadigan vositani chegara va bojxona nazoratidan o‘tkazishdan avval ulardan begona shaxslar tushirib yuborilishi, ekipaj a’zolari esa kema bortida qolishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zdan kechirishni va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan avval qo‘shma naryad kema kapitanidan yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yo‘qligi xususida so‘rab, aniqlab oladi. Ko‘zdan kechiriladigan va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladigan barcha inshootlarga ko‘zdan kechirish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi bo‘lib kirishi va ulardan oxirgi bo‘lib chiqishi kerak.
(102-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Chet elga suzadigan kemalarda tashiladigan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar va tovarlar kemaga, suzadigan vositaga yuklashdan oldin yoki tushirilgandan so‘ng ko‘zdan kechiriladi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(103-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Chegara nazorati bo‘linmasi chet elga suzadigan kemalar turadigan joydagi o‘tkazish punktidagi rejimni, shuningdek, ularda vaxta xizmati olib borilishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qo‘shma naryad a’zolari ko‘zdan kechirish va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini nihoyasiga yetkazgach, chegara va bojxona naryadi boshlig‘ining ruxsati bilan kemani tark etishi mumkin.
(104-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Kemalar kapitanlari chegara va bojxona nazorati bo‘linmalarini bandargoh ma’muriyati orqali kemaning chet elga chiqishga tayyor ekanligi haqida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Kema o‘tkazish punkti prichalidan chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsati bilan jo‘naydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. O‘zbekiston Respublikasiga kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Davlat nazoratining navbatchi organlari chet elga suzadigan kemaning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelishi haqidagi axborotni bandargoh daryo flotining dispetcher xizmatidan kunlik buyurtmanoma bo‘yicha oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daryo kemasi kelishidan 30 daqiqa oldin qo‘shma naryad prichalga borib, uni va tutash hududlarni ko‘zdan kechiradi, begona shaxslarni chiqarib yuboradi va kelgan kemani kuzatishni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Qo‘shma naryad kema bortiga ko‘tariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara naryadi kema ekipaji a’zolari va yo‘lovchilarining sonini aniqlaydi, kema daftarida kema ekipaj tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuvni tekshiradi, kema kapitanidan unda Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beradigan hujjatlari bo‘lmagan va kema ekipaji a’zolari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar, shuningdek, yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yo‘qligini so‘rab aniqlaydi, so‘ngra kema jamoasi va ekipaj a’zolarining hujjatlarini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Qo‘shma naryad kema jamoasi a’zolari ishtirokida kemaning tumshuq va quyruq qismi, shkiper ustki qavati, tovarlarni ko‘zdan kechiradi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zdan kechiriladigan va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladigan barcha inshootlarga ko‘rikdan o‘tkazish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi bo‘lib kirishi va ulardan oxirgi bo‘lib chiqishi kerak.
(110-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Kema umumiy ko‘zdan kechirilgandan va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, bojxona organi ruxsati bilan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlarni tushirishga ruxsat etiladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. O‘zbekiston Respublikasi hududiga barjalar bilan kelgan va chet elga tez ketadigan teploxodlar ko‘rikdan o‘tkazilmaydi. Teploxodlar prichalda turish vaqtida kuzatuvda bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Davlat nazorati organlari kemaning chet elga ketish vaqti to‘g‘risidagi axborotni daryo floti bo‘yicha navbatchi dispetcherdan qo‘shma naryad to‘planishidan 30 daqiqa avval oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Qo‘shma naryad kema turadigan joyga kelib prichal va unga tutash joylarni ko‘zdan kechiradi, barcha begona shaxslarni chiqarib yuboradi va kema hamda atrof kuzatilishini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Chegara naryadi kema ekipaji a’zolari va yo‘lovchilarining sonini aniqlaydi, kema daftarida kema ekipaj tomonidan ko‘zdan kechirilganligi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yozuvni tekshiradi, kema kapitanidan unda Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beradigan hujjatlari bo‘lmagan va kema ekipaji a’zolari ro‘yxatiga kiritilmagan shaxslar, shuningdek, yopiq inshootlarda zaharli moddalar bor yoki yo‘qligini so‘rab aniqlaydi, so‘ngra kema jamoasi va ekipaj a’zolarining hujjatlarini tekshiradi.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Qo‘shma naryad kema jamoasi a’zolari ishtirokida kemaning tumshuq va quyruq qismi, shkiper ustki qavati, tovarlarni ko‘zdan kechiradi va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zdan kechiriladigan va (yoki) ko‘rikdan o‘tkaziladigan barcha inshootlarga ko‘rikdan o‘tkazish guruhiga hamrohlik qiladigan kema ekipaji a’zolari birinchi bo‘lib kirishi va ulardan oxirgi bo‘lib chiqishi kerak.