Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
04.07.2026
17.04.2026
02.02.2026
19.06.2025
03.03.2025
27.09.2024
29.09.2022 01
06.09.2022
14.07.2022
21.06.2022
20.04.2022
27.12.2021
31.08.2021
04.06.2020
29.05.2020
15.01.2020
29.11.2019
11.07.2019
02.07.2019
21.03.2019
01.04.2018 01
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish / 09.19.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlar davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro yaqin idoralararo elektron hamkorlik o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n kun muddatda davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda YIDXPda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan tijorat takliflarini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha texnik shartlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda to‘lovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni ko‘llasin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddaci.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2021-y., 09/21/555/0848-son — 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) gaz tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi iste’molchilarning gaz tarmoqlariga ulanayotgan yangi va qo‘shimcha gaz iste’moli jihozlariga, shuningdek, gaz ta’minoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari o‘zgarishiga olib keladigan ulanish nuqtalari, ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgartirilayotganda tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Reglament talablari iste’molchilarning 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lgan gaz tarmoqlariga ulanishiga tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tabiiy gazni gaz ta’minoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik shartlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xo‘jaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarini gaz tarmoqlariga ulash jarayonida texnik shart ishlab chiqish talab etilmaydi hamda tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari (hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilmasdan) qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda loyiha tashkiloti tomonidan loyiha hujjatlarini hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagi hollarda texnik shartlar hamda gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib (gaz iste’moli jihozlari, gaz ta’minoti loyihasi va tabiiy gazdan foydalanish hajmlari va ulanish nuqtasini o‘zgartirmasdan) begonalashtirilganda va ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish priborini o‘rnatish, plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, hududiy gaz ta’minoti tashkiloti (keyingi o‘rinlarda HGTT deb ataladi) tomonidan elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (iste’molchi o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) faqat gaz ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) HGTT:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik shartlarni ishlab chiqadi;

loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz ta’minoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gaz ta’minoti shartnomasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gazni yetkazib berishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” DI deb ataladi) sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslarning gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi

8. Iste’molchilar gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda so‘rovnomada ulanish nazarda tutilayotgan gaz kommunikatsiyalari balansda saqlovchilarining roziligi mavjudligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)

11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)

Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yig‘imning 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;

og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.

111. Jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar to‘liq HGTTning bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;

qolgan mablag‘lar to‘liq HGTTning bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

So‘rovnomada gaz iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, HGK xodimlari obyektni joyiga chiqib o‘rganadilar yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan iste’molchining telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)

14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.

Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda HGTTga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish

16. HGTT so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan taqdim etiladigan o‘rganish xulosasiga asosan ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HGTT loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, HGTT o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va tegishli xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iste’molchining obyekti joylashgan hududda quvvati HGK tomonidan iste’molchiga tabiiy gazni yetkazib berishni ta’minlaydigan gaz taqsimoti tarmog‘ining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.

19. Gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.

So‘rovnoma gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun HGTTga avtomatik tarzda yuboriladi.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Gaz ta’minoti loyihasi HGTT tomonidan ishlab chiqilgan hollarda gaz ta’minoti loyihasini kelishish talab etilmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. HGTT so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni ichida gaz ta’minoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan gaz ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Gaz ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa sabablarga ko‘ra gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gaz ta’minoti loyihasini takroran ko‘rib chiqishda HGTT tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach HGTT tomonidan gaz ta’minoti loyihasi avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat etganda) elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar gaz ta’minoti loyihasi bo‘yicha HGTT tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda loyihalash tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik XGTT zimmasiga yuklatiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)

26. Gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar HGTT yoki tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar (tegishli litsenziyaga ega bo‘lish sharti bilan) qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini o‘tkazish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish gaz tarmoqlariga ulanish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)

31. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda HGTTga tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, HGTT tomonidan yangi abonent raqami gaz ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan aniqlashlari mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. HGTT so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tabiiy gazni hisobga olish pribori plombalangan kunning o‘zida HGTT rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini, tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning bir nusxasini elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasi va plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma kelib tushgandan so‘ng bir soat ichida bu haqida iste’molchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Iste’molchi rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasi tushgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasi Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) HGTTga yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Iste’molchi gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda gaz ta’minoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tabiiy gazni yetkazib berish HGTT tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;

qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.

