23.08.2019 yildagi PQ-4424-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.08.2019 yildagi PQ-4424-son
Date of entry into force
24.08.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikada o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, undan oqilona foydalanish bo‘yicha qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, qurg‘oqchilik va cho‘llanishga hamda eroziyaga qarshi 582,6 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 507,2 ming gektardan ortiq maydonda o‘rmon barpo etildi. 1436,4 tonnadan ortiq har xil turdagi daraxt va butalar urug‘i, 108,8 mln dona nihol va ko‘chatlar tayyorlanib, 2786 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxona tashkil etildi. Madaniy holda yetishtiriladigan dorivor va ozuqabop o‘simliklar turlari 61 turga yetkazilib, 3 ming gektar maydonda dorivor o‘simliklar plantatsiyasida 4,5 ming tonnadan ortiq dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosi tayyorlanib, 2,2 ming tonnadan ortiq xom ashyo yetkazib berildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘rmon xo‘jaliklarining xo‘jalik hisobidan olingan daromadlari 2016-yilga nisbatan 3,7 barobarga oshib, 2018-yilda 133 mlrd so‘mga yetkazildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajriba va amalga oshirilgan ishlar tahlili, sohada aniqlangan yangi muammo va kamchiliklar ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga xususiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantirish, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘rmon fondi yerlarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga berishga ruxsat berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon fondi yerlarini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihalarini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga va rekonstruksiya qilishga (o‘rmondan o‘rmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun, limonariy va issiqxonalar ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish bilan bog‘liq) ruxsat berishda davlat o‘rmon xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnomalar o‘rmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan, o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzishga doir huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish hamda ularga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini (sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan ishlar bundan mustasno) o‘rmon xo‘jaligi organlari mansabdor shaxslariga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda ushbu bandga muvofiq ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan mansabdor shaxslar hamda ular tomonidan ko‘rib chiqiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning aniq ro‘yxatini belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 88-moddasiga muvofiq o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib borilishi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalardan tegishli tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan tushumlar Jamg‘arma daromadiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandga asosan jalb qilinadigan kredit mablag‘lari tegishli loyihani amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Darxon ilmiy-tajriba xo‘jaligida xususiy investorlar mablag‘larini jalb qilgan holda ekoturizm maskani, zamonaviy ko‘ngilochar, sport-sog‘lomlashtirish sharoitlariga ega dam olish maskani, o‘rmon mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash korxonasi, zamonaviy issiqxona tashkil etish orqali o‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va bajarilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi har yilgi davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari loyihalarini shakllantirishda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining takliflariga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga to‘liq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi eksportbop navlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon fondi yerlarida daraxt ko‘chatlari ekish, parvarish qilish, hosilni yig‘ib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlarining 29 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga tarkibiy bo‘linmalarni yanada takomillashtirish, shu jumladan, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ini, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegishlicha Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisoblanadi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandga muvofiq xodimlarning lavozim maoshini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan hamda qolgan 50 foizi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablariga muvofiq 2020-yildan boshlab har yili tegishli mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga yosh, malakali kadrlarni jalb etish, ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasalarining o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan paytda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarning to‘lov-kontrakt pullarini keyinchalik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududidan 2 gektar yer uchastkasi ajratish va unda ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, Chimkent yo‘li ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Ijtimoiy iqtisodiyot kollejining foydalanmasdan turgan bino va inshootlarini operativ boshqarish huquqi bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ayrim qarorlariga 2020-yil 1-yanvardan 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4424-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4850-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning 2020-yil 1-yanvardan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-bandning “a” — “d” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“STRUKTURA

Komiteta Respubliki Karakalpakstan po lesnomu xozyaystvu
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 15 yedinits”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 3a-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tipovaya struktura
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