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Kemadagi katta hajmli tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda, ular kemaga yuklanayotganda buning uchun maxsus tayinlangan bojxona xodimlari tomonidan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Kema umumiy ko‘zdan kechirilgandan va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, bojxona organi ruxsati bilan lixterlar, vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, katta hajmli va boshqa tovarlar ortishga ruxsat etiladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Kemani ko‘zdan kechirish va (yoki) ko‘rikdan o‘tkazish va qo‘shma naryad ishlari nihoyasiga yetkazilgach, chegara naryadi boshlig‘i kemaning chet elga jo‘nab ketishiga ruxsat beradi.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Chegara naryadi kemaning qirg‘oqdan chiqib, prichaldan kamida 100 metr masofagacha uzoqlashishini kuzatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. O‘tkazish punktlarida davlat nazorati organlarining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Chegara nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Chegara nazorati bo‘linmasi o‘tkazish punktida tezkor xizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularga tegishli belgilar qo‘yish va zarur bo‘lganda, ushbu hujjatlarni vaqtincha olib qo‘yish, tegishli hujjatlari bo‘lmagan shaxslarni ular Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmagunicha yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda bo‘lgan davrda hujjatlari yo‘qotgan holatlari va ularning shaxsi aniqlanguniga qadar Davlat chegarasidan o‘tkazmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida savollar berish, Davlat chegarasini buzish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq ushlab turish, ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) va boshqa shoshilinch protsessual harakatlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z ish yurituviga doir ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan takdirda, mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turish. Huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma tarzda ma’lum qilib, qirq sakkiz soatgacha yoki huquqbuzarda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, sudning ajrimi bilan o‘n sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin;
(121-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida chegara nazoratiga taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish hamda ekspert xulosalarini berish. Bunda, chegara nazorati bo‘linmalari harbiy xizmatchilari Davlat chegarasi orqali o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish hamda ekspert xulosalarini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘quv muassasasi tomonidan o‘qitiladi va tegishli sertifikatlar beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasiga kirishi taqiqlangan, Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarni o‘zi kelgan mamlakatga qaytarib yuboriladigan paytga qadar, shuningdek ma’muriy yo‘l bilan ushlab turilgan va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlangan shaxslarni maxsus jihozlangan joylarda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan, qidiruvdagi shaxslarni, tegishli davlat organlarini xabardor qilgan holda, ushlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga kirishga yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga doir vaqtincha cheklov belgilangan shaxslarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazmaslik;
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ularni prokurorning sanksiyasi bilan chegaradosh davlat chegara hokimiyatiga topshirish yoki respublika tashqarisiga chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror belgilangan tartibda qabul qilinmasa, ushbu shaxslarni topshirish yoxud chiqarib yuborish uchun zarur vaqtga ushlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, Davlat chegarasi rejimi, chegara rejimi, bo‘lish rejimi yoki o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarini, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardagi xatoliklarni aniqlash uchun ushbu shaxslarni o‘tkazish punktiga taklif qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari bo‘lmagan o‘tkazish punktlarida Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar olib o‘tadigan bosma nashr asarlari, klishelar, qo‘lyozmalar, hujjatlar, video va audioyozuvli materiallar, foto-kinomateriallar, elektron axborot manbalari, boshqa bosma va tasviriy mahsulotlarni tekshirish, zarur hollarda esa yuqorida qayd etilgan materiallarni tekshirish uchun ushlab turish hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish mumkin bo‘lmaganlarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasidan o‘tayotgan transport vositalarida chegara nazoratidan yashiringan shaxslar borligi yuzasidan asosli gumon mavjud bo‘lganda yoki bu to‘g‘risida bojxona organi chegara nazorati bo‘linmasiga xabar berganda, ushbu transport vositalarini bojxona organlari bilan birgalikda tekshirish, transport vositalarini chegara naryadlari tomonidan kuzatib borish, zarur hollarda, chegara nazoratiga oid huquqbuzarliklar yuzasidan asosli gumon mavjud bo‘lganda bojxona organlari orqali transport tashkilotlari mansabdor shaxslari va (yoki) haydovchidan bojxona ko‘rigini amalga oshirish uchun plombalangan vagonlar, avtotransport vositalari, konteynerlar, tryumlar va transport vositalarining boshqa joylarini ochishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida chegara va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun binolar va boshqa joylarni bojxona organi bilan kelishilgan holda belgilash, shuningdek, bu joylardan begona shaxslar foydalanishi va Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishining