22.10.2019 yildagi O‘RQ-573-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 22.10.2019 yildagi O‘RQ-573-son
Date of entry into force
23.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-573-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyutaga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining valyutaga oid yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta kursi — chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyati;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻtishi bilan bogʻliq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan toʻlov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, joʻnatish va oʻtkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, joʻnatish va oʻtkazish, rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada boʻlish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar, sof quyma oltin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd toʻlovning qonuniy vositasi boʻlgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim boʻlgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosilaviy moliya vositalari (valyuta derivativlari) — chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha shartnomalar boʻlib, ushbu shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish muayyan muddat oʻtgach yoki chet el valyutasining miqdoriga yoxud uning kursi oʻzgarishiga qarab amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi (milliy valyuta) — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi (soʻm).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida joylashgan filiallari va vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi diplomatik, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, qarorgohlari Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridir (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi).
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq rezident tushunchasi doirasiga kirmaydigan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridir (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Valyutani tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Valyutani tartibga soluvchi davlat organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga soluvchi davlat organidir (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida amal qilinishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta birjalari faoliyatini litsenziyalaydi va tartibga soladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining limitlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umum eʼtirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq valyuta operatsiyalarining va tashqi sektorning statistikasini tayyorlaydi hamda eʼlon qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibini belgilaydi, shu jumladan valyutani nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi banklari uchun valyuta operatsiyalari hisobi va hisoboti shakllarini hamda ularni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi sektor statistikasini tuzish uchun barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilishi majburiy boʻlgan valyuta operatsiyalarining hisobi va hisoboti shakllarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi banklarining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etishga doir faoliyatini tartibga solishni va nazorat qilishni amalga oshiradi.
(7-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida valyuta operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Valyuta kursi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha operatsiyalarda valyuta kursi chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va toʻlovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojlari, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida undiriladi, bundan konsullik yigʻimlari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Rezidentlarning valyuta qimmatliklari va ulardan foydalanilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident jismoniy shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mulkida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan, oʻtkazilgan yoki joʻnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta qimmatliklariga ega boʻlishga va ulardan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosavdo tusidagi xalqaro transchegaraviy pul oʻtkazmalarini amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta qimmatliklarini qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga, oʻtkazishga va joʻnatishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga, oʻtkazishga hamda joʻnatishga haqli.
(10-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mulkida valyuta qimmatliklariga ega boʻlishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasini qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan oʻtkazishga haqli.
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish norezident majburiyatlarining quyidagilar orqali toʻliq yoki qisman bajarilishidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentning majburiyatlari boʻyicha pul mablagʻlari yoki tovar kelib tushishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentning majburiyatini bir turdagi qarshi talablarni hisobga olish yoʻli bilan tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentning tomonlar oʻrtasidagi mavjud dastlabki majburiyatini xuddi oʻsha shaxslar oʻrtasidagi boshqa predmetni yoki bajarish usulini nazarda tutuvchi oʻzga majburiyat bilan almashtirish yoʻli bilan tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta toʻlovlarini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar rezident norezidentga nisbatan talab qilish huquqidan boshqa rezident foydasiga voz kechsa, repatriatsiya qilish toʻgʻrisidagi talabning bajarilishini taʼminlashga doir tegishli majburiyat talab qilish huquqini qabul qilgan rezidentga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident (norezident) tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati norezidentning majburiyatlari yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran 180 kundan oshib ketsa, mazkur operatsiya kapital harakatining operatsiyasi sifatida baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-modda. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini taʼminlamaganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran bir yuz sakson kun oʻtganidan keyin koʻpi bilan qirq besh kunda (kichik tadbirkorlik subyektlari uchun toʻqson kunda) tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilishni taʼminlamagan rezidentlar respublika budjeti daromadiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran uch yuz oltmish kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga teng miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran uch yuz oltmish kundan besh yuz qirq besh kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 10 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha ravishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga toʻlov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran besh yuz qirq besh kun va undan ortiq muddatga kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 35 foiziga teng miqdorda qoʻshimcha ravishda jarima toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yengib boʻlmas kuch taʼsiri yuzaga kelganda aktivlarni repatriatsiya qilish muddati yengib boʻlmas kuchning taʼsir muddatiga uzaytiriladi. