19.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2730
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 19.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2730
Date of entry into force
23.11.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyrug‘ nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2730]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xizmat safari xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakillik xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘zda tutilmagan xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lgan xizmat safarining boshqa xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuborilganda sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xorijiy valyutada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq me’yorlar asosida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xizmat safariga yuboriladigan ayrim toifadagi shaxslarga xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar me’yorlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq belgilanadigan ustamalar to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Sutkalik xarajatlarni to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sutkalik xarajatlar xizmat safaridagi har bir kun, jumladan jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni uchun, belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jo‘nab ketish hamda qaytib kelish kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tish kuni xizmat safariga yuborilgan shaxsning pasportida O‘zbekiston Respublikasi chegara-nazorat punktlari qo‘ygan belgisi bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo transportida uchib ketilganda, agar xorijiy davlatga yetib borish sanasi xalqaro aviareysning O‘zbekiston Respublikasi aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga to‘g‘ri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan), jo‘nab ketish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo transportida uchib kelganda, agar O‘zbekiston Respublikasiga yetib kelish sanasi xalqaro aviareysning xorijiy davlatining aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga to‘g‘ri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan) qaytib kelish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xodim ikki va undan ortiq xorijiy davlatga xizmat safariga yuborilganda (jumladan tranzit holatida ham) bir xorijiy davlatdan boshqa xorijiy davlatga o‘tish kuni uchun sutkalik xarajatlar, xodim qaysi xorijiy davlatga o‘tayotgan bo‘lsa, shu xorijiy davlatning sutkalik xarajatlar me’yorlarining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizomga 1-ilovaning “Joylashgan mamlakat doirasida xizmat safariga jo‘natiladigan xorijiy muassasalar xodimlari, shuningdek xorijga ishga yuboriladigan xodimlar uchun; xorijda 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘ladigan xodimlar uchun sutkalik xarajatlar me’yorlari” grafasida belgilangan me’yorlar bo‘yicha sutkalik xarajatlar to‘lovi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining xorijdagi vakolatxonalarining xodimlari borgan mamlakatlari hududida xizmat safarida bo‘lganlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda uzluksiz 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘lganlarga nisbatan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda yuqorida ko‘rsatilgan xodimlar xizmat safari muddati davomida bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga o‘tsa, ularga sutkalik xarajatlar belgilangan qo‘shimchalarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga 1-ilovaning “O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mamlakatlarga boruvchilar uchun sutkalik xarajatlar me’yorlari” grafasida belgilangan me’yorlar bo‘yicha xorijiy valyutada to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorijga xizmat safariga boradigan xodimlar boradigan davlatlarida qabul qiluvchi tomon hisobidan bepul ovqat (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan ta’minlangan hollarda sutkalik xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxsning shaxsiy ehtiyojlarini qoplashga boshqa xarajatlar uchun sutkalik xarajatlar me’yorining 30 foizi miqdorida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qiluvchi tomon bepul ovqatlanishdan tashqari xodimning shaxsiy ehtiyojlari uchun mablag‘lar bilan ta’minlagan taqdirda jo‘natuvchi tomon sutkalik xarajatlarni (boshqa xarajatlarni) to‘lamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘quvchilar, talabalar va muddatli harbiy xizmat askarlari o‘qishga yuborilganda taklif qiluvchi tomon ularni ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan ta’minlaganda jo‘natuvchi tomon sutkalik xarajatlar me’yorining 15 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar (boshqa xarajatlar) to‘laydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qabul qiluvchi tomon ovqatlanish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun bergan mablag‘lar summasi mazkur Nizom bilan belgilangan sutkalik xarajatlar me’yoridan kam bo‘lsa, xizmat safaridan qaytib kelib bo‘nak hisoboti topshirilganida tashkilotning rahbari qarori bilan xizmat safariga borib kelgan xodimga tasdiqlovchi hujjatlar hamda mazkur Nizom 30-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq ortiqcha pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda, qabul qiluvchi tomon to‘lab bergan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi sutkalik xarajatlar me’yorlari o‘rtasidagi tafovut summasi qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlarni qoplashga mablag‘lar to‘lash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi bo‘yicha