38. Gaz iste’moli jihozlarni sozlash-ishga tushirish ishlari hamda ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yiliga 100 000 gacha kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun, sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar “Sanoatgeokontexnazorat” DI tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

41. Texnik shartlarni, shu jumladan, qo‘shimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, gaz ta’minoti loyihalarini kelishish va tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davlat xizmatlari markazlari, HGTT, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan iste’molchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Iste’molchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddaci.
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Iste’molchi
1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish.
1. Xohishiga ko‘ra
2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shart?arni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani HGTTga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
HGTT
1. QR-kodli texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga yoki iste’molchiga YIDXP orqali yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Texnik shartlarni, shuningdek HGTTning loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini iste’molchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Iste’molchi
Gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(texnik shartlarni olgandan so‘ng)
2-bosqich
HGTT yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyiha tashkiloti
Gaz ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda so‘rovnomani to‘ldirish.
Xohishiga ko‘ra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan so‘ng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani va gaz ta’minoti loyihasini HGTTga kelishish uchun yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
HGTT
1. Gaz ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqish.
2. Gaz ta’minoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Iste’molchi
HGTT yoki boshqa qurilish-monta? tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(loyiha kelishilgandan so‘ng)
7-bosqich
HGTT yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish va tabiiy gazni yetkazib berish
1-bosqich
Iste’molchi
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga ko‘ra
(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan so‘ng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash, gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani HGTTga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
HGTT
1. Tabiiy gazni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga yoki iste’molchiga YIDXP orqali gaz ta’minoti shartnomasi va plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki iste’molchilarga YIDXP orqali yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Iste’molchini gaz ta’minoti shartnomasi rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Iste’molchi
1. Rasmiylashtirilgan gaz ta’minoti shartnomasini tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan gaz ta’minoti shartnomasini HGTTga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
HGTT
1. Qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish.
1. Oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni
2. Qonun hujjatlarida to‘lovni oldindan amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun tabiiy gazni yetkazib berish
2. Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni
IV. Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish
1-bosqich
“Sanoatgeokontexiazorat” DI
Sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish.
Belgilangan muddatlarda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
1. gaz ta’minoti shartnomasi tuzilgan sanasi va raqami:
(ulangan bo‘lsa to‘ldiriladi)
IV. Rozilik to‘g‘risida ma’lumot:
T/r
Gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, gaz kommunikatsiyalarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda o‘z tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga iste’molchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
____________________
____________________
(sana)
(raqam)
Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Kelishilayotgan gaz ta’minoti loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Gaz ta’minoti loyihasi:
Loyihalash tashkilotining ERI
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash va gaz ta’minoti shartnomasini tuzish uchun
SO‘ROVNOMA
I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:

II. Gaz ta’minoti ulanadigan obyekt to‘g‘risida ma’lumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Xa
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yo‘q
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
muvofiq __________________________________________ manzilida
(obyektning manzili)
joylashgan obyekt bo‘yicha gaz ta’minoti loyihasi kelishildi.
Hujjatning
haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’MURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi yangi yoki amaldagi obyektlarda shartnomaviy o‘lchamlarga nisbatan issiqlik yuklamasi o‘zgarganda (ortganda yoki kamayganda) rekonstruksiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulashga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Issiqlik energiyasini issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzmasdan yetkazib berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik shartlarni ishlab chiqish (yangi obyekt qurilishida binoning arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish doirasida amalga oshiriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda issiqlik qurilmalari deb ataladi) issiqlik tarmog‘iga ulash to‘g‘risidagi dalolatnomani (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) rasmiylashtirish va tasdiqlash.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagi hollarda texnik shart, issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish hamda kelishish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib begonalashtirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda;