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri holatlari yuz berganligi ushbu hodisa oʻzida sodir boʻlgan davlatning qonunchiligiga muvofiq vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksportga oid kontraktning sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta tovoni summasi rezidentlarning hisobvaragʻiga kelib tushganda (milliy va (yoki) xorijiy valyutalarda) jarima qoʻllash maqsadida mazkur eksportga oid kontrakt boʻyicha debitor qarzdorlik summasi kelib tushgan sugʻurta tovoni summasiga kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarning repatriatsiya qilinishini taʼminlamaganlik uchun jarimalar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning texnik tavsiflariga hamda oʻziga xos xususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan importga oid kontraktlar boʻyicha yetkazib berish muddati davrida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transportda tashish yoki saqlash chogʻida taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra yaroqsiz holatga kelgan tovarlar davlat organlari tomonidan yoʻq qilinganligini yoxud musodara qilinganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida boshqaruvchi qoʻmita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar buzilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi oʻttiz olti oy ichida taʼminlangan valyuta tushumining 10 foizidan ortiq boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ushbu Qonun talablariga muvofiq repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jarima toʻqson kunlik muddat ichida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga mutanosib ravishda oʻn kunlik muddatda ixtiyoriy tarzda toʻlangan taqdirda, toʻlangan jarima summasi rezidentga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻqson kun ichida tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlar toʻliq repatriatsiya qilingan taqdirda, toʻlangan jarima qaytariladi, jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatiladi va majburiy undirish uchun koʻrilgan barcha choralar bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish undirilishi lozim boʻlgan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy ichida toʻlovlarni boʻlib-boʻlib har oyda toʻlash imkoniyati berilgan holda amalga oshiriladi.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Rezidentlarning hisobvaraqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasining banklarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi banklarida va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ulardan foydalanish maqsadlari nazarda tutilgan qarorlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasining shunday xalqaro shartnomalari mavjud boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezident yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochganidan keyin roʻyxatdan oʻtgan joydagi soliq organlarini hamda Markaziy bankni hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) toʻgʻrisida va hisobvaraqlarning rekvizitlari oʻzgarganligi haqida, shuningdek ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar toʻgʻrisida Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda har chorakda, hisobot choragi tugaganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi vakolatxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ushbu hisobvaraqlardan foydalanishga ularning xorijda boʻlishi va faoliyat koʻrsatishi davrida yoʻl qoʻyiladi. Ularning xorijda boʻlishi yoki faoliyat koʻrsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim va hisobvaraqlardagi mablagʻlarning qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklardagi oʻz hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi oʻz hisobvaraqlariga chet el valyutasini cheklovlarsiz oʻtkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Norezidentlarning hisobvaraqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi banklarida chet el valyutasida va Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida bank hisobvaraqlarini ochishga va ulardan foydalanishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Valyuta operatsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Valyuta operatsiyalarining turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta operatsiyalari ichki va xalqaro (transchegaraviy) operatsiyalarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki valyuta operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan operatsiyalardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga va kapital harakati (kapital oʻtkazmalari) operatsiyalariga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Joriy xalqaro operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy xalqaro operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi savdoni, boshqa joriy faoliyatni yuritish, shu jumladan xizmatlar koʻrsatish (ishlar bajarish) munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shu jumladan bank omonatlari, kreditlar, lizing boʻyicha foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad shaklida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni (qarzni) toʻlash davrida qarzning olingan, shartnomada koʻrsatilgan toʻlash davrlari soniga nisbati sifatida hisob-kitob qilingan qismining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi summani toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosavdo tusidagi pul oʻtkazmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nosavdo tusidagi pul oʻtkazmalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar oʻrtasida yuz million soʻm ekvivalentigacha boʻlgan miqdordagi pul oʻtkazmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, davolanish va turizm uchun haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari taʼminoti uchun haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notarial va tergov harakatlari bilan bogʻliq toʻlovlar, shuningdek ishlarni sudlarda koʻrish munosabati bilan davlat boji toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning, arbitrajning, shuningdek tergov organlarining va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablagʻlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro kongresslarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda, sport tadbirlarida va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlarda, koʻrgazmalarda va yarmarkalarda ishtirok etish uchun toʻlovlar, bundan investitsiyaga oid va moddiy xarajatlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganni dafn qilish bilan bogʻliq toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mualliflik haqini toʻlash, patent bojlarini toʻlash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari boʻyicha haq toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro notijorat tashkilotlarga badallar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joriy xalqaro operatsiyalar hamda ular bilan bogʻliq holda chet el valyutasini rezidentlar va norezidentlar tomonidan sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Kapital harakati operatsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar boʻlmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan oʻz filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mol-mulkni sotib olish va sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlardan mablagʻlarni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqni toʻliq olish yoki sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik va boshqa vakolatxonalarining ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻchmas mulk obyektlarini olish va qurish boʻyicha kapital harakati operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarni norezidentlar tomonidan sotib olish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Rezidentlar oʻrtasidagi valyuta operatsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezidentlar oʻrtasidagi valyuta operatsiyalariga quyidagilar amalga oshirilayotganda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojsiz savdo doʻkonlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro tashishlarda transport vositalarining qatnov yoʻllarida yoʻlovchilarga tovarlarni realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish chogʻidagi hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositachilar (vakillar) tomonidan norezidentlar bilan tovarlarni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, axborot va intellektual faoliyat natijalarini, ularga boʻlgan mutlaq huquqlarni berish boʻyicha shartnomalar tuzish hamda ularni bajarish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish chogʻida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) oʻrtasidagi operatsiyalar, shu jumladan komitentlarga (ishonch bildiruvchilarga) pul summalarini (boshqa mol-mulkni) qaytarishga doir operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalar asosida transport-ekspeditorlik xizmatlarini realizatsiya qilishdan ekspeditorlik kompaniyalarining hisobvaragʻiga xorijdan kelib tushayotgan chet el valyutasidagi mablagʻlarni hisob-kitob qilishni va oʻtkazishni nazarda