oldini olish maqsadida ularda qo‘shimcha rejim qoidalarini o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda qurol-yarog‘, jangovar texnika, maxsus texnika vositalari, xizmat itlari va jismoniy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda chet elga ketayotgan transport vositalarining o‘tkazish punktlarida to‘xtash joylari va vaqtini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlarida suzish va bo‘lishda, shuningdek, respublika bandargohlarida turishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xorijiy noharbiy kemalar ekipaj a’zolari va ulardagi boshqa shaxslarning qirg‘oqqa tushishi va bo‘lishini man etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo kemalaridan jinoyat sodir etgan va qonunchilikka binoan jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaxslarni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tushirib qoldirish va ushlab turish, dastlabki tergov organlariga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh mamlakatlar va boshqa davlatlarning chegara nazorati bo‘linmalari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara nazorati bo‘linmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Chegara nazorati bo‘linmasi o‘tkazish punktida xizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga jangovar guruhlar va jangarilarning qurolli hujumini qaytarish, o‘tkazish punktlarida qurolli va boshqa fitnalarning oldini olish, qayd etilgan jinoiy tajovuzlardan aholini, davlat va fuqarolarning shaxsiy mulkini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktida tartibsizliklar yuzaga kelishining oldini olish va o‘tkazish punktida faoliyat olib borayotgan davlat nazorat organlari xodimlari xavfsizligini ta’minlash hamda shu kabi holatlarni barataraf etishga qaratilgan dastlabki choralarni ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida shaxslar va transport vositalarining Davlat chegarasini noqonuniy usullar bilan kesib o‘tishining oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbaki, belgilangan namunada bo‘lmagan, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan hujjatlar bilan, vataniga qaytish sertifikata bilan qaytayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga kirish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini beruvchi hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarga nisbatan so‘rovni hamda tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida va ularga kirish joylarida shaxslar hamda transport vositalarining to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rish;
(122-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini, o‘tkazish punktlaridagi rejim va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan shaxslarni aniqlash va ushlab turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari bilan birgalikda Davlat chegarasi orqali kontrabanda predmetlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish taqiqlangan predmetlar olib o‘tilishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil yoki aeroportlar (aerodromlar), temir yo‘l stansiyalari, daryo bandargohlari ma’muriyatlari bilan birgalikda o‘tkazish punktlarida belgilangan rejimga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqish huquqlari cheklangan shaxslarni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlarida maxsus vakolatli davlat organlariga tabiiy muhitni ifloslanishdan himoya qilish borasida ko‘maklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara nazorati bo‘linmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Bojxona nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Bojxona organi o‘z vakolati doirasida o‘tkazish punktida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek, zarur hujjatlarni bojxona ko‘zdan kechiruvi va (yoki) bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun taqdim etishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslar, tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov o‘tkazish, axborot olish, bojxona ko‘zdan kechiruvi, bojxona ko‘rigi va shaxsiy ko‘rikni o‘tkazish, shuningdek, binolar, hududlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati uchun tovarlar va boshqa predmetlardan namuna hamda nusxalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratidan o‘tkaziladigan tovarlar turadigan hududlar va inshootlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona qonunchiligi buzilishlari haqidagi materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va boshqa qimmatliklarni ushlab turish hamda olib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratini amalga oshirish va huquqbuzarliklarni aniqlashda texnik va maxsus vositalarni, xizmat itlarini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda o‘qotar qurol, jismoniy ta’sir choralarini qo‘llash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punkti orqali olib o‘tilayotgan fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazish.
(123-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Bojxona organi o‘tkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona davlat bojxona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolar hayoti va salomatligini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar hamda transport vositalari o‘tkazish hamda bojxona chegarasini kesib o‘tishda huquq va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Sanitariya-karantin nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Sanitariya-karantin bo‘linmasi o‘tkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktik va epimedemiyaga qarshi kompleks tadbirlar, shaxslarni tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazish, epidemik ko‘rsatmalar asosida transport vositalari va tovarlarni tekshirish;
