Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3083-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B.BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-oktabr,
9-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 2-oktabrdagi 9-mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 28-fevraldagi 1-mb-son “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3083-1, 2019-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/3083-1/2810-son);
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 29-iyuldagi 6-mb-son “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 102-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3083-2, 2019-yil 13-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/3083-2/3543-son);
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 26-avgustdagi 7-mb-son “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 73-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3083-3, 2019-yil 4-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 10/19/3083-3/3683-son);
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 19-sentabrdagi 8-mb-son “2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 51-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3083-4, 2019-yil 3-oktabr).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2019-y., 10/19/3083-5/3992-son)