tutuvchi operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga xizmat safarlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlash va ularning oʻrnini qoplash boʻyicha operatsiyalar, shuningdek xizmat safarlari munosabati bilan berilgan, sarflanmay qolgan boʻnakni qaytarishga doir operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalariga hisob-kitoblarni va oʻtkazmalarni bajarishni nazarda tutuvchi operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezident jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlardan boshqa rezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga nosavdo operatsiyalar boʻyicha oʻtkazmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa boʻlinmalari oʻrtasida yoʻlovchilar tashishga oid shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar oxirgi xaridor yoki sotuvchi norezident boʻlsa, vositachilar (vakillar) tomonidan majburiyatlar kliring natijalari boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan shartnomalarni tuzish va bajarish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish chogʻida vositachilar (vakillar) va komitentlar (ishonch bildiruvchilar) oʻrtasidagi operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida valyuta qimmatliklaridan foydalanish, shuningdek ularni undirish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) valyuta qimmatliklarini kiritish va qaytarish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank xizmatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning (kreditorning) kontragenti norezident boʻlgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xayriya faoliyati bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meros huquqi boʻyicha valyuta qimmatliklarini olish bilan bogʻliq operatsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rezidentlar oʻrtasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan valyuta operatsiyalari taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Norezidentlar oʻrtasidagi valyuta operatsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezidentlar joriy xalqaro operatsiyalar bilan bogʻliq oʻtkazmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi banklardagi hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi bank hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi bank hisobvaraqlariga oʻzaro amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezident jismoniy shaxslar nosavdo tusidagi oʻtkazmalarni Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlaridan boshqa norezident jismoniy shaxslar foydasiga ularning Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan hisobvaraqlariga amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlariga qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini oʻzaro amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish hamda sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi banklari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat Oʻzbekiston Respublikasi banklari hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi banklarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi banklari Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hamda xorijiy banklarda vakillik hisobvaraqlariga va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻlishga, chet el valyutasini, shu jumladan valyuta derivativlarini bevosita oʻzlari oʻrtasida, oʻz mijozlari bilan, shuningdek valyuta birjasi orqali hamda xalqaro bozorlarda sotish va sotib olish operatsiyalarini oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi banklari valyuta operatsiyalarini, basharti valyuta operatsiyalarini bajarish uchun banklar talab etadigan tegishli hujjatlar rezidentlar va norezidentlar tomonidan taqdim etilsa, amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga doir cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov balansining barqarorligiga tahdid mavjud boʻlgan hollarda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bitimining Moddalari doirasidagi majburiyatlarga rioya qilgan holda cheklovlar joriy etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank bilan kelishgan holda valyuta operatsiyalarini oʻtkazishga doir cheklovlar joriy etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklovlarning amal qilish muddati ular joriy qilingan paytdan eʼtiboran bir yildan oshishi mumkin emas. Cheklovlar belgilangan muddat oʻtgach, bekor qilingan deb hisoblanadi. Cheklovlarning amal qilishi muddatidan avval toʻliq yoki qisman bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish yuz million soʻm ekvivalentdan ortiq boʻlmagan summada amalga oshiriladi. Naqd valyutani belgilangan ekvivalentdan ortiq summada olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va chet el naqd valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi banklari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Valyuta nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani nazorat qiluvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan oʻtkaziladigan valyuta operatsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligiga taalluqli qismi boʻyicha nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishi shart.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani nazorat qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshirishga;
(24-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalari boʻyicha hisob va hisobotlarining toʻliqligi hamda toʻgʻriligini tekshirishni belgilangan tartibda amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni va axborotni soʻrab olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida talabnomalar taqdim etishga hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha rezidentlar va norezidentlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan boshqa choralarni koʻrishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani nazorat qiluvchi organlar faqat oʻtkazilayotgan valyuta operatsiyasiga bevosita taalluqli boʻlgan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani nazorat qiluvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlashi shart.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan oʻtkaziladigan valyuta operatsiyalari ustidan valyuta nazoratini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish chogʻida rezidentlar hamda norezidentlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv materiallari bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlarning harakatlari ustidan shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlar va ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrni qoplanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi rezidentlar va norezidentlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlarga soʻralayotgan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlarni va axborotni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlarga tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek ularning natijalari boʻyicha tushuntirishlar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta operatsiyalarining hisobini yuritishi va hisobotlarni tuzishi, shuningdek ularning saqlanishini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir talablarini (koʻrsatmalarini, taqdimnomalarini) bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyutani nazorat qiluvchi organlarni tekshiruvlarni amalga oshirayotgan chogʻda ularning oʻz binolariga kirishini, hujjatlaridan va avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazalaridan foydalana olishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobdorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobotlarni taqdim etish tartibi, ularning turlari, taqdim etilish shakli va muddatlari Markaziy bank tomonidan valyutani nazorat qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda ularning vakolatlari doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar chet el valyutasini sotib olish va sotish yuzasidan hisobotlar taqdim etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyuta operatsiyalarini va valyuta nazoratini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/573/3942-son; 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/00375-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)