30.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 30.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-2
Date of entry into force
30.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344-V-2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 24-avgustdagi 344-V-2, 24-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“uchinchi tomon — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 21-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi va “b” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“221. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalarning 22-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Bunda nobank kredit tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlari mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini koʻrsatishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) yoki mijozning biometrik maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biometrik maʼlumotlar asosida amalga oshirilganda ushbu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 33-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mijozning shaxsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda xizmat koʻrsatish, nobank kredit tashkiloti avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan yoki mijozlarning biometrik maʼlumotlari asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga nobank kredit tashkilotlari ishongan holatlar bundan mustasno;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-kichik bandda “eng kam ish haqining 10 baravari miqdoriga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-kichik bandda “eng kam ish haqining 400 baravari miqdoriga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 40-bandning “j” kichik bandida “eng kam ish haqining 10 baravari miqdoriga” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2925-2/3845-son)