Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son, “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son farmonlari va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri birinchi oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-iyun,
498-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshidagi va “g” kichik bandining birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Nizomda:
1-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2-bandning oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn yettinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y.,7-son, 39-modda):
a) 2-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovadagi 22-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi boʻyicha Qurilish vazirligi”;
v) 23-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2000-y., 12-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida yer monitoringi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandi birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2005-y., 11-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5 va 9-bandlardagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Qurilish vazirligi” va “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandning uchinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 20-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastri yurituvchi Qurilish vazirligi vakolatli tashkilotlarining va hududiy qurilish bosh boshqarmalari vakolatli boʻlinmalarining rahbarlari javob beradilar.”;
z) ilovadagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 53 — 59-pozitsiyalari “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarida:
a) 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Obodonlashtirish boʻyicha loyihalash hujjatlari tuman (shahar)larning qurilish boʻlimlari tomonidan (keyingi oʻrinlarda qurilish boʻyicha hududiy organlar deb ataladi) yoki loyihalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan, shahar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqiladi.
Obodonlashtirish boʻyicha loyihalash hujjatlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish bosh boshqarmalarining shaharsozlik kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.”.
b) 11-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shaharlar va tumanlarning qurilish boʻlimi boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining bosh arxitektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining vakolatli vakillari hisoblanadilar, ular:”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura va shaharsozlik kengashiga hududlarni obodonlashtirish loyihalarini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash uchun kiritadilar”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining belgilangan tartibda tasdiqlangan aholi punktlarining bosh rejalarini, mukammal rejalashtirish loyihalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida chora-tadbirlar koʻradilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y, 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar Roʻyxati”dagi “Masʼullar” ustunining 37-pozitsiyasidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Respublika loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 23-martdagi 50-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2010-y., 12-son, 85-modda) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish boʻyicha tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomning 14-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasida” soʻzlari “Qurilish vazirligida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi arxitektura va” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 4-ilovasida:
“arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2011-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son)
22. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 269-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2012-y., 9-son, 67-modda) 3-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son)
24. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2013-y., 26-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan 2013 ― 2022-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining kredit liniyasi hisobiga tajriba tariqasida tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish uchun tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 19-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 09/23/578/0811-son)
26. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 6-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Shaharsozlik hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalaridan tashqari, shuningdek muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (keyingi oʻrinlarda Qurilish vazirligi deb ataladi) tomonidan taʼminlanadi”;
ikkinchi xatboshidagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
v) 8-bandning birinchi xatboshidagi, 10-bandi, 18 va 19-bandlardagi, 21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 24-bandning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
g) 1-ilovadagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovadagi izohlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izohlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridan joylashtirishning Bosh sxemasini loyihalashga, Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rejalashtirish sxemasiga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish vazirining oʻrinbosari kelishadi, Qurilish vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari kelishadi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish sxemasini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarining va viloyat hokimi oʻrinbosarining kotibiyat mudiri vizalaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyat hokimining oʻrinbosari kelishadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimi tasdiqlaydi, Qurilish vaziri kelishadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishning tarmoq sxemalarini loyihalashga hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalariga buyurtmachi tomonidan topshiriqni vazirlik va idora boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, vazirlik va idora rahbarining oʻrinbosari kelishadi, vazirlik va idora rahbari tasdiqlaydi hamda Qurilish vaziri kelishadi.
4. Umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari hujjatlarini loyihalashga buyurtmachi tomonidan topshiriqni Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi vizalaydi, Qurilish vazirining oʻrinbosari kelishadi, Qurilish vaziri tasdiqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri kelishadi.”.
28. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 24-bandi ikkinchi xatboshidagi “arxitektura va qurilish hududiy organlari” soʻzlari “hududiy qurilish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
30. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 1-ilovaning 12-bandi birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 2-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
2-bandning oʻninchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning “g” kichik bandi oʻchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
81-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovada:
2-bandning beshinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
34-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 7-ilovada:
2-bandning oʻn oltinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandning sakkizinchi xatboshidagi “davlat arxitektura-qurilish nazoratining” soʻzlari “qurilish sohasida hududiy nazoratining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga ichimlik suv taʼminotini va oqova suv xizmatini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2015-y., 2-son, 6-modda):
a) 5 va 9-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
5-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pudrat tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida tanlab olingan qurilish tashkiloti;”
10-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari” va “Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-banddagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomning “Aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish sxemasi”dagi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-noyabrdagi 343-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2015-y., 47-son, 599-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston bunyodkori” nashriyot uyini tashkil qilish va “Oʻzbekiston bunyodkori” gazetasini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-iyundagi 197-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016 y, 20-iyun, 24-son, 285-modda):
a) 7-banddagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
“Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-iyuldagi 237-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2016-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Savdo va xavfsizlik tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish boʻyicha maxsus komissiya tarkibiga 3-ilovaning oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
|
“Xolmatov B.Z. |
― |
Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi”. |
35. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatining 35-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)
37. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 22-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 15-son, 255-modda) 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi va 7-bandidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024 yil 1 sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
40. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 26-apreldagi 243-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 4-son, 53-modda):
a) ilovaning 7-bandida:
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligining, Toshkent shahar va viloyatlar qurilish bosh boshqarmalari;
qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari”;
b) 13-bandning uchinchi xatboshidagi “arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari” soʻzlari “qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining” soʻzlari “Qurilish vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 29-banddagi oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi tegishli ravishda oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 32-banddagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan, shuningdek” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-maydagi 299-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y, 29-may, 21-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari uchun xizmat uy-joylarini qurish, taqsimlash, foydalanish, saqlash va taʼmirlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-band va 9-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovada tasdiqlangan sxemaning I-bosqich pozitsiyasidagi “Tadbirlar” ustunining 4-banddagi “Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son)
44. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi 468-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 27-son, 624-modda) 2-ilovaning 27-bandidagi, 28-bandning uchinchi xatboshidagi, 29-bandning birinchi xatboshidagi, 30-banddagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi hamda 32-banddagi “arxitektura va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
45. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT 2017-y., 10-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga koʻra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va uning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda nazorat boʻyicha vakolatli davlat organi deb ataladi) mansabdor shaxslari — inspektorlarining belgilangan muddatlar bajarilishi shart boʻlgan yozma talablari. Koʻrsatmalar shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashni nazarda tutmaydi. Koʻrsatma tekshiruvni amalga oshirgan organ mansabdor shaxsi tomonidan beriladi va imzolanadi”;
b) II-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 29 va 35-bandlardagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga” soʻzlari “Qurilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqarishning chet el tajribasini oʻrganish va ularning yangi usullarini hamda ilgʻor qurilish texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 412-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 23-avgustdagi 329-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 5-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning V bobi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-yil 26-avgust, 34-son, 455-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 4-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/541/1260-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; 07.09.2020-y., 09/20/541/1260-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/579/0886-son; 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 31.10.2023-y., 09/23/578/0811-son; 25.11.2023-y., 09/23/619/0893-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)