issiqlikdan foydalanish hajmlari o‘zgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini o‘rnatish, plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga tizim orqali faqat issiqlik ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Issiqlik ta’minoti korxonasi (keyingi o‘rinlarda issiqlik ta’minoti korxonasi deb ataladi) huzuridagi issiqlik tarmoqlariga yuridik va jismoniy shaxslarning issiqlikdan foydalanish qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini ulash xizmatlarini ko‘rsatish xizmati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyihani ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomani rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshiradi (iste’molchi manfaatdor bo‘lganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zenergoinspeksiya” deb ataladi) iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlaydi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xizmatlari markazlari, “O‘zenergoinspeksiya”, issiqlik ta’minoti korxonalari, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iste’molchilar issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, issiqlik ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar teng miqdorda O‘zenergoinspeksiya va issiqlik ta’minoti korxonasining bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar teng miqdorda O‘zenergoinspeksiya va issiqlik ta’minoti korxonasining bank hisob varaqlariga o‘tkaziladi.
(12-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada issiqlik iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, issiqlik ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan obyekt joyiga chiqib o‘rganiladi yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik ta’minoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda issiqlik ta’minoti korxonasiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti korxonasi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalar loyihalarini ham yuborishi mumkin. Bunda, issiqlik ta’minoti korxonasi o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda issiqlik ta’minoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ulanish yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyati mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarishga shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomaga issiqlik ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnoma issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni ichida issiqlik ta’minoti loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan issiqlik ta’minoti loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti korxonasi QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Issiqlik ta’minoti loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa sabablarga ko‘ra issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti loyihasini takroran ko‘rib chiqishda issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. QR-kodli xulosa tasdiqlangach Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etganda) YIDXP orqali yuboriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada loyihalashtirish tashkiloti tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar issiqlik ta’minoti korxonalari yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261. Agar issiqlik ta’minoti korxonasi belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirmasa yoxud asoslantirilgan rad javobini bermasa, xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik issiqlik ta’minoti korxonasi zimmasiga yuklatiladi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash dalolatnomasini rasmiylashtirish va tasdiqlash tartibi
(4-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari yoki iste’molchilar qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini tugatgandan so‘ng issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun YIDXPda yoki Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlaridan va iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnoma issiqlikdan foydalanish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtomatik ravishda “O‘zenergoinspeksiya”ga yuboriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. “O‘zdavenergonazorat” DI joyning o‘ziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini o‘rganadi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. “O‘zenergoinspeksiya” bildirishnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida issiqlik energiyasi iste’molchilarining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha mazkur Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shaklda iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) tuzilib, unda iste’molchi elektr qurilmalari foydalanishga tayyorligi (tayyor emasligi) to‘g‘risida yozuv qayd etiladi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalarini montaj qilishda aniqlangan kamchiliklar, texnik shartlar talablaridan chetga chiqish, shuningdek, issiqlik energiyasi qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlarning mavjud emasligi Dalolatnomani imzolashni rad etishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli Dalolatnomani imzolashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi bildirishnoma “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga YIDXP orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari mavjud qoidabuzarliklarni bartaraf etib, qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni topshirish huquqiga ega bo‘lgan muddat “O‘zenergoinspeksiya”ning qoidabuzarliklar mavjudligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan “O‘zenergoinspeksiya”ning Dalolatnomani imzolashni rad etishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan so‘ng ushbu tashkilotlar “O‘zenergoinspeksiya”ga issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini qaytadan ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylarga chiqish to‘g‘risidagi so‘rovnomani Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zenergoinspeksiya” so‘rovnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishni takroran ko‘rib chiqishda “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarni keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, Dalolatnomani imzolashda avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablarning keltirilishi bundan mustasno.