(125-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasida o‘ta xavfli va xalqaro xavf tug‘diradigan boshqa yuqumli kasalliklari bor deb gumon qilingan shaxslarni aniqlash, klinik va bakteriologik tashxis qo‘yilguniga qadar epidemiyaga qarshi birlamchi tadbirlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini kesib o‘tadigan har qanday transport vositasi haydovchisi va uning yo‘lovchilarida epidemiologik xavf darajasini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemalari komandirlari, poyezdlar brigadirlari, daryo kemalari kapitanlari, avtotransport vositalari egalaridan (haydovchilaridan) yo‘lovchilar orasida yuqumli kasalliklar va transportda o‘lgan kemiruvchilar aniqlanganligi to‘g‘risida bandargohlar, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalarining yuqori ma’muriyatlariga zudlik bilan xabar berishni talab qilish;
(125-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarda, transport vositalari, tovarlarda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar belgilari aniqlanganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining tezkor rejasiga ko‘ra profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni belgilaydi;
(125-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati boshqa organlari xodimlaridan turli nazorat bosqichlarida aniqlangan yuqumli kasalliklar alomatlari bor bemorlar to‘g‘risida zudlik bilan xabar berishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasida kasalliklar kirib kelishi va favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishining real xavfi mavjud bo‘lganda yetib kelgan har qanday transport vositasi, tovarlar va yuklar, shuningdek, xalqaro reys bilan kelgan har qanday shaxsni sanitariya (tibbiy) nazoratidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘tkazish punkti ma’muriyati, daryo kemalari kapitanlari, havo kemalari komandirlari, poyezdlar brigadirlari, avtotransport vositalari egalaridan (haydovchilaridan) yuqumli kasalliklar (bezgak (tana harorati 38°S va undan yuqori), ich ketish, qayt qilish, toshma, limfa tugunlari kattalashishi, sariq kasalligi, qon quyilishi va qon ketishi) alomatlari bo‘lgan bemorlar borligi to‘g‘risida axborot tushganda nazoratdan o‘tkaziladi. Ushbu axborot daryo kemalari kapitanlari va havo kemalari komandirlari tomonidan o‘tkazish punktiga kelishdan 30 daqiqa oldin, poyezdlar brigadirlari avtotransport vositalari egalari (haydovchilari) tomonidan o‘tkazish punktiga kelganda aloqa vositalari yordamida beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘tkazish punktidagi davlat nazorati organlari xodimlaridan transport vositalarida yuqumli kasallik alomatlari bo‘lgan bemorlar borligi to‘g‘risida axborot tushganda nazoratdan o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli kasalligi bor deb gumon qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy-sanitariya tadbirlarini (zararlangan hududlarga borish tarixini, tibbiy ko‘rikdan va har qanday laboratoriya tahlillaridan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganish) o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy tekshiruvni o‘tkazishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emlash yoki boshqa profilaktika choralari o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish, zarur bo‘lganda ularning o‘tkazilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlangan deb gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan karantin e’lon qilish, ularni tibbiy kuzatuv xonasiga joylashtirish yoki boshqa tibbiy sanitariya choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlangan shaxslarni ajratib qo‘yish choralarini ko‘rish, zarur bo‘lganda davolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlangan deb gumon qilingan yoki zararlangan shaxslarning boshqa shaxslar bilan aloqalarini kuzatish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga zararlangan deb gumon qilingan yoki zararlangan shaxslarning kirishini rad etish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlanmagan shaxslarning zararlangan hududlarga kirishini man etish, zararlangan hududlardagi shaxslarga nisbatan chiqishda skrining o‘tkazish va (yoki) ularga nisbatan cheklovlar belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilar bilan zararlangan deb gumon qilingan bagaj, konteyner, idishlar, tovarlar va pochtada quyidagi tibbiy-sanitariya choralarini o‘tkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bojxona deklaratsiyasi va yo‘nalish varaqasini tekshirish, nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ketishda yoki tranzitda kontaminatsiya yoki infeksiya manbalarini istisno qiladigan tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bagaj, yuklar, konteynerlar, tashish vositalari, tovarlar, pochta jo‘natmalari, inson jasadi va uning qoldiqlariga infeksiya va kontaminatsiya manbaini, shu jumladan, tashuvchilar va rezervuarlarni yo‘q qilish uchun ishlov berish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson jasadi va uning qoldiqlariga xavfsiz ishlov berish va transportirovka qilishni ta’minlash uchun aniq tibbiy-sanitariya choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izolyatsiyani ta’minlash va karantin joriy qilish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sharoitida zararlangan yoki zararlanganlikda gumon qilingan bagaj, tovarlar, konteynerlar, tashish vositalari, pochta jo‘natmalarini, agar ularga mavjud ishlov berish turlari va jarayonlari muvaffaqiyatsiz bo‘lsa va ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda olib chiqish rad etilganda, belgilangan tartibda olib qo‘yish va yo‘q qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara nazorati yoki bojxona organi bo‘linmalariga shaxslarni kirishini, transport vositalari, shuningdek, bagaj, tovar va pochta jo‘natmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini rad etish to‘g‘risida murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgan transport vositasida bemor borligi aniqlanganda (dastlabki ma’lumotlarsiz) bu haqida axborot yo‘qligi to‘g‘risidagi sabablarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ko‘rsatmasiga binoan epidemiologik vaziyatni aniqlash maqsadida transport vositalarini saralab, tibbiy nazoratdan o‘tkazish.