upravleniy lesnogo xozyaystva oblastey*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 12 yedinits.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Za isklyucheniyem Andijanskoy, Sirdarinskoy i Xorezmskoy oblastey”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 4-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“STRUKTURA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Upravleniya natsionalnix prirodnix parkov i oxotnichix xozyaystv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 16 yedinits”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 5-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“TIPOVAYA STRUKTURA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gosudarstvennix lesnix xozyaystv Gosudarstvennogo komiteta Respublika Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Primechaniye:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isxodya iz ploshadi lesnogo xozyaystva, obyema raboti, predelnaya obshaya chislennost rabotnikov — ot 47 do 625 yedinitsi, iz nix finansiruyemie za schet Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan — ot 40 do 606 yedinits.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Finansiruyutya za schet vnebudjetnix sredstv (krome Burchmullinskogo i Axangaranskix lesnix xozyaystv).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Osushestvlyayet rabotu s mestnimi pravooxranitelnimi organami po obespecheniyu zakonnosti, resheniyu voprosov, svyazannix s granitsoy na territorii lesxozov.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Osushestvlyayet vzaimodeystviye s silovimi strukturami, a takje organizatsiyu rejimno-oxrannix meropriyatiy na territorii lesxoza.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Osushestvlyayet rabotu po borbe s nezakonnoy rubkoy derevyev, kustarnikov i drugix nezakonnix narusheniy lesnogo zakonodatelstva, soblyudeniya norm i ob’yomov polzovaniya lesami”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 33-band qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“33. O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan yetishtirilgan ko‘chat va nihollar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘rmon fondi yer uchastkalarini olib qo‘yish, haq to‘lab olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari cheklanishi yoxud o‘rmon fondi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ular ko‘rgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga o‘tkaziladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha mablag‘lar yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga o‘tkaziladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Davergeodezkadastr qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha mablag‘larning o‘z vaqtida tushishini va hisobga olinishini, obyektlar rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi va qurilishini hamda ishlar belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davergeodezkadastr qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari o‘zining maxsus hisob raqamlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha tushgan summalar doirasida ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘qqizinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n uchinchi va o‘n beshinchi xatboshilardan “va o‘rmon xo‘jaligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
241-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“241. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash hisobiga tushgan mablag‘larning 10 foizi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash uchun tegishli tartibda taqsimlanadi:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi tahrirdagi 242-band qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“242. O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi. Ulardan quyidagi maqsadlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oqbo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek, o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tog‘ yonbag‘irlarida supa olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanishi darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon tuzish, o‘rmon kadastri, o‘rmonzorlar monitoringi bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha qarzlarni undirish uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud xarajatlarini to‘lash uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-bandning birinchi xatboshidagi “va o‘rmon” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga 4-ilovaning 5-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha mablag‘larning 100 foizi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmonni, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini, shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarini rivojlantirish jamg‘armalarining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu undirilgan mablag‘larning 50 foizi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga yo‘naltiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitda tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yish, yig‘ishga ruxsatnoma olish uchun arizalar ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnomalar berilganligi hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalar uchun undiriladigan tushumning 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘larning 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘rmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini o‘tlatish, o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish, o‘rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, o‘rmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish, davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanganlik uchun to‘lovlarning (o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshirishda daraxtlar va butalar kesilganligi, shuningdek, o‘simlik qoplamasi shikastlanganligi uchun) 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmon xo‘jaliklari, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini rivojlantirish jamg‘armalariga tushgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar (ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) o‘rmon fondi yerlarida sog‘lomlashtirish, parvarish qilish uchun kesish natijasida olingan yog‘och va shox-shabbalarni sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) o‘rmon fondi yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) o‘rmon fondi yerlari davlat va jamoat manfaatlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan undiriladigan o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishning nobudgarchiligi summasining 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun tushadigan mablag‘laring 100 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar, belgilangan tartibda tashkil etilgan