xarajatlari to‘lovining eng yuqori me’yori (sutkada ko‘rsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan eng yuqori me’yorlar va mazkur Nizomning 30-bandiga asosan ularga tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lovlar bilan, agarda ular rahbar tomonidan belgilangan bo‘lsa, ushbu xarajatlar keyinchalik tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan belgilangan me’yorlarning 100 foizi miqdorida xorijiy valyutada to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlarning yakuniy hisob-kitobi xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha, biroq qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lmagan miqdorda, agar ular mazkur Nizomning 30-bandiga muvofiq tashkilot rahbari tomonidan belgilangan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar xizmat safarining ayrim kunlari uchun ortiqcha xarajatlarni hisobga olmasdan, har bir sutka uchun to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘nak hisoblanganida yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha mablag‘lar tashkilot rahbari qarori bo‘yicha taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga yuborilgan mamlakatdagi yashash uchun maqbul mehmonxona narxlari bo‘yicha ma’lumot yoxud tasdiqlangan me’yorlar doirasida mehmonxonalar mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumot asosida ko‘zda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar mazkur maqsadlar uchun belgilangan me’yorlardan qat’i nazar, haqiqiy xarajatlar miqdorida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sutkalik xarajatlar me’yoriga ustama olish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Hukumat delegatsiyasi tarkibida ketayotgan xodimlarga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, belgilangan me’yorlardan qat’i nazar, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar bir kishilik mehmonxona xonasining qiymati bo‘yicha haqiqiy xarajatlar miqdorida to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) belgilangan me’yoridan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar xizmat safari xarajatlariga ajratiladigan bo‘nak summasiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan me’yordan ortiq bo‘lgan yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xizmat safariga yuborish bo‘yicha xarajatlar smetasining loyihasi tayyorlanayotganda xizmat safari uchun javobgar bo‘lgan tashkilot tomonidan taklif etuvchi tashkilot, chet eldagi diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasalari tomonidan taqdim etilgan xizmat safariga boriladigan mamlakatdagi mehmonxonalar narxlari bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumot asosida ko‘zda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xarajatlar smetasi loyihasini kelishayotganda taqdim etilgan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) belgilangan me’yorlardan ortiq miqdordagi mablag‘larni ko‘zda tutadi. Bunda, ushbu mablag‘larni ajratish zaruriyati bo‘yicha yakuniy qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida xizmat safarida bo‘lganda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) qo‘shimcha xarajatlar delegatsiya rahbari qarori bo‘yicha asoslangan sabablarga ko‘ra (xizmat safari muddati uzaytirilishi, aviareys ushlanib qolinishi va boshqalar) ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Asoslangan sabablar mavjud bo‘lganda (mehmonxonalar mavjud emasligi, mehmonxonada yashash narxining belgilangan me’yorlardan oshib ketishi, mehmonxona bo‘lmagan yashash joyini ijaraga olish narxining pastligi va boshqalar) xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarga yashash joyi joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan yashash joyini ijaraga olish shartnomasi asosida jismoniy shaxsda (mehmonxonada emas) yashashiga tashkilotlar rahbarlari tomonidan ruxsat berilishi mumkin (yashash joyini ijaraga beruvchi to‘lovni qabul qilganligini tasdiqlagan holda). Bunda yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar mazkur Nizomga 1-ilovaning “Xodimlarni turar joy ijarasi bo‘yicha xarajatlari to‘lovining eng yuqori me’yori (sutkada ko‘rsatilgan summagacha)” grafasida belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ovqatlanish va boshqa shaxsiy xizmatlar (mini-bar, kabel televideniyasi, kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish va boshqalar) uchun xarajatlar summasi, shu jumladan yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) to‘lov schyotlariga kiritilgan xarajatlar xizmat safariga yuborilgan shaxs tomonidan sutkalik xarajatlar hisobidan to‘lanadi va alohida qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sutkalik xarajatlarga ustamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga choyshab va kiyimlarni yuvdirish va dazmollatish bo‘yicha xarajatlar qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qabul qiluvchi tomon bepul turar joyni taqdim etganda yoki uning ijarasi uchun xarajatni qoplashga tegishli pul kompensatsiyasini to‘lagan hollarda, xizmat safariga yuborilgan shaxsga yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) mablag‘lar to‘lanishi amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar seminar, sport musobaqalari, konferensiya va boshqa tadbirlar tashkilotchilari tomonidan ushbu tadbirlar davomida amalga oshiriladigan xarajatlarning (yashash, ovqatlanish, yo‘l va boshqa xarajatlar) o‘z me’yorlari belgilangan hollarda, ushbu maqsadlar uchun mablag‘lar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq o‘rnatilgan me’yorlardan oshmagan holda tashkilotchilar belgilagan me’yorlar bo‘yicha ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Transport xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Transport (taksidan tashqari) xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar haqiqiy xarajatlar bo‘yicha ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Transport xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar tashkilotlarning xizmat safariga yuboriladigan xodimlariga quyidagicha to‘lanadi:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilot rahbarlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transportida — 1-biznes yoki iqtisodiy klass tariflari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l va suv transportida — 1-klass tarifi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safariga yuboriladigan shaxslar — tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlariga, Bosh konsullar — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbarlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transportida — biznes yoki iqtisodiy klasslar tarifi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l va suv transportida — 1-klass tarifi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa barcha xizmat safariga yuboriladigan shaxslarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transportida — iqtisodiy klass tarifi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yo‘l transportida — 2-klass tarifi bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv transportida — sayyohlik klassi tarifi bo‘yicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Poyezdlarda 2-klass vagonlari, kemalarda esa sayyohlik klassi kayutalari bo‘lmagan taqdirda xarajatlar 1-klass tarifi bo‘yicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo va Afrika mamlakatlariga temir yo‘l transportida borish qiymati barcha xodimlarga 1-klass tarifi bo‘yicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Elchisi yoki Bosh konsul — alohida xorijdagi konsullik muassasasi rahbari bilan birga oila a’zolari (er (xotin)i, shuningdek 18 yoshga to‘lmagan ikki nafargacha farzandi) ketayotganida ularga ham transport xarajatlarini qoplash uchun mablag‘lar mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xorijiy davlat hududida aeroport, vokzal yoki pristandan, agar ular aholi punktidan tashqarida yoki boshqa aholi punktida joylashgan bo‘lsa, yashash joyigacha borish va orqaga qaytish bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shimcha yo‘l xarajatlari ham qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ayrim hollarda Hukumat delegatsiyasi, hamda katta hajmdagi sport anjomlariga ega bo‘lgan sportchilar delegatsiyasiga xorijiy davlat hududida yurish uchun avtomobilni ijaraga olishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Shahar ichidagi transportdan foydalanganlik uchun xarajatlar xodimga sutkalik xarajatlar tarkibida qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safaridagi transport xarajatlari qoplanishi amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Vakillik, ko‘zda tutilmagan va xarajatlarning boshqa turlariga mablag‘ ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakillik xarajatlariga vakillarning (qatnashchilarning) rasmiy qabuli (nonushta, tushlik yoki shunga o‘xshash tadbirlar)ni o‘tkazish, ularning transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tashkilot shtatida bo‘lmagan tarjimon xizmatiga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari bo‘lganda vakillik xarajatlari davr xarajatlariga kiritiladi, ularda rasmiy qabulni o‘tkazish uchun asos, sanasi va joyi, taklif qilingan shaxslar va qatnashchilar soni, ularni transport ta’minoti, muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini ko‘rsatish, tarjimon xizmatiga haq to‘lash, vakillik xarajatlarining xorijiy valyutadagi summasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ko‘zda tutilmagan xarajatlarga reysning kechikishi yoki o‘zgarishi, delegatsiya rahbari qaroriga ko‘ra marshrutning, safar dasturining o‘zgartirilishi va boshqa fors-major holatlar bilan bog‘liq xarajatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Hukumat nomidan muzokaralar olib borish, bitimlarni imzolash maqsadida xalqaro tashkilotlarning majlislarida, syezdlarida, assambleyalarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga ketayotgan Hukumat delegatsiyalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ham mablag‘lar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rsatilgan xarajatlar 1000 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ko‘zda tutiladi va Hukumat delegatsiyasi a’zolaridan biriga hisobot topshirish sharti bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘zda tutilmagan va vakillik xarajatlari miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tashkilotlar vakillik xarajatlariga beriladigan mablag‘larni qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar. Xorijiy valyutada olingan vakillik xarajatlari summalarini milliy valyutaga qayta hisoblash mablag‘lar berilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yo‘l, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), sutkalik, vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlardan tashqari hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar ham qoplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viza olish bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik uchun;
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