(125-bandning yigirma to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-karantin bo‘linmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositalarida epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishidan bosh tortilganda, undagi shaxslar kelgan punktda erkin muomala qilish huquqidan mahrum etiladi, ammo undan tushmasdan, yo‘lovchilarni olmasdan, yuklarni tushirmasdan va ortmasdan zudlik bilan jo‘nab ketishiga ruxsat etiladi. Bunday transport vositasi bortiga yoqilg‘i, suv va oziq-ovqat olishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar faqat o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olingan joylardan kelgan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bu yuklar qayd etilgan infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangani va ular tarqalishi mumkinligi haqida axborotga ega bo‘lsa, ular nazoratidan o‘tkazilishi mumkin.
(125-bandning o‘ttiz ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Sanitariya-karantin bo‘linmasi o‘tkazish punktida xizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tasdiqlangan maxsus dasturiga muvofiq yiliga kamida bir marta o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tish hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy bo‘limlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xodimlari bilan birgalikda kasalliklar belgilari bor bemorlarni aniqlash va epidemiyaga qarshi birlamchi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha transport vositalari ekipajlari, chegara va bojxona nazorati xodimlarini tayyorlash;
(126-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin yoki o‘ta xavfli infeksiya va transportda o‘lgan kemiruvchilar aniqlanganligi to‘g‘risida axborot olinganda zarur choralarni amalga oshirish (bemorni ajratib qo‘yish va bu haqidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan xabardor qilish sxemasi bo‘yicha yetkazish, epidemiologiya o‘chog‘ini bartaraf etishga doir tezkor tadbirlar rejasini amalga joriy etish, birlamchi dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya tadbirlarini tashkil etish);
(126-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositalarida yoki xonada o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bor deb gumon qilingan bemorlar aniqlanganda, fuqarolar huquqlarini kamsitmagan holda zudlik bilan epidemiyaga qarshi zarur tadbirlarni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-sanitariya tadbirlarini o‘tkazish sabablari va usullari, shuningdek, transport vositalari, bagajlar, konteynerlar, shu jumladan, lixterlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotnomalarni berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar (ekipaj a’zolari) talabiga muvofiq ularga va ularning bagajiga nisbatan Davlat chegarasini kesib o‘tishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarini vaqtincha ajratib qo‘yishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorlar (shifoxonaga yotqizilgunicha), u bilan muloqotda bo‘lgan, shuningdek, vaqtinchalik izolyatorda bo‘lgan shaxslarni chegara va bojxona nazoratidan o‘tkazishda epidemiyaga qarshi rejimni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin bo‘linmasi xodimlarining rahbarligida transport vositasi, yuk, bemorning shaxsiy buyumlarini, shuningdek, izolyator inshootlarini joriy dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyadan o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashish.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Fitosanitariya nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Fitosanitariya nazorati organi o‘tkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy va yuridik shaxslardan o‘simliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablari va respublika hududiga o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishi va tarqalishidan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirishni talab qilish;
(127-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotni xalqaro tashishda amaldagi qonun hujjatlari talablarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotlar namunalarini tekshiruvdan va keyinchalik laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazish uchun tanlab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaga xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan karantin ostidagi mahsulot, shuningdek, transport vositalarini zararsizlantirishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda, o‘simliklar karantini qoidalariga ko‘ra karantin cheklovlarini o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklar karantini obyektlari aniqlanganda karantin ostidagi mahsulotni ushlab turish, olib qo‘yish, zarur bo‘lganda, qaytarib yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini sohasidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan yuklar, transport vositalarini Davlat chegarasidan o‘tkazishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fitosanitariya nazorati organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Fitosanitariya nazorati organi o‘tkazish punktida xizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududini xorijiy davlatlardan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishidan himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan barcha olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning nazoratini amalga oshirish;