(30-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. “O‘zenergoinspeksiya” mazkur Reglamentning 29-30-bandlarida nazarda tutilgan muddat tugagandan so‘ng iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari hamda issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi va Dalolatnomani imzolashga tayyorligi to‘g‘risidagi so‘rovnomani issiqlik ta’minoti korxonasi, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlariga, shuningdek, iste’molchiga (elektron ko‘rinishda murojaat etganda) yoki Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) YIDXP orqali yuboradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Issiqlik energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish “O‘zenergoinspeksiya”ni iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida xabardor qilingandan keyin amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni issiqlik ta’minoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda issiqlik ta’minoti korxonasiga issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yangi abonent raqami issiqlik ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan aniqlashlari mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir vaqtning o‘zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq shakldagi Dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni YIDXP orqali “O‘zenergoinspeksiya”, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomani imzolanishi issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan yuqorida keltirilgan barcha tomonlar xabardor qilingan paytdan boshlab ikki kalendar kunidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma yuqorida keltirilgan tomonlarning barcha vakillari tomonidan belgilangan muddatdan kechikmasdan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Reglamentning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng Dalolatnomani qayd etilgan tomonlar imzolamasa, Dalolatnoma kelishilgan deb hisoblanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371. Dalolatnoma mazkur Reglamentning 37-bandida ko‘rsatilgan tomonlar uni imzolagach, issiqlik ta’minoti korxonasining rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
(371-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida iste’molchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Iste’molchi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik ta’minoti shartnomasi issiqlik ta’minoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Iste’molchi issiqlik ta’minoti shartnomasini tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda issiqlik ta’minoti shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Issiqlik energiyasini yetkazib berish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Texnik shartlarni, shu jumladan, qo‘shimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, issiqlik ta’minoti loyihalarini kelishish, iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilishga tayyorligini aniqlash va issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Davlat xizmatlari markazlari, issiqlik ta’minoti korxonalari, “O‘zenergoinspeksiya”, loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan iste’molchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Iste’molchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddaci.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Iste’molchi
1. Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish.
1. Xohishiga ko‘ra
2. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani issiqlik ta’minoti korxonasiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Issiqlik ta’minoti korxonasi
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod qo‘yilgan texnik shartlarni, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonasining qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini iste’molchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Iste’molchi
Issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish uchun loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(texnik shartlarni olgandan so‘ng)
2-bosqich
Loyihalash tashkilotlari
Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda so‘rovnomani to‘ldirish.
Xohishiga ko‘ra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan so‘ng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Issiqlik ta’minoti korxonasi
1. Issiqlik ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqish.
2. Issiqlik ta’minoti loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Iste’molchi
Issiqlik ta’minoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari bilan qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(loyiha kelishilgandan so‘ng)
7-bosqich
Issiqlik ta’minoti korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun dalolatnoma rasmiylashtirish
1-bosqich
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari
Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun YIDXPda so‘rovnomani to‘ldirish.
Xohishiga ko‘ra
(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari tugaganidan so‘ng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun “O‘zenergoinspeksiya”ga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
“O‘zenergoinspeksiya”
1. Joyning o‘ziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini o‘rganish, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshirish.
2. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun QR-kod qo‘yilgan dalolatnomani rasmiylashtirish.
3. QR-kod qo‘yilgan dalolatnomani Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga yuborish.
2 ish kuni mobaynida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
qo‘shimcha issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ulash
ulanish nuqtalarini o‘zgartirish
III. Avval ulanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
1. tuzilgan issiqlik ta’minoti shartnomasining raqami va sanasi:
(ulangan bo‘lsa to‘ldiriladi)
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari kelgusida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishda o‘z tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga iste’molchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Issiqlik ta’minoti loyihasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish uchun
SUROVNOMA
I. Kelishilayotgan gaz ta’minoti loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Issiqlik ta’minoti loyihasi:
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilish uchun
SUROVNOMA
I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1, F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
II. Obyekt to‘g‘risida ma’lumot:
Issiqlik tarmoqlari ekspluatatsiya qilinadigan obyekt joylashuvi (indeks, manzil, mo‘ljal):
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun
SUROVNOMA
I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs tO‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
II. Issiqlik ta’minoti ulanadigan obyekt to‘g‘risida ma’lumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Ha
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yo‘q
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlarining tomonidan, YIDXP orqali yuborgan 20___ yil “___” ______ ___-son so‘rovnoma ma’lumotlariga muvofiq tuzildi.
Iste’molchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)
______________________ (lavozimi)
_______________(F.I.O.)
yoki issiqlik qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili
_____________________ (F.I.O.)
ishtirokida mansabdor shaxs _____________________________________________________________
(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqadi va issiqlik qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
1. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan issiqlik qurilmalar:_____________________
1.2.4. Issiqlikdan foydalanish qurilmasi, issiqlik tarmog‘i, taqsimlash punkti (MTP, SHTP), texnik va mualliflik nazorati egasining “___”_____________ _____ y.dagi imzosi bilan tasdiqlangan pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng foydalanishga ruxsat beriladi:
1.2.5. Issiqlik iste’molining ichki tizimi qabul qilish dalolatnomasi bilan taqdim etiladi:
isitish, “______” _________ ____y.dagi ; IST “______” _________ ____y.dagi;
shamollatish “______” ___________ ______y.dagi;
texnologik ehtiyoj “______” _________ ____y.dagi
1.2.6. Issiqlik qurilmasi ulangan issiqli tarmog‘i tashkilotining 20__ y. “____” _____dagi ma’lumotnomasi _______________________________________________________________________
(tashkilotning nomi)
2. Issiqlik qurilmasini ko‘rib chiqishda va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi:
2.1. Issiqlik qurilmani ekspluatatsiya qilishni tashkil etish:
2.1.1. Issiqlik qurilmasi ekspluatatsiya qilish ____________________________________ _____________________________________________________________ tomonidan amalga oshiriladi.
(iste’molchi tashkilotning yoki issiqlik qurilmasi egasining n�mi (kerakligining tagiga chizing))
2.1.2. Issiqlik xo‘jaligi uchun javobgar shaxs ________________________________________________
20 ____ y. “____”_________dagi ____- son buyruq bilan tayinlangan.
20____ y. “____”________dagi qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda TEQQ va HTQ bilimlar tekshiruvidan o‘tgan, jurnaldagi _____________________ — son yozuvi.
2.1.3. Issiqlik texnik xodimlarining soni va malakasi bo‘yicha muvofiqligi _____________________________________________________________________________________
2.1.4. Issiqlik qurilmasining pasportlari___________________________________________________
2.2. Issiqlik qurilmalarining texnik holati (TEQQ va TQ ga muvofiqligi)
2.2.1. Issiqlik tarmoqlari________________________________________________________________
2.2.2. Issiqlik punktlari ________________________________________________________________
Iste’molchining M.Sh. yoki Issiqlik qurilmasining egasi (jismoniy shaxslar uchun)___________________
(F.I.O., telefon raqami
“_____”________________ 20_____ y.
________________________________ (imzo)
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 8-ILOVA
Issiqlik ta’minoti loyihasiga muvofiq hisoblangan quvvat ____ kVt.
Quyidagi bilan tasdiqlanadiki, iste’molchining issiqlikdan foydalanish qurilmasi va issiqlik tarmog‘ining issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik (bug‘) tarmog‘iga ulash qonunchilikka muvofiq bajarilgan.
Tomonlarning imzolari:
issiqlik ta’minoti korxonasidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
O‘zenergoinspeksiyadan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
Arizachidan:
________________________ (imzo)
________________________ (sana)
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’MURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda iste’molchilar deb ataladi) suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarida suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan obyektlarga.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzmasdan suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish taqiqlanadi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash jarayonini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti (keyingi o‘rinlarda SQKX tashkiloti deb ataladi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik shartlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini, shu jumladan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda texnik shartlarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va kelishadi, agar loyiha ishlab chiquvchi loyihalash tashkiloti bo‘lsa;
(5-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi (iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra);
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda texnik shartlar, suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy iste’molchilar uchun xonadonlar, shaxsiy uy-joylar, dala hovlilar, yordamchi xo‘jaliklar va shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ obyektlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi texnik shart mavjud bo‘lib begonalashtirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ulanish nuqtalari o‘zgarganda, suvdan foydalanish hajmlari o‘zgarmasdan ishlab chiqarish faoliyati turlari o‘zgarganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda, Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali faqat hisobga olish tizimini o‘rnatish, plombalash va suv ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi. Agar qurilish montaj ishlari va hisobga olish pribori o‘rnatilishi talab etilmasa, SQKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga tizim orqali faqat suv ta’minoti shartnomasi yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iste’molchilar suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olishga Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichimlik suv ta’minoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o‘lchash vositalari o‘rnatilib, ichimlik suv uy ho‘jaligigacha yetkazilgan taqdirda), iste’molchining ixtiyoriga ko‘ra SQKX bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish va suvni hisobga olish priborini plombalash amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi 496-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 09/22/496/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda so‘rovnomada ulanish nazarda tutilayotgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilarning roziligi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(9-bandning uchinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda Ijtimoiy reyestrning “kambag‘al oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga belgilangan yig‘imning 75 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat ta’minotidagi oila” yoki “kambag‘al oila” toifasidan “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga o‘tkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambag‘al oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qo‘llaniladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulashda ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yig‘im summasining 50 foizi undiriladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar to‘liq SQKX tashkilotining bank hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob varag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablag‘lar to‘liq SQKX tashkilotining bank hisob varag‘iga o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash iste’molining yuklama hajmi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, SQKX tashkiloti xodimlari obyektni joyiga chiqib o‘rganadilar yoki so‘rovnomada ko‘rsatilgan telefon raqami orqali ariza beruvchi bilan bog‘lanib, obyektning