tashkilotlarning ustav fondidagi ulushlar (aksiyalar) bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik banddan “davlat qo‘riqxonalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik bandning uchinchi xatboshidagi “o‘rmon muhofazasi va inspeksiyasi avtomobillariga” so‘zlari “tizimdagi avtomobillarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) tabiiy pitomniklar, shu jumladan, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ularning rejimiga muvofiq pitomniklar va serpentariylar barpo etish;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“i” kichik banddagi “va” degan so‘z “, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“m” kichik banddagi “o‘rmon” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, tizimdagi respublika tashkilotlari, o‘rmon” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi “u — s” kichik bandlar qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“u) yil yakuni bo‘yicha hamda umumxalq bayram kunlari uchun mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) o‘rmonlarni ko‘paytirish, qo‘riqlash, muhofaza qilish, foydalanish va o‘rmonlarga bo‘lgan mehr-oqibatni uyg‘otishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan reklama roliklari, multfilm, kino, hujjatli film, teatr-konsert dasturlarini ishlab chiqish, namoyish etish va tarqatish xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
x) o‘rmonni targ‘ib qiluvchi har hil bukletlar, pochta markalari, ko‘krak belgilari va boshqa esdalik sovg‘alari ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) tizim xodimlarining xalqaro konferensiya va seminarlar, kadrlar tayyorlash amaliyoti mashg‘ulotlarida qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash”.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning birinchi xatboshidagi “tizimlarida” degan so‘z “hamda iqtisod, hisobchi, huquq va ta’lim sohalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Ish ko‘rsatkichlarining bajarilishiga qarab iqtisodiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda oy, chorak va yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining besh barobarigacha miqdorida mukofotlar beriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, Yangi yil va hayit bayramlari, 8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni, Xalqaro o‘rmonchilar kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyundagi 422-son “Sug‘oriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisi “shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun buyurtma summasining 2,5 foizi miqdorida mablag‘lar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, ushbu Tartib va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlariga budjet mablag‘lari hisobiga lavozim maoshlari hamda quyidagi qo‘shimchalar to‘lanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni, shu jumladan, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — 3 yilgacha — 5 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 — 5 yilgacha — 10 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 — 8 yilgacha — 15 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8 — 10 yilgacha — 20 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 — 15 yilgacha — 25 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 — 20 yilgacha — 30 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 — 25 yilgacha — 35 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 yildan ortiq — 40 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xodimlar va inspektorlar tarkibiga xizmat vazifalariga ko‘ra doimiy yashash joyidan boshqa joyda bo‘lganligi uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha haq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xodimlarning baland tog‘li sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1500 dan 1700 metrgacha — 1,1;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1701 dan 2000 metrgacha — 1,15;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000 dan 3000 metrgacha — 1,3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3001 metrdan yuqori — 1,4;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transportiga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35 foizigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70 foizigacha miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tegishli moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida xodimlarga, kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda faoliyat natijalariga hamda ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha hamda mukofot pullari belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) avtomobil transporti haydovchilarining tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyent hamda malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi bo‘yicha haydovchi bazaviy tarif stavkasining — 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari tashkilotlarining tegishli budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha shtat birliklari, shu jumladan, budjet mablag‘lari hisobiga saqlash ko‘zda tutilmagan shtat birliklarini saqlash, rahbar va xodimlarga quyidagi qo‘shimchalar to‘lash mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashkilotning faoliyat natijalariga hamda ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab milliy bog‘, qo‘riqxona va o‘rmon xo‘jaliklari rahbariyati kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda xodimlarga oy va chorak yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, Yangi yil va hayit bayramlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib bo‘lgan taqdirda — xodimga, shuningdek, xodim o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirishda va xizmatning boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok bo‘lgan hollarda uning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq yillik o‘rtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va moddiy yordam belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) zarur hollarda ish haqi fondi doirasida (kam ta’minlangan oilalarga, xodimning davolanishi uchun, to‘y, ma’raka, navbatdagi ta’tilga chiqishda va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli to‘lanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xodimlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda pul mablag‘i to‘lanadi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son; 07.10.2020-y., 07/20/4850/1358-son; 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son)