(128-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarda o‘simliklar karantini obyektlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning bartaraf etilishini tashkil etish;
(128-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simliklar karantini bo‘yicha barcha tadbirlarning o‘tkazilishini, zarur ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, karantin ostidagi mahsulotni tashishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan o‘simliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablariga rioya etilishi va tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish;
(128-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlar va tashkilotlarga chegarabo‘yi hududlar, chegaradosh mamlakatlarda yuzaga kelgan karantin vaziyati to‘g‘risida xabar berish, tegishli karantin tadbirlarini amalga oshirish va zarur tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasidan o‘tadigan karantin ostidagi mahsulotning fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilishini ta’minlash va vakolati doirasida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.
(128-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashish.
(128-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fitosanitariya nazorati organi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Veterinariya nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Davlat chegarasidan o‘tkaziladigan va davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar davlat veterinariya nazoratidan o‘tkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Epizootik jihatdan osoyishta bo‘lgan boshqa davlatlardan davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari hamda normalariga rioya etilgan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlar davlat veterinariya xizmati tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Davlat veterinariya xizmati o‘tkazish punktida faoliyat yuritishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy va yuridik shaxslardan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini bajarishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini, shuningdek, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan davlat veterinariya nazorati obyektlarini himoya qilish maqsadida hayvonlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlar, hayvonlar kasalliklarining tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmetlar va tovarlarni xalqaro tashishda amaldagi qonunchilik talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining veterinariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan yuklar, transport vositalarini Davlat chegarasidan o‘tkazishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmati xodimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Davlat veterinariya xizmati nazorati punkti o‘tkazish punktida xizmat faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat chegarasi orqali olib o‘tiladigan hayvonlarda yoki ular orasida yuqumli kasalliklar aniqlanganda yoki gumon qilinganda kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya preparatlari va dezinfeksiya vositalari, uskunalari va predmetlarining, shuningdek, boshqa moddiy-texnik resurslarning zarur zaxirasini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazish punktlari orqali olib o‘tiladigan va davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarning veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlardan olingan mahsulotlar va xom ashyoni, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya texnika vositalari va davlat veterinariya xizmati nazoratidagi boshqa tovarlarni mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar chegara punktlari orqali import, tranzit tashishda transport vositalariga ishlov berilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda ko‘maklashish.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat veterinariya xizmati xodimi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kirish punktida tovar va transport vositalariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat tartib-taomillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1311. Chegara o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya davlat nazorati organlarining nazorat obyektlarini respublika hududiga olib kirishda quyidagi xavflar mavjud bo‘lganda, tegishli nazorat tartib-taomillari kuchaytirilgan tarzda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini himoya qilish, hayvonlar kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining tashuvchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan predmetlar va tovarlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bor deb gumon qilingan bemorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar xavfi yuqori bo‘lganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1312. Davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillari amalga oshirish harakatlarining ketma-ketligi o‘zaro tasdiqlangan texnologik sxema asosida ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonida vakolatli davlat organlari maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1313. Chegara o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya davlat