ehtiyojiga aniqlik kiritgan holda yuklama hajmini aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan u ko‘rsatilishining har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgach real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga texnik shartlarni ishlab chiqish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. SQKX tashkiloti so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan texnik shartlarni ishlab chiqadi va elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi yoxud ularni ishlab chiqishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SQKX tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalari loyihalarini ham yuborish huquqiga ega. Bunda, SQKX tashkiloti o‘zining tijorat takliflari hamda shartnomalari loyihalarida loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirishning muddatlari va xarajatlarining kalkulyatsiyasini aniq ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi texnik shartlar hamda SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalari tushganidan so‘ng real vaqt rejimida iste’molchiga beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Iste’molchining obyekti joylashgan hududda quvvati SQKX tashkiloti tomonidan iste’molchiga suvni yetkazib berish va undan oqova suvlarini qabul qilishni ta’minlaydigan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarining mavjud emasligi texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa asoslarga ko‘ra texnik shartlarni ishlab chiqishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishlab chiqilgan texnik shartlar iste’molchining aloqa qilinadigan ma’lumotlari ilova qilingan holda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zlarining tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etishi maqsadida loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlarining tanishishi uchun YIDXPda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun iste’molchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini amalga oshirishga shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Loyihalash ishlari loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi loyihalash tashkiloti nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa loyihalash tashkiloti mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomaga suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalash tashkilotidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnoma suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi SQKX tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan hollarda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. SQKX tashkiloti so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishadi va kelishish natijalari yuzasidan ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan xulosani o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi yoki rad etishning aniq asoslari va qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SQKX tashkiloti QR-kodli xulosa tasdiqlangan kuni Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali xulosani elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosani tasdiqlash SQKX tashkilotining ERIsi bilan amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasining texnik shartlar talablaridan chetga chiqishi suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa sabablarga ko‘ra suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar loyihalash tashkiloti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, qayta kelishish takroriy so‘rovnoma tushganidan so‘ng bir ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini takroran ko‘rib chiqishda SQKX tashkiloti tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. QR-kodli xulosa tasdiqlangach SQKX tomonidan avtomatik ravishda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki loyihalash tashkilotiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar SQKX tomonidan belgilangan muddatlarda xulosa rasmiylashtirilmasa yoxud asoslantirilgan rad javobi berilmasa, ijobiy xulosa tizimda avtomatik tarzda shakllanadi va tasdiqlanadi hamda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda berilgan xulosa uchun javobgarlik SQKX tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
So‘rovnomada iste’molchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun iste’molchilar SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tegishli shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilar qurilish-montaj ishlarini (tegishli litsenziyaga ega bo‘lish sharti bilan) mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida) ham amalga oshirishlari mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qurilish-montaj ishlari qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish, shuningdek, suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari bajarilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa iste’molchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, so‘rovnomada SQKX tashkiloti tomonidan tasdiqlangan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish muddati ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Iste’molchi zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va so‘rovnomaga kiritgandan so‘ng ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni SQKX tashkilotiga suvni hisobga olish priborini plombalash va suv ta’minoti shartnomasini tuzish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda SQKX tashkilotiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchilarda abonentning shaxsiy raqami shakllantirilishi talab etilsa, SQKX tashkiloti tomonidan yangi abonent raqami suv ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi. Shuningdek, iste’molchilar shakllantirilgan abonentning shaxsiy raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuridik shaxslar uchun — STIRni, jismoniy shaxslar uchun — pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlarni (pasport seriyasi va raqami), JSHSHIRni yoki kadastr raqamlaridan birini kiritish yo‘li bilan ham aniqlashlari mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. SQKX tashkiloti so‘rovnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib, tabiiy suvni hisobga olish priborini plombalash ishlarini amalga oshiradi va bu haqda ikki nusxada iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida dalolatnoma tuzadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Suvni hisobga olish pribori plombalangan kunning o‘zida SQKX tashkiloti rasmiylashtirilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani, suvni hisobga olish priborini plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboradi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Davlat xizmatlari markazi rasmiylashtirilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma va plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma kelib tushgandan real vaqt rejimida bu haqida iste’molchini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Iste’molchi rasmiylashtirilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Iste’molchi suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tasdiqlashdan bosh tortganda yoki u belgilangan muddatda yuborilmaganda, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Suvni yetkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni SQKX tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ulash hamda suv quvurlari kirish tarmoqlarini yuvish, kanalizatsiya quvurlarini ulash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Texnik shartlarni, shu jumladan, qo‘shimcha texnik shartlarni ishlab chiqish, berish, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihalarini kelishish, suvni hisobga olish priborini plombalash to‘lov undirilmagan holda amalga oshiriladi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilishi bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Davlat xizmatlari markazlari, SQKX tashkilotlari, loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan iste’molchi haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Iste’molchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I. Texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, shuningdek, tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini taqdim etish
1-bosqich
Iste’molchi
1. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish.
1. Xohishiga ko‘ra
2. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Texnik shartlarni ishlab chiqish va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborish.
2. Loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini yuborish.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
QR-kod qo‘yilgan texnik shartlarni, shuningdek, SQKX tashkilotining loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tijorat takliflari va shartnomalar loyihalarini iste’molchiga berish.
Real vaqt rejimida
II. Iste’molchilarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
1-bosqich
Iste’molchi
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ishlab chiqish uchun SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari bilan loyihalash ishlarini bajarish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(texnik shartlarni olgandan so‘ng)
2-bosqich
SQKX tashkiloti yoki boshqa loyihalash tashkilotlari
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Loyihalash tashkiloti
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXPda so‘rovnomani to‘ldirish.
Xohishiga ko‘ra
(loyihalash ishlari amalga oshirilgandan so‘ng)
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ta’minoti loyihasini ko‘rib chiqish.
2. Kelishilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi kelishilganligi haqida QR-kod qo‘yilgan xulosani Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborish.
3 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Iste’molchi
SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish.
Xohishiga ko‘ra
(loyiha kelishilgandan so‘ng)
7-bosqich
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
III. Suvni hisobga olish priborini plombalash, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish hamda suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilish
1-bosqich
Iste’molchi
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Xohishiga ko‘ra
(qurilish-montaj ishlari tugatilganidan so‘ng)
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun so‘rovnomani SQKX tashkilotiga yuborish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
SQKX tashkiloti
1. Suvni hisobga olish priborini joyning o‘ziga chiqib plombalash.
2. Davlat xizmatlari markaziga yoki iste’molchiga YIDXP orqali rasmiylashtirilgan va plombalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani yuborish.
2 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Iste’molchini suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilish.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Iste’molchi
1. Rasmiylashtirilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tasdiqlash.
2. Tasdiqlangan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani SQKX tashkilotiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan yoki iste’molchi tomonidan YIDXP orqali yuborish.
5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
SQKX tashkiloti
Suvni yetkazib berish va oqova suvlarini qabul qilishni amalga oshirish.
Iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
1. suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan sana va raqami:
(ulangan bo‘lsa to‘ldiriladi)
IV. Rozilik to‘g‘risida ma’lumot:
T/r
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — yuridik shaxslarning nomi, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlarini balansda saqlovchilar — jismoniy shaxslarning F.I.O.
Raqam
Sana
1.
Berilayotgan texnik shartlardan loyihalash va qurilish-montaj tashkilotlari kelgusida loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda o‘z tijorat takliflarini berish maqsadida tanishishi uchun texnik shartlarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilishiga iste’molchining roziligi:
roziman
rozi emasman
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_________________
_________________
(sana)
(raqam)
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Kelishilayotgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi to‘g‘risida ma’lumot:
Loyiha tashkilotining nomi:
Telefon raqami:
Davlat xizmatini ko‘rsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud bo‘lsa) JSHSHIR ma’lumotlari:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi:
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvni hisobga olish priborini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani tuzish uchun
SO‘ROVNOMA
I. (jismoniy) Iste’molchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
I. (yuridik) Iste’molchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. To‘liq nomi:
2. Telefon raqami:
3. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
II. Suvga ulanadigan obyekt to‘g‘risida ma’lumot:
1. Obyektning manzili:
2. Abonentning shaxsiy raqami shakllantirilsinmi?
Xa
(abonentning shaxsiy raqami mavjud emas)
Yo‘q
(abonentning shaxsiy raqami mavjud)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiq __________________________________________ manzilida
(obyektning manzili)
joylashgan obyekt bo‘yicha suv ta’minoti loyihasi kelishildi.
Hujjatning
haqiqiyligini tasdiqlovchi
QR-kod
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2022-y., 09/22/340/0544-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Energiya ta’minoti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 5-martdagi 52-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 21-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 2-oktabrdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 87-modda).
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ–2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 37-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 13-bandi.