borgan mamlakatida xorijiy valyutani sotib olish yoki sotish chog‘ida yig‘imlar (foizlar, komissiyalar)ni to‘lash bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 kilogrammgacha bo‘lgan yuk olib ketish uchun to‘lov (xodim borayotgan transport turida bepul yuk olib ketish me’yoridan ortiqchasiga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroport, sug‘urta (faqat borayotgan mamlakatiga kirish uchun majburiy bo‘lgan sug‘urta turlari), bojxona va vositachilik yig‘imlari (ko‘rgazmalar, taqdimotlar, konferensiyalar va gastrollar o‘tkazilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiya, sport musobaqalari qatnashchilarini ro‘yxatga olish yig‘imlari, sport anjomlarini ijaraga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pullik to‘xtash joylari xizmatlarini to‘lash, avtobenzin xarid qilish, yukni transportda jo‘natish (faqat xizmat safariga yuborilgan haydovchilar uchun) to‘lovlari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MDH mamlakatlariga boradiganlar mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan 20 foiz va undan ortiq ustamasi mavjud shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bo‘yicha “VIP” zallari orqali xizmat ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safariga jo‘natilgan shaxslarga favqulodda, qoldirib bo‘lmaydigan holatlarda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni to‘lash bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar bilan asoslangan xizmat safari bekor qilinishi, yo‘l marshruti yoki xorijiy davlatda bo‘lish muddatlari o‘zgarishi sababli yo‘l chiptalarini qaytarib berish, almashtirish yoki ulardan foydalanmaslik bilan bog‘liq jarimalar yoki qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash bo‘yicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda tegishli xizmat safari xarajatlari qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilotlarning rahbarlari mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan xizmat safari xarajatlari me’yorlariga qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash tashkilotda xorijiy valyutadagi kreditlarni (O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan hamda kafolatlanmagan) so‘ndirish majburiyatlaridan, import kontraktlari bo‘yicha (tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha) chet ellik hamkorga to‘lovlardan va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldidagi majburiyatlardan ozod bo‘lgan o‘zining valyuta mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Agarda qo‘shimcha to‘lov to‘lashni belgilagan tashkilot yuqorida keltirilgan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutani ichki valyuta bozoridan sotib olgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar me’yorlaridan ortiq qo‘shimcha to‘lovlar qoplash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlarida — ularni saqlash uchun xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tashkilotlarda — sutkalik xarajatlar va yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha) xarajatlar me’yorlaridan ortiq qo‘shimcha to‘lovlar tashkilotlarning xarajatlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yuqorida keltirilgan xarajatlardan tashqari, xizmat safariga yuborilgan shaxsga ishlab chiqarish maqsadlarida sarflangan qo‘shimcha xarajatlar qoplanishi mumkin. Ushbu xarajatlar faqat xizmat safari topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimning muzokaralarni borishi va boshqalar to‘g‘risida tashkilot rahbariyatiga axborot berish majburiyati xizmat safari reja-topshirig‘ida ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safarining xususiyati biror-bir qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlar (telefon so‘zlashuvlari, yukni olib ketish, hujjatlardan nusxa ko‘chirish va boshqalar) zaruriyatini nazarda tutganida, tashkilot rahbari tomonidan xodimni xizmat safariga yuborilishidan oldin ushbu xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Xizmat safarlarini rasmiylashtirish, bo‘nak berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Xodimni xizmat safariga yuborish uchun tashkilot rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va xizmat safari reja-topshirig‘i tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xizmat safariga yuboriladigan shaxsga xorijiy valyutada bo‘nak berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxs xizmat safarini tashkil etish bo‘yicha javobgar tashkilot xizmat safari muddatlari va delegatsiya tarkibi ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini, xarajatlar smetasi bilan birga tayyorlaydi va asoslantiruvchi hujjatlarni (xizmat safarini moliyalashtirish qismida taklif qilayotgan tomonning hujjatlar nusxasi, avia chiptalar narxi bo‘yicha asoslar, aviareyslar sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l marshruti, xizmat safariga yuboriladigan mamlakatdagi mehmonxonalarda yashash qiymati va boshqalar) ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan xizmat safariga ketayotgan delegatsiya yoki alohida shaxsning xarajatlar smetasi loyihasini ko‘rib chiqadi va zaruriyat tug‘ilganda unga o‘zgartirish kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati bilan kelishilgan xarajatlar smetasi loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritgan tashkilotga qaytarib beriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘idan naqd xorijiy valyutani olish uchun tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli banklarga quyidagi hujjatlar (yoki ulardan ko‘chirma) taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safari xarajatlarini qoplash uchun mablag‘larni berish haqida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning familiyalari, ismi-sharifining bosh harflari, xizmat safariga yuboriladigan joy va xizmat safarining muddati ko‘rsatilgan holda xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) tomonidan tasdiqlangan xorijiy valyutada olinishi lozim bo‘lgan summaning hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan xizmat safari reja-topshirig‘i;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taklif qilayotgan tomonning mazkur safarni moliyalashtirish shartlari (ular mavjud bo‘lganda) ko‘rsatilgan xatlari, fakslari va telekslarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori nusxasi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha jo‘nab ketayotgan shaxslar uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda vakolatli bank taqdim qilingan hisob-kitobni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotning shtatida bo‘lmagan xodimlar uchun tashkilotning valyuta hisobvarag‘idan mablag‘lar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (mazkur Nizomning 39-bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilotlar hisob raqamlarida mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan xorijiy valyuta bo‘lmagan taqdirda xizmat safari xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xizmat safari mablag‘lari beriladigan kundagi kursi bo‘yicha AQSH dollaridagi ekvivalenti berilishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlarda xorijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘lmagan taqdirda tashkilotlar xorijiy valyutani vakolatli banklardan yoki birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha ketayotgan tashkilotlarning xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish banklararo savdo sessiyasida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi birjadan tashqari valyuta bozorida o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xorijiy valyutani sotib oladi va xizmat safariga alohida jo‘natiladigan shaxsga, delegatsiya rahbariga (uning rasmiy vakiliga) yoki delegatsiya a’zosiga — delegatsiyaning barcha a’zolariga xizmat safari uchun mablag‘larni xorijiy valyutada ajratadi Bunda, oldin amalga oshirilgan xizmat safari bo‘yicha mazkur Nizomning 44-bandiga asosan bo‘nak hisobotni taqdim etmagan xodimlarga bo‘nakni berish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida ko‘zda tutilgan milliy valyutadagi mablag‘lar tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ajratiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalari tarkibida tashkilot o‘zining milliy valyutadagi mablag‘lari hisobidan jo‘natilayotgan shaxslarga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olishga talabnoma ular ishlaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish uchun talabnomalarga mazkur Nizomning 36-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xizmat safari xarajatlariga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qabul qiluvchi tomon O‘zbekiston Respublikasidan xizmat safariga yuboriladigan xodimga transport xarajatlari va boshqa xarajatlarni (sutkalik, yashash, viza haqini to‘lash va boshqalar) xizmat safariga yuboriladigan mamlakatga yetib kelishi bilan qoplaydigan hollarda, jo‘natuvchi tashkilot xizmat safariga ketayotgan xodimni chiptalarni sotib olish, viza haqini to‘lash va boshqalar uchun mablag‘lar bilan keyinchalik u O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelganida olingan mablag‘larni jo‘natuvchi tashkilotga qaytarib berish sharti bilan ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mablag‘lar qaysi valyutada berilgan bo‘lsa, qaytarib berilishi ham shu valyutada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Xizmat safari xarajatlariga berilgan mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risidagi bo‘nak hisoboti tashkilot buxgalteriyasiga xizmat safaridan qaytib kelingandan keyin uch ish kunidan kechiktirmay bo‘nak olingan valyutada taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safari natijalari bo‘yicha yakuniy hisob-kitob hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha, belgilangan me’yorlar va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda, bo‘nak hisobotini qabul qilish kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi kursining xorijiy valyutaga nisbatan o‘zgarishidan yuzaga keladigan kursdagi farqlar hisobda amaldagi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Hukumat delegatsiyalarning xizmat safariga mablag‘lar ajratilganida xizmat safaridan qaytib kelganidan keyin o‘n kun ichida delegatsiya rahbari (yoki hisobot beruvchi shaxs) amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob, kvitansiya, yo‘l chiptalari va boshqalar) ilova qilingan holda batafsil bo‘nak hisobotini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga topshiradi.
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘nak hisoboti o‘z vaqtida topshirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xorijiy valyutada bo‘nakni olgan xodim ishlaydigan tashkilotga bo‘nak hisobotni qisqa muddatda topshirish va ishlatilmagan xorijiy valyutadagi qoldiqni qaytarish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish zaruriyati to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bildirishnomani olgan tashkilot zaruriyat tug‘ilganda qonunchilik hujjatlari va ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq intizomiy jazo choralarni ko‘radi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bo‘nak hisoboti, shuningdek xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni o‘z muddatida topshirilishini ta’minlamagan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bo‘nak hisobotini taqdim etish va xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiqni tashkilotning mablag‘lari (budjetdan tashqari mablag‘lari) hisobidan qoplanishi uchun javobgarlik tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bo‘nak hisobotida ko‘rsatiladigan barcha xarajatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan, shuningdek delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda xizmat safari xarajatlari uchun bo‘nak AQSH dollarida berilgan bo‘lib, xarajatlar esa xizmat safariga borilgan davlatning valyutasida amalga oshirilgan bo‘lsa, xizmat safariga borilgan davlatning valyutasidagi haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar bo‘yicha bo‘nak hisoboti AQSH dollari xizmat safariga borilgan davlatning valyutasiga almashtirilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kurs bo‘yicha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Vakillik xarajatlari bo‘yicha alohida hisobot tuziladi. Vakillik xarajatlari bo‘yicha hisobotga amalga oshirilgan xarajatlar asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Delegatsiya rahbari bo‘lmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs jo‘natilganda hisobot hisobot beruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga ajratilgan mablag‘larning ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan holatlarda, amalga oshirilgan xarajatlarning ro‘yxati ko‘rsatilgan, delegatsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan va delegatsiya a’zolari tomonidan imzolanadigan dalolatnoma tuziladi. Delegatsiya rahbari bo‘lmaganda yoki xizmat safariga alohida shaxs jo‘natilganda hisobot delegatsiyaning barcha a’zolari yoki alohida shaxs tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshirilgan xizmat safari bo‘yicha bo‘nak hisoboti taqdim etilgan paytda, xizmat safari uchun bo‘nak berilganida xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lishi sharti bilan, ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan boshqa xarajatlar (mazkur Nizomning 16-bandining ikkinchi xatboshisi, 29 va 32-bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar) ham hisobot uchun qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Transport xarajatlari, yashash uchun (turar joyni ijarasi bo‘yicha), vakillik va ko‘zda tutilmagan xarajatlarga berilgan xorijiy valyuta to‘liq yoki qisman ishlatilmagan holda summa (qoldiq) bo‘nak hisoboti topshirilgan kundan ikki bank kuni ichida tashkilotning kassasiga keyinchalik vakolatli bankka topshirish uchun qaytarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida sotib olingan hollarda, tashkilot bir vaqtning o‘zida vakolatli bankka belgilangan tartibda ishlatilmagan valyuta mablag‘larini sotishga talabnoma taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olingan xorijiy valyutadagi ishlatilmagan qoldiq delegatsiya rahbari (uning rasmiy vakili) yoki delegatsiya a’zosi tomonidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Xizmat safariga borgan shaxs xizmat safari xarajatlari uchun naqd xorijiy valyutada berilgan bo‘nak bo‘yicha hujjatlar bilan tasdiqlangan ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘yganda, xizmat safariga yuborilgan shaxs oldidagi qarz summasi naqd xorijiy valyutadagi tegishli summani berish yo‘li bilan qoplanadi. Tashkilot xorijiy valyutadagi mablag‘larga ega bo‘lmasa, xizmat safariga yuborilgan shaxsning roziligi bilan uning oldidagi xorijiy valyutadagi qarzdorlik bo‘nak hisobot topshirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutadagi ekvivalentda qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat safariga jo‘natilgan shaxs oldidagi qarzdorlik summasi mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan me’yorlarni hisobga olgan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Hukumat delegatsiya tarkibida xizmat safariga jo‘natilgan shaxsda ortiqcha xarajatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida bo‘nak hisobotini qabul qilinishi va tegishli naqd xorijiy valyutadagi va milliy valyutadagi summa berilishi to‘g‘risidagi qaror delegatsiya rahbari yoki bo‘nak hisobotni topshiruvchi xodim ishlaydigan tashkilot taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning birinchi xatboshisiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bo‘lmagan holatda bo‘nak hisoboti mavjud bo‘lgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi, ortiqcha xarajatlar summasi tashkilotning mablag‘lari (budjetdan tashqari mablag‘lari) hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Xodimlarga ortiqcha xarajatlarni qoplash uchun tashkilotlar hisobvaraqlaridan mablag‘larni olish uchun tashkilotlar xizmat ko‘rsatuvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘larni berish haqida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot rahbari va (yoki) bosh buxgalter (buxgalter) tomonidan tasdiqlangan xizmat safariga jo‘natilgan shaxsning bo‘nak hisoboti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safariga jo‘natilgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisidagi xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisob-kitobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandga muvofiq hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek so‘ralgan summa mazkur Nizomning talablariga muvofiq haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga to‘g‘ri kelmagan holatda xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli bank tomonidan tashkilotlarning hisobvaraqlaridan mablag‘lar berilishi amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Sarf qilingan xarajatlarning to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligi uchun javobgarlik delegatsiya rahbariga va hisobot beruvchi shaxsga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 19-oktabr,
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi xizmat safari xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ME’YORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Mamlakat yoki hudud