nazorati organlarining nazorat obyektlarini respublika hududiga olib kirishda nazorat tartib-taomillari kuchaytirilgan tarzda o‘tkazilishi yoki uning bekor bo‘lishi to‘g‘risidagi davlat nazorati organlarining tegishli xulosasi yoki qarori asosida xavflarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1314. O‘tkazish punkti orqali olib o‘tilayotgan barcha transport vositalari va tovarlar xavf darajasidan kelib chiqib nazorat tartib-taomillari o‘tkaziladi. Bunday nazorat tartib-taomillari o‘tkazilayotganligi haqida vakolatli shaxs yoki transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining a’zosi) xabardor etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazilgan nazorat tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarning asossiz ushlab turilishiga, shuningdek, ularga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(6-paragoaf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va o‘tkazish punktida sanitariya-karantin, fitosanitariya, veterinariya nazorati organlari nazoratiga tushadigan tovarlarni bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida bojxona organlari ushbu davlat organlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktida tirbandliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida, shaxslar va yo‘lovchilarga bojxona qonun hujjatlari talablari bo‘yicha tushuntirishlar berish va ularni tegishli yo‘laklarga yo‘naltirish uchun bojxona organi o‘tkazish punktining kirish va chiqish joylarida ham xizmat olib borishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(132-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organlari va boshqa tashkilotlar avtomobil yo‘llarida (piyodalar) joylashgan o‘tkazish punktlarida faoliyat olib borishi uchun bino va inshootlardan foydalanishi, shuningdek, tijoriy xizmatlarni tashkil etish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda, bojxona organi rahbarining ruxsati asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxslarning va transport vositalarining o‘tkazish punktlariga kirishi hamda o‘tkazish punktlaridan chiqishi, tovarlarni o‘tkazish punktlariga olib kirish va o‘tkazish punktlaridan olib chiqish, shaxslarda O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqiga doyr hujjatlar, transport vositalariga va tovarlarga nisbatan esa qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan takdirda belgilangan joylarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlarida faoliyatni amalga oshiruvchi davlat nazorati organlarining vakillarini, boshqa organlar va tashkilotlarning xodimlarini hamda ularning transport vositalarini o‘tkazish punktlari hududiga kiritish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l, avtomobil va daryo o‘tkazish punktlarida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan beriladigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviatsiya o‘tkazish punktlarida — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur ruxsatnomalar davlat nazorati organlari xodimlari uchun bepul rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat nazorati organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlarning harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘tkazish punktlarida o‘z faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash maqsadida o‘tkazish punktlariga navbatsiz kiritiladi va chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punkta hududiga qurolni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli va radioaktiv moddalarni, shuningdek odamlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa moddalarni hamda buyumlarni olib kirish (undan olib chiqish) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan mazkur tovarlarning Davlat chegarasi orqali olib o‘tilishi hollari mustasno.
(132-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-noyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — o‘ninchi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha tezkor hal etishni talab etadigan masalalar yuzasidan bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining vakolatli xodimlari jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari Davlat chegarasini avtoyo‘l, temir yo‘l, havo va daryo o‘tkazish punktlari orqali piyoda kesib o‘tayotgan shaxslarning qo‘l yuki va bagajini bojxona organlari bilan birgalikda tegishli nazorat texnik vositalarini qo‘llagan holda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Agar fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati obyektlari hisoblangan yoki tashuvchi transport vositalari va tovarlarni ko‘rikdan o‘tkazish zarur bo‘lganda, fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazorati xodimi har bir tekshiruv jarayonida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. O‘tkazish punktida fitosanitariya va veterinariya organlari xodimlarida shaxslar va yo‘lovchilar qo‘l yuki hamda bagajida nazorat ostidagi tovarlar mavjudligi to‘g‘risida asosli shubha bo‘lganda, ularni mustaqil ravishda nazoratdan o‘tkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazorati raxbarlari va xodimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat ostidagi tovarlar olib o‘tilishida tegishli nazorat tartib-taomillarini amalga oshirilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona postining ish tartibiga amal qilinishi uchun shaxsiy javobgarlikni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘tkazish punktlari orqali harakatlanyotgan avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilganligini nazorat qilishda foydalaniladigan “Yagona qayd varaqasi”ning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy shakli

