Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2020 13.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2063
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 13.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2063
Date of entry into force
23.01.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARShI KURAShIShGA OID QONUN HUJJATLARI TALABLARINI BUZGANLIKLARI UChUN TIJORAT BANKLARI, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI VA LOMBARDLARGA NISBATAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN QO‘LLANILADIGAN ChORALAR VA SANKSIYALAR TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2063]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39/1-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Markaziy bank ushbu Nizomga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalarni qo‘llaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar
(II bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma yo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banki ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Markaziy bankning ko‘rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan Markaziy bank:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tijorat banki (filiali) rahbari, shuningdek, uning ichki nazorat xizmati rahbari va mas’ul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni bir yilgacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar
(III bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit tashkiloti va lombardlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma yo‘llash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit tashkilotidan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorida jarima undirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.)tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombarddan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha bo‘lgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/2063-3/3704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaziy bankning kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan mikrokredit tashkiloti va lombardga nisbatan Markaziy bank:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mikrokredit tashkiloti va lombard rahbari, shuningdek, ularning ichki nazorat xizmati rahbari va mas’ul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashga haqlidir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomda belgilangan jarima choralari tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga Markaziy bankning farmoyishi asosida qo‘llaniladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani to‘xtatib qo‘yish va chaqirib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Undirilgan jarima summasi Markaziy bankning “Boshqa foizsiz daromadlari” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 12-modda; 2013-y., 8-son, 109-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son, 07.09.2019-y., 10/19/2063-3/3704-son)