Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Standartlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 3-son, 4-modda) qisman oʻzgartirish kiritgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin:
(1-band “b” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
“Oʻzdavstandart” markazi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunlar buzilganligi uchun jarimalar undirish va koʻrsatiladigan xizmatlarga sarflanadigan mablagʻlarni hisobga olgan holda ularni davlat nazorati organlari oʻrtasida taqsimlash prinsiplari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin.
Belgilab qoʻyilsinki, nashr etilgan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulotlar va xizmatlar Davlat reyestriga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlarning nashr etilgan (qayta nashr etilgan) kataloglarini, standartlarga muvofiq tamgʻalangan belgilarni sotishdan belgilangan tartibda olingan mablagʻlar, shuningdek, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” gi qonunlarning qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan hamda davlat nazorati organlariga yuboriladigan jarimalarning bir qismi hamda, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan shartnomalar va litsenziya bitimlari asosida beriladigan metrologiya va sertifikatlash sohasida ayrim huquqlar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar ham standartlashtirish, standartlar, metrologik qoidalar va sertifikatlangan mahsulotlarga qoʻyiladigan majburiy talablarga rioya qilish ustidan davlat nazorati ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari boʻlishi mumkin;
(“b” kichik bandning birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
v) Belgilab qoʻyilsinki, standartlarni, qurilish normalari va qoidalarini nashr qilish va qayta nashr qilishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari toʻliq yoki qisman Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan holda, qurilish, loyihalash, tabiiy resurslarni tartibga solish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida esa tegishlicha Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahsulot sifatini normativ taʼminlash boʻlimlarini nazarda tutsin.
(1-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazorati amalga oshirilishida ularga zarur yordam koʻrsatsin.
(1-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik faoliyati subyektlariga bir oy muddatda “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlardan kelib chiqqan holda oʻz nizomlariga kiritiladigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritish topshirilsin.
(“g” kichik bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 2-martdagi 93-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 3-son, 4-modda) 1, 9, 10-bandlari va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 29-apreldagi 211-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-yil, 4-son, 16-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-avgust,
410-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Texnik tartibga solish agentligi), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek, boshqa davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar, sotuvchilar, ijrochilar), sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlarining majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilishlari hamda sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan davlat nazoratini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining davlat inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat metrologiya nazorati metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalarini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, davlat korxonalari va boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda korxonalar deyiladi), shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan standartlar va metrologik qoidalarning, oʻlchash birligining oʻz vaqtida joriy etilishini hamda ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, standartlar va oʻlchash vositalarining ilmiy-texnik darajalarini tahlil qilishdan hamda ularni ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirish maqsadida fan hamda texnika yutuqlaridan yanada samaraliroq foydalanishga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratining bosh vazifasi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Mahsulotlar, atrof muhit, aholi sogʻligʻi va mol-mulkining xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilanadigan talablar ustidan olib boriladigan davlat nazoratining obyekti mahsulot, shu jumladan, qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik faoliyati subyektlari, tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning ham ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, ishlatish, tuzatish va foydalanish bosqichlarida sertifikatlashtirilgan mahsulotidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar (dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulot ham), xizmatlar, shuningdek, sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Etalonlar, oʻlchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar, axborot-oʻlchash tizimlari, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdori, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlari hisoblanadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Xoʻjalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan barcha sharoitlarni yaratib berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlarning talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati:
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining standartlar ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari;
standartlar ustidan nazorat qilish boʻyicha viloyatlar, shaharlardagi bosh davlat inspektorlari;
standartlar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, uning birinchi oʻrinbosari va Texnik tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida mos ravishda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari hisoblanadi.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati lavozimlariga koʻra ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va shaharlardagi hududiy organlari rahbarlari lavozimlariga koʻra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa — tegishli hududiy bosh inspektorlarning oʻrinbosarlari hisoblanadi.
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi topshirilgan boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislar, mansabdor shaxslar lavozimlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari hisoblanadilar.
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar hokimiyat organlarining vakillari hisoblanadilar va davlat himoyasi ostida boʻladilar.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat nazoratchisi yoki davlat tekshiruvchisi sifatida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtgan boʻlishlari kerak.
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oʻzbekiston Respublikasida davlat nazoratini:
Oldingi tahrirga qarang.
butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
(2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalash sohasidagi standartlar boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
(2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish, atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli moddalar taʼsiridan muhofaza qilish sohasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi;
(2-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy jihozlar, dorivor vositalar sohasida, shuningdek, respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan, import boʻyicha keltirilayotgan mahsulot tarkibida inson uchun zararli moddalarning borligini aniqlash masalalari boʻyicha — Sogʻliqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati organlari oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
a) standartlar va metrologiya qoidalarining, shuningdek, mahsulotlar (jarayonlar, ishlar va xizmatlar) ning aholi hayoti va salomatligi, mulki xavfsizligiga, atrof muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash, bir-birini almashtira olishga majburiy talablarni belgilaydigan standartlar va metrologiya qoidalarining oʻz vaqtida joriy qilinishi hamda ularga rioya qilinishini, shuningdek, ularni nazorat qilish uslublari birligi va tamgʻalash birligini, qonunchilikda nazarda tutilgan, mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomalariga kiritilgan boshqa talablarni tekshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) belgilangan kattaliklar birliklarining toʻgʻri qoʻllanilishini, oʻlchash vositalarining holatini, ularni tayyorlash, saqlash, taʼmirlash, tekshirish va qoʻllash sharoitlarini, oʻz vaqtida eskirgan oʻlchash vositalarini ishlab chiqarishdan olib tashlash va yangisiga almashtirishni tekshiradilar;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
v) standartlashtirish va metrologiya xizmatlarining idoraviy xizmatlari ishini nazorat qiladilar;
g) standartlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradilar va ularning faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar;
d) sertifikatlashtirish sinovlarining toʻgʻri oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
e) ishlab chiqarishlar, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, sifat tizimlarida attestatsiya shartlariga qanday rioya qilinayotganligi ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazadilar;
j) mahsulotlarning ayrim turlarini oʻz bazalarida tashkil qilingan laboratoriyalarda sinab koʻradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati natijalarini umumlashtiradilar, ularni ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishda koʻmaklashadilar, ularning oʻz vaqtida joriy qilinmaganligi, standartlar va metrologik qoidalarning buzilishi sabablarini tahlil qiladilar, standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorat organlari ishining taʼsirini oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni oʻtkazadilar;
(3-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
k) sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
l) oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining toʻgʻri qoʻllanilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
(3-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
m) agar standartlar, metrologiya qoidalari va mahsulotlarning texnik darajasini va sifatini oshirishni taʼminlamasa yoki amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, ularni bekor qiladilar yoki bekor qilish, amalda boʻlish muddatlarini cheklash toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadilar;
(3-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning oʻlchash vositalarini ishlab chiqarish, tuzatish va tekshirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun tayyorgarliklarini tekshiradilar, agarda ular tayyor boʻlsalar, ularga koʻrsatilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi roʻyxatga olinganlik guvohnomalarini topshiradilar;
(3-bandning “o” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
p) vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlarning bosh tashkilotlarini va madaniy-maishiy maqsadlardagi mahsulotlarning muhim turlarini davlat sinovlarini oʻtkazish boʻyicha attestatsiya qilishni amalga oshiradilar va ushbu sinovlarni ularga biriktirib qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha oʻtkazish huquqini beruvchi roʻyxatga olinganlik guvohnomalarini beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
r) sertifikatlashtirish qoidalari, standartlar va oʻlchash vositalarini joriy etish va ularga rioya qilishni nazorat etish jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf qilish chora-tadbirlarini koʻradilar.
(3-bandning “r” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
4. Davlat inspektori quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), uni saqlash, transportda tashish va utilizatsiya qilish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik faoliyati subyekti tekshirishdan boʻyin tovlagan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
davlat nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni xoʻjalik faoliyati subyektidan olish;
davlat nazoratini oʻtkazishda xoʻjalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarini jalb etish;
mahsulot namunalarini va nusxalarini ularning standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun olishni standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirish, bunda sarflangan namunalarning qiymati hamda sinashni (tahlillarni, oʻlchashni) oʻtkazish xarajatlari tekshirilayotgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlari jumlasiga kiritiladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari ushbu bandning birinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi mutlaq huquqlarga ega;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda maʼmuriy va moliyaviy javobgarlikka tortish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar va taqdimnomalar berish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
normativ hujjatlari boʻlmagan mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash;
standartning majburiy talablariga muvofiq kelmaydigan, davlat roʻyxatidan oʻtmagan va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlmagan import qilingan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan oʻtmagan, tekshirilmagan yoki tuzatilmagan oʻlchash vositalarini muomalaga chiqarishni va qoʻllashni toʻxtatish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bunday vositalarni muomaladan chiqarish zarur boʻlganda ularni muomaladan olish toʻgʻrisida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish;
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va mazkur yuridik shaxslar tomonidan jarima bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, jarimani undirish haqida sudga murojaat qilish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan import mahsulotni sotishni taqiqlash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Xoʻjalik faoliyatining subyektlari tomonidan berilgan koʻrsatmalar yoki qarorlar bajarilmagan taqdirda davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura yoki sud organlariga yuboradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati organlari amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilishga va ularga berilgan huquqlardan foydalanishda va yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda, standartlarga va metrologiya qoidalariga rioya qilish va oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda idoraviy manfaatlarning har qanday koʻrinishlari oldini olishga daʼvat etilgandir.
Davlat inspektorlari qonunchilik bilan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, davlat yoki tijorat sirini oshkor etganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
6. Davlat inspektorlarining xatti-harakatlari ustidan yuqori turgan mansabdor shaxsga, agar qonunchilikda shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, 10 kun muddatda shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat qilish shikoyat qilingan qarorning bajarilishini toʻxtatmaydi.
Davlat inspektorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish kechiktirilmasdan, biroq shikoyat tushgan kundan boshlab 15 kun muddatdan kechikmay, qoʻshimcha ravishda oʻrganishni va tekshirishni talab etuvchi shikoyatlarni koʻrib chiqish esa bir oygacha muddatda amalga oshiriladi.
7. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari davlat inspektorlariga ularga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar (belgilangan tartibda xizmat xonalari, aloqa vositalari, transport va boshqalar bilan taʼminlash) yaratib berishga majburdirlar.
Standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati organlari faoliyatiga chet tashkilotlarning aralashuvi, standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish man etiladi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Standart va oʻlchash vositalari ustidan nazorat organlari oʻz ishini boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi, bunda Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tekshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun jarima summasining ellik foizi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)