Xorijiy valyuta nomi

Xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar me’yorlari

Xodimlarni turar joy ijarasi bo‘yicha xarajatlari to‘lovining eng yuqori me’yori (sutkada ko‘rsatilgan summagacha)

O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi mamlakatlarga boruvchilar uchun

joylashgan mamlakat doirasida xizmat safariga jo‘natiladigan xorijiy muassasalar xodimlari, shuningdek xorijga ishga yuboriladigan xodimlar uchun; xorijda 60 sutkadan ortiq (61-kundan boshlab) xizmat safarida bo‘lish holatlarida

1.

AVSTRALIYA

AQSH dollari

45,00

20,00

100,00

2.

AVSTRIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

3.

OZARBAYJON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

4.

ALBANIYA

AQSH dollari

42,00

20,00

120,00

5.

JAZOIR

AQSH dollari

36,00

17,00

48,00

6.

ANGOLA

AQSH dollari

38,00

17,00

100,00

7.

ANTIGUA VA BARBUDA

AQSH dollari

30,00

14,00

80,00

8.

ARGENTINA

AQSH dollari

35,00

16,00

80,00

9.

AFG‘ONISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

10.

ARMANISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

11.

BANGLADESH

AQSH dollari

25,00

11,00

80,00

12.

BAHRAYN

AQSH dollari

45,00

20,00

130,00

13.

BELARUS

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

14.

BELGIYA

yevro

40,00

18,00

125,00

15.

BOLGARIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

16.

BOLIVIYA

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

17.

BOSNIYA VA GERSEGOVINA

yevro

30,00

14,00

100,00

18.

BRAZILIYA

AQSH dollari

40,00

18,00

130,00

19.

BRUNEY

AQSH dollari

30,00

14,00

100,00

20.

BUTAN

AQSH dollari

20,00

9,00

60,00

21.

BUYUK BRITANIYA

angliya funt sterlingi

30,00

14,00

100,00

22.

VENGRIYA

yevro

30,00

14,00

100,00

23.

VENESUELA

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

24.

VYETNAM

AQSH dollari

35,00

16,00

100,00

25.

GANA

AQSH dollari

35,00

16,00

80,00

26.

GERMANIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

27.

GONKONG

AQSH dollari

35,00

16,00

130,00

28.

GRETSIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

29.

GRUZIYA

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

30.

DANIYA

krona

250,00

112,00

600,00

31.

KONGO (ZAIR) DEMOKRATIK RESPUBLIKASI

AQSH dollari

40,00

18,00

60,00

32.

MISR

AQSH dollari

30,00

14,00

120,00

33.

ISROIL

AQSH dollari

45,00

20,00

130,00

34.

HINDISTON

AQSH dollari

40,00

18,00

130,00

35.

INDONEZIYA

AQSH dollari

40,00

18,00

150,00

36.

IORDANIYA

AQSH dollari

40,00

18,00

60,00

37.

IROQ

AQSH dollari

35,00

16,00

80,00

38.

ERON

AQSH dollari

35,00

16,00

120,00

39.

IRLANDIYA

yevro

35,00

16,00

130,00

40.

ISLANDIYA

AQSH dollari

40,00

18,00

130,00

41.

ISPANIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

42.

ITALIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

43.

YAMAN RESPUBLIKASI

AQSH dollari

40,00

18,00

100,00

44.

QOZOG‘ISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

45.

KAMBODJA

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

46.

KANADA

AQSH dollari

45,00

20,00

150,00

47.

QATOR

AQSH dollari

45,00

20,00

130,00

48.

KENIYA

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

49.

KIPR

yevro

35,00

16,00

100,00

50.

XITOY XALQ RESPUBLIKASI

AQSH dollari

35,00

16,00

100,00

51.

KOLUMBIYA

AQSH dollari

35,00

16,00

80,00

52.

KONGO

AQSH dollari

35,00

16,00

90,00

53.

KOSTA-RIKA

AQSH dollari

35,00

16,00

70,00

54.

KOT d.IVUAR

AQSH dollari

35,00

16,00

74,00

55.

KUBA

AQSH dollari

30,00

14,00

70,00

56.

QUVAYT

AQSH dollari

40,00

18,00

120,00

57.

QIRG‘IZISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

58.

LAOS

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

59.

LATVIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

60.

LIVAN

AQSH dollari

30,00

14,00

75,00

61.

LIVIYA

AQSH dollari

25,00

11,00

70,00

62.

LITVA

yevro

35,00

16,00

100,00

63.

