O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2063-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/1-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2063, 2010-yil 13-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 12-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/15-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomning nomidagi, muqaddimasidagi, 1-bandidagi, II bobining nomidagi, 2, 3-bandlaridagi, III bobining nomidagi, 4 va 5-bandlaridagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)