29.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3198
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 29.11.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3198
Date of entry into force
01.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3198]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais B. NORQOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 24-oktabrdagi 12-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — hayvonlar, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtammlari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalar, veterinariya texnika vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
epizootiya — tegishli hududda hayvonlarning oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklari tarqalishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori xavfga ega boʻlgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — barcha turdagi tirik hayvonlar (yovvoyi hayvonlar, sirk va zoopark hayvonlari, laboratoriya hayvonlari va boshqa nomahsuldor hayvonlar bundan mustasno), termik ishlovdan oʻtmagan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta xavfga ega boʻlgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar — isteʼmol yoki qayta ishlash uchun moʻljallangan qayta ishlangan kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyo;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi davlat veterinariya inspektorlari yoki Qoʻmita tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-martdagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3198-2, 19.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3198-2/0230-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga veterinariya jihatdan yuqori yoki oʻrta xavfga ega boʻlgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirilishi maʼlum boʻlganda, xorijiy mamlakat hududidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni oliy kirishning yangi savdo yoʻnalishlari ochilganda, shuningdek xorijiy mamlakat hududidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kelishda hayvonlarning oʻta xavfli kasallik qoʻzgʻatuvchilari kirib kelishi xavfi mavjud boʻlganda yohud nosogʻlom epizootik hududda ishlab chiqarilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar olib kirilishi rejalashtirilganda, mazkur xorijiy davlat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni ushbu mamlakatlarga yuborish zarurati vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni yuborish zaruratini aniqlash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mezonlardan biri mavjud boʻlsa, xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislar ushbu mamlakatga yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kirilishi rejalashtirilgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovar yetishtirilgan yoki ishlab chiqarilgan xorijiy mamlakat hududida epizootiya tarqalganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur davlat veterinariya xizmati tomonidan maʼlum qilinganda yoki veterinariya sohasidagi xalqaro tashkilot (Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkiloti) rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning xavfini baholash natijasida mazkur tovarlarning veterinariya xavfi darajasi yuqori yoki oʻrta deb belgilanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborishni soʻrab yuridik yoki jismoniy shaxs Qoʻmitaga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (agar mavjud boʻlsa):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomalari nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish rejasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma tarzda berilgan arizaga ilovalar mavjud boʻlsa, ilovalarning har bir beti tikilgan holda birinchi beti arizachining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Arizachi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organi mazkur hududdagi epizootik vaziyatni oʻrganish yuzasidan murojaat (taklif) qilsa, uning murojaati (taklifi) mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan shaklda boʻlishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻmita ariza yoki xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organidan mazkur hududdagi epizootik vaziyatni oʻrganish yuzasidan murojaat (taklif) kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni ichida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligini mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlar asosida oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita ariza yoki murojaatni (taklif) oʻrganib chiqish jarayonida xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmita tomonidan arizani koʻrib chiqish natijasida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud deb topilganda — bu haqda arizachi bir ish kuni ichida xabardor qilinadi hamda xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish muddati kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud emas deb topilganda — arizachiga bir ish kuni ichida sabablari koʻrsatilgan holda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita tomonidan murojaatni (taklifni) koʻrib chiqish natijasida xorijiy mamlakat hududiga mutaxassislarni yuborish zarurati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud deb topilganda — xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organiga besh ish kuni ichida maʼlum qilinadi hamda xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish muddati kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud emas deb topilganda — xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organiga besh ish kuni ichida sabablari koʻrsatilgan holda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi hollarda Qoʻmita tomonidan xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachining arizasida notoʻgʻri maʼlumotlar qayd etilgan yoki toʻliq qayd etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kelinishi rejalashtirilayotgan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun cheklov (taqiq) oʻrnatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududida hayvonlarning oʻta xavfli yuqumli kasalliklari, kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʻlgan