21.05.2019 yildagi PF-5723-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.05.2019 yildagi PF-5723-son
Date of entry into force
21.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq to‘lash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda mehnatga haq to‘lash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirish o‘rtasidagi shartlarning bog‘liqligini bartaraf etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilsin.
(1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son — 2020-yil 1-fevraldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1,0 tarif koeffitsiyenti bo‘yicha Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi bo‘yicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan xodimlar mehnatiga haq to‘lashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qat’i nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lishi mumkin emas;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bazaviy hisoblash miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent, litsenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va ko‘krak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar, shuningdek, oziq-ovqat va yo‘lkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalar miqdorlarini aniqlashda qo‘llaniladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiya ta’minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, xodimlarning mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o‘zlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo‘shimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning barcha turlari mazkur to‘lovlarning so‘mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi (zarur hollarda ko‘p tomonga yaxlitlanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlashning boshqa tartibi o‘rnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish hamda nafaqalar, kompensatsiyalar va to‘lovlarning alohida turlari miqdorlarini mutlaq summada belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini qo‘llash hamda tashkilotlarda mehnatga soatbay haq to‘lash tizimini belgilash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar uch oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5723-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5723/3160-son, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)