O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”2019-yil 21-maydagi PQ-4328-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-yanvar,
24-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Ruxsatnoma berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) arizachi ruxsatnoma olish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish Jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda to‘lanadigan yig‘im summasining 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizasidan voz kechganda – yig‘im summasi qaytarilmaydi”;
b) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“38. Arizachi tomonidan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi ariza berilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirish yoki dublikat berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qilinganda yig‘im summasining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Davlat ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasini rivojlantirish jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 72-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
v) 3-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 73-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son)
b) 2-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
11-bandning birinchi xatboshisidagi “ eng kam oylik ish haqining” so‘zlari “ bazaviy hisoblash miqdorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
b) 30-bandning “b” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari pasportini rasmiylashtirish va berish uchun arizani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘im miqdorining izohi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda belgilangan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda yig‘imning 11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, yig‘imning 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘imning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarorida:
a) 1-ilovaning 10-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 11-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshisidagi “10” raqami “11,25” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “25” raqami “28,125” raqami bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 3-son, 46-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Ariza ko‘rib chiqqanlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armaning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
b) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi;
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”;
v) 47-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“YIDXP orqali murojaat qilinganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi miqdorida yig‘im undiriladi”;
g) 48-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“48. Qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnomani berish, shuningdek, ruxsatnoma va (yoki) tasdiqnoma dublikatini berish uchun yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) YIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
b) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda yig‘im summasining:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi Agentlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida” 2019-yil 7-maydagi 381-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
b) 2-ilovada:
11-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshidagi “10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomning 6-bandi “b” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
50,625 foizi — Davlat inspeksiyasining hisob raqamiga o‘tkaziladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)