hayvonlarning yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovar olib kelinishi rejalashtirilgan xorijiy mamlakat hududida hayvonlarning yuqumli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari mavjudligi haqida aniq maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish rad etilganligi toʻgʻrisida arizachiga bir ish kuni ichida rad etish asoslarini koʻrsatgan holda maʼlum qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq tomonlarning oʻzaro kelishuviga (shartnomaga) asosan arizachi yoki murojaat (taklif) qilgan xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish Koʻmita tomonidan xorijiy mamlakatning vakolatli davlat veterinariya organi bilan kelishilgan holda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va davlat veterinariya xizmatida kamida besh yil uzluksiz ish stajiga, oliy maʼlumotga ega boʻlgan veterinariya mutaxassislari (veterinariya mutaxassisligi bilan bogʻliq boʻlmagan lavozimlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining qarori asosida xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish jarayonida mutaxassislar tomonidan quyidagi veterinariya tadbirlari amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, boshqaruv tizimi va vakolatlari, hayvonlar bosh soni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ularni isteʼmolga yaroqliligi boʻyicha xulosalar berish jarayonini tekshirish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududidagi davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish joylarida monitoring oʻtkazish va tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini saqlash tashkilotining Halqaro veterinariya kodeksi talablariga va standartlariga muvofiq tekshiruv va tahlillarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimining Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayvonlarni karantinga qoʻyish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar (kasalliklar profilaktikasi, davolash va diagnostika) va ularning samaradorligini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarda olib boriladigan nazorat va nazorat tariqasida oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari natijalari hamda ularning rasmiylashtirilgan hisobotlari mavjudligini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda veterinariya sertifikatlashtirish tizimini oʻrganish uchun davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlardan namunalarni tanlab olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Epizootik vaziyat oʻrganilgan xorijiy mamlakat hududidan qaytib kelgan kundan boshlab uch ish kuni ichida mutaxassis tomonidan hisobot tayyorlanadi va Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlardan namunalarni tanlab olish orqali laboratoriya tekshiruvlari hamda boshqa tekshiruvlar oʻtkazilgan hollarda, mazkur tekshiruvlarning natijalari chiqqan kundan boshlab uch ish kuni ichida hisobot tayyorlanishi va Qoʻmitaga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori tomonidan bir kunlik muddatda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish natijasida epizootiya aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar kirib kelish xavfi mavjud deb topilganda yoki davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimi Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiq deb topilganda — davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganish natijasida epizootik vaziyat barqaror topilganda, Oʻzbekiston Respublikasiga yuqumli kasalliklar kirib kelish xavfi yoʻqligi hamda davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni yetishtirish va ishlab chiqarish tizimi Oʻzbekiston Respublikasining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq deb topilganda — davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib kirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnoma berish.
(18-bandning uchinchi xatbshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsatnoma berish yoki olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror arizachi yoki murojaat (taklif) qilgan xorijiy mamlakatning davlat veterinariya xizmati boʻyicha vakolatli organiga uch ish kuni ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyat oʻrganilgan veterinariya nazorati ostidagi tovarlar chegara veterinariya punktlarida davlat veterinariya inspektorlari tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda nazoratdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21 — 24-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 28-apreldagi 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3198-1, 29.04.2022-y.) asosan 2022-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2022-y., 10/22/3198-1/0371-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar yetishtiriladigan va ishlab chiqariladigan xorijiy mamlakat hududidagi epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborilishi yuzasidan

ARIZA

Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida __________________ davlatiga mutaxassis ajratishingiz soʻraladi.

1.

Import qiluvchi: (yuridik manzili, STIR, tel., elektron pochta)

2.

Eksport qiluvchi: (yuridik manzili, tel., elektron pochta, veb-sayt)

3.

Tovar nomi:

4.

Tovarning TIF TN kodi:

5.

Tovar yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan davlat nomi:

6.

Tovar yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan davlatning hududi (shtat, provinsiya, xoʻjalik va h.k.) nomi:

7.

Tovarni eksport qilishdan oldin karantinga olish joyi (agarda tirik hayvon boʻlsa):

8.

Tovar ishlab chiqaruvchining xorijiy mamlakatdagi davlat veterinariya xizmati tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi reyestr raqami (goʻsht kombinatlari, sut zavodlari va h.k):

9.

Arizaga ilovalar (agar mavjud boʻlsa):

F.I.O.:

Imzo:

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-martdagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3198-2, 19.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3198-2/0230-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/3198/4095-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 29.04.2022-y., 10/22/3198-1/0371-son; 20.03.2024-y., 10/24/3198-2/0230-son)