Izoh. Tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirish yo‘nalishida harakatlanyotgan avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Nazorat turi

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Bajarish muddati

1-bosqich

Sanitariya-karantin nazorati

Haydovchini (zarur hollarda tovar va transport vositasini)* sanitariya nazoratidan o‘tkazish.

uch daqiqa

2-bosqich

Chegara nazorati

1. Haydovchining Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligini tekshirish.

2. Haydovchi va transport vositasini chegara nazoratidan o‘tkazish.

to‘rt daqiqa
Bojxona nazoratiga ajratilgan vaqt doirasida

3-bosqich

Bojxona nazorati

Haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan (shu jumladan, nazorat texnik vositalarini qo‘llagan holda) o‘tkazish.

o‘n besh daqiqa

4-bosqich

Fitosanitariya nazorati**

Olib o‘tilayotgan tovarlar fitosanitariya nazorati obyekti bo‘lsa, ushbu tovarni fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish.

to‘rt daqiqa

5-bosqich

Veterinariya nazorati**

Olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati obyekti bo‘lsa, ushbu tovar veterinariya nazoratidan o‘tkazish.

to‘rt daqiqa

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Epidemik ko‘rsatmalar asosida transport vositalari va tovarlar sanitariya-karantin nazoratidan o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Tovarlar va transport vositalari, agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yukli avtotransport vositalari chegara o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 22 — 30 daqiqada o‘tkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan bog‘liq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, tovarlar va transport vositalari ayrim nazorat tartib-taomillaridan (sanitariya-karantin, fitosanitariya, veterinariya nazoratlari) o‘tkazilmasa, o‘tkazish punktida tovarlar va transport vositalarini qolgan nazorat turlaridan o‘tkazish vaqti tegishli ravishda kamayadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 555-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston Respublikasidan chiqish yo‘nalishida harakatlanyotgan yukli avtotransport vositalarining nazorat tartib-taomillaridan o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Nazorat turi

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Bajarish muddati

1-bosqich

Bojxona nazorati

Haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan (shu jumladan, nazorat texnik vositalarini qo‘llagan holda) o‘tkazish.

o‘n daqiqa

2-bosqich

Fitosanitariya nazorati*

Olib o‘tilayotgan tovarlar fitosanitariya nazorati obyekti bo‘lsa, ushbu tovarni fitosanitariya nazoratidan o‘tkazish.

uch daqiqa

3-bosqich

Veterinariya nazorati*

Olib o‘tilayotgan tovar veterinariya nazorati obyekti bo‘lsa, ushbu tovarni veterinariya nazoratidan o‘tkazish.

uch daqiqa

4-bosqich

Chegara nazorati

1. Haydovchining Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beruvchi hujjatlari mavjudligini tekshirish.

2. Haydovchi va transport vositasini chegara nazoratidan o‘tkazish.

to‘rt daqiqa

Bojxona nazoratiga ajratilgan vaqt doirasida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Tovarlar va transport vositalari, agar ushbu tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ular fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan yukli avtotransport vositalari chegara o‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillaridan 14 — 20 daqiqada o‘tkaziladi. Shu jumladan, chegara nazorati bilan bog‘liq tartib-taomillar ushbu belgilangan vaqt doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, tovarlar va transport vositalari ayrim nazorat tartib-taomillaridan (fitosanitariya, veterinariya nazoratlari) o‘tkazilmasa, o‘tkazish punktida tovarlar va transport vositalarini qolgan nazorat turlaridan o‘tkazish vaqti tegishli ravishda kamayadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 555-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2019-y., 09/18/912/4030-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son; 30.09.2022-y., 09/22/555/0877-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son)