Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
qarori
“2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 51-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3083-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 2-oktabrdagi 9-mb-sonli “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3083-5, 04.11.2019-y.) asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son) bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarining 51-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-sentabr,
8-mb-son
“2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 51-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qarorga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qaroriga 51-ilova
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3083-4/3848-son)