LIXTENSHTEYN

shv.franki

50,00

23,00

120,00

64.

LYUKSEMBURG

yevro

40,00

18,00

130,00

65.

MAKEDONIYA

yevro

25,00

11,00

60,00

66.

MALAYZIYA

AQSH dollari

35,00

16,00

150,00

67.

MALDIV RESPUBLIKASI

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

68.

MALTA

yevro

20,00

9,00

70,00

69.

MAROKKO

AQSH dollari

30,00

14,00

70,00

70.

MEKSIKA

AQSH dollari

35,00

16,00

100,00

71.

MOZAMBIK

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

72.

MOLDOVA

AQSH dollari

25,00

14,00

100,00

73.

MONGOLIYA

AQSH dollari

35,00

16,00

80,00

74.

MYANMA

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

75.

NEPAL

AQSH dollari

30,00

14,00

60,00

76.

NIDERLANDIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

77.

YANGI ZELANDIYA

AQSH dollari

40,00

20,00

140,00

78.

NORVEGIYA

krona

230,00

104,00

1 000,00

79.

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI

AQSH dollari

40,00

18,00

140,00

80.

UMMON

AQSH dollari

40,00

18,00

130,00

81.

POKISTON

AQSH dollari

40,00

18,00

120,00

82.

PAPUA YANGI GVINEYA

AQSH dollari

35,00

16,00

100,00

83.

PERU

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

84.

POLSHA

yevro

35,00

16,00

100,00

85.

PORTUGALIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

86.

ROSSIYA

AQSH dollari

25,00

11,00

120,00

Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari

AQSH dollari

35,00

16,00

130,00

87.

RUMINIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

88.

SAUDIYA ARABISTONI

AQSH dollari

50,00

23,00

120,00

89.

SERBIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

90.

SENEGAL

AQSH dollari

40,00

18,00

68,00

91.

SINGAPUR

AQSH dollari

45,00

20,00

182,00

92.

SURIYA

AQSH dollari

30,00

14,00

80,00

93.

SLOVAKIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

94.

SLOVENIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

95.

AQSH

AQSH dollari

45,00

20,00

150,00

96.

TAILAND

AQSH dollari

40,00

18,00

120,00

97.

TAYVAN

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

98.

TOJIKISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

99.

TUNIS

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

100.

TURKMANISTON

AQSH dollari

25,00

11,00

100,00

101.

TURKIYA

AQSH dollari

45,00

20,00

120,00

102.

UKRAINA

AQSH dollari

25,00

11,00

120,00

103.

URUGVAY

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

104.

FILIPPIN

AQSH dollari

30,00

14,00

150,00

105.

FINLYANDIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

106.

FRANSIYA

yevro

40,00

18,00

130,00

107.

XORVATIYA

yevro

30,00

14,00

100,00

108.

CHEXIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

109.

CHILI

AQSH dollari

35,00

16,00

100,00

110.

CHERNOGORIYA

yevro

25,00

11,00

100,00

111.

SHVEYSARIYA

frank

80,00

36,00

200,00

112.

SHVETSIYA

krona

230,00

104,00

1 000,00

113.

SHRI LANKA

AQSH dollari

45,00

20,00

80,00

114.

EKVADOR

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

115.

EKVATORIAL GVINEYA

AQSH dollari

32,00

14,00

50,00

116.

ESTONIYA

yevro

35,00

16,00

100,00

117.

JANUBIY KOREYA

AQSH dollari

45,00

20,00

150,00

118.

JAR

AQSH dollari

35,00

16,00

60,00

119.

YAPONIYA

AQSH dollari

100,00

45,00

210,00

120.

BOSHQA MAMLAKATLAR

AQSH dollari

25,00

11,00

65,00

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar me’yorlariga belgilanadigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAMALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xizmat safariga yuboriladigan mansabdor shaxslar toifasi

Ustama miqdori

(foizda)

1.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari

30

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi, maslahatchisi, vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari va maslahatchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokoli rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshlig‘i

25

3.

Vazir hamda maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha unga tenglashtirilgan shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalarining raislari, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi, O‘zbekiston Respublikasi vakili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokoli rahbari o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi, Komplayens xizmati boshlig‘i, Kanselyariya mudiri hamda sho‘ba mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

20

4.

Vazir o‘rinbosari hamda maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha unga tenglashtirilgan shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari va komissiyalari raisi o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori

15

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2730-1, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 46-son, 589-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 13.10.2025-y., 10